Научная статья на тему 'TANBEH MAZMUNINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI'

TANBEH MAZMUNINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologizm / nutqiy vaziyat / kommunikativ maqsad / tanbeh munosabatini ifadalovchi so’zlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D.Rustamova

Ushbu maqolada tanbeh mazmunini ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari yoritilib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TANBEH MAZMUNINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI»

TANBEH MAZMUNINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

D.Rustamova

SamDU o'zbek tilshunosligi kafedrasi II bosqich magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tanbeh mazmunini ifodalovchi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari yoritilib beriladi.

Kalit so'zlar: Frazeologizm, nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad, tanbeh munosabatini ifadalovchi so'zlar.

Qadim zamonlardan avlodlardan avlodlarga o'tib shakllanib turg'unlashgan frazologizmlar, maqollar va aforizmlar dunyoning barcha taraqqiy etgan sivilizatsiyalariga doimo hamrohlik qilib kelgan. Bu iboralar har bir xalqning yashash tarzini, diniy e'tiqodlarini, orzu-umidlarini, fikr va tuyg'ularini, qiziqish va intilishlarini aks ettiruvchi, xalqlarning donishmandligi va zukkoligini, shuningdek, tarixiy tajribasini o'zida jamlagan noyob ifodalardir. Frazologizmlar, maqollar va aforizmlar o'z semantik tuzilishi orqali xalqning ma'naviyati va milliy rang-barangligini namoyon etib, ayni paytda xalq tarixiga, urf-odatlariga va an'analariga bog'liq bo'ladi. Shu bilan birga, ularning semantik tarkibida o'xshashliklar mavjud bo'lsa-da, har birining yuzaga kelishi va shakllanishi jarayonida o'ziga xos farqlar ham mavjud.

Badiiy matnda frazeologizmalar tilning rang-barangligini va yozuvchining nutq san'ati ustaligini aks ettiradi. Ular o'quvchiga nafaqat tilning texnik jihatlarini, balki madaniyatning mazmuni va umumiy qiymatini ham tushuntiradi. Har bir frazeologizm o'zida muayyan madaniy, tarixiy yoki ma'naviy ma'no tashiydi. Badiiy asarlarni o'qish jarayonida frazeologizmalar o'quvchiga inson ruhiyatini, maqsadlarini va ijtimoiy munosabatlarni anglashda yordam beradi.

Tanbehning frazeologik shakllari, har doim ijtimoiy va madaniy kontekstga mos ravishda, ular orqali kimgadir nisbatan ogohlantirish yoki yomon xatti-harakatlarga qarshi ish tutish mumkin. Frazeologizmalar vositasida tanbeh berishning o'ziga xos ahamiyati mavjud. Ular yordamida nafaqat salbiy yoki befarq xatti-harakatlar haqida ogohlantirish berish mumkin, balki o'zgarishlarga chaqirish va ehtiyotkorlikni ta'minlashda ham ishlatiladi. Tanbehning kuchliroq, salbiy yoki ijobiy shakllarini frazeologizmalar yordamida yetkazish, muloqotning samarasini oshiradi va o'zgarishlarga olib keladi. Frazeologik ifodalar orqali tanbeh berish, ularning ijtimoiy va madaniy xususiyatlariga mos ravishda, muloqotda samarasini ta'minlaydi.

Quyida keltirilgan matnda suhbat ikki kishining, ya'ni Tursunali va Sobitalining o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Suhbatdoshlarning kommunikatsiya jarayonida egallab

turgan mavqyei bir xil emas.Tursunali qishloqning keksa, obro'li kishilaridan. Sobitali esa undan ancha yosh, ichkilikka mukkasidan ketgan va shu tufayli o'z obro'sini yo'qotib qo'ygan yigit. Shuning uchun Tursunalining gaplari pand-nasihatdan ko'ra ko'proq achchiq kinoyaga, zaharxandaga moyil. Sobitalining gaplari esa o'zini oqlash, xatti-harakatlarini xaspo'shlashga qaratilgan.Ular orasidagi nutqiy muloqotda tanbeh akti piching, kinoya asosiga qurilganligi seziladi. Suhbatning davomida tanbeh nutqiy akti quyidagicha o'z ifodasini topgan:

