Научная статья на тему 'MAXSUS FANLARNI MODULLAR ASOSIDA O‘QITISH, TA’LIM JARAYONINING YAXLIT TIZIMI SIFATIDA'

MAXSUS FANLARNI MODULLAR ASOSIDA O‘QITISH, TA’LIM JARAYONINING YAXLIT TIZIMI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
modul tizimi / birlamchi modul / zamonaviy pedagogik texnologiyalar / noan’anaviy ta’lim / ta’lim texnologiyasi / kasbiy kompetentlik / modul to‘plami / modul darajasi / uzluksiz ta’lim / didaktik maqsad.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Olimova Dono Shakirovna, Xudayberganova Nargisa Qurbonbayevna

Mazkur maqolada maxsus fanlarni modullar asosida o‘qitish, ta’lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida ekanligi, fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash zarurarti vujudga kelgan bir vaqtda undan qanday foydalanish masalalariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAXSUS FANLARNI MODULLAR ASOSIDA O‘QITISH, TA’LIM JARAYONINING YAXLIT TIZIMI SIFATIDA»

MAXSUS FANLARNI MODULLAR ASOSIDA O'QITISH, TA'LIM JARAYONINING

YAXLIT TIZIMI SIFATIDA *Olimova Dono Shakirovna, 2Xudayberganova Nargisa Qurbonbayevna

1TTA Urganch filiali "Ozbek tili va adabiyoti tillar" kafedrasi dotsenti 2TTA Urganch filiali "Ozbek tili va adabiyoti tillar" kafedra o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10817449

Annotatsiya. Mazkur maqolada maxsus fanlarni modullar asosida o'qitish, ta'lim jarayonining yaxlit tizimi sifatida ekanligi, fan asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonida modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash zarurarti vujudga kelgan bir vaqtda undan qanday foydalanish masalalariga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: modul tizimi, birlamchi modul, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, noan'anaviy ta'lim, ta'lim texnologiyasi, kasbiy kompetentlik, modul to'plami, modul darajasi, uzluksiz ta'lim, didaktikmaqsad.

Аннотация. В данной статье возникли преподавание специальных предметов на основе модулей, тот факт, что учебный процесс представляет собой целостную систему, создающую соответствующие условия для регулярного познания основ науки, а также необходимость использования модульных образовательных технологий в образовательном процессе. Уделено внимание вопросам его использования.

Ключевые слова: модульная система, первичный модуль, современные педагогические технологии, нетрадиционное образование, образовательная технология, профессиональная компетентность, модульный комплекс, модульный уровень, непрерывное образование, дидактическая цель.

Abstract. This article brings up the teaching of special subjects based on modules, the fact that the educational process is an integral system that creates appropriate conditions for regular knowledge of the fundamentals of science, as well as the need to use modular educational technologies in the educational process. Attention is paid to the issues of its use.

Keywords: modular system, primary module, modern pedagogical technologies, non-traditional education, educational technology, professional competence, modular complex, modular level, continuous education, didactic goal.

Bugun mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish - zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasi va uning samaradorligini ta'minlovchi kasbiy ta'lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa o'z navbatida mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi uzluksiz ta'lim mazmunini yangilash, o'qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi. Shu asnoda, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, ta'lim bosqichlarining o'zaro uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiy foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olish ko'nikmalarini rivojlantirish muhim vazifalardan sanaladi. Bunda ta'lim bosqichlarining o'zaro mazmunan bog'liqligi, uzviyligi va uzluksizligini

ta'minlash; oliy ta'limda o'quv jarayonini tashkil etishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini joriy qilish, bu borada o'quv-uslubiy majmualar sifatini ta'minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda professor-o'qituvchilarning axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo'yicha savodxonligini doimiy oshirib borish; oliy ta'limning axborot-resurs va zamonaviy o'quv adabiyotlari bilan ta'minotini yanada rivojlantirish; mazkur yo'nalishlarda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish oliy ta'lim muassasalari, xususan, pedagog kadrlarining faoliyat yo'nalishlari tarkibini belgilaydi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, ishchi dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-4732 farmoniga muvofiq tuzilgan bo'lib, u oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy tayyorgarligi darajasini rivojlantirish, ularning ilg'or tajribalarni o'rganishlari hamda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha malaka va ko'nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi.

Ta'lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri o'quvchi-talabalarga insoniyat tarixi davomida yaratilgan bilimlarni etkazish, fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil o'qishni o'rgatish orqali bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini orttirishdan iborat. Bu vazifalarni an'anaviy ta'lim texnologiyasidan foydalangan holda hal etib bo'lmaydi, shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonida modulli ta'lim texnologiyasini qo'llash zarurarti vujudga keldi.

Modulli ta'lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. «Modul» lotincha so'z bo'lib, «qism» yoki «bo'lak» («blok») degan ma'noni bildiradi. Demak, modul - pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo'laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo'laklar, ya'ni modullar eng kichik bo'laklardan hamda ularning turli miqdordagi to'plamlaridan iborat bo'ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo'lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o'z ichiga qancha modulni olishiga qarab tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng kichik modullari asosiy tushuncha bo'lib, ular go'yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi «g'ishtcha»lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega.

Bunda kichik modul, modul to'plami birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi. Ular quyidagicha ta'riflanadi:

Kichik modul - zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas, deb hisoblanadi.

Birlamchi modul - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uning biror darajasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va o'z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul to'plami.

Modul to'plami - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida qaralgan bir nechta modullar yig'indisi.

Modul darajasi - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasvirlash ko'lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o'z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko'rsatkichi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning modullari quyidagi darajalarga ajratilishi mumkin:

1. Bir o'quv mashg'ulotini o'tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.

2. O'quv fanining bir mavzusini, bir bo'limini, bir qismini yoki hammasining tarkibiy bo'laklarini hamda o'qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar. Ular bloklar deb ham nomlanadi.

3. Bir nechta turdosh o'quv fanlarining tarkibiy bo'laklarini hamda o'qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar (bloklar).

4. Davlat ta'lim standartining tarkibiy bo'laklarini hamda ularning bajarilishini ta'minlash texnologiyalarini tashkil qiluvchi modullar.

5. O'quv reja va dasturlarining tarkibiy bo'laklarini hamda ularning bajarilishini ta'minlash texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.

6. Ta'lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar.

7. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jarayonida qo'llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.

Ushbu modullar orasida bir o'quv mashg'ulotini o'tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar zamonaviy pedagogik texnologiyalar jarayonining asosiy bo'g'inini tashkil qilishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:

- mashg'ulot mazmunini tashkil qiluvchi asosiy tushunchalar;

- shu tushunchalarni o'quvchi-talabalarga tushuntirish jarayonining tarkibiy qismlari;

- shu tarkibiy qismlarning har birida qo'llaniladigan ta'lim-tarbiya vositalari va usullari; - o'qituvchining mashg'ulot davomida bajaradigan faoliyatini tashkil qiluvchi modullar;

- o'qituvchilarning mashg'ulot boshidan oxirigacha bo'lgan vaqt davomida bajaradigan faoliyatlarini tashkil qiluvchi modullar;

- o'quvchi-talabalarning o'zlashtirishini nazorat qilish ishlarini tashkil qiluvchi modullar va shu kabilar.

Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar jarayonidagi modullar ta'lim mazmuni, vositalari va usullarining har biriga tegishli tarkibiy elementlarni tashkil qiladi. Bunda ta'lim mazmuni modullari - o'rgatilayotgan axborotning tarkibini tashkil qiluvchi birliklarni; ta'lim vositalari modullari - shu vositalarining birliklarini; ta'lim usullari modullari - shu usullarni amalga oshirish faoliyati davomida bajariladigan harakatlarni tashkil qiluvchi birliklarni ifodalaydi.

Modul dasturlarini tuzishda o'qituvchi e'tiborini quyidagilarga qaratish zarur:

- modul dasturidan ko'zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish;

- an'anaviy ta'limda o'qituvchi darsning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini o'z zimmasiga yuklaydi, ya'ni o'quvchi-talabalarda muayyan tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va h.k. modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan maqsadlariga uyg'un holda o'quvchi-talabalarning zimmasiga yuklatiladi. SHuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bo'lsa, unga muvofiq holda tadbirlar qo'llaniladi va erishish oson bo'ladi:

- o'quv materialini o'rganishning mantiqiy yo'nalishi (induktiv yoki deduktiv tarzda berilganligi)ni aniqlash;

- modulli ta'lim tamoyillari hisobga olingan holda o'quv materialini mazmunan tugallangan mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik qism (modul)larga taqsimlash;

- o'quvchi-talabalar tomonidan o'quv materiallarini har bir moduli yoki qismini o'zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o'quv faoliyati usullarini belgilash;

- o'quv faoliyati usullariga bog'liq holda modul dasturidan o'rin olishi lozim bo'lgan o'quv elementlarini va ularning ketma-ketligini aniqlash;

- o'quvchi-talabalar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo'yicha dastlabki joriy nazorat, axborot to'plami, o'qitish mazmunini qayta ishlash, yakuniy nazorat va o'quvchi-talabalar bilimidagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish yo'llarini belgilash;

- o'quvchi-talabalar uchun asosiy va qo'shimcha adabiyotlarni tanlash.

O'quvchi-talabalar modul dasturi yordamida o'quv materialini mustaqil va ijodiy

o'rganish jarayoni mazkur mavzuni o'zlashtirish uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishilishi lozim.

Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko'ra:

- o'quvchi-talabalarning individual tarzda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari;

- ikkita o'quvchi-talaba hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari;

- o'quvchi-talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari;

- o'quvchi-talabalarning individual tarzda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari har biri o'quvchi-talabaning iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z-o'zini baholash ko'nikmalarini rivojlantirish;

- ikkita o'quvchi-talaba hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, o'quvchi-talabalarning bir-birini o'qitishi, o'zaro hamkorlikda o'quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o'zaro nazoratni amalga oshirishi;

- o'quvchi-talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o'quvchi-talabalar o'rtasida muloqot, o'quv bahosi va munozara, o'zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

O'qituvchi mazkur modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlarini qo'llab, o'quvchi-talabalarda o'quv materiallarini mustaqil va ijodiy o'zlashtirish ko'nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilganidan ikkita o'quvchi-talaba hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart-sharoitlar vujudga kelgandan so'ng, kichik guruhlarda ishlashga mo'ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim.

Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:

Modul texnologiyasi asosida o'qitishda dastlab o'quv fanini o'qitishning maqsadi va mazmuni, modullarning maqsadi va mazmuni belgilanadi. O'quv maqsadlari modul yakunida ta'lim-tarbiya natijasi sifatida o'quvchi erishishi lozim bo'lgan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi. O'quv maqsadlari tarmoq ta'lim standarti talablari asosida ishlab chiqiladi. Modulni o'rganish maqsadi qanchalik aniq bo'lsa, unga erishilganlik darajasini baholash shunchalik oson bo'ladi.

O'quv-didaktik materiallar va o'quv vositalari deyilganda bilim va malakalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi axborot manbalari tushuniladi.

Maxsus fanlarni modul texnologiyasi asosida o'qitishda o'quvchi-talabalar bilimi va ko'nikmalari o'quv maqsadlariga muvofiq holda muntazam baholanishi kerak. Baholash huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga hamda Davlat ta'lim standartiga asoslanadi. Baholash orqali butun modulni o'rganish jarayoni va uning barcha komponentlari maqbulligi tekshirilib

ko'riladi. Bu bilan moduli o'qitish kutilayotgan natijani berayotgani yoki bermayotganini aniqlanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, modul texnologiyasi asosida o'qitish borasida o'quvchi talabalarning bilish imkoniyati oshib boradi, ijodiy qobiliyatini rivojlanadi, o'quvchitalabalarni kasbga qiziqishlari asosida o'quv faoliyati faollashtiriladi, mustaqil o'qitishga imkoniyat yaratiladi, har bir modul bo'yicha o'quv didaktik materiallarni tayyorlash o'qitishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, modul texnologiyasi asosida o'qitishda ta'lim berishning turli shakl va usullaridan, masalan, muammo echimini topish, ijodiy muloqotlar, o'quv-mashg'ulot o'yinlari, loyiha, yo'naltiruvchi matnlar va evristik suhbatlardan ijodiy foydalaniladi.

REFERENCES

1. Xoshimova M.K. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. ( Ma'ruzalar matni). T.:TDIU. - 2012. - 50 bet.

2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, 2019.

3. Golish L.V. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. M. 1999.

4. Yo'ldoshev J., ,Xasanov S. Pedagogik texnologiyalar. T.: "Iqtisod-moliya", 2009.

5. Ishmuhammmedov R. Ta'limda innovasiya. -Toshkent: «Fan». 2010.

6. Ishmuhammmedov R. Tarbiyada innovasion texnologiyalar. -Toshkent: «Fan». 2015.

7. Tolipov O'.K., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslari. -T.: "Fan va texnologiya". 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.