Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
TABRIK NUTQINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Faxriddinova Dilfuza Sayfiddin qizi
Sharof Rashidov nomidagi SamDU doktoranti faxritdinovadilfuza5@gmail.com
ANNOTATSIYA
Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko 'rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo 'ladi. Shu sababli ham bu nutq yuqori kayfiyatda, ko 'tarinki ruhda bayon etiladi. Maqolada tabrik nutqiy akt funksiyalari bilan bir qatorda, uning asosiy kategoriyalari tahlil qilingan, tabrik nutqiy aktining istak, madh etish, xushomad, maqtov kabi nutqiy aktlardan farqli jihatlari ochib berilgan.
Kalit soizlar: tabrik nutiq, til boyligi, bayramlar, nutqiy akt, lokutiv, maqtov, tabrik, ekspressiv nutqiy akt.
ABSTRACT
A congratulatory speech is aimed at showing the good qualities of the persons and events mentioned in the speech, and praising them. For this reason, this speech is delivered in a high mood, in a high spirit. In addition to the functions of the congratulatory speech act, its main categories are analyzed in the article, the different sides of the congratulatory speech act from the speech acts such as wish, praise, flattery, and praise are revealed.
Key words: congratulatory speech, vocabulary, holidays, speech act, locative, praise, congratulations, expressive speech act.
KIRISH
Tabrik nutqiy aktining umumiy tavsifi quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Tabrik nutqiy akti o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra bir qator ijtimoiy ekspressivlami qamrab oladi: u so'zlovchining adresatga (nutq qaratilgan shaxsga) ijobiy munosabatini va tabrik nutqi amalga oshishi jarayonida yuz beradigan his-tuyg'ularni o'zida aks ettiradi. Tabiiyki, tabrik yo'llovchi va adresat, kommunikativ vaziyatning mavjud bo'lishi tabrik aktining amalga oshishi uchun shart bo'lgan elementlar hisoblanadi. Agar ulardan birortasi mavjud bo'lmas ekan, mazkur nutqiy akt yuzaga chiqmaydi. Mazkur nutqiy harakat maqsadi aloqani kerakli mezonda ushlab turishni ta'minlash, adresat bilan o'zi o'rtasidagi do'stona munosabatlarni saqlab qolish va bunda o'ziga tegishli bo'lgan hissiyotlarni, emotsional holatlarni ifodalashdan iborat. Shu ma'noda, ta'kidlash mumkinki, tabrik muloqotchilar
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
o'rtasidagi o'zaro aloqalarni tartibga solib turuvchi harakatdir, u bundan tashqari boshqa sotsiativlarni ham - muloqot jarayonida maxsus xushmuomalalik, yaxshi istaklar bildirish muhitini yuzaga keltirish vazifasini ham bajaradi.
NATIJALAR
Maqtov ifodasi ham muloqot jarayonida so'zlovchining nutqi yoki matn mazmunidan kelib chiqadigan ekspressiv aktlardan biri hisoblanadi. Maqtov -maqtab aytilgan yoki yozilgan so'z, gap bo'lib, biror kishi, narsa, hodisa, voqea to'g'risida yaxshi fikr, ma'qullashning nutqiy ifodasidir1. So'zlovchining maqtovdan ko'zlagan maqsadi nutq obyekti haqidagi ijobiy bahosini va u bilan birga keladigan yoki nutq vaziyatida yuzaga kelgan ruhiy holatlarni ifodalashdan iboratdir. Maqtovda so'zlovchining baholash nuqtai nazaridan ma'qul, ideal deb topilgan jihatlar, nutq qaratilgan ob'ektga xos ijobiy sifatlarni ta'riflash ko'zda tutiladi. Bunda baho shaxsning tashqi ko'rinishi, faoliyati, ma'naviy-axloqiy xususiyatlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Maqtov ifodasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, unda muloqotchilarning o'zaro munosabatiga bog'liq holda so'zlovchining kommunikativ niyati eksplitsit (ochiq) tarzda ifodalanadi. Maqtov ifodasidagi propozitsiya his-hayajonni ifodalovchi undovlar, ijobiy istak bildiruvchi so'zlar vositasida kuchaytiriladi. Emotsional-ekspressivlikka ega nutqiy ifodalarda, xususan, maqtovda baholash so'zlovchi yoki yozuvchining ob'ektiv borliq, nutq ob'ekti bilan o'zaro ta'siri jarayonida qadriyatni yuzaga chiqarishning o'ziga xos uslubi hisoblanadi.
Ko'rinadiki, ekspressiv nutqiy aktlar mazmuni, qo'llanishi va til birliklarini qamrab olish doirasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. So'zlovchining kommunikativ maqsadi, nutqiy aktlarning yuzaga chiqishida qo'llaniladigan turli taktika va strategiyalar, kutilayotgan pragmatik samara ekspressiv nutqiy aktlar funksional-pragmatik tabiatini belgilab beradi. Bu esa o'z navbatida so'zlovchi shaxs uchun til birliklarini qo'llashda, voqelik faktlarini ekspressivlik nuqtai nazaridan baholashda keng imkoniyatlar yaratadi.
Ma'lumki, kishilar til vositasida o'zaro aloqaga kirishar ekanlar, unda qo'llanilgan til birliklari vositasida tilning munosabat ifodalash, ta'sir qilish kabi xususiyatlari namoyon bo'ladi. Kishilar til birliklaridan foydalanish bilan turli ruhiy holatlarni, quvonchu istaklari, orzu-umidlarini ifodalaydilar. Bu esa o'z navbatida tilda ma'lum nutqiy ifodalarni- nutqiy aktlarni yuzaga keltiradi. Ana shunday nutqiy ifodalardan biri bo'lgan tabrik nutqiy akti so'zlovchining adresatga ijobiy munosabati, undan minnatdorligi ifodasi sifatida yuzaga keladi. Bu nutqiy akt o'zining mohiyatini ifodalovchi bir qator vaziyatga bog'liq holda yuzaga keluvchi
1 Y30eK TH^HHHHr h30X^H ^yrara. 2-^H^g. -TomKeHr:yM3, 2006.-B.570.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ta'sirchanlik holatlariga ega: u so'zlovchining his-tuyg'ulari va munosabatini ifodalab adresatda oxir-oqibatda ijobiy reaksiya uyg'otishga yo'naltiriladi. Tabiiyki, tabrik jarayonida adresat va tabrik yo'llovchi kommunikativ vaziyatning bo'lishi shart bo'lgan elementlari hisoblanadi. Agar adresat bo'lmasa, nutqiy akt sodir bo'lmaydi. Mazkur nutqiy harakatning maqsadi aloqani kerakli noziklikda ushlab turish, o'z shaxsiy emotsional holatini ifodalash orqali adresat bilan qizg'in do'stlik munosabatini kuchaytirish hisoblanadi va bu maqsad performativ nominatsiya ta'rifidan guvohlik beradi. Shu ma'noda aytish mumkinki, tabrik suhbatdoshlarning shaxsiy munosabatlarini boshqarib turadi. U xuddi boshqa sotsiativlar qatori muloqot jarayonida xayrixohlik, xushmuomalalikning maxsus vaziyatini yaratish vazifasini bajaradi. Bular ichida asosiylari illokutiv kuchning umumiyligi (hissiyotni ifodalash) va adresatda ijobiy emotsional kayfiyat hosil qilish kommunikativ vazifani namoyon qiluvchi perlokutiv maqsad (javob emotsional reaksiyasiga erishish) hisoblanadi. Bu adresat hayotidagi voqeani adresant tomonidan ijobiy baholashni qamrab olgan tabrik nutqiy aktida eksplitsit tarzda ifodalanishi shart bo'lgan propozitsiyada o'z aksini topadi. Tabrik nutqiy aktida vaziyat ijtimoiy xarakter kasb etadi, adresatga hurmat, u bilan aloqani saqlab qolish maqsadida o'z samimiy hurmatini ifodalovchi leksik birliklarning qo'llanilishi o'ziga xos ishora-signal hisoblanadi. Bundan tashqari tabriklarning asosiy o'ziga xos xususiyatlari ularning takroriy, stereotip, qat'iy odat tusiga kirib qolgan ifodalarga boyligi hisoblanadi. Masalan, kishilar o'rtasidagi tug'ilgan kun, milliy bayramlar, tarixiy sanalar bilan bog'liq tabriklarda asosan adresatning sog'ligi, ishi, oilasiga aloqador tilak, istak bildiruvchi so'zlar va jumlalar ishlatiladi va ular hayotning maishiy tomonlarini qamrab oladi. Jamiyatda ma'lum bir ijtimoiy mavqega ega bo'lgan yirik allomalar, davlat arboblari bilan bog'liq tabriklar ma'no ko'lamining kengligiga ko'ra oddiy tabriklardan farq qilsa, davlatlar rahbarlari o'rtasidagi tabriklar esa siyosiy xarakterga ega bo'ladi. Shuning uchun ularda rasmiy uslubga xos nutqiy shtamplar, siyosiy terminologiya etakchilik qiladi va ular tabrik nutqiy akti mazmunini belgilab beradi.
MUHOKAMA
Tabrik formulalarining variantlari so'zlovchining o'z nutqi qaratilgan shaxsga ta'siri samarasining pragmatik qurilishi va uning aks etishini ifodalaydi.Yuqorida qayd etilganlarga asoslangan holda tabrikni jamiyat tomonidan qabul qilingan me'yorlar bilan bog'liq bo'lgan, nutq qaratilgan kishiga bo'lgan ijobiy istakni ifodalovchi va u bilan kelajakda ham aloqalarni saqlab qolish ko'zda tutilgan alohida nutqiy akt sifatida belgilash mumkin.
Tabrik istakdan tan olish, madh etish, xushomad, maqtab aytiladigan so'zlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Bular adresatning ma'lum bir yutuqlarga
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
erishganligi, muvaffaqiyaüarni qo'lga kiritganligi va ko'pchilik tomonidan unga baho berilishi bilan bog'liq. Masalan, tabrik ma'lum bir kishining o'qishga kirganligi bilan bog'liq bo'lsa, unda uning imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi, layoqatiga so'zlovchining ijobiy bahosi eksplitsit tarzda aks etadi. Xushomad, maqtab aytiladigan gap-so'zlarni doimo tabrikka nisbat berish yaramaydi, tabrik nutq qaratilgan shaxsning hayotda o'z faoliyati davomida ma'lum bir yutuqlarga erishganligi yoki adresatning hayotidagi tantanali vaziyatlarni aks ettiradi.Bunda hodisaning natijasi xarakterini belgilovchi mezon - tabrik uchun asos hisoblanadi.
Tabrik uchun asos sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
Vaziyatlar -tabrik uchun madaniy an'analar asosida belgilanuvchi sababdir. Masalan, tabrik uchun sabablarni quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1) tug'ilgan kun kabi odat tusiga kirgan taomillar, milliy-ma'naviy qadriyatlarni ifodalovchi "Navro'z", "Qurbon hayiti". "Vatan himoyachilari kuni" kabi bayramlar, oilaviy bayramlar va boshqalar.
2) Adresatning maxsus yutuqlarga, muvaffaqiyatga erishganligi sababi. Masalan, sport, olimpiada kabilarda erishilgan yutuqlar.
3) adresatning to'g'ridan to'g'ri ishtirokisiz amalga oshgan baxtli voqealar.
Istakka nisbatan tabrik uchun shu muhimki, bu so'zning qo'llanishining o'ziyoq
so'zlovchining adresat hayoti bilan qiziqishidan dalolat beradi. Tabrikning bo'lmasligi relevant vaziyatlarda so'zlovchining adresatga qiziqishining susaygani yoki u bilan birgalik hissining yo'qolganini ko'rsatadi. Xususiy bayramlar va maxsus hodisalarning ahamiyati haqida ijtimoiy kelishuv tabrik otkritkalarining katta miqdorda aniq ko'rinadi. Tabrikning bu yozma ko'rinishidagi shu dalil qiziqarliki, lisoniy birliklarning namoyon bo'lish imkoniyatlari o'rni ko'pincha originallik va rasmiylashtirilish bilan qoplanadi.
Tabrik o'ziga xos jarayon hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidek, tabriklash jarayoni shuni ko'rsatadiki, so'zlovchi adresat hayotidagi ayrim hodisalarni to'g'ri ijobiy baholaydi va milliy etiketga ko'ra tabriklaydi. Demak, aytish mumkinki, tabriklash jarayonida biz turli hayotiy vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarga, lisoniy jamoaning madaniy an'analariga muvofiq keluvchi individual baholanuvchi reaktiv nutqiy aktga duch kelamiz. Masalan uylanish, turmush qurish bilan bog'liq holatlarda tabrik adresatning faqat uylanishi emas, balki so'zlovchilarning fikriga ko'ra uning turmush o'rtog'i tanlashda adashmaganligini ham aks ettiradi.
Tabrik taomil sifatida o'z navbatida adresatdan taomilga mos keluvchi minnatdorchilik bildiruvchi va perlokutiv samara beruvchi ifodalar bo'lishini talab qiladi. Masalan o'zaro aloqalarda yangi yil bilan bog'liq tabriklarda javob mazmuni quyidagicha bo'lishi mumkin: Rahmat, Sizga ham sog'lik-salomatlik, uzoq umr,
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil Sizga ham bir qator omad va quvonchlar olib kelsin! kabi. Bunda muallif tomonidan turli til birliklari tanlansa-da, ular mazmunan bir maqsadga - tabrik nutqiy aktining yuzaga chiqishini ta'minlashga bo'ysundiriladi.
Tabrik nutqiy akti so'zlovchi va nutq qaratilgan shaxs o'rtasida insoniy munosabatlar odob-axloq mezonlari asosida qurilgan holatlarda yuzaga chiqadi. Tabrik nutqiy akti so'zlovchining nutq qaratilgan shaxsga ijobiy munosabatini va tabrik nutqi amalga oshishi ehtiyoji tufayli sodir bo'ladi. Tabiiyki, tabrik yo'llovchi nutq qaratilgan shaxs bilan muloqotga kirishar ekan, albatta bu jarayonning natijasi, ya'ni pragmatik samarasi ijobiy bo'lishini istaydi. Mazkur nutqiy harakatni amalga oshirishda so'zlovchi o'zi va nutq qaratilgan shaxsning jamiyatda egallab turgan ijtimoiy mavqei, oilaviy, kasbiy jihatdan yaqinligi, tanishlik darajasi, yoshi, jinsi kabi jihatlarni ham e'tiborda tutadi. Bu vaziyatlarda so'zlovchining o'z nutqi qaratilgan shaxs bilan bog'liq voqea-hodisadan mamnunligi, quvonchi kabi emotsional holatlari namoyon bo'ladi. Bu haqda nutqiy aktda performativ nominatsiyalar definitsiyalari ma'lumot beradi. Shu ma'noda, ta'kidlash mumkinki, dialogik nutqda tabrik muloqotchilar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni tartibga solib turuvchi harakatdir, u bundan tashqari boshqa sotsiativlarni ham - muloqot jarayonida maxsus xushmuomalalik, yaxshi istaklar bildirish muhitini yuzaga keltirish vazifasini ham bajaradi.