Ana, basharangni it yalaganga o'xshaydi. Menga qara-chi,- Tursunali polvon shunday deb uning yuziga tikilib qaradi-da, bosh chayqab, o'z gapini o'zi inkor etdi:-yo'q, it yalamagan. It bunaqa isqirt basharani yalamaydi. Ko'ngli ayniydi. Basharti bilmay yalab qo'ysa ham, zaxarlanib o'la qoladi.

- Gapga ham to'n kiyg' izvorasiz-da, rais tog' a, g' irt mast bo'lsam ham xotin bilan eshakning farqiga borarman.

- Bahonangni qara-ya! O'zingning aqlingga kela qoldimi yo... Sen alkashning qo'liga qaysi ahmoq Qur'on berib qo'yarkan? Bilib qo'y: kecha qasaming qabul bo'lgan, tamom! Endi sen erkaklikdan chiqding. Xotining keta turib shunaqa dedi. "Erim erkak emas ekan, endi bitta erkak topib, tegaman", dedi. Xotining naq o'g' il bolaning gapini aytdi, otasiga rahmat!

- Cho'pchak to'qivordingiz, rais tog' a. Mening xotinim unaqa demaydi.

- Aldayapti, desang, bor, boraver. Qaynotangnikida yo'q bo'lsa, ishonasanmi, gapimga? Bu gapdan keyin Sobitali teshilgan pufak holiga tushdi.

Ammo "erim erkak emas ekan", degan la'nat toshini otib ketadigani shu paytgacha bo'lmagan.

- Ikkoviniyam onasini naq Uchqo'rg' onning qayqisidan ko'rsataman! Siz-chi, tog' a... sovuq nafas qilmang. Men uni qo'ymaganman, erga tegishga haqqi

yo'q.

- Hovliqma, o'pkangni bos, kecha sen uni uch taloq qo'yding.

- Kayfdagisi hisobmas, Qosim domla aytgan.

- Sen alkashga fatvo beradigan domla ham darrov topila qoladi-ya! Domlangga borib ayt: noma'qul buzoqning go'shtini yemasin.

Shu o'rinda biroz "lirik chekinish" qilishga, mazkur voqyea mohiyatini pragmatik nuqtai nazardan izohlashga ehtiyoj seziladi. Pragmatik tilshunoslikda "kommunikativ maqsad", "kommunikativ strategiya", "kommunikativ kombinasiya", "kommunikativ vaziyat", "pragmatik samara" kabi tushunchalar mavjud. Yuqoridagi matnda shu tushunchalarning qay darajada ishtirok etganligini tahlil qilishga harakat qilamiz.

Nutqiy vaziyat muloqot sodir bo'layotgan jarayon hisoblanadi. Yuqoridagi parchada qishloq oqsoqoli Tursunali va ichkilikboz Sobitali o'rtasidagi suhbat nutqiy vaziyatni yuzaga keltirgan.

Kommunikativ maqsad -so'zlovchining fikr ifodalashdan ko'zda tutgan maqsadi hisoblanadi. Matndagi muloqot ishtirokchilaridan biri Tursunalining kommunikativ maqsadi - Sobitaliga tanbeh berish,uning xatti-harakatlari noto'g' ri ekanligini tushuntirish va uni ichkilik ichishdan qaytarish.

