Научная статья на тему 'TARBIYA FANINI O‘QITISHDA KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING METODIK VAZIFASI'

TARBIYA FANINI O‘QITISHDA KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING METODIK VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustaqil ta’lim topshiriqlari / kredit-modul / tizim / usul / akademik kredit / ta’lim mazmuni / o‘quv dasturlari / innovatsiya / texnologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samandarova Muhayyo Qaxramon Qizi

Maqolada pedagogikada tarbiya fanini o‘qitish orqali talabalarda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning bugungi holatinio‘rganish. Uning dastur talablariga mosligini qiyosiy o‘rganish, shuningdek, ularni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlar taklif qilish. Kredit-modul tizimida tarbiya fanini o‘qitishda kompetensiyalarini aniqlash qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan usul va vositalardan foydalanish haqida muhim xulosaviy fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA FANINI O‘QITISHDA KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING METODIK VAZIFASI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

TARBIYA FANINI O'QITISHDA KREDIT-MODUL TIZIMI SHAROITIDA TALABALARNING MUSTAQIL O'QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING METODIK VAZIFASI

Samandarova Muhayyo Qaxramon qizi

Toshkent Amaliy fanlar universiteti "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304167 Annotatsiya: Maqolada pedagogikada tarbiya fanini o'qitish orqali talabalarda mustaqil ta'lim topshiriqlaridan foydalanishning bugungi holatini o'rganish. Uning dastur talablariga mosligini qiyosiy o'rganish, shuningdek, ularni o'qitish bilan bog'liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlar taklif qilish. Kredit-modul tizimida tarbiya fanini o'qitishda kompetensiyalarini aniqlash qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan usul va vositalardan foydalanish haqida muhim xulosaviy fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim topshiriqlari, kredit-modul, tizim,usul, akademik kredit, ta'lim mazmuni, o'quv dasturlari, innovatsiya, texnologiya.

KIRISH

Jahonda globallashuv va axborotlashish jarayonlari, innovatsion ta'lim muhitida yuzaga keladigan mustaqil ta'lim topshiriqlarida, tarbiya fanini o'qitishda pedagogik-metodik o'zgarishlar kiritishni taqozo etib, bu borada kredit-modul tizimida o'qitishning ahamiyati ortib bormoqda. Kredit-modul tizimi o'qitish amaliyotida gibrid a'limida o'qitish tarbiya fanini o'qitishda didaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan kompetensiyani rivojlantirish muammolari OTMlar kesimida o'rganilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi

O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to'g'risida", 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab- quvvatlash to'g'risida", 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan ohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida", 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to'g'risida" gi farmonlari, Me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maqola ma'lum darajada xizmat qiladi.Rivojlangan davlatlardagi, ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim topshiriqlari hamda o'quv topshiriq ishlarni tashkil qilish tizimi ( kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish bilan bog'liq muammolar yuzasidan kuzatishlar olib borilgan (Bright Hub Education) tarbiya fanini o'qitishda kompitensiyaviy yondashuvlar olib borilayotgan oliy ta'lim muassasalarida tarbiya fanini o'qitishda izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari hamda oliy ta'lim muassasalari, jumladan, University of Tokyo (Yaponiya); Baki Davlet universiteti (Ozarbayjon); Moskva davlat universiteti, Qozoq milliy universiteti Qozog'iston, O'zbekistonda olib borilmoqda. Krediti-modul tizimida o'qitish, uni didaktik kasbiy

