Научная статья на тему 'YEVROPA TILSHUNOSLIGIDA PRAGMATIKANING O‘RGANILISHI VA TASNIFLANISHI'

YEVROPA TILSHUNOSLIGIDA PRAGMATIKANING O‘RGANILISHI VA TASNIFLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
204
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sintaktika / semantika / pragmatika / deskriptiv / nutqiy akt / kontekst / lingvistik pragmatika / tagma’no / kommunikativ strategiya / kommunikativ taktika / nutq subyekti / nutq obyekti. / syntax / semantics / pragmatics / descriptive / speech act / context / linguistic pragmatics / meaning / communicative strategy / communicative tactics / speech subject / speech object.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sobitjonova, Navro‘za Zafarjon qizi, Uktamova, Xilolaxon

Mazkur maqolada yevropa tilshunosligida pragmatikaning o‘rganilishi va tasniflanishi, dunyo tilshunoslari tomonidan pragmatikaga berilgan tariflar asosida pragmatika tushunchasiga tugal xulosalar berildi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangi sohasi sifatida o‘rganilishi muhim sohaligi tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY AND CLASSIFICATION OF PRAGMATICS IN EUROPEAN LINGUISTICS

In this article, the study and classification of pragmatics in European linguistics, complete conclusions on the concept of pragmatics based on the tariffs given to pragmatics by world linguists were given. Pragmatics, as a relatively new field of linguistics, is an important area to be studied.

Текст научной работы на тему «YEVROPA TILSHUNOSLIGIDA PRAGMATIKANING O‘RGANILISHI VA TASNIFLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

YEVROPA TILSHUNOSLIGIDA PRAGMATIKANING O'RGANILISHI VA

TASNIFLANISHI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10076489

Sobitjonova Navro'za Zafarjon qizi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Unversiteti, ShFT fakulteti, TNA dariy-ingliz guruhi 4-bosqich talabasi, Tel:+998900454582; E-mail: sobitj onovanavruza@gmail .com Ilmiy rahbar: Uktamova Xilolaxon PhD. katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yevropa tilshunosligida pragmatikaning o'rganilishi va tasniflanishi, dunyo tilshunoslari tomonidan pragmatikaga berilgan tariflar asosida pragmatika tushunchasiga tugal xulosalar berildi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangi sohasi sifatida o'rganilishi muhim sohaligi tadqiq etildi.

Kalit so'zlar: sintaktika, semantika, pragmatika, deskriptiv, nutqiy akt, kontekst, lingvistik pragmatika, tagma'no, kommunikativ strategiya, kommunikativ taktika, nutq subyekti, nutq obyekti.

АННОТАЦИЯ

В данной статье, посвященной изучению и классификации прагматики в европейской лингвистике, даны полные выводы о понятии прагматики на основе тарифов, данных прагматике мировыми лингвистами. Прагматика, как относительно новая область лингвистики, является важной областью, требующей изучения.

Ключевые слова: синтаксис, семантика, прагматика, описательное значение, речевой акт, контекст, лингвистическая прагматика, значение, коммуникативная стратегия, коммуникативная тактика, речевой субъект, речевой объект.

ABSTRACT

In this article, the study and classification of pragmatics in European linguistics, complete conclusions on the concept of pragmatics based on the tariffs given to pragmatics by world linguists were given. Pragmatics, as a relatively new field of linguistics, is an important area to be studied.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

Keywords: syntax, semantics, pragmatics, descriptive, speech act, context, linguistic pragmatics, meaning, communicative strategy, communicative tactics, speech subject, speech object.

KIRISH

Pragmatika Yevropa tilshunoslari tomonidan chuqur o'rganilayotgan sohalardan biridir. Pragmatikaning ko'p jihatlari yevropa tadqiqotchilari tomonidan ochib berilgan bo'lib, shu bilimlar negizida pragmatika to'rt jihatdan tafsiflanib va ularning xususiyatlari chuqur o'rganilib ilmiy qarashlari jamlandi va shartli ravishda quydagi qismlarga bo'lib tadqiq etildi.

