INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
NUTQIY AKTNING ASOSIY KATEGORIYALARI. ILTIMOS\UNDOV NUTQIY AKTI
Nasridinov Muxridin Vaslidin o'g'li
Farg'ona davlat universiteti "Ingliz tili kafedrasi" https://doi.org/10.5281/zenodo.7394030 Annotatsiya. Ushbu maqolada nutqiy akt funksiyalari bilan bir qatorda, uning asosiy kategoriyalari tadqiq qilinadi, har bir kategoriya undov\iltimos nutqiy aktiga tegishli ba'diy asarlardan olingan turli misollarda atroflicha tahlil qilinadi.
Kalit so^zlar: nutqiy akt, lokutiv, perlokutiv, illokutiv, deklarativ, reprezentativ, ekspressiv, direktiv, commissiv.
ОСНОВНЫЕ КАТЕГОРИИ РЕЧЕВЫХ ДЕЙСТВИЙ. РЕЧЬ АКТ УДОВОЛЬСТВИЯ Аннотация. В данной статье помимо функций речевого акта изучаются его основные категории, каждая категория подробно анализируется на различных примерах, взятых из литературных произведений, связанных с речевым актом увещевания/удовольствия.
Ключевые слова: речевой акт, локативный, перлокутивный, иллокутивный, декларативный, репрезентативный, экспрессивный, директивный, комиссивный.
MAIN CATEGORIES OF SPEECH ACTIONS. SPEECH ACT OF PLEASURE Abstract. In this article, in addition to the functions of the speech act, its main categories are studied, each category is analyzed in detail in various examples taken from literary works related to the speech act of exhortation/pleasure.
Keywords: speech act, locutionary, illocutionary, perlocutionary, declaratives, representatives, expressives, directives, commissives.
Insoniyatni boshqa jonzodlardan ajratib turuvchi o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lgan til(language), jamiyat a'zolari o'rtasida turli xil voqea, jarayon hamda munosabat va his tuyg'ularni bir-birlariga ifoda etishda qo'llanadi. Tilning jonli jarayonga kirib kelishi orqali nutq(speech) paydo bo'ladi. Dunyoda hech bir so'z ustasi yo'qki, ongidagi his-tuyg'ulari tinglovchiga nutq orqali aniq va mukammal yetkaza oladigan. Nutq jarayoni orqali inson ongida turfa xil psixologik holatlar yuzaga keladi. Real holatda vujudga kelgan kommunikativ nutq a'zolari hisoblangan so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi holatlar, muammolarni, nutqning ta'siri kabi sohalarni tadqiq qiluvchi tilshunoslik yo'nalishlaridan biri pragmalingvistikadir.
Ilk bor ushbu ta'limot V.Humboldt, Sh. Balli, K.Byuller, E.Benvenist, M.Baxtin kabi olimlarning tadqiqotlarida paydo bo'lgan bosa, Sh.Safarov pragmatika XX asrning ikkinchi yarmidagi rivoji nutqiy akt(speech act) nazaryasining lingvofalsafiy ta'limot sifatida shakllanishi bilan bog'liqligi hamda bu sohaning asosiy namoyondalari sifatida ingliz mantiqshunosi J.L.Ostin va amerikalik psiholog J.Syari kabi olimlar ishlarida shakllanganini ta'kidlaydi. [5.77] Nutqiy akt nazariyasi pragmatikaning kichik sohalaridan biri sifatida kiritilgan. Ushbu tadqiqot sohasi so'zlar, so'z birikmalari va gaplarni nafaqat ma'lumotni yetkazish, balki turli harakatlar orqali kommunikativ muloqot usullarining qo'llanilishini ham o'z ichiga oladi. Ushbu soha nafaqat tilshunoslik balki falsafa, psixologiya va adabiyot nazariyalarida, hatto sun'iy intellektni rivojlantirishda qo'llaniladi.