tayyorgarlikkacha bo'lgan kasbiy kompetensiyani rivojlantirish umumiy tamoyillari, tarbiya fanini o'qitish masalasida dastlabki pragmatik goyalar amerikalik faylasuf va pedagog Djon Dyui, Skatkin M.N fanlarni o'qitilishida muammoli o'quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning o'quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi. Pedagogik va psixologik talqini bo'yicha Rubenshteyn S.L, metodik amaliyoti bo'yicha Leontev A.N ruhshunoslikdagi sezish, anglash kategoriyalari Ponomarev Ya.A, tadqiqotlarida atroflicha o'rganilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarbiya fanini o'qitish, uni avaylabasrash, milliy qadriyat sifatida ulug'lashga doir ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda olib boriladi. Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Mugla universitesi (Turkiya), Indiana University (AQSh), Centre of increasing to pedagogical qualification on base Manchesters, Oxfords university (Buyuk Britaniya), Belfield pedagogical university Germany (Germaniya), Nauchniy sentr gumanitarnix issledovaniy (Rossiya) kabi ko'plab ilmiy markazlarda amalga oshirilmoqda. Kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan kasbiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari, tarbiya fanini o'qitish ustida ishlash orqali o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari tizimli ishlab chiqilgan. Jahon ta'lim tizimida interaktiv o'qitish tizimidan foydalanish (interactive E-learn) bo'yicha tadqiqotlar yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Purdue University (AQSh), interaktiv ta'limni amalga oshirish BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD), pedagogikani o'qitish muammolari (Baku: Azerbaycan Deyvlet Pedagogik Universiteti) mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator tarbiya fanini o'qitish metodikasiga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar Tarbiya fanini o'qitishda ta'lim mazmunini rivojiga munosib hissa qo'shgan metodist olim pedagogika fanlari doktori, professor N.Muslimov o'zining doktorlik dissertatsiyasida ta'lim-tarbiya fanlarini o'qitishda ta'lim mazmunini takomillashtirishda, darslarda o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiy-metodik asoslari yuzasidan tadqiqot olib boradi, o'quvchilar tafakkurini

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

rivojlantirishning ilmiymetodik asosini ishlab chiqish bilan birga tafakkurni rivojlantiruvchi mustaqil ta'lim topshiriqlariga ham alohida individual tipologik xususiyatlariga e'tibor qaratadi.

METODOLOGIYA

O.Quysinov pedagogika fanlarini ta'limini tizimlashtirishda uzviylik va uzluksizligini ta'minlash borasida pedagogik-metodik yondashuv, mustaqil ta'lim topshiriqlarni ham uzluksiz ta'lim tizimi uchun uzviylik tamoyili asosida takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini tavsifladi. M.Axmedova muallifligida yaratilgan darsliklarda umumiy o'rta ta'lim tizimida mustaqil ta'lim topshiriqlaridan foydalanishni kuzatishimiz mumkin. Mustaqil ta'lim topshiriqlari mashg'ulotlar doirasida o'qituvchi rahbarligida qo'shimcha dars mashg'ulotlarida ham o'tkaziladi, maxsus jadvallarni ishlab chiqadilar. Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro nashrlar tahlili shuni ko'rsatdiki, Y.Babanskiy,

