Научная статья на тему 'EKSPRESSIV NUTQIY AKTLAR TADQIQI VA TASNIFI'

EKSPRESSIV NUTQIY AKTLAR TADQIQI VA TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
159
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutqiy akt / ekspressivlar / so'zlovchi emotsional holati / illokutiv maqsad. / Speech act / expressiveness / emotional state of the speaker / illocutionary purpose.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Haydarova Dilafroz

Mazkur maqolada tilshunoslikda nutqiy aktlar nazariyasida ekspressivlarning o'rni, mohiyati, tavsifi masalasi to'g'risida so'z yuritiladi. Nutqiy aktning nomlanishidagi har-xillik tahlil etiladi. Ekspressiv nutqiy aktlarning pragmatik tabiatiga ko'ra tasnifi keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY AND CLASSIFICATION OF EXPRESSIVE SPEECH ACTS

This article discusses the role, essence and description of expressives in the theory of speech acts in linguistics. Any difference in the naming of the speech act is analyzed. Expressive speech acts are classified according to their pragmatic nature.

Текст научной работы на тему «EKSPRESSIV NUTQIY AKTLAR TADQIQI VA TASNIFI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

EKSPRESSIV NUTQIY AKTLAR TADQIQI VA TASNIFI

Haydarova Dilafro'z

Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tilshunoslikda nutqiy aktlar nazariyasida ekspressivlarning o'rni, mohiyati, tavsifi masalasi to'g'risida so'z yuritiladi. Nutqiy aktning nomlanishidagi har-xillik tahlil etiladi. Ekspressiv nutqiy aktlarning pragmatik tabiatiga ko'ra tasnifi keltiriladi.

Kalit so'zlar. Nutqiy akt, ekspressivlar, so'zlovchi emotsional holati, illokutiv maqsad.

ИССЛЕДОВАНИЕ И КЛАССИФИКАЦИЯ ЭКСПРЕССИВНЫХ

РЕЧЕВЫХ АКТОВ

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются роль, сущность и описание экспрессивов в теории речевых актов в языкознании. Любое различие в назывании речевого акта анализируется. Экспрессивные речевые акты классифицируются по их прагматическому характеру.

Ключевые слова. Речевой акт, экспрессивность, эмоциональное состояние говорящего, иллокутивная цель.

STUDY AND CLASSIFICATION OF EXPRESSIVE SPEECH ACTS

ABSTRACT

This article discusses the role, essence and description of expressives in the theory of speech acts in linguistics. Any difference in the naming of the speech act is analyzed. Expressive speech acts are classified according to their pragmatic nature.

Keywords. Speech act, expressiveness, emotional state of the speaker, illocutionary purpose.

KIRISH

Inson nutqiy faoliyati kommunikantlarning shaxsiy maqsad va niyatlari bilan murakkablashgan, his-tuyg'ulari singdirilgan turli hajm, tuzilish va qurilishdagi til birliklarining yirik majmuidir. Mazkur umumiy ko'rinishdagi nutq jonli muloqot jarayonida yuzaga keluvchi turli nutqiy aktlarga ajratiladi. Har bir nutqiy akt so'zlovchining murojaati, undashi, istak yoki buyrug'i kabi kommunikativ maqsadlarini ochiq yoki yashirin ifodalashga qaratiladi. Tilshunoslikda ularning vazifasi, turli xil ko'rinishlari tahlili bilan nutqiy aktlar nazariyasi shug'ullanadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Nutqiy aktlar tasnifining barchasida qayd etilgan alohida nutqiy akt turi bu -ekspressivlar dir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda nutqning ekspressivligi masalasini chuqur va atroflicha o'rganish tendentsiyasi mavjud. Bu ekspressiv nutq aktlarining to'liq tavsifi yo'qligi va ularning shaxslararo muloqot jarayonida muhim ijtimoiy ahamiyatga egaligi bilan bog'liq. «Expresso» - lotin tilidagi "ifodalash" ma'nosini anglatib, tilshunoslikda Jon Rojers Serl nutqiy aktlarning bir guruhini ekspressivlar termini bilan nomlagan. Olimning ta'rifiga ko'ra, ekspressivlar maqsadli nutqiy faoliyatning bir turi bo'lib, ular adresat xatti-harakatiga nisbatan so'zlovchining muayyan psixologik holatini ifodalaydi. Shuningdek, mazkur nutqiy akt turi ijtimoiy etiket qoidalarini ham o'z ichiga oladi.[11]