Barchamizga ma'lumki, bir inson boshqasiga: "Siz bugun yanada ochilib ketibsiz" nutqiy aktini qo'llasa, bu gap nafaqat tashqi qiyofasiga tavsif berish vazifasini bajaradi, balki asosan "xushomad" ijtimoiy vazifasini ham bajaradi. Nutq orqali bajariladigan ijtimoiy muloqot
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
jarayonlari odatda nutqiy aktlar deb ataladi. Barcha madaniyatlar ijtimoiy funktsiyalarni bajarish, kommunikativ muloqotni tashkil etishda nutq aktlaridan foydalanadilar va deyarli barcha tillarda nutq aktlarini bevosita ifodalovchi ba'zi fe'llar mavjuddir [4.131], masalan: kechirim so'rash, shikoyat qilish, xushomad, iltimos qilish, va'da qilish va boshqalar. Ushbu vazifalarni bajaruvchi fe'llar o'zlari bildirayotgan nutqiy aktning lug'aviy ma'nosini o'zida mujassam etgan bo'lsada, ular har doim ham oddiy suhbatda nutqiy aktning eng ko'p uchraydigan misollaridan biri bo'lavermaydi. Masalan, og'zaki vaziyatda kechirim so'rashda so'zlashuvchilar rasmiy "Meni kechiring!" iborasidan ko'ra ko'proq "Uzr" iborasini ishlatishadi. [1. 24]
Nutqiy akt nazariyasi 1975-yilda Oksford faylasufi J.L.Ostin tomonidan "So'zlar bilan qanday ishlash kerak"("How to Do Things With Words") asarida yangi soha sifatida kiritilgan va amerikalik faylasuf J.R.Syorl tomonidan ushbu soha yanada yangi bosqichda rivojlangan va boyigan. U nutq jarayonidagi gaplarning uch bosqichini yoki tarkibiy qismlarini ko'rib chiqadi:
1.Lokutiv(locutionary). Bu ma'lum bir tovushni talaffuz qilish yoki ma'lum belgilar qo'yish, muayyan so'zlarni ishlatish va ularni ma'lum bir tilning grammatik qoidalariga va ma'lum bir his-tuyg'ularga muvofiq ishlatish va ular olingan til qoidalariga ko'ra belgilanadigan ma'lum bir murojaat qilish kabi nutq harakatidir. [5.81] 2. Illokutiv (Illocutionary). Boshqa shaxsga aytish orqali niyatini va maqsadini ifoda etish. 3. Perlokutiv (perlocutionary). Ushbu jarayonda so'zlovchi tomonidan bayon etilgan nutqiy akt orqali tinglovchida paydo bo'lgan reaksiya holati nazarda tutiladi.
Nutqiy aktlar so'zlovchi tomonidan aytilgan nutq tinglovchi ruhiyatiga qay darajada ta'sir etishiga qarab J. Syorl tomonidan beshta asosiy kategoriyalar (declaratives, representatives, expressives, directives, commissives)ga ajratilgan. [1. 25] Ushbu kategoriyalari iltimos nutqiy akti misollarida ko'rib chiqamiz.
Deklarativ nutqiy aktlar(declaratives). Deklarativ nutqiy aktlar inson ongida portlash( katta o'zgarish) sodir etadigan hayotida tub burilish yasaydigan jarayonga sabab bo'ladi. Ushbu jarayonning ijobiy va salbiy ko'rinishlari mavjud. Iltimos nutqiy akti orqali keltirilgan quyidagi misolga e'tibor qaratsak:
Ijobiy: " "Nima deysan sohibjamol? Menga turmushga chiqasanmi?"(..."What do you say, gorgeous? Marry me?!") [2. 5]
Yuqoridagi misolda yigit tomonidan uning suygan qiziga turmush qurish taklifi orqali, tinglovchi yani qizda o'ziga hos kuchli hayajon, hursandlik va ko'plab ijobiy his tuyg'ularni asarning keyingi satrlaridan anglab olishimiz mumkin.
Salbiy: Devid hafsalasi pir bo'lgan holda xo'rsinib dedi: "Shuning uchun qo'ng'iroq qilyapman. Bu mening xizmat sayohatim haