PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 mav 2004 www.in~academy.uz
TARBIYA FANINI O'QITISH TAMOYILLARI VA TAVSIF
Smetova Jumabiyke Hamidullayevna
"Pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti,Gavhar ko'chasi 1-uy, Toshkent 100149,
O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304496 Annotatsiya: Maqolada OTMda tarbiya fani bo'yicha pedagog kadrlarni tayyorlash, talabalarni tarbiya fanini o'qitish asosida mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning kompetensiyalarini aniqlash, tarbiya tamoyillari, talabalarni mustaqil ta'lim asosida mantiqiy fikrlashga, ijodiy izlanish doiralarini kengaytirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: pedagogika, oliy ta'lim, tizim, tarbiya fanlari, metodika, gibrid, traektoriya, kompetentsiya.
KIRISH
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan "Ta'lim to'g'risidagi" Qonunning yangilanishi ta'limni tubdan isloh etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo'lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog'lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog'liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o'rganilmoqda.
Tarbiya fanlarini o'qitish metodikasi bugunga qadar mustaqil ta'lim topshiriqlaridan foydalanish didaktik, kommunikativ, tahliliga doir keng tadqiqotlar olib borilgan. Lekin tarbiya fanlarini o'qitishda pragmatik, didaktik xususiyatlari tizimli o'rganilgan emas. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida "ta'lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish"1 alohida ta'kidlangan. Tarbiya fanlarini o'qitishda mustaqil ta'lim topshiriqlari global masalalar sirasida markaziy o'rinni egallaydi.
Oliy ta'lim pedagogikasida tarbiya fanlarini o'qitishni samarali usullarini keng joriy etish, yangi Renesans pedagogikasi sharotida talabalarni mustaqil ta'lim bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Tarbiya fanlarini o'qitish metodikasi kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida kasbiy kompetensiyalardn foydalanish didaktik
kompetensiyalarning rivojlanishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Tarbiya fani ta'lim mazmunini o'rganishga
mustaqil ta'lim, topshiriqlar tuzish, pragmatika, didaktika,
qo'yilgan aniq malaka talablari asosida bilim, ko'nikma va malakalari metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarurligini ko'rsatip turibdi. Bu esa, innovatsion-axborot ta'limi sharotida Tarbiya fanini o'qitishda metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimi va texnologik modelini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning, didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tarbiya fanlarini o'qtitish amaliyotida gibrid ta'limda nazariy va amaliy OTMda o'qitilayotgan masalan birgina boshlang'ich ta'limda tarbiya fanini o'qitish metodikasi, Tarbiya fanini o'qitishning innovatsion texnologiyalari, Milliy tarbiya asoslariga oid fanlarni o'qitish, uni didaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan kasbiy kompetensiyalardan foydalanish va undagi muammolarini o'rganishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari hamda oliy ta'lim muassasalari, jumladan, University of Pennsylvania, University of California, Northwestern University, Boston University (AQSh); Australian National University (Avstraliya);University of Nice Sophia Antipolis, University of Bordeaux (Fransiya); Oxford University Language Centre (Angliya); Peking University (XXR); Sophia University, University of Tokyo (Yaponiya); Baki Dovlat universiteti (Ozarbayjon); Moskva davlat universiteti, Boshqirdiston davlat universiteti (RF); Qozoq milliy universiteti (Qozog'iston); shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent amaliy fanlar universiteti (O'zbekiston)da olib borilmoqda.
Tarbiya fanlarini o'qitishda mustaqil ta'lim topshiriqlaridan metodik foydalanish, tarbiya fanlarini o'qitish tizimida, uni didaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan kasbiy kompetensiyani rivojlantirish umumiy tamoyillari, tarbiyaning jarayonlari va tarbiya metodlari masalasida dastlabki pragmatik g'oyalar amerikalik faylasuf va pedagog Djon Dyui2, Skatkin M.N fanlarni o'qitilishida muammoli mustaqil ta'lim topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning mudtaqil ta'lim topshiriqlari tavsifi
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. 2017 yil 7 fevral. PF-4947-son.