Mazkur nutqiy akt turiga nisbatan tilshunoslar turli xil terminlar qo'llashadi. Jumladan, J.Ostin bunday nutqiy aktlar uchun "ekspozitiv"lar [8], K. Bax va R. Xarnishlar "aknolejment» [1], D.Vunderlix - «satisfaktiv» [2], A.Vejbitskaya, N.M. Vaxtelb, M.Yu.Fedosyuk - "emotiv"lar [5,13,4], T.T.Vasilyeva, N.N.Formanovskaya - "etiketlar" [14], V.G.Gak - "emotsional-baho nutqiy akti"[6], I.V. Trufanova "ekspressiv-emotsional nutqiy aktlar"[12], N.A.Trofimova esa J.Serl ortidan "ekspressivlar" deb atashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. V.I.Karasik ularning perlokutiv natijalarini ham inobatga olgan holda emotsional-kauzativ nutqiy aktlar deb atashni taklif etadi [7]. G.G.Pocheptsov esa ekspressivlar performativlar tarkibida o'rganilishi lozimligini, uni alohida guruh sifatida ajratishga ehtiyoj yo'qligini ta'kidlaydi.[10] L.A.Piotrovskaya emotiv ifodalar masalasini chuqur o'rganib, "emotsional" va "emotiv" hodisalarini farqlash lozimligini ta'kidlaydi. Olimaning fikricha, nutqiy aktning illokutiv maqsadi nutq subyektining ruhiy holatini ifodalash bo'lsa "emotsional" ifodasi; nutq subyektining nimagadir yoki kimgadir emotiv munosabatini ifodalash bo'lsa «emotiv nutqiy akt» terminini qo'llash maqsadga muvofiq. [9]

Biz ham J.Serl va uning mazkur masaladagi izdoshlari: J.Lich, T.Ballmer, V. Brennenshtul, L.P. Chaxoyan, N.A.Trofimova, N.A. Komina va L.Pisarek ortidan mazkur nutqiy akt guruhini ekspressivlar termini bilan atashni qo'llab-quvvatlaymiz, negaki mazkur termin ko'plab olimlar tomonidan tan olinishi bilan birga, J.Serl tipologiyasi qat'iy mezonlarga asoslanadi, qisqa, qulay, mohiyatan mazkur til hodisasiga mos va o'zbek tilshunosligida avvaldan "ekspressivlik" shaklida uslubiyatda qo'llanilgan, til egalariga tanish termin sanaladi.

Shuningdek, ekspressivlar tarkibiga kiruvchi nutqiy akt turlari masalasi ham biroz bahstalab. J.Serl ekspressivlarning 2 kichik guruhini farqlaydi: birinchi guruh

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

tarkibiga so'zlovchining tinglovchiga ijobiy: minnatdorchilik, tabrik, tasdiqlash, iqror kabi munosabatini ifodalovchi nutqiy aktlar; ikkinchi guruhga tinglovchining ham, o'zining ham xatti-harakatiga salbiy munosabatni ifodalovchi: kechirim, afsus, malomat qilish kabi nutqiy aktlarni kiritadi. Qayd etilgan barcha nutqiy akt turlari umumiy illokutiv: "so'zlovchining nutqiy vaziyatga bog'liq holda u yoki bu ruhiy munosabatini ifodalash" maqsadi asosida birlashtirilgan.