Kommunikativ strategiya - fikr ifodalashda so'zlovchining qanday usullardan foydalanishi .Asardan anglashilicha, Sobitali ichkilikka shunchalik ro'jo' qo'yganki, unga gap ta'sir qilmay qolgan.Ana shuni hisobga olgan Tursunali o'ziga xos nutq taktikasini - nutq qaratilgan shaxsning nozik tuyg' ulariga ta'sir etish strategiyasini qo'llaydi. Muloqot jarayonida tanbeh nutqiy akti basharasini it yalamoq, ko'ziga qon quyilmoq, erkaklikdan chiqmoq, noma'qul buzoqning go'shtini yemoq, o'pkasini bosmoq kabi frazeologizmlar,isqirt bashara, mayda qadam kabi leksik vositalar vositasida yuzaga chiqqan.

Kommunikativ kombinatsiya so'zlovchi nutqiy taktikasining amalga oshish usullaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagi matnda Tursunali Sobitalini ichkilikdan qaytarish uchun shunday kombinasiya - nutqiy o'yinni tanlaydiki, bundan tinglovchi o'z qilmishidan afsuslanadi.

Yuqoridagi matnda yozuvchi tanbehni lisoniy va nolisoniy vositalar yordamida ifodalashga erishgan. Matnda og'ziga qarab gapirmoq frazeologik vositasidan tashqari so'zlovchining o'ksingan va haqoratlangan qiyofaga kirishi kabi nolisoniy hodisalar umumiy tarzda tanbeh nutqiy aktini shakllantirgan.

Quyidagi parcha ishtirokchilarining o'zaro munosabati asosida tanbeh munosabatini, ma'nosini ifodalovchi frazeologizmlarning nutqiy vaziyatdagi o'rnini aniqlashga harakat qilamiz.

Quyidagi matnda esa frazeologizmlarda masalahat akti tanbeh ma'nosi ma'nosi bilan bog' lanib kelgan:

Nima qilyapsan? Nozima senga biron narsa qildimi? Yo'q odamga namuncha kuyib qovurilmasang?... Mushugingni pisht deyayotgani yo'q... Erkak o'z yo'lida, xotin o'z yo'lida yashaydi. Hayot kino emas. Undan nima istaysan? Er bo'lar bo'lsa, Mansurchalik bo'ladi-da. Yeganing oldingda, yemaganing ortingda, qo'lingni sovuq suvga urmasang... Tagingda mashina, yoningda haydovching, hohlagan yeringga borsang, bundoq tanangga o'ylab ko'r, haddingdan oshma...

Xo'-o'-o'p, ana ket. Bolalaringni ol-da, qishloqqa ket. Xo'-o'sh, nima bo'ladi, nimaga ega bo'lasan? Bu yana bittasini oladi. Aqlingni yig', bola!

Ma'lumki, muloqot o'ta murakkab jarayon bo'lib unda til birliklarining nafaqat denotativ, balki konnotativ ma'nolari ham aks yetadi. Lisoniy birliklarning ana shu xususiyati ma'lum bir nutqiy faoliyatda yuzaga kelishi, nutqiy jarayonga bog' liq holda bir nutqiy aktning boshqa nutqiy aktga o'zgarishiga zamin hozirlaydi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдурахмонов Х., Махмудов Н. Суз эстетикаси. - Тошкент: Фан, 1981.

2. Бегматов Э. Хрзирги узбек адабий тилининг лексик катламлари. -Тошкент, 1985.

3. Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М.,Умуркулов Б. Узбек нутки маданияти очерклари.- Тошкент: Фан, 1988, 85-бет.

4. Дониёров Х., Йулдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль.-Тошкент: Фан,1988. 83-бет.

5. Йулдошев Б. Бадиий нутк стилистикаси, - Самарканд, СамДУ нашри, 1982.- 81 б.

6. Йулдошев Б. Ижодкор захмати (ёзувчи Саид Ахмад 85 ёшда) // Тил ва адабиёт таълими, 2005, 3-сон, 68-72-бетлар.

7. Йулдошев Б., Пардаев З., Бобожонов Ф. Бадиий асар тили масалалари, Навоий, Навоий ДПИ нашри, 2001.- 49 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.