Научная статья на тему 'MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV'

MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
676
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MATN NAZARIYASIGA PRAGMATIK YONDASHUV

A.S.Kushbakova

SamDCHTI, magistrant

Annotatsiya. Hammamizga ma'lumki, matnlarni o'rganishda va tahlil qilishda pragmatik yondashuv muhim hisoblanadi. Bu maqolada pragmatik yondashuv va uning matndagi o'ziga xos xususiyatlari haqida mushohada yuritilgan va ingliz va o'zbek biznes matnlaridagi misollar orqali fikrlar asoslangan.

Kalit so'zlar. Pragmatika, deyksis, diskurs, nutq, fikr, pragmasemantika, pragmastilistika, leksema, affiks, grammema, presuppozitsiya.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7713726

Tilshunoslik taraqqiyotining bugungi bosqichida kommunikativ munosabatlar antroposentrik tamoyillar asosida o'rganilib, lisoniy hodisalar va ularning ifoda imkoniyatlari keng tadqiq etilmoqda. Tilshunoslikning matn lingvistikasi, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, psixolingvistika, etnolingvistika, kognitiv tilshunoslik va boshqa yo'nalishlarida inson omili tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Matn va undagi shaxs omilini chuqurroq o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Professor Sh.Safarov «pragmatika tilshunoslikning alohida sohasi bo'lib, unda muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo'llash hamda ushbu qo'llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta'siri masalalari o'rganiladi»1 deb izohlab, lingvistik pragmatikaning nutq subyekti, nutq obekti, nutq vaziyati bilan bog'liq xususiy masalalarini belgilab beradi.

Demak, pragmatik tilshunoslik tadqiq predmeti nutqiy akt nazariyasi, deyksis nazariyasi, diskurs nazariyasi, pragmasemantika, pragmastilistika kabi sohalarining shakllanishiga zamin yaratdi.

Tilshunoslikda tilni pragmatik nuqtai nazardan o'rganishga qaratilgan turli yo'nalishdagi tadqiqotlarni bir umumiy maxrajga keltirsak, ular o'rtasida o'zaro o'xshash tomonlar mavjudligi ma'lum bo'ladi. Ular quyidagilar:

1) pragmalingvistika bo'yicha olib borilgan barcha tadqiqotlarda til, inson nutqiy faoliyati haqida fikr yuritilganda, faoliyat asosiy tushuncha sifatida e'tirof etiladi;

2) til kommunikatsiya jarayonida, bizga ma'lumki, deyksis hodisasi (grekcha "deixis" - ko'rsatish, gapirayotgan shaxsga yoki gapirilayotgan paytiga u yoki bu munosabatda bo'lgan predmet, voqea-hodisa, shaxslarni ko'rsatish funksiyasi, vazifasi, ma'nosi) XX asrning II yarmidan boshlab jahon tilshunosligida tilning barcha sathlari doirasida amal qiluvchi universal kategoriya sifatida o'rganila boshlandi. Bungacha deyksis

.1Ca^apoB ffl. nparna.nHHrBHCTHKa. MoHorpa^Ha. - TomKeHT: Y36eKHCTOH mh..HH энцнк.п0пeflнflсн, 2008, 69-70-6

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

hodisasi alohida e'tibor bilan o'rganilmagan. "Deyksis" atamasi qadim davrlardan beri ma'lum, lekin uni o'rganish hech qachon grammatika doirasidan chiqmagan.

Deyksisning umumiyligi shundaki, hech qanday so'zlashuv jarayonini deyktik birliklarsiz tasavvur qilish qiyin, chunki so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi jarayon zamon va makonsiz amalga oshirilmaydi. Bu antologik toifalar ("subyekt", "kenglik", "zamon") mazmuni odam haqidagi tasavvurga ega. Shuning uchun zamonaviy tilshunoslikda inson omilini til bilan uzviy ravishda o'rganuvchi (antropocentrum) antroposentrizm prinsipi yetakchi o'rinda turadi ("antropo" - odam, "centrum" - markaz).