L.P.Chaxoyan ham ekspressiv nutqiy aktlarning xuddi shu turlarini farqlasa-da, minnatdorlik, kechirim va hamdardlik nutqiy aktlarini ekspressivlarga emas, ijtimoiy etiket tarkibiga kiritadi.[15]

M.Yu.Fedosyuk ham etiket janrlari bo'lgan: tabrik, minnatdorchilik, tilak va boshqalarni emotivlar sinfiga kiritishni taklif etadi. Olimning fikricha, ular adresat emotsional holatini ifodalashga yoki vaziyatning yaxshilanishiga mo'ljallangan bo'ladi. [13]

N.A.Komina ham kechirim, minnatdorchilik, hamdardlik, tanbeh, afsus kabi nutqiy aktlarni ekspressivlar tarkibiga kiritsa, N.M.Vaxtel shikoyat, hukm, qoralash, haqorat, ma'qullash, rad etish, hazil, masxara, ajablanish, g'azab kabi ekspressiv nutqiy aktlarni ham kiritish taklifini beradi. Tilshunos Lich mazkur nutq aktlarning barchasini "o'ziga xos xushmuomalalik" deb ta'riflaydi.

Manbalarda ekspressivlarning vazifasidan kelib chiqib perlokutiv akt bilan bog'liqligiga ham e'tibor qaratiladi. Bunda perlokutiv maqsad adresatni so'zlovchiga nisbatan ijobiy munosabatini uyg'otishga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun bunday nutqiy aktlar shaxslararo munosabatlarni tartibga soluvchi aktlar deb ham ataladi.1

Nutqiy aktlar nazariyasi tasniflangan nutq faoliyatining nomi qanday bo'lishidan qat'iy nazar, ular o'zining ifoda maqsadi umumiyligi asosida ajralib turadi. Ekspressiv maqsadli gaplarda so'zlovchi o'z ruhiy holatini yoki munosabatlarni ifodalashni maqsad qiladi. U mazkur nutqiy aktlar orqali vaziyatga o'z emotsional munosabatini, ya'ni ichki holati, hissiyotlari, tuyg'ularini ifodalash imkoniga ega bo'ladi. Yuqoridagi tasniflarni umumlashtirgan holda ekspressivlarning tabiatiga ko'ra quyidagi uch kichik guruhini ajratish mumkin:

1) ijobiy his-tuyg'ularni ifodalovchi nutqiy aktlar: minnatdorlik, hamdardlik, ma'qullash, maqtov, va hok.

2) salbiy his-tuyg'ularni ifodalovchi nutqiy aktlar: g'azab, qoralash, malomat, norozilik, haqorat, masxara, kinoya, tahdid, e'tiroz, shikoyat, rad etish va hok.

3) ham ijobiy, ham salbiy his-tuyg'ularni ifodalovchi nutqiy aktlar: hayrat, baho, kechirim.

1 Сусов И.П. Деятельность, сознание, дискурс и языковая система // Языковое общение: процессы и единицы. -Калинин: КГУ, 1988. - С. 7-13.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Ijobiy his-tuyg'ularni ifodalovchi nutqiy aktlar muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatni yaxshilashga, bir-birini qo'llab-quwatlashga xizmat qiladi. Masalan:

