Научная статья на тему 'MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI TUZISHDA, TARBIYA FANINING METODIK VAZIFALARI VA ARM'

MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI TUZISHDA, TARBIYA FANINING METODIK VAZIFALARI VA ARM Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
59
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / oliy ta’lim / tizim / tarbiya fanlari / mustaqil ta’lim / topshiriqlar tuzish / pragmatika / didaktika / metodika / reproduktiv izlanish kompetentsiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Smetova Jumabiyke Hamidullayevna

Maqolada OTMdatalabalarni mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning kompetensiyalarini aniqlash, mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzish va topshiriqlar bilan ishlashda ta’lim traektoriyasi qulay va amaliy ahamiyatga ega metod, usul va texnologiyalarni tanlash, talabalarni mustaqil ta’lim asosida mantiqiy fikrlashga, ijodiy izlanish doiralarini kengaytirishga yordam beradigan fikrlar shuningdek, talaba mustaqil ishining vazifalari, tashkiliy ishlari, shakllari va turlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI TUZISHDA, TARBIYA FANINING METODIK VAZIFALARI VA ARM»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

MUSTAQIL TA'LIM TOPSHIRIQLARI TUZISHDA, TARBIYA FANINING

METODIK VAZIFALARI VA ARM

Smetova Jumabiyke Hamidullayevna

"Pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti,Gavhar ko'chasi 1-uy, Toshkent 100149,

O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304511

Annotatsiya: Maqolada OTMda talabalarni mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning kompetensiyalarini aniqlash, mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish va topshiriqlar bilan ishlashda ta'lim traektoriyasi qulay va amaliy ahamiyatga ega metod, usul va texnologiyalarni tanlash, talabalarni mustaqil ta'lim asosida mantiqiy fikrlashga, ijodiy izlanish doiralarini kengaytirishga yordam beradigan fikrlar shuningdek, talaba mustaqil ishining vazifalari, tashkiliy ishlari, shakllari va turlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: pedagogika, oliy ta'lim, tizim, tarbiya fanlari, mustaqil ta'lim, topshiriqlar tuzish, pragmatika, didaktika, metodika, reproduktiv izlanish kompetentsiya.

KIRISH

Xalqaro tajribada mustaqil ta'lim va o'quv topshiriqlari o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga qaratiladi. Amalda foydalanilgan mustaqil ta'lim topshiriqlari avvaldan belgilangan ma'lum mezonlar asosida rivojlantiriladi.

Dunyoda oliy ta'lim tizimi talablarining mustaqil ta'lim faoliyatiga asoslanganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlarda fanlarni o'qitishga doir ilmiy adabiyotlarda mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarning mazmuniga, samaradorlik darajasiga alohida e'tibor beriladi va ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim topshiriqlaridan savol, tezkor savol-javob o'yin texnologiyalari, topshiriq va matn tahlillaridan unumli foydalaniladi. Tarbiya fanlarini o'qitish metodikasi kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida kasbiy kompetensiyalardn foydalanish didaktik kompetensiyalarning rivojlanishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Tarbiya fani ta'lim mazmunini o'rganishga qo'yilgan aniq malaka talablari asosida bilim, ko'nikma va malakalari metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarurligini ko'rsatip turibdi. Bu esa, innovatsion-axborot ta'limi sharotida Tarbiya fanini o'qitishda metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimi va texnologik modelini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning, didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Zero, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga yega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar yetamiz".1 Shu ma'noda pedagogika oliy ta'lim tizimida "Tarbiya" fanini o'qitish zarurati, didaktik kompetensiyalarga

1Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik

O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2016. -14-b.

asoslangan, xususan, tarbiyaviy bilim, ko'nikma va malakalardan foydalanish zarurati mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF 60-sonli2, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsersiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son va 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarorlari, hamda 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son "Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi. O'zbekistonda ham OTMda talabalarga mustaqil ta'lim asosida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Tarbiya fanlarini o'qitish metodikasi, pedagogik-didaktik kompetensiyaviy

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar. -www.lex.uz

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida pedagogik-didaktik kompetensiyalarni rivojlantirish, barcha kompetensiyalarni

takomillashishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Xalqaro tajribalar asosida bilim, ko'nikma va malakalari rivojlantiriladi. Tarbiya fanini o'qitishda mazkur yondashuvdan biroz ijodiyroq foydalanish maqsadga muvofiq, bizningcha. Chunki, talabalar tarbiya fanini rivojlantirish sifatida muayyan ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan holda OTM ga keladilar. Talabalarda tarbiya fanidan ba'zi ko'nikmalargina rivojlantiriladi, asosan ulardagi didaktik-metodik ko'nikmalarni takomillashtirish galdagi vazifamiz hisoblanadi. Ayniqsa, tarbiya fani o'qituvchilari tarbiya fanini o'qitish metodikasining didaktik vazifasi talabalarda shukronalik, minnatdorlik hissini shakllantirish ko'nikmalarini takomillashtirish lozim. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tarbiya fanini uzliksiz tashkil qilishni takomillashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo'naltirilgan tamoyil, yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006-yil 20-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini axborot kutubxona bilan ta'minlashnin tashkil etish to'g'risida" gi PQ-381-son Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan quyidagilar axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi3.