1. Pragmatikaning amaliy shakllanishi

2. Pragmatikaning nazariy shakllanishi.

3. Pragmatikaning umumiy masalalari.

4. Pragmatikaning xususiy masalalari.

Pragmatikaning amaliy shakllanishi

Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog'liq masalalarni o'rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Har qanday fan taraqqiyoti muayyan bosqichlardan iborat. Ular o'z davri uchun yangilik sifatida namoyon bo'lsa keyingi davrlar uchun fan asoslarining shakllanishida nazariy manba vazifasini o'taydi. Shu bois har bir davrga xos qarashlar fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omil sifatida baholanadi. "Pragmatikaning manbasi Ch. Pirs, U. Djems, D. Dyun kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan bog'liqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g'oyalar o'rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlanadi, sintaktika, semantika va pragmatika o'rtasidagi o'zaro farqlar ko'rsatiladi"1. "Pragmatika" termini XX asrning 30-yillarida Ch. Morris tomonidan ilmiy muomalaga olib kirilgan2 . Keyinchalik ushbu termin bir necha olimlarning ilmiy asarlarida keng qo'llanilib, turli qarashlar vujudga keldi. Mana shu nazariyalar orqali XX asrning 60-70-yillarida tilshunoslikda pragmatik yo'nalish paydo bo'la boshladi. "Lingvistik pragmatikaning shakllanishi yirik olim L. Vitgenshteynning falsafiy qarashlari bilan bog'liq bo'lib, aynan uning ishlarida pragmatika nazariy semiotik tadqiqotning mustaqil sohasi sifatida ko'rsatib o'tiladi3. Keyinchalik yevropa va rus tilshunosligida lingvistik pragmatika xususidagi ilmiy ma'lumotlar

1 Петров. В.В.Философия, семантика, прагматика.Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. - М., 1985. -С. 471.

2 Hakimov M .O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent: Akademnashr, 2013. - B. 155.

3.Bu haqda qarang: Петров. В.В.Философия, семантика, прагматика.Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. - М., 1985. -С. 474

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

keng berila boshladi hamda ilmiy izlanishlar olib borildi. Dastlab Ch. Morris semiotikani uch yo'nalishga: semantika, sintaktika va pragmatika kabi yo'nalishlarga ajratgan4 . Ko'rinadiki, semantika, sintaksis va pragmatika kabi tilshunoslik yo'nalishlari fan sifatida baravar rivojlanmadi.Semantika, sintaksis yo'nalishlari har tomonlama o'ganildi-yu, pragmatika tadqiqotchilar e'tiboridan chetda qoldi. Buning natijasida tilga xos semantik va sintaktik ilmlar talqini har jihatdan mukammallashib borgani holda, konkret vaziyat bilan aloqador nutq subyekti ishtirok etgan real nutqiy jarayonga xos tilshunoslikning pragmatik yo'nalishi o'zining chuqur tadqiqiga ega bo'lmadi. Shunday bo'lsada so'ngi yillarda yevropa tilshunosligida bu sohani o'rganish jadal o'sib bormoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pragmatika haqidagi qarashlar turlichadir. Jumladan, N.D. Arutyunova, Yu.S. Stepanovlar pragmatikani badiiy kommunikatsiyaning subyektiv xususiyatlarini, matnda uni ijodkorlarining "men"ini ifodalanishi uslublarini o'rganuvchi nazariya sifatida qarashni taklif qilishdi5.

L.A. Kiseleva esa pragmatikani so'zlovchining voqelikka, axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o'quvchi) bo'lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan ta'sirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy ta'sir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar, deya ta'rifladi6.

Ingliz tilshunosligida ham pragmatika turli jihatlardan o'rganib tadqiq etildi va pragmatikaga turli tadqiqotchilar o'z tariflarini berishdi. Xususan, J. Layonz tilshunoslarning XII xalqaro kongressida (Vena, 1977) pragmalingvistikaning predmetini aniqlash va uning ta'rifini berishga harakat qildi: "Pragmatika tinglovchini uzatilayotgan axborotni xuddi so'zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo'llanishini tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini aniqlash bilan shug'ullanadi"7. Demak, yuqoridagi ta'rif asosida lisoniy harakatdagi ko'zlanayotgan maqsad va unga erishish vositasi bo'lib qolmoqda.