Mazkur deyktik birliklar matn tarkibiy qismlarini mazmunan bog'lash bilan birga, matn tuzilishidagi izchillikni ta'minlash, matnda aks etgan axborotga tinglovchi diqqatini jalb qilish maqsadlarini yuzaga chiqarishda ham faol qo'llanadi. Birgina aloqani ta'minlab qolmay, muloqotchilarning dinamik xarakterdagi o'zaro munosabatini ko'rsatuvchi vosita hisoblanadi.

Bugun pragmalingvistika keng ma'noda tushuniladi. Bu haqda Yu.D.Apresyan pragmatika so'zlovchining voqelikka, xabarning tuzilishiga, adresatga munosabati, til birliklariga (leksema, affiks, grammema, sintaktik qurilma) mustahkam bog'liq ekanligini ta'kidlaydi2.

Zamonaviy tilshunoslikda yangi yo'nalishlar sifatida tan olingan pragmatik va kognitiv tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri diskurs masalasidir.

Diskurs lotincha diskurs - muhokama so'zidan olingan bo'lib, hissiy, bevosita, intuitiv, ya'ni muhokamatalab bilimdan farqli o'laroq, muhokama orqali vosita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil - isbotli bilim demakdir3. Diskurs tushunchasi lingvistik atama sifatida o'tgan asrning o'rtalarida tilshunoslikka kirib keldi. Tilshunoslikda u dastlab gap yoki nutqda bog'langan va kelishilgan oqibat sifatida tushunilgan bo'lsa, zamonaviy lingvistikada murakkab kommunikativ hodisa sifatida izohlanmoqda.

Tilni pragmatik nuqtai nazardan tadqiq etishga bag'ishlangan ishlarda diskurs atamasi sakkiz xil ma'noda qo'llangan: 1) so'z muqobili; 2) frazalardan o'lchami bo'yicha ortadigan birlik; 3) nutq vaziyati hisobga olingan holda fikrning adresatga ta'siri; 4) suhbat; 5) nutqda so'zlovchi pozitsiyasi; 6)lisoniy birliklardan foydalanish; 7) fikrning ijtimoiy yoki mafkuraviy cheklangan turi; 8) matn hosil bo'lish shartlarini tadqiq etishga mo'ljallangan nazariy qurilmalar4

Golland tilshunosi T. A. van Deyk diskursni bir nechta darajada ko'rib chiqishni taklif qiladi. U keng ma'noda diskursga kompleksli kommunikativ voqea, tor ma'noda esa kommunikativ harakatning yozma yoki nutqiy verbal mahsuloti sifatida qarash lozimligi haqida fikr bildiradi. Ta'kidlash kerakki, T.A. van Deyk diskurs va matn o'rtasidagi farqni shunday belgilaydi: diskurs - aktual aytilgan matn, ya'ni faol nutqiy harakat, matn esa til

tizimiga yoki shakliy lisoniy bilimlarga tegishli fikrlarning mavhum grammatik tuzilishidir.

2

Апресян Ю.Д. Прагматическая информация для толкового словаря. -Москва, 1995. -С. 199-218.

3Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. - Тошкент: Узбекистан Миллий энциклопедияси, 2001. -124 б.

4Карасик В.И. Этнокультурные типы институционального дискурса // Этнокультурная специфика речевой деятельности: Сб. обзоров. - М.: ИНИОН РАН, 2000. - С.37-64.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Diskurs - aniq suhbat, aniqlik esa diskurs tushunchasi qo'llanadigan vaziyatga, matnga va obektga ham birday talluqlidir. Diskurs - suhbat turi5.

Diskurs janr kabidir. Nutqiy janr - tipik tuzilishi, lisoniy vositalardan foydalanishning o'ziga xosligi, aniq adresat, ma'lum kommunikativ maqsad va informativlik, imperativlik, etiketlik kabi jihatlari bilan ajralib turuvchi nutq turi hisoblanadi6.