A.Verbiskiy, L.Derkach, V.Kazakov, O.Kirichuk,

B.Korotyaev, A.Kucheryavy, S.Matushkin, A.Moroz P.Pidkasistiy, N.Polovnikova kabi olimlar tomonidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning turli jihatlari o'rganilgan, V.Slasteni, T.Shamova, V.Aksenova, T.Gusak, V.Krilova, V.Leontiev, G.Shchukina, V.Vergasov va boshqalar talabalarning o'quv faoliyatini rag'batlantirish masalalarini ko'rib chiqdilar. Talabalarni mustaqil o'quv faoliyatiga tayyorlashni takomillashtirish yo'llari M.Antonyuk V.Buryak, N.Vazxeevskaya, L.Derkach, I.Mostovaya, L.Onuchak, M.Soldatenko kabi olimlar tomonidan tahlil qilingan. O'qitishni tashkil etishning modulli tizimi A.Aleksyuk, K.Vazina, A.Kucheryaviy, A.Gumenyuk, B.Ognevyuk, A.Furman, P.Yusevichene va boshqa olimlar tomonidan batafsil o'rganilgan. Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash bilan bog'liq masalalarni ishlab chiqish N. Bityanova, A. Gromseva, S. Dneprov, V. Kurinskiy, L. Ruvinskiy va boshqalar. O'quv faoliyatini ilmiy tashkil etishning turli jihatlari S. Arxangelskiy, Ya. Ludchenko va Chij A. N., Sagina N. S. boshqalar. Olimlar va amaliyotchilarning universitet talabalarining mustaqil ta'lim topshiriqlari ishlarini tashkil etish muammosiga katta e'tibor qaratishlariga qaramay, aks ettirish va hal qilishni talab qiladigan muhim masalalar hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Tarbiya fanini o'qitishda darsliklarda, asosan, mashqlardan foydalanib kelingan. O'quv materiallarini ta'lim jarayonida o'rganishning didaktik-metodik yondashuviga xos o'qitish metodikasiga munosib darajada hissa qo'shgan olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar muayyan darajada e'tibor qaratilgani kuzatiladi. Rus pedagoglari S.L.Rubenshteyn, A.N.Leontev ta'lim jarayonida umumiy pedagogik-psixologik yondashuvlar asosida amaliyotga mustaqil tatbiq etishni taklif etadi. J.A.Ponomarev kabilar mustaqil o'quv topshiriqlari va ularning didaktikada tutgan o'rni, vazifalari haqida kuzatishlar olib borgan. Jumladan, A.N.Leontev mustaqil ta'lim topshiriq tushunchasini quyidagicha xarakterlaydi: Mustaqil ta'lim topshiriq - muayyan shartlarga asoslanib oldinga qo'yilgan aniq maqsaddir. L.Zaripov ta'lim mazmunida pedagogikaning ilmiy

nazariy asoslarini o'rgatishni nazarda tutilishini, kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ta'kidlaydi. Jahon pedagogikasida mustaqil ta'lim topshiriqlarining metodik, psixologik-pedagogik tadqiqi bilan Avstraliyalik olim, professor Jak Richards maxsus shug'ullangan. Shuni ta'kidlash joizki, G'arb pedagogikasining didaktik jarayoni amaliylikka asosiy e'tiborni qaratadi. Dastlabki pragmatik g'oyalar Amerikalik faylasuf va pedagog D. Dyui tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan . Oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim topshiriqlaridan foydalanishning bugungi ahvolini o'rganish va pragmatik mazmundagi o'quv topshiriqlarining tarbiya tarbiya fanini o'qitishda fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish, uning dastur talablariga mosligini qiyosiy o'rganish, shuningdek, ularni o'qitish bilan bog'liq muammolarning sabablarini aniqlash va yechimlar taklif qilish; kredit-modul tizimi uchun tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanidan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish asosida talabalarda bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, transfer metodlarni ishlab chiqish va model xarita mexanizmlarini takomillashtirish, kredit-modul tizimi uchun tarbiya fanini o'qitishda fanlardan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish asosida fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning kompetensiyalarini aniqlash, kreditmodul tizimi uchun tarbiya fanini o'qitishda fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish va topshiriqlar bilan ishlashda ta'lim traektoriyasi qulay va amaliy ahamiyatga ega metod, usul va texnologiyalarni tanlash, kreditmodul tizimini rivojlantirish imkonini beruvchi, mustaqil topshiriqlar tuzishning didaktik ta'minotining didaktik xususiyatlari tarbiya fanini o'qitishda ta'lim mazmunini rivojlantirishda nazariy jihatlar va metodik ta'minot kontekstual, differensial-semantik, mantiqiylik, bosqichli ketma-ketlik tamoyillari asosida aniqlash, kredit-modul tizimi uchun tarbiya fanini o'qitishda fandan didaktik-metodik vazifalarni o'rganishga doir mustaqil ta'lim topshiriqlarini tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari, informatsion va innovatsion metodik yondashuvlarni imitatsiyalashda tizimlilik, izchillik g'oyalarini generatsiyalash, kredit-modul tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ta'lim topshiriqlarida, pedagogik-metodik o'zgarishlar kiritishni taqozo etib, bu borada kredit-modul tizimida o'qitishning ahamiyati ortib bormoqda. fanlar uchun mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish usullari XIX va XX asrlarda boshlangan ta'lim-tarbiyani erkinlashtirish jarayoni doirasida birinchi marta akademik kreditlar AQSh universitetlarida joriy etildi. Miqdoriy ekvivalentlarning tashkil etilishi ta'lim mazmuni va kredit bo'linmalari asosida o'quv dasturlarini o'zlashtirish darajasi talabalarga o'quv jarayonini mustaqil rejalashtirishga ruxsat berildi, ta'lim sifatni nazorat qilish va baholash tizimlariga tub o'zgartirishlar kiritish asosida ta'lim jarayonini metodik takomillashtirish uchun shart -sharoitlar, texnologiyalar yaratildi. Kredit-modulli tizim talabalarning o'quv faoliyati va harakatchanlik vositasi sifatida Yevropa ta'lim uslubi talabalarning yuqori faolligini anglatadi. Ta'lim jarayoni nafaqat ta'lim