2Djon Dyui. Obshestvo i yego problemi John Dewey. The Public and its Problems. Denver, 1927. / Dj. Dyui. Obshestvo i yego problemi. — Perevod s angliyskogo: I. I. Myurberg, A. B. Tolstov, Ye. N. Kosilova. — M., 2002.
. . .E.jÎ.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™2157centurv
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi. Tarbiya fanlarni birliklarini izohlash, ularning pedagogik va psixologik talqini bo'yicha Rubenshteyn S.L.3, metodik amaliyoti bo'yicha Leontev A.N.4 ruhshunoslikdagi sezish, anglash kategoriyalari Ponomarev Ya.A., tadqiqotlarida atroflicha o'rganilgan.
Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida qo'llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyaviy jarayonni tashkil etadi. Tarbiya insonning yuksakligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida inson ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki inson va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa bit avlodga o'tadi. Pedagogik adabiyotlarda5 tarbiya atamasi keng va tor ma'nolarda qo'llaniladi. Keng ma'noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar harakatlar va intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari va san'atning barcha turlarini o'z ichiga oladi6. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta'lim va ma'lumot ham kiradi. Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi va estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta'lim va ma'lumot olish tor ma'nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki, ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma'naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
NATIJALAR
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoiyllari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta'limotlar g'oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
3 Rubenshteyn S.L. Problemi obshey psixologii. - M.: Pedagogika, 1976. - 416 s.
4 Leontev A.N. Problemi razvitiya psixiki. - M.: Pedagogika, 1972. -576 s
5 O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-tom. -T., 2004. 270 -bet
6 Bordovskaya N., Reyan A. Pedagogika. -Sankt-Peterburg, 2001. -S.32
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta'minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi;
- Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi;
- Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
- Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
- Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
- Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
- Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish;
- Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
- Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
- Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo'qotish.
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi - o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash - ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta'limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O'qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o'qituvchi - tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini xurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o'quvchi teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta'lim va tarbiyani
insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya'ni bolalarda inson
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi - xalqning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari, urf odatlari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifodalangan g'oyalarni o'quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g'oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega bo'lgan an'anlar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ularni qo'llab-quvvatlash, ezgu g'oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondoshish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O'quvchilarga birdaniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O'qituvchilar o'quvchilarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta'siri g'oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o'z qobiliyati va iste'dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini taminlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma'naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Maktabda o'qishning o'zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog'langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish -o'quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko'rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko'rsatishicha, qayerdaki o'quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo'lsa, shu yerda tarbiyaning ta'siri samarali bo'ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo'shadi, o'qituvchiga nisbatan hurmatni uyg'otadi.
Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo'ladi. Bolalar maktabda
rivojlanishining turli davrlarini bolalik, o'smirlik va o'spirinlik bosqichlarini bosib o'tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg'unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o'rtasidagi uyg'unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma'naviy o'sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo'ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o'qishi va mehnatida aks etadi. Bir o'quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o'quvchiga nisbatan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o'quvchi xususiyatini o'rganish maqsadga muvaffiqdir.
- tarbiya jarayoni o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga hizmat qilishi lozim. Tuyg'u tashkil etilgan jamoa a'zolarining qobiliyat va iste'dodini rivojlantirish uchun keng yo'l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo'ladi. O'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo'ladi, har bir shaxsga ta'sir etadi. O'z manfaatini jamiyat manfaaati bilan qo'shib olib borish, o'zaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. O'qituvchi hamma vaqt o'quvchilar jamoasiga tayanmog'i, ularni jamoa bo'lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o'rgatib borish lozim.
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo'qotib borishga e'tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o'z o'quvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to'g'ri hal etilishiga ko'p jihatdan bog'liq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o'qituvchining tarbiyalash maqsadlarini to'g'ri belgilashi va yo'lga qo'ya olishiga nisbatan g'oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Barcha ta'lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy.