- Oliy ta'lim muassasalari talabalari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta'lim olishi va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko'maklashishda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- milliy ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng ko'lamda targ'ib qilish;

- xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishni ta'minlash;

-ma'naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy o'sishi uchun imkoniyat yaratib berish;

-yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko'rsatish;

-madaniy, ta'lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'lim muassasalari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Axborot-resurs markazlari deganda ta'lim muassasalarining o'quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarini qamrab oladigan, shuningdek ushbu sohalarning rivojlaninishda faol qatnashadigan alohining tarkibiy qismi tushuniladi4. ARM da talabalar

3 https://tfi.uz/uz/page/axborot-resurs-markazi

4 M.E.Axmedova O'zMU xabarlari ARM faoliyatida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-

uchun qulay imkoniyat barcha dastur- darslik-O'UMlardan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.

-Hozirgi zamon axborot-resurs markazlari an'anaviy kutubxonachilikni saqlagan holda axborot davriga mos ish olib borishlari talab etiladi:

-oliy ta'lim muassasalarining o'quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini axborot bilan ta'minlash vazifasini bajaradi hamda mustaqil ta'lim faoliyati muntazam ta'lim olishi va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko'maklashish;

-milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko'lamda targ'ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishni ta'minlash, ma'naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy o'sishi uchun imkoniyat yaratib berish;

-yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko'rsatish;

-madaniy, ta'limiy, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun Oliy ta'lim muassasalari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish, mustaqil boshqaradigan OTM faoliyati bilan bog'lashimiz mumkin.

NATIJALAR

Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o'qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarini shakillantirish va rivojlantirishdir.

Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;

- kerakli ma'lumotlarni izlab topish, qulay usul va vositalarni aniqlash;

- axborot manbalari va manzillardan samarali foydalanish;

- ananaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash;

- elektron o'quv adabiyotlar bilan ishlash;

- internet tarmog'idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqning ratsional

yechimini belgilash;

Talaba mustaqil ishning tashkiliy ishlari.

Talaba mutaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

- ayrim nazariy mavzularni o'quv adabiyotlar yordamida mustaqil

o'zlashtirish;

- hajmi, murakkabligi, mazmuni talabalarning o'zi tomonidan

shakllantiradigan ilmiy krossvordlar tuzish;

- turli hil harakterdagi uy vazifalarini bajarish (masalalar yechish, turli jadvallar

tuzish va to'ldirish);

- amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish:

kredit tizimining joriy etilishi. T.: "O'zMU xabarlari,1/2/1. 2022. 96-b.

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Ta'lim olish davrida testlar va nazorat ishlari topshirish talabalardan katta javobgarlik talab qiladi. Testlarda va nazorat ishlarida talabalar o'quv rejasini qanday darajada o'zlashtirganliklari haqida hisobot beradilar.

Talabalarning nazoratlarga o'z xohishi asosida mukammal tayyorlanishi a'lo baho olishining garovidir. Talaba har bir darsga o'z vaqtida va yaxshi tayyorlansa ham u nazorat ishlaridan oldin baribir qayta tayyorlanishi kerak, ya'ni materialni qayta o'qishi, umumlashtirishi va tizimlashtirishi lozim. O'quv fani bo'yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida talabalarning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakl va turlaridan foydalanish tavsiya etiladi:

№ Mustaqil ishlarning shakllari Mustaqil ishlarning turlari

1 Reproduktiv shakldagi mustaqil ishlar - fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, o'quv manbalari bilan ishlash va konspekt qilish; - O'zbekiston Resublikasi Qonunlari, O'zbekiston Resublikasi Prezidentining asarlari va ma'ruzalarini, Prezident qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlarni mustaqil o'rganish va konspektlashtirish; - ma'ruzalarni video hamda audio orqali ko'rish, eshitish va konspekt qilish; - multimedia vositalari orqali slaydlar, video materiallarni ko'rish, eshitish va o'zlashtirish; - o'quv materiallarini qaytarish, yod olish va boshqalar.