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

ob'ekti, balki shaxs sifatida ham ta'lim tizimiga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu bir tomondan talab qiladi, talabaning o'z-o'zini anglashning yuqori darajasi va boshqa tomondan, ehtiyojini taqozo etadi talaba va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlarni o'zgartiradi. An'anaviy ta'limdan farqli o'laroq talaba oldindan bo'lgan konveer sifatida namoyish etilishi mumkin bo'lgan ta'lim tizimi muayyan traektoriya (umumiy o'quv dasturi, hamma uchun bir xil) dan harakatlanadi kredit-modulli tizim turli xil modullarni jalb qilishga imkon beradi, majburiy fanlardan tashqari, ya'ni individual o'quv dasturini rivojlantirish mumkin. Modul

- pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo'laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo'laklar, ya'ni modullar eng kichik bo'laklardan hamda ularning turli miqdordagi to'plamlaridan iborat bo'ladi. Moduldagi eng kichik tarkibiy bo'lakni eng kichik modulga, boshqalarini esa o'z ichiga qancha modullarni olishiga qarab tegishlicha darajadagi modullarga ajratishdan iborat. Modul - modulli ta'lim texnologiyasini joriy etishning asosini tashkil etadi. O'zlashtirilishi lozim bo ' lgan manbani bo ' laklarga bo 'lib o'rganish imkonini beradi. Modulli o'qitish -o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta'lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashganligidir. An'anaviy ta'limda o'quv maqsadlari pedagog faoliyati asosida ifodalangan ya'ni bilim berishga yo'naltirilgan bo'lsa, modulli o'qitishda ta'lim oluvchilar faoliyati asosida ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan bo'ladi. Modulli o'qitish texnologiyasining an'anaviy o'qitishdan farqli xususiyatlari. Modulli texnologiyaga asoslangan ta'lim an'anaviy ta'limdan o'qitish usullari va vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi. Modulli o'qitish ta'limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi. Kredit-modul faoliyatasosida o'qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o'zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlaydi; -o'qitishni individuallashtirish; - amaliy faoliyatga o'rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o'qitish samaradorligini nazorat qilish; -kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish.

NATIJA

Modulli o'qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq: - ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi; -malakali o'qituvchilar tarkibi darajasi; - talabalar tayyorgarligi darajasiga - kutiladigan natijalar bahosiga;

- didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga; - modullar natijasi va tahliliga. Ma'ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog'i lozim. Modul amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari ma'ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma'ruzalar mazmunini o'rganiladigan yangi material bilan to'ldirilishi kerak. An'anaviy va noan'anaviy modulli o'qitish texnologiyasi Modulli o'qitishda o'quv dasturlarini to'la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash asosida bosqichma-bosqich o'qitish imkoniyati yaratiladi. Ya'ni o'qitishni

individuallashtirish mumkin bo'ladi. Modulli o'qitishga o'tishda quyidagi maqsadlar ko'zlanadi: - o'qitishning uzluksizligini ta'minlash; - o'qitishni individuallashtirish; - o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; - o'qitishni jadallashtirish; - fanni samarali o'zlashtirishga erishish. Modulli o'qitish asosiy masalalari bo'yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar beruvchi muammoli va yo'riqli ma'ruzalar o'qilishini taqozo etadi. Modulni o'qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o'qitishning quyidagi usullarini qo'llash mumkin: -muammoli muloqotlar; - evristik suhbatlar; - o'quv o'yinlar; - loyihalash va yo'naltiruvchi matnlar va hokazo. O'qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi: Mustaqil ta'lim topshiriqlarni bajarish texnologiyasi An'anaviy o'qitish texnologiyasi O+S Mustaqil ta'lim topshiriqlar Noan'anaviy modulli o'qitish texnologiyasi S+S Mustaqil ta'lim topshiriqlar Bir tomonga yo'naltirilgan axborot usuli. Bir tomonlama muloqot. Mustaqil bajarish (darslik, o'qituvchi, talaba) Axborot olish. Xotirada saqlash. Mustaqil ta'lim topshiriqlarni bajarishda ma'nosini tushunmagan holda o'qish, mexanik tarzda yodlash. Savol-javob usuli. Fikrlash va amaliy faoliyat asosida tahsil olishda faol ishtirok etishni rag'batlantirish. Mustaqil ta'lim o'quv topshiriqlarni bajarish. Ikki tomonlama muloqot. Tahlil qilish asosida ma'lumotni eslab qolish. Bilim va ko'nikmalarni namoyish etish. Mazmunni tushunish va hayotga bog'lash. - fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o'qitish uzluksizligini ta'minlanishi; - har bir modul ichida va ular orasida o'quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o'rnatilishi; -fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi; -talabalar o'zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so'ng) qilinishi; - talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko'ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so'ng o'qituvchi ayrim talabalarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin); - axborotni yetkazib berish natijasida o'qitishni jadallashtirish dars mashg'ulotlari soatlaridan samarali foydalanish va o'quv vaqti tarkibini ma'ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg'ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni - optimallashtirish. Buning natijasida talaba yetarli bilimlarga va ko'nikmaga ega bo'ladi. Modul umumiy ko'rinishda quyidagi elementlardan iborat bo'lishi mumkin: - tarixiy - bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish; - muammoli - bu muammoni rivojlantirish; - tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish; -faollashtirish - bu yangi o'quv materialini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko'rsatish; - nazariy -bu asosiy o'quv materiali bo'lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipotezani asoslash, muammoni yechish yo'llari ochib ko'rsatiladi; - tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o'quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish; -umumlashtirish - bu muammo yechimini va modul mazmunini umumlashtirish; - joriy etish- bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

o'rganilgan materialni amaliyotda qo'llash; - xatoliklar -talabalarning modul mazmunini o'rganishdagi o'zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo'llarini ko'rsatish; - bog'liqlik - o'tilgan modulni boshqa modullar bilan, shu jumladan yondosh fanlar bilan bog'liqligini namoyon etish; - test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash. O'quv materialining o'zlashtirilishiga mashg'ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko'rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog'liqligi shu modulni o'rganishdagi talabalarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega. Qiziqtirish tamoyili - bu tamoyilning mohiyati ta'lim oluvchining bilim olish faoliyatini rag'batlantirishdan iborat bo'ladi. Modulning o'quv materialiga qiziqishni uyg'otish, bilim olishga rag'batlantirish, mashg'ulotlar paytida faol ishtirok etish, ijodiy fikrlashga da'vat etish modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.

MUHOKAMA

Modullilik tamoyili - bu tamoyil o'qitishni individuallashtirishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Birinchidan modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil ya'ni to'la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko'rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O'qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o'ziga havola qilinadi. Ikkinchidan modul mazmunini o'zlashtirishda o'qitish usuli va shakllarning turliligida ham modullilik namoyon bo'ladi. Bu esa o'qitishni faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o'qish, o'quv, imitatsion o'yinlar va hokazo) hamda muammoli ma'ruzalar seminarlar maslahatlar bo'lishi mumkin. Uchinchidan modullilik yangi materialni pog'onasimon o'zlashtirishda ta'minlanadi, ya'ni har bir fan va har bir modulda o'qitish spiralsimon tamoyil asosida, oddiydan murakkabga qarab yo'naltirilgan bo'ladi. To'rtinchidan modulga kiruvchi o'quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o'quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug'iladi. Muammolilik tamoyili-muammoli vaziyatlar va mashg'ulotlarni amaliy yo'naltirilganligi o'quv materialining o'zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi. Mashg'ulotlar paytida gipoteza qo'yiladi, uning asoslanganligi ko'rsatiladi va muammoning yechimi beriladi. Ko'pchilik hollarda bizning o'qituvchilar dars mashg'ulotlari mashg'ulotlarda faqatgina ma'ruza dialog tarzida olib boriladi. Dalillar keltirmaydi. Masalan AQSHda o'qituvchi vaziyatni o'rganish uslubini, o'zi qo'ygan muammoning yechim yo'llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko'rsatadi va tushuntiradi. Ya'ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo'ladi. Birinchi navbatda ayniqsa ana shu narsa talabani qiziqtirib qo'yadi unda ijodiy fikrlash va faollikni tug'diradi. Kognitiv vizuallik tamoyili (ko'z bilan kuzatiladigan) -bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi.

XULOSA

Demak,o'qitishdagi ko'rgazmalar nafaqat so'roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligini oshiradi. Butun dunyo ta'lim nazariyasiga o'zining munosib hissasini qo'shgan Ya.A.Komenskiy ham "Buyuk didaktika" asarida an'anaviy talim shaklida, uchta ta'lim metodining biri ekanligini qayd etgan, kognitiv grafika-sun'iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo'lib, murakkab ob'ektlar kompyuter sur'atchalari ko'rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo'lib rangli bajarilgan kognitiv grafik o'quv elementlari xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa: Birinchidan talabaning ko'rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; ikkinchidan o'quv materiali mazmunini o'zida zich joylashtirib ravshan ko'rsatuvchi rasm talabada tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi. uchinchidan rangli suratlar o'quv materialini qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ko'rgazmali ma'lumot og'zaki ma'lumotdan ko'ra ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko'rish mexanizmining ma'lumotni o'tkazish qobiliyati eshitishnikidan ko'ra ancha yuqoridir. Bu esa o'z navbatida, ko'rish tizimiga inson qabul qilinadigan ma'lumotning qariyb 90 % foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko'rgazmali ma'lumot bir vaqtning o'zida beriladi. Shuning uchun ma'lumotni qabul qilish va eslashga og'zaki ma'lumotdan ko'ra kam vaqt talab etiladi. Ko'rgazmali ma'lumot ishlatilganda taassurot hosil bo'lishi og'zaki bayondan ko'ra o'rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi. Insonning ko'rgazmali ma'lumotga ishonchi, og'zaki ma'lumotdan ko'ra yuqori bo'ladi. Shuning uchun "Yuz bor eshitgandan ko'ra, bir bor ko'rmoq afzalroqdir" deb bezij aytilmagan. Shu bilan birga ko'rgazmali ma'lumotda qabul qilish va eslash unumi uni ko'rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog'liq bo'lmaydi. Og'zaki ma'lumotning o'zlashtirilishi esa, bunga bog'liq bo'ladi. O'rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko'rgazmali ma'lumotni qabul etish o'qitish samarasini oshiradi ya'ni o'quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan ma'lumotni ko'paytirish uchun shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa o'qitishni individuallashtirish zarurligini ko'rsatadi. Xatoliklarga tayanish tamoyili - bu tamoyil o'qitish jaranyonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. O'quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o'quv vaqtining zaxirasini yaratishga yo'naltirilgan bo'ladi. To'g'ri tashkil qilingan modulli o'qitish o'qish vaqtini 30% foiz va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o'qitishning barcha tamoyillari to'la amalga oshirilganda, o'quv jarayoni kompyuterlashtirilganda