«Diskursdan farqli ravishda matn aniq vaqtga qat'iy bog'langan emas, uning vaqt bilan aloqasi bilvosita namoyon bo'lish xarakterida bo'ladi. Matn tabiiy ravishda o'z-o'zicha mavjud bo'lmaydi, balki har qanday eskirishga va parchalanib ketishga mahkum bo'lgan mavjud ob'ektlar kabi matn ifodasi - obekt materiali qobig'ida mavjud bo'ladi. Aslida matn bu vaqtda emas, balki madaniyat ko'lami vaqtida mavjud bo'ladi»7.

Bizga ma'lumki, deyksis hodisasi (grekcha "deixis" - ko'rsatish, gapirayotgan shaxsga yoki gapirilayotgan paytiga u yoki bu munosabatda bo'lgan predmet, voqea-hodisa, shaxslarni ko'rsatish funksiyasi, vazifasi, ma'nosi) XX asrning II yarmidan boshlab jahon tilshunosligida tilning barcha sathlari doirasida amal qiluvchi universal kategoriya sifatida o'rganila boshlandi. Masalan, O'zbekistonda o'z milliy valvutamiz muamolaga kiritilishi munosabati bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich boshlandi. Bugun shuni ishonch bilan aytish mumkinki, biz eng qiyin boshlang'ich bosqichni o'tib bo 'ldik. Bu bosqich iqtisodiy isloh qilishning butun jarayoniga asos soldi. Ushbu misolda keltirilgan eng qiyin boshlang'ich bosqich jumlasiga ishora tarzida ko'rsatish olmoshi bilan keyingi gapda ishora beriladi Bu bosqich iqtisodiy isloh qilishning butun jarayoniga asos soldi. Birgina bu olmoshining o'zi butun bir jumlani ifodalashda xizmat qilmoqda. Biznes matnlarda qisqalikka e'tibor beriladi, bu hech kimga sir emas. Shuning uchun ham olmoshlardan unumli foydalaniladi. Fond Forum tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy davlatlarda ham ko'pchilikning e'tiborini qozonib ulgurdi. Bu esa o'zbek madaniyati va san'atini jahonga keng targ'ib etishga imkon beradi. Bu gapda ham bu olmoshining o'zi butun gapni ko'rsatish vazifasini bajarmoqda.

Umuman olganda, bugungi kungacha ham deyksis hodisasi alohida e'tibor bilan o'rganilmagan. "Deyksis" atamasi qadim davrlardan beri ma'lum, lekin uni o'rganish hech qachon grammatika doirasidan chiqmagan. Tilning barcha sohalarida ishtirok etishi mumkinligi aniqlangandan so'ng XX asrning II yarmidan deyksis muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Hozirgi vaqtdadeyksisni lingvistik (tilshunoslik) tushuncha ekanligi masalalari bo'yicha turli fikrlar mavjud. Deyksis til birliklarining kontekst, nutq vaziyati bilan bog'liq pragmatik jihatini o'rganishga e'tibor kuchaygach, deyksis muammosi pragmatikaning asosiy tadqiq obyekti sifatida kun tartibiga qo'yildi. Bu muammoni o'rganishga dastlab nemis tilshunosi K. Brugmann (1904-yil) jiddiy e'tibor qaratdi. Uning ishlari keyinchalik

5 Дейк Т.А. Язык, познание, коммуникация. - М.: Прогресс, 1989. -С. 372.

6 Стариченок В.Д. Большой лингвистический словарь.-Ростов-на-Дону, Феникс, 2008, - С.523.