Pragmatilkaning nazariy bilimlari ko'p jihatdan o'rganib chiqilgan bo'lib ulaming har biri alohida bosqichlarda shakllandi. Gap, nutq, tilshunoslik ko'plab jihatlari asnosida o'rganib chiqilgan. Gap semantikasini shu gap tarkibida qo'llanilayotgan so'zlarning faqat ob'yektiv borliqqa munosabatini aniqlash bilangina

4 Bu haqda qarang: Hakimov. M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent: Akademnashr, 2013. - B. 6.

5 Арутюнова Н.Д., Падучева Е.В. Истоки, проблемы и категории прагматики // НЗЛ. Вып. XVI. - М., 1985. - С.

Pragmatikaning nazariy jihatdan shakllanishi

3-42

6 Киселева Л.А. Вопросы теории речевого воздействия. . - Л., 1978. - С .86.

7 Safarov Sh. Pragmalingvistika. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. . - B. 69.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

to'la izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jarayoniga, nutq vaziyatiga munosabatini aniqlashni ham qo'shish zarurati tug'ildi. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag'ridan pragmatika o'sib chiqdi. Shunday qilib, sintaksisda uch yo'nalish maydonga keldi:

1)semantika; 2) sintaktika; 3) pragmatika.

G. Klaus boshqa tilshunoslardan farqli ravishda, semiotik nuqtai nazardan tilning to'rt yo'nalishini ko'rsatib o'tadi. Sintaktika belgi bilan belgi o'rtasidagi munosabatni o'rganadi. Semantika moddiy olamni aks ettiruvchi tushunchalar nuqtai nazaridan belgi ma'nosini o'rganadi. Sigmatik yo'nalish belgi va predmet o'rtasidagi o'zaro munosabatni o'rganadi. Pragmatika esa belgining insonga ta'siri, uning fikrlash uslubiga, axloqiga, his-tuyg'usiga ta'sirini o'rganadi8. Semiotikaga oid aksariyat qarashlarda belgining uch aspekti ajratiladi va tahlil qilinadi. Xususan, sintaktik qurilmalar tarkibidagi bir lisoniy belgining boshqa lisoniy belgi bilan munosabatini o'rganuvchi soha sintaktika hisoblanadi. Sintaktik qurilmalar tarkibidagi lisoniy belgilarning predmet va tushunchaga bo'lgan munosabati semantikada o'rganiladi. Pragmatikaning nutqiy aktning bevosita kontekst bilan munosabatini o'rganishi ko'rsatildi. Ko'rinadiki, nutqiy akt bilan kontekst o'rtasidagi o'zaro munosabat pragmatikaning asosiy o'rganish obyekti sanaladi.

Demak, nutqiy akt bilan kontekst o'rtasidagi munosabat juda kuchli bo'lganda, nutqiy akt ma'nosi kontekst bilan bog'liq holda anglangan o'rinlarda pragmatikaga ehtiyoj tug'iladi. Sintaktik qurilma tarkibidagi deskriptiv so'zlar tahlili semantikaga qarab tortsa, deskriptiv bo'lmagan so'zlar tahlili pragmatikaga qarab tortadi9. Shunday ekan, avvalo, deskriptiv va deskriptiv bo'lmagan so'zlarning mohiyati haqida fikr yuritishga to'g'ri keladi.

Atash vazifasini bajaradigan, denotativ ma'noga ega so'zlar indikativ yoki deskriptiv so'zlar hisoblanishi yuqorida ta'kidlandi. Indikativ (denotativ ma'noli) so'zlarning ma'nosini kontekstga bog'liq bo'lmagan holda aniqlash mumkin, indikativ bo'lmagan so'zlarning ma'nosi faqat kontekst ichida, muayyan nutq vaziyatiga bog'liq ravishda ochiladi. Shuning uchun bunday so'zlar ma'nosi kontekst va nutq vaziyati bilan uzviy bog'liq, ya'ni shartlangan bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan ikki turdagi so'zlarni farqlash uchun B. Rassel ularni zooparkka qiyoslaydi. "Agar siz farzandingizga she'r so'zining ma'nosini tushuntirmoqchi bo'lsangiz, uni zooparkka olib borishingiz va "mana bu she'r" deb ko'rsatishingiz mumkin. Lekin indikativ bo'lmagan bu kabi so'zlarni ko'rsatish mumkin bo'lgan zoopark mavjud emas"10.