Tarbiya qonuniyatlari - tabiat yoki millatdagi har qanday murakkab hodisa obyektiv ravishda mavjud bo'ladigan barqaror aloqalar tizimidir.
Tarbiya vazifasi - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari hamda ehtiyojlarini nazarda tutgan
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
holda o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligini qanday metodlardan foydalanishga bog'liqligi.
Tarbiyalanganlik - milliy urf-odatlarga, qadriyatlarga e'tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan o'zini tiya oladigan, o'z xatti-harakatlari bilan o'zgalar nafratini qo'zg'amaydigan xulq-atvordir.
Komil inson - yetuk, to'liq, mukammal, barkamol, olimu dono, aqli teran, yaxshi tarbiya ko'rgan, odob-axloqli, ma'naviy jihatdan to'liq shakllangan inson.
MUHOKAMA
"Tarbiya" fani asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020 yilda o'zbek Pedagogika fani tarixida ilk bor tarbiya fani ishlab chiqildi.
2021-2022 o'quv yilidan boshlab OTMda tarbiya fanlari bo'yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun tarbiya fani Kontsepsiyasiga ko'ra, mazkur fanlarning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: -huquqiy asoslar;
-tashkiliy asoslar;
-ilmiy-metodik asoslar.
Bunda asosan ta'lim-tarbiyaga oid me'yoriy-huquqiy huquqiy asoslari hujjatlardan iborat ekanligini, tashkiliy asoslari tarbiya fanini umumta'lim maktablarida, jumladan, boshlang'ich ta'limdan yuqori sinfgacha 2-sinfdan 11-sifgacha talab darajasida o'qitilishni va ilmiymetodik asoslar esa fanning metodologiyasini anglatadi.
Ana shunday tadqiqotlar sirasiga professorlar N.Muslimov7 va M.Quronov8 tomonidan olib borilgan tadqiqot izlanishlarni kiritish mumkin.
Pedagogga xos nutqiy kasbiy kompetentlik, uning o'ziga xos jihatlarini talabaga metodik va didaktik yetkazish albatta, talabaning individual xususiyatini, tarbiyaviy jarayonini hisobga olish, birinchi kurslardagi psixologik muhitini bilish o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.
O'quv reja - oliy ta'limning muayyan yo'nalishi yoki mutaxassisligi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o'rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta'lim davrining to'liq me'yoriy muddati uchun belgilaydigan me'yoriy-uslubiy hujjat. O'quv dasturi - ta'lim mazmuni belgilovchi, o'quv fanining asosiy mavzulari, mazmuni o'zlashtirilishning eng maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan me'yoriy-uslubiy hujjat. 1. Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq tegishli bilim, ta'lim sohalari va ta'lim yo'nalishi (mutaxassislik)larining kodi va
7 Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. ... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 315 b.;
8 M. Quronov., Ye.Risikova., O.Tegay., O.Usmanova., S.Hafizov. Tarbiya 6-sinf darsligi.T.: G.Gulom nomidahi nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2020y.-109 b.
nomlari, harakatdagi o'quv rejaga muvofiq to'liq nomi, tasdiqlangan sanalari va belgilari ko'rsatiladi.
2. Dasturning asosiy parametrlari (fan kodi, qaysi o'quv yilidan boshlab joriy etilganligi, semestr, fanga ajratilgan kreditlar (soatlar), fan turi (majburiy/tanlov), ta'lim tili, haftadagi dars soatlari, fanning nomi, dars mashg'uloti va mustaqil mashg'ulotlar hajmi, jami yuklama belgilanadi.