7 Дымарский М. Я. Проблемы текстообразования и художественный текст (на материале русской прозы XIX—XX вв.). — СПб.: Издательство С.-Петербургского университета, 1999.-С.42.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

K. Byuller tomonidan rivojlantirildi. K. Byuller o'zining "Til nazariyasi" nomli kitobida deyksisning mohiyati, turlari, deyktik birliklarning vazifasi haqida o'z qarashlarini bayon qildi. Shundan so'ng boshqa ko'plab tilshunoslarning ushbu sohada faoliyat olib borganligi deyksis hodisasining tilshunoslikda ahamiyatli va dolzarb masala, hodisa ekanligidan dalolat beradi. So'nggi yillarda tilshunoslar "matnli deyksis" tushunchasiga murojaat qilishmoqda, chunki matn aloqaning muhim birligi hisoblanadi. Murakkab sintaktik tuzilma bo'lgan matn tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni deyktik birliklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Bizga ma'lumki, tilshunoslik sohasida hali o'z yechimini topmagan, o'rganishni talab etayotgan muommolar, hali ishlanishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Tilshunoslik sohasidagi olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida bu munozaraga sabab bo'luvchi vaziyatlar o'z yechimini topmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, matn ilmiy ifoda mahsuli bo'libgina qolmay, u so'zlovchining nutqiy faoliyati mahsulidir. U til sistemasining kommunikativ jarayonida muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori sathi hisoblanadi. Matn tilning nutqda real qo'llanilishini ta'minlovchi kontekst bo'lib, unda inson omili asosiy o'rinni egallaydi. Shu bilan birga, matnning mazmunan to'liq, mukammal, badiiylik jihatidan yuksak bo'lishida undagi har bir birlikning o'z o'rnida qo'llanilishi muhim ahamiyatga ega. Deyksis ana shunday vositalardan biri sanalib, matnda juda ko'p vazifalarni bajara oladi. Deyksisning ifoda vositalari xilma-xil, ular voqelikdagi predmet-hodisalarni bevosita atamasdan unga ishora qiladi, nutqiy jarayonda ishtirok etuvchilarga nisbatan ularning joylashuvini, o'rnini ko'rsatadi. O'ringa, makonga ishorani anglatuvchi ko'rsatish olmoshlari predmet, obyekt yoki subyektning joylashgan o'rniga ishora qilishi bilan birga so'zlovchining shu predmet, obyekt yoki subyektdan qay darajada yaqin yoki uzoqdaligini ham ko'rsatadi. Bunda ishora qilinayotgan predmetdan so'zlovchining qay darajada «uzoq»daligi ana ko'rsatish olmoshi, «yaqin»daligi mana ko'rsatish olmoshi vositasida ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. - Тошкент: Узбекистон Миллий энциклопедияси, 2001. -124 б.

2. Апресян Ю.Д. Прагматическая информация для толкового словаря. -Москва, 1995. -С. 199-218.

3. Дейк Т.А. ван. Язык, познание, коммуникация. - М.: Прогресс, 1989. -С. 372.

4. Дымарский М. Я. Проблемы текстообразования и художественный текст (на материале русской прозы XIX—XX вв.). — СПб.: Издательство С.-Петербургского университета, 1999.-С.42.

5.Карасик В.И. Этнокультурные типы институционального дискурса // Этнокультурная специфика речевой деятельности: Сб. обзоров. - М.: ИНИОН РАН, 2000. - С.37-64.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

6. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. - Тошкент: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2008. -Б.69-70-6.

7. Стариченок В.Д. Большой лингвистический словарь.-Ростов-на-Дону, Феникс, 2008, - С.523.

8. Мамирова, Д. (2018). Реклама матнларининг узига хос хусусиятлари хдкида айрим мулох,азалар. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(3 (68)), 5659.

9. Мамирова, Д. Ш. (2020). REKLAMA MATNLARINING TIL XUSUSIYATLARI. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

10. Rasulovna, S. D. (2021, December). Qisqalik-samarali tibbiy reklama yaratishning muhim omili. In Conferences.

11. Shirinboyevna, M. D. (2020). Basic Features Of Advertising Language. JournalNX, 6(10), 325-330.

12. Shirinboyevna, M. D. (2022). FEATURES OF ACCOUNT WORDS IN ADVERTISING TEXTS. Science and innovation, 1(JSSR), 151-154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.