Tabrikning eng asosiylari illokutiv kuchlarning umumiyligi (his-tuyg'ularni ifodalash) va perlokutiv maqsad (javob emotsional ta'sirga erishish)dir. Bu adresatda ijobiy emotsional kayfiyat uyg'otish va ifodalanishining kommunikativ vazifasidir. Bu tabrik nutqiy aktida eksplitsit ifodalanishi shart bo'lmagan propozitsiyalarda o'z aksini topishi mumkin. Bunda adresant tomonidan adresatning hayotidagi ijobiy baholashga arziydigan voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bu akt bir qator ekspressivlar bilan chegaralanadi. Ekspressivlar dialogik muloqot jarayonida nutq sub'ektining psixik holatini, uning nutq qaratilgan shaxsdan tashqari aks etuvchi axloqiy xatti-harakati, o'zini tutishi kabilarni ham ifodalaydi. Tashqi ta'sirsiz, o'z-o'zidan yuzaga keluvchi holatlar shular jumlasidandir. Kishilar o'rtasidagi turli munosabat tufayli amalga oshuvchi tabrikni nutqiy akt sifatida belgilaymiz, u maxsus tipiklashgan nutqiy vaziyatlarda xulq-atvorning ko'pchilik tomonidan qabul qilingan me'yorlari bilan chambarchas bog'liq. Bunda nutqiy aktda ko'zlangan maqsad- nutq qaratilgan shaxs bilan bo'lgan munosabatni kerakli masofada saqlab qolish uchun stereotip harakatlarda -adresatni tabriklash bilan o'zining shaxsiy emotsional his-tuyg'ularini ko'rsatish va bu bilan adresatda ham ijobiy emotsional xayrixohlik hissinining
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
yuzaga kelishini ta'minlashdan iborat. Bu nutqiy aktlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun ularning har biriga xos xususiyatlarni o'rganib chiqish lozim bo'ladi.
Xullas, yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, insonlar o'rtasidagi turli munosabatlarda tabrik u yoki bu ko'rinishda yuzaga chiqadi. Har bir holatda ham nutq qaratilgan shaxsga hurmatni ifodalash, xushmuomalalik, odob mezonlariga rioya qilish tabrikning asosiy kommunikativ vazifasi sifatida namoyon bo'ladi.Tabrik nutqiy aktini amalga oshirishda nutq qaratilgan shaxsga u erishgan yutuqlar tufayli e'tibor qaratish, muloqot jarayonida o'zining emotsional holatini, ijobiy munosabatini, suhbatdoshning quvonchiga sherik ekanligini ifodalash, o'zi tomonidan tanlangan til birliklari vositasida unda yaxshi kayfiyat hosil qilish, o'z hurmat-ehtiromini bildirish orqali adresatda emotsional tuyg'ular uyg'otish ko'zda tutiladi. Bu esa tabrik nutqiy aktining asosiy vazifasi ta'sirchanlikni ta'minlash ekanligidan dalolat beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Nurmonov A. Nutqiy faoliyat va so'zlovchi shaxs // Rahmatulla Qo'ng'urovning ilmiy merosi va o'zbek tilshunosligi masalalari. - Samarqand, 2008. -B.154-156.
2. Yuldashev M. Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi. Filol. fan. dok. diss... -Toshkent, 2008.-B.244.
3. O'zbek tilining izohli lug'ati. Ikki tomlik, 1-tom, M.: 1981. - 632 b.
4. O'zbek tilining izohli lug'ati. Ikki tomlik, 2-tom, M.: 1981. -715 b.
5. Boymirzaeva S. Modallik umumlisoniy kategoriya sifatida // Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari. Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari. -Samarqand: SamDCHTI nashri, 2009. -B.192.
6. Yo'ldoshev B. O'zbek tilida matn komponentlarining semantik va pragmatik munosabatlari haqida // Xorijiy til ta'limining kognitiv-pragmatik tamoyillari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand, 2007. -B.11-12.
7. Mirzayev I.K. Til va nutq hodisalarini o'zaro farqlash lozimligi haqida // SamDU ilmiy axborotnomasi. - Samarqand, 2003. № 2. -B 3-5.
XULOSA