3. Fanning mazmuni.
4. Nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
5. Amaliy mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
6. Mustaqil ta'lim va mustaqil dars mashg'ulotlari.
7. Fanni o'qitish natijalari va shakllanadigan kompetensiyalar.
8. Kreditlarni to'plash tartibi.
9. Talabalar reytingini belgilash tartibi.
10. Asosiy va qo'shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari.
11. Tuzuvchilar va taqrizchilarning ismi-shariflari, ilmiy darajasi va unvonlari, OTM kengashining bayoni raqami.
O'quv yuklamasida mustaqil ish soati. Modul-kredit tizimida 1 kredit o'rtacha 30-36 akademik soatlik o'quv yuklamasiga tengligi maqsadga muvofiq. Ya'ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to'plashi uchun ma'lum miqdordagi o'quv yuklamasini o'zlashtirishi zarur. O'quv yuklamasi bakalavriatda — 40-50 % foiz dars mashg'uloti soati, 50-60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% foiz, 40% foiz dars mashg'uloti soati, 60-70% foiz mustaqil ta'lim ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo'lib, talabaning umumiy yuklamasi dars va mustaqil ta'lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta'lim tizimida dars mashg'uloti yuklamalariga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ta'lim ish turlari hali yetarli darajada rivojlanmagan va ommalashmagan. Talabaning mustaqil ishiga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Mustaqil ta'lim topshiriqlar ishi ikki turda bo'ladi: Talabaning bevosita o'zi tomonidan (mobil qurilmasi asosida) amalga oshiriladigan mustaqil ish turlari
1.Dars mashg'ulotiga tayyorlanish
2.Axborot izlash.
3.Forum
4.Test yechish.
5.Nazorat ishiga tayyorlanish.
Tarbiya fani ta'lim mazmunini rivojlantirishda, adabiyotlarni tahlilga tortilishi pedagogogik-psixologogik yondashuvlar asosida Smirnov S.A., Lixachyov B.T., Zankov L.B., Zagvyazinskiy V.I., Ushinskiy.K.D., Komenskiy Ya.A., Mastovaya T.M. kabi olimlarning qarashlari muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Xulosa sifatida oliy ta'lim tizimida talabalarning kasbiy kompetensiyasi rivojlantirishda, mutaxassis o'qituvchilar modulli o'quv rejaga asosan (Sillabus) ishchi o'quv dasturlarini ishlab chiqilganligi, fanni bir necha mantiqan tugallangan o'quv modullariga ajratilganligi, har bir o'quv modulining maqsadi va
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz
vazifalarini belgilanganligi, o'quv moduli bo'yicha talabalar o'zlashtirishi, bilishi va amalda qo'llay olishi lozim bo'lgan kompetensiyalarni asoslanganligi bilan muhim ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. 2017 yil 7 fevral. PF-4947-son.
2. Djon Dyui. Obshestvo i yego problemi John Dewey. The Public and its Problems. Denver, 1927. / Dj. Dyui. Obshestvo i yego problemi. — Perevod s angliyskogo: I. I. Myurberg, A. B. Tolstov, Ye. N. Kosilova. — M., 2002.
3. Skatkin M.N. Problemi sovremennoy didaktiki. -M.: Pedagogika, 1984. -108.
4. Rubenshteyn S.L. Problemi obshey psixologii. -M.: Pedagogika, 1976. - 416 s.
5. Leontev A.N. Problemi razvitiya psixiki. - M.: Pedagogika, 1972. -576 s
6. Ponomarev Ya.A. Psixologiya tvorchestva i pedagogika, 1976. -280 s
7. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-tom. -T., 2004. 270 -bet
8. Bordovskaya N., Reyan A. Pedagogika. -Sankt-Peterburg, 2001. -S.32
9. M.E.Axmedova va boshqalar. Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O'quv-uslubiy qo'llanma T.: "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.
10. Vigotskiy L.S.Pedagogicheskaya psixologiya/ Pod.red.V.V.Davidova, M.: Pedagogika, 1991-480s.
11. Markova A.K. Psixologiya usvoeniya yazika kak sredstva obsheniya - M.: Pedagogika, 1974.- 239 s.
12. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. ... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 315 b.;