Kundalik muloqot chog'ida salbiy va ijobiy his-tuyg'ularni ifodalovchi nutqiy aktlarning qo'llanishi tez-tez uchraydi: Og'zi ochiq xotinlardan biri onamga nima debdi deng: men o'zi bir Xudo qarg'agan qizni battar baxtiqaro qilayotgan emishman. Ha, Sumbula ko 'p narsani bilmaydi. Hatto o 'lim degan tushuncha haqida tasavvurga ega emas u. Ammo uzzukun bir burchakda o 'tirishga mahkum odam bilan sayr qilish, unga o 'zi ko 'rolmaydigan dunyoning faqat yaxshi tomonlarini gapirish gunohmi? Xo 'sh, bu telba dunyoning bevafoligi, masalan, Niginani otasi o 'zi tengi erkakka zo 'rlab unashtirgani yoki bir oyog 'i go 'rga borib qolgan Shodi boboning maktabdan qaytayotgan bolalarni itiga quvdirib zavqlanishini aytsam, ko'nglingiz joyiga tushadimi? Kechirib qo'yibsiz! Bunaqa insoniylik doirasidan tashqaridagi voqealardan Sumbulaning o 'zi xabar topsin - qachon nasib qilsa, o 'sha payt. Men har kuni unga atrofning go 'zalligini, gullar rang-barang, dala ko 'm-ko 'k tusga kirib, yanada jozibaliroq ko'rinayotganini takrorlab charchamayman. (Jo'rabek Ramazonov "Telba dunyo")

Ko'rinadiki, ekspressivlar guruhiga kiruvchi nutqiy aktlar doirasi keng. Kommunikantlarning ruhiy holati yoki munosabatini ifodalashga qaratilgan ekspressiv nutqiy aktlar o'zaro muloqotda muhim ijtimoiy o'rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bach K. Linguistic Communication and Speech Acts / K. Bach and R.M. Harnish. - Cambridge: Mass, 1980. - 327 p.

2. Wunderlich D. Studien zur Sprechakttheorie. - Frankfurt a. M., 1976. - 417 p.

3. Апресян Ю. Д. Перформативы в грамматике и словаре // Изв. АН СССР Сер.: Лит. и яз. - 1986. - Т. 45. - № 3. - С. 208 - 223.

4. Вахтель Н.М. Высказывание в позиции газетного заголовка: семантика и прагматика. - Воронеж: РИЦ ЕФ ВГУ, 2004. - 204 с.

5. Вежбицка А. Речевые акты // Новое в зарубежной лингвистике. - Вып. 358//Лингвистическая прагматика. - М.: Прогресс, 1985. - С. 251-275;

6. Гак В.Г. К проблеме сопоставительно-типологического анализа речевого акта и текста // Сопоставительная лингвистика и обучение неродному языку. - М.: Наука, 1987. - С. 37-48.

7. Карасик В.И. Язык социального статуса. - М., 1992. - 330 с.

8. Остин Дж. Л. Слово как действие // Новое в зарубежной лингвистике. - М.,

1986. - Вып. 17. - С. 22 - 129.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

9. Пиотровская Л. А. Взаимодействие эмоциональной и рациональной оценки в процессе порождения речи // Русский язык: исторические судьбы и современность: III Международный конгресс исследователей русского языка: Труды и материалы / сост. М. А. Ремнева, А. А. Поликарпов. М.: МАКС Пресс, 2007. С. 28-29.

10. Почепцов Г.Г. Прагматика предложения / И.П. Иванова, В.В. Бурлакова, Г.Г. Почепцов // Теоретическая грамматика современного английского языка. -М.: Наука, 1981. - С. 267 - 281.

11. Серль Дж. Классификация иллокутивных актов // Новое в зарубежной лингвистике. Теория речевых актов. - 1986. - № 17. - С. 170 - 194.

12. Труфанова И.В. Прагматика несобственно-прямой речи. - М., 2000. - 568 с.

13. Федосюк М.Ю. Исследование средств речевого воздействия и теория жанров речи // Жанры речи. - Саратов, 1997. - С. 66-88.

14. Формановская Н.И. Эмоции, чувства, интенции, экспрессия в языковом и речевом выражении // Эмоции в языке и речи. Сб. науч. тр. - М.: РГГУ, 2005. - С. 106-116.

15. Чахоян Л.П. О признаках высказывания // Значение и смысл речевых образований. - Калинин: Изд-во КГУ, 1979. - С. 121 - 126.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.