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

yondosh fanlarning o'quv dasturlari integratsiyalashib muvofiqlashtirilganda erishish mumkin. O'tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida modulli o'qitish -talabalarning bilim imkoniyatlarini ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko'nikmalarini o'rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara berishi aniqlandi. Modulli o'qitish metodikasi asosida o'zbek tili ta'lim mazmuni, fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni ta'minlashga o'qitishni jadallashtirishga talabalarning o'zlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o'rgatishga hamda o'quv materialini bosqichma-bosqich o'qitish asosida fanni samarali o'zlashtirishga erishiladi. Shuni qayd etish lozimki, talabaning shaxsiy ta'lim traektoriyasi talaba tomonida tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to'plash va o'zi istagan kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lish imkoniyatini beradigan yo'nalish. Ta'lim traektoriyasi institusional hujjatlar va yo'riqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli ta'lim traektoriyalari natijasida bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin. Ushbu jarayonda talaba majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlarni mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. O'quv yilining boshida shunday qilib, talaba shaxsiy ehtiyojlar asosida yo'naltirilgan o'z ta'lim yo'nalishini rivojlantiradi. O'qish jarayonida har bir talaba daromad oladi, talaba faoliyatining mehnat intensivligining o'lchovi bo'lgan narsa - bu kreditlar. Ushbu tizim shuningdek, o'qitishning loyihaviy shakli -shaxsni rivojlantirish va himoya qilishni nazarda tutadi yoki tegishli mavzular bo'yicha guruh loyihalari ishlab chiqadi. Ushbu tizimning boshqa afzalliklari bor: bir vaqtning o'zida o'rganilgan kamroq fanlar, individualizatsiya pedagogik jarayonning, amaliy yo'naltirilganligi, shuningdek oshkor etilishi talabalarning ijodiy qobiliyatlari. Zamonaviy sharoitda ushbu tizim ko'proq mobil, vakolatli va talab darajasidagi mutaxassislar haqida ma'lumot berishga imkon beradi. Modul tushunchasini haqiqiy tarkib bilan to'ldirish bugun barcha universitetlar uchun dolzarb muammoga aylandi.

5. L.Zaripov "Kredit-modul tizimi bo'yicha xorij tajribasi" Yetakchi nashriyoti 2024.03.01

6. Axmedova M.E. (hammualliflikda) Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik-T., 2023. 5-b.(380)

7. M.E.Modul kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishningilmiy-nazariy asoslari. Monografiya.Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi 2022.115 b.

8. Google

9. Ziyo.net

ADABIYOTLAR:

1. Vigotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiya / Pod red. V.V. Davidova, - M.: Pedagogika, 1991. - 480s. 273.

2. Djon Dyui. Obshestvo i yego problemi John Dewey. The Public and its Problems. Denver, Dj. Dyui. Obshestvo i yego problemi. - Perevod s angliyskogo: I. I. MyuJberg, A. B. Tolstov, Ye. N. Kosilova - M., 2002. 275.

3. Shaydur I.A. Organizatsiya samostoyatelnoy raboti studentov pedagogicheskix universitetov na osnove individualno orientirovannogo podxoda: avtoref. dis. na soiskanie uchenoy stepeni 264 kand. ped. nauk: spesialnost 13.00.04"teoriya i metodika professionalnogo obrazovaniya "/I. A. Shaydur. - K., 2003.-21 s

4. O.Qo'ysinov Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etish. Metodik qo'llanma Toshkent TDPU 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.