8 Клаус Г. Сила слова. - М. 1967. - С. 2.

9 Арутюнова Н.Д., Падучева Е.В. Истоки проблемы и категории прагматики. Вып. XVI. - М., 1985. - С. 7.

10 Рассел Б. Человеческое познание - М., 1957. - С. 139.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

Ko'rinadiki, konkret jumlalardan anglashilgan bir qator qo'shimcha ma'nolar nutqiy vaziyat, kontekst bilan uzviy bog'liqdir. Nutqiy vaziyat, kontekst bilan uzviy bog'liq bo'lgan bu kabi ma'nolar va ularni ifodalovchi vositalar pragmatikaning o'rganish obyekti sanaladi. Shunday qilib, gapdan anglashilgan mazmun bilan subyekt munosabati pragmatikaga dahldordir. Nutqiy akt, indikativ bo'lmagan so'zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so'zlovchi shaxsi kabi tushunchalar pragmatikaning markaziy tushunchalari sanaladi.

Pragmatikaning umumiy masalalari

T.V. Kolshanskiyning ta'kidlashicha, so'zlovchi subyektning his-tuyg'ulariga xos xususiyat belgilardan ajralgan ma'lum bir axborotni ifoda etishi mumkin emas. Nutq mazmuniga hamohang his-tuyg'u va barcha baholar konkret tinglovchiga qaratilgan bo'ladi. Ana shu tinglovchi uchun qaratilgan subyekt nutqiga xos munosabat belgilari - nutqdagi barcha bo'yoqlar yaxlit tarzda "pragmatika" deb nomlanadi. Bu ularning pragmatik tayinlanishi, deb qaraladi 11.

Pragmatik hodisalar mohiyatini o'rganish tilshunosdan mantiqiy va falsafiy mushohadalarni ham talab qiladi. Shuning uchun lingvistik pragmatika masalalari hodisani faqat lisoniy tahlil etibgina qolmasdan, balki uning mantiqiy, falsafiy va sotsial xususiyatlarini ham o'rganadi12.

Shu ma'noda L.A. Kiselevaning pragmalingvistikaning dolzarb masalalari xususidagi qarashlari diqqatga sazovordir.

Jumladan, pragmalingvistika:

a) nutqning yuzaga kelishi bilan bog'liq so'z va qurilmalarning qo'llanishiga oid pragmatik xususiyatlarnigina emas, balki turli sathdagi yordamchi so'z va morfemalar, so'z birikmasi, gaplarga xos pragmatik xususiyatlar;

b) til va nutqning pragmatik funksional qonuniyatlari;

v) nolingvistik vaziyatning tipik shakllari;

g) sotsial maqsad, vazifalar;

d) nutq sub'yekti, adresati, sotsial va ruhiy tip sifatida hamda faqat mana shularga asoslangan holda aniq nolingvistik vaziyatga muvofiq ravishda ifodada shaxsning suhbatdoshglarga qaratgan maqsad, vazifalarini o'rganadi .Bu ishda olim ''речевого воздействия''atamasi - nutqiy "ta'sir etish" tushunchasi ostida lingvistik pragmatikani nazarda tutadi.

Pragmatikaning xususiy masalalari

Pragmatikaning xususiy masalalari aynan nutq ishtirokchilari va nutqiy vaziyat tushunchasi bilan bog'liqdir. Bizga ayonki, so'zlovchi o'z maqsadini ifoda etuvchi

11 Колшанский Т.В. Соотношение субъективных и объективных факторов в языке. - М., 1975. - С. 140.

12 Киселева Л.А. Вопросы теории речевого воздействия. - Л., 1978. - С. 99.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

jumla qurish uchun olamda mavjud bo'lgan narsa, predmet, hodisalarning nomini bilishi hamda ma'lum grammatik qonun-qoidalar bilan tanish bo'lishining o'zi kifoya qilmaydi. So'zlovchi nutqiy vaziyat tushunchasi mohiyatini ham bilishi kerakki, bu, albatta, so'zlovchi bayon qilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyatning to'g'ri ifodalanishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. So'zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyatning aniq va to'g'ri ifodalanishi uchun yana milliy urf-odatlar bilan bog'liq ijtimoiy qonun-qoidalarni bilish ham talab qilinadi. Shu jihatlar to'liq qamrab olingandagina nutq ishtirokchilarining o'zaro muloqot jarayoni to'g'ri amalga oshadi.Pragmatikaning hususiy masalalari nutq subyekti, nutq obyekti, nutq vaziyati bilan bog'liq ravishda yuzaga keladi.

Pragmatika nutq sub'yekti bilan bog'liq tarzda quyidagi hususiy masalalarni o'rganadi.

1. Nutq subyekti kommunikativ niyatining ifodalanish darajasiga ko'ra ifodaning oshkora va yashirin shakllari. So'zlovchi nutqiga xos ifodaning oshkora yoki yashirin shakllari, o'z navbatida, kommunikativ strategiya uchun yo'l ochadi.

2. Kommunikitov niyatni ifodalash strategiyasi pragmatikaning bosh masalasi hisoblanadi. So'zlovchi bunda o'z ichki maqsadini tinglovchiga bayon qilish uchun u yoki bu ifoda usulini tanlaydi. Tanlash jarayoni bevosita tilshunoslikning stilistika yo'nalishi ob'yektidir. Pragmatika aynan mana shu nuqtada uslubshunoslik bilan hamkorlik qiladi. Ma'lum xodisani turli jixatiga ko'ra tahlil etadi. Bu borada yirik tilshunos olim G. Abdurahmonovning uslubshunoslik xususidagi qarashlari ham fikrimizni tasdiqlaydi. ''Uslub so'zlovchining, yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, habarga, voqe'a,hodisaga, shaxsiy yoki predmetga shaxsiy yoki boshqa bir shaxsning munosabati, jumladan, ifodalangan qo'shimcha sub'yektiv fikrdir. Shuning uchun uslub muammolari haqida til fanining hamma sohalari bo'yicha ma'lumot berilgandan keyin alohida fan sifatida yoki grammatikaning bir bo'limi sifatida fikr yuritiladi. Shuning uchun mashhur filolog olimlar ta'riflaganidek, "Uslub - filologiya fanining toji, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining yuqori bosqichi''13 (A.V. Stepanov), "har bir taraqqiy etgan fanning qalbi" (R.A. Budagov),''Uslub bu -talant''14 (V.G. Belinskiy), "Agarda biror narsani aniq ifodalay olmas ekanmiz, bunda tilimizdan emas, balki uquvsiz mahoratimizdangina qilishimiz kerak'' 15 . Fikr ifodalashning bunday usul va uslubi so'zlovchining kommunikativ strategiyasini belgilaydi. Faqat semantik va grammatik ilmlarni bilish bilangina emas, balki hayotiy qonun-qoidalarni bilish va unga amal qilish natijasida kommunikativ strategiya mahoratiga ega bo'lish mumkin. So'zlovchi nutqiga xos bir ifoda aktida turlicha

13 Abduramonov F., Mamajonov S. O'zbek tili va adabiyot. - Toshkent, 1995. - B. 86.

14 Bu haqda qarang: Abduramonov F., Mamajonov S. O'zbek tili va adabiyot. - Toshkent, 1995. - B. 86.

15Bu haqda qarang: Abduramonov F., Mamajonov S. O'zbek tili va adabiyot. - Toshkent, 1995. - B. 86.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

mazmundagi kommunikativ niyatning ifodalanishi kommunikativ taktika tushunchasini namoyon etadi. Kommunikativ taktika, kommunikativ strategiya tushunchalari mohiyati ta'sirida lingvistik pragmatikaning hususiy muammolaridan yana biri - tagma'no yuzaga keladi.

3. Tagma'no lingvistik pragmatikaning xususiy masalalaridan biridir. Tagma'no tushunchasining yuzaga kelishi, umumiy va xususiy ko'rinishlari, uning jahon tilshunoslik tarixida ishlanish darajasi, shuningdek, tagma'noning presuppozitsiyadan farqlanish xususiyatlari kabi qator masalalar lingvistik pragmatikaning dolzarb muammolari sirasiga kiradi.

4. So'zlovchining obyektiv olamni his qilish darajasi va fikrning ifoda rejasi.Ob'yektiv olamdagi voqea,hodisa va predmet haqidagi ma'lumotlarni qabul qilish va uni qayta aks ettirish darajasi so'zlovchining olam haqidagi bilimlari bilan chambarchas bog'liqdir. So'zlovchining o'z fikrini aniq,lo'nda va to'g'ri ifodalashi uchun uning olam haqidagi bilimlari mukammal bo'lishi lozim. So'zlovchining nutqi uning o'zligi haqida to'liq ma'lumot beradi. Lingvistik pragmatika nutqqa xos mana shu xususiyatlariga ko'ra psixolingvistika bilan uzviy bog'lanadi. Shu nuqtai nazardan pragmatik to'siq lingvistik pragmatikaning xususiy masalalaridan biri sifatida tadqiqot obyekti bo'ladi

Pragmatikaning barcha xususiyatlari qatori uni tarjmida qo'llanishi bo'yicha ham turli qarashlar mavjud. Xususan, Noybertning fikricha, pragmatik ma'noning tarjimaga ko'chishi quyidagicha sodir bo'ladi:

1) tarjimaga ko'chishning yuqori darajasi (ilmiy-texnikaviy adabiyot va h.k.);

2) tarjimaga cheklovlar bilan ko'chish (boshqa til vakillari uchun information analitik materiallar tayyorlashda);

3) asliyat pragmatikasining deyarli tarjimaga ko'chmaslik holati (matn muayyan til vakillarigagina qaratilgan bo'lsa)16.

K. Raysning ta'biricha, pragmatik ma'noni alohida yetkazib berish imkoni yo'q. Tarjima buyurtmachining manfaatlariga mos kelishi kerak17.Uning fiklari tarjima jaroyinada o'z aksini topib boradi.U va u bilan bir qatorda tarjimada pragmatikani muhimligi xususida qarashlar mavjud.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, pragmatika - bu til jamoasining til birliklariga bo'lgan subyektiv munosabati. Ularning bu munosabatdagi komponentlari xususiyatlari tilning paragmatik xususiyati tushunchasini keltirib chiqaradi. Ta'kidlash joizki, tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi faqatgina til birikmalarining pragmatikasi tushunchasini o'z ichiga olmaydi. Bu tushuncha ancha

16 Hakimov. M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - T.: Akademnashr, 2013. - B. 82.

17 Austin J.L. On the subject of pragmalinguistic // Substantive aspects of sentence and text. - Kalinin, 2021.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

keng bo'lib, u yoki bu tilning kommunikativ jarayon ishtirokchilari va voqea syujeti xilma-xilligi hamda ishtirokchilarning malakasiga ham bog'liqligini ifodalaydi. Aynan so'z ikki har xil guruh vakillari tomonidan turlicha qabul qilinishi mumkin. Tilning pragmatik muammolari referensional baholovchi ma'nolarni o'rganishga nisbatan kam tadqiq qilingan. Pragmatika turli jihatlardan yevropa tilshunoslari tomonidan o'rganilmoqda va yangi soha rivojlanib bormoqda. Shu tariqa yevropa tilshunosligi pragmatika bo'yicha ilmlar, nazariy hamda amaliy bilimlar to'planishiga tamal toshlarini qo'ydi deyish mumkin.Ushbu maqolada ham aynan shu narsa ya'ni yevropada rivojlanib borayotgan pragmatik bilimlar va ularning bosqichlari tadqiq etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Abduramonov F, Mamajonov S. O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1995.

2. Austin J.L.On the subject of pragmalinguistic// Substantive aspects of sentence and text. - Kalinin, 2021.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent: Akademnashr,

4. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi,

5. Арутюнова Н.Д., Падучева Е.В. Истоки, проблемы и категории прагматики. Вып. XVI. - М, 1985.

6. Киселева Л.А."Вопросы теории речевого воздействия''. - Л., 1978.

7. Клаус Г."Сила слова'. - М., 1967.

8. Колшанский Т.В. Соотношение субъективных и объективных факторов в языке. - М., 1975.

9. Петров В.В. Философия, семантика, прагматика.//Новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. - М. 1985.

10. Рассел Б. Человеческое познание. - М., 1957.

2013.

2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.