2 Anglash izlanish (qidirish) shaklidagi mustaqil ishlar - mustaqil ravishda axborotlar, ko'rgazmali vositalarni tayyorlash, ma'ruzalar va boshqa materiallarni o'rganish; - hisob-kitob va analitik ishlarni bajarish, testlar yechish; - seminar, amaliy va boshqa mashg'ulotlarda ma'ruzalar bilan chiqishlar qilish; - uy ishlari, nazorat ishlari, taqdimotlar, referatlar, keys-stadilar va boshqalarni bajarish.

3 Ijodiy ish shaklidagi mustaqil ishlar - esse, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari tayyorlash va himoya qilish; - ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish va ilmiy hisobotlar tayyorlashda qatnashish;

-talabalarning ilmiy

to'garaklarida ishtirok etish; - ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish, ilmiy maqolalar tayyorlash hamda chop ettirish.

MUHOKAMA

Ta'lim muassasalari kutubxonalari millatning ma'naviy madaniyati va ma'naviy ongini rivojlantirish va saqlashda, adabiyot va kitobxonlikni targ'ib qilishda muhim rol bajaradi. Uning maqsadi nafaqat kitoblarni yig'ish, kitoblarni nashr etish va tarqatish, balki ilmiy g'oyalar va qadriyatlarni asrab-avaylash, uni avloddan-avlodga va uni keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, unda asosan berilayotgan fan mazulari doirasidagi darsliklarni sifatiga etibor qaratishimiz muhim ahamiyatga ega5.

Oliy ta'lim muassasalarini ilg'or jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darsliklari, o'quv qo'llanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabr kuni 816-sonli "Oliy ta'lim muassasalarini o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi. 2020 yilda "OTMda o'quv jarayoniga modul-kredit tizimini joriy etish tartibi to'g'risida"gi Nizom joriy etilishi ushbu qaror bilan OTMlarda foydalanish uchun xorijiy o'quv va ilmiy adabiyotlar ro'yxatini rivojlantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi to'g'risida Nizom, xorijiy o'quv va ilmiy adabiyotlarni taijima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o'tkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va o'qituvchilar mehnatiga haq to'lash tartibi to'g'risidagi Nizomi, OTMlarni o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash hamda darsliklar va o'quv qo'llanmalarini yangilab borish tartibi to'g'risida nizomi hamda mustaqil ta'limi tizimi uchun o'quv adabiyotlarini yaratishga qo'yilgan talablar tasdiqlangan.

Zamonaviy ta'lim muassasasi kutubxonasi Axborot-resurs markazlari uchun yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish uchun zarur bo'lgan bir necha jihatlarni ko'rib chiqamiz. Eng asosiysi - OTMda Axborot-resurs markazlaridan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo'lishi zarur. Axborot-resurs markazlari odatdagi kutubxonalardan farq qiladi, chunki uning fondidagi adabiyotlar OTM yo'nalishiga mos kelishi kerak, OTM yo'nalishidan kelip chiqib, mutaxassislar tayyorlash bilan bog'liq maksimal miqdordagi turli xil adabiyotlar bilan to'ldirilgan bo'lishi shart. Axborot-resurs markazlari foydalanuvchilari, ya'ni talabalar uchun foydalanishda sodda, oson bo'lgan sayt, fondini to'liq raqamlashtirish choralarini ko'rish va masofadan foydalanish imkonini beradigan elektron bazasini yaratish zarurati muhim ahamiyatga ega.

5 M.E.Axmedova O'zMU xabarlari ARM faoliyatida tilshunoslik fanlariodan mustaqil topshiriqlar tuzishda kredit- modul tizimining joriy etilishi. T.: "O'zMU xabarlari,1/2/1. 2022.95-96 b.

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TD THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

Axborot-resurs markazlari zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan bo'lishi zarur. Axborot-resurs markazlari foydalanuvchilari asosan talabalar bo'lganligi uchun ular doimo mustaqil ta'lim olishi, yozma ishlari yozishi mumkin, shuning uchun qo'shimcha ko'rsatilishi zarur (matnlarni chop etish, skaner qilish, nusxa ko'chirish, adabiyotlar ro'yxatini tuzish va boshqalar) Shuningdek, kutubxonachilar ham talabalarga yordam berishga tayyor bo'lishi va xushmuomala bo'lishlari kerak. Axborot-resurs markazlarining asosiy tamoyili foydalanuvchilarga istalgan joyda, istalgan shaklda va istalgan vaqtda axborot manbalarini taqdim etishdan iborat.

Oliy o'quv yurtlari kutubxonalariga ya'ni ARMga yuklatilgan vazifalar talabalarning salohiyatini, ilmiy tafakkurni rivojlantirish va jamiyatning dunyoqarashini har tomonlama yuksaltirishga hissa qo'shishdan iborat6. Axborot-resurs markazi kutubxonachilari, zamonaviy foydalanuvchilarga innovatsion usullardan foydalangan holda zamonaviy xizmat ko'rsatishni bilishi, boshqa madaniyat, din, millat vakillarining manfaatlarini hisobga olishlari, yoshlarga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishda talabalarning psixologik va individual xususiyatlarini ham hisobga olish zarur.

Oliy ta'lim muassasasiga yangi kelgan birinchi kurs talabalarning axborotga bo'lgan ehtiyoji bitiruvchi talabalarning ehtiyojidan katta farq qiladi, doimiy ravishda talabalarda o'z ustida mustaqil ishlash va shaxsiy rivojlantirish, shuningdek talabaning ijodiy salohiyatini ochib berish, o'qish doirasidan tashqari o'z kasbiga va kasb fanlariga qiziqishini ochib berish kabi ishlarda talabalarni qo'llab quvvatlash muhim ahamiyatga ega7. Mustaqil ta'lim ishlarini tashkil etish maqsadi va uni amalga oshirish usullari o'rtasidagi oshkor qilinmagan aloqalar va munosabatlar va mustaqil ta'lim olish qobiliyatlari va ko'nikmalarini rivojlantirish. o'rganish8.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, OTMdagi darsliklarga bo'lgan ehtiyoj va olib borilayotgan tarbiya fanining dars mashg'ulotlaridagi didaktik ta'limiy jarayon, talabalarning faolligiga ham ancha ijobiy ta'sir etadi. Sifat ortadi. Qat'iy o'quv dasturlardan voz kechgandan so'ng, universitet oldida bir qancha savollar tug'ila boshlaydi. Talabalarning kursdan-kursga o'tishi yoki bitirishi qanday mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Talabalarning o'qish dasturidagi rivojlanishini nimalar bilan o'lchash mumkin?. Talabalar mutaxassis sifatida rivojlanishi uchun qancha kredit yig'ish asosida bilim egallashi kerak.

6 M.E.Axmedova O'zMU xabarlari ARM faoliyatida tilshunoslik fanlariodan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-kredit tizimining joriy etilishi. T.: "O'zMU xabarlari,1/2/1. 2022.95-96 b.

7 Chij A. N., Sagina N. S. samostoyatelnaya rabota studentov v uchebnom protsesse / O. N. Chij, N. S. Sagina // novbie pedagogicheskie texnologii v kontekste sovremennix konsepsiy i soderjaniya obrazovaniya: sb. statey. — Lugansk, 1999. — S.211-243.

8 Miroshnichenko Yu. Analiz sostoyaniya organizatsii samostoyatelnoy raboti studentov universitetov v protsesse kreditno-modulnogo obucheniya / Yu. Miroshnichenko, A. Troyan // Obrazovanie na Luganщine. — № 2 (33). — 2010. — S. 60-65.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. 2017 yil 7 fevral. PF-4947-son.

2. Djon Dyui. Obshestvo i yego problemi John Dewey. The Public and its Problems. Denver, 1927. Dj. Dyui. Obshestvo i yego problemi. — Perevod s angliyskogo: I. I. Myurberg, A. B. Tolstov, Ye. N. Kosilova. — M., 2002.

3. Skatkin M.N. Problemi sovremennoy didaktiki. -M.: Pedagogika, 1984. -108.

4. Rubenshteyn S.L. Problemi obshey psixologii. -M.: Pedagogika, 1976. - 416 s.

5. Leontev A.N. Problemi razvitiya psixiki. - M.: Pedagogika, 1972. -576 s

6. Ponomarev Ya.A. Psixologiya tvorchestva i pedagogika, 1976. -280 s

7. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-tom. -T., 2004. 270 -bet

8. Bordovskaya N., Reyan A. Pedagogika. -Sankt-Peterburg, 2001. -S.32

9. M.E.Axmedova va boshqalar. Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O'quv-uslubiy qo'llanma T.: "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.

10. Vigotskiy L.S.Pedagogicheskaya psixologiya/ Pod.red.V.V.Davidova, M.: Pedagogika, 1991-480s.

11. Markova A.K. Psixologiya usvoeniya yazika kak sredstva obsheniya - M.: Pedagogika, 1974.- 239 s.

12. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. ... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 315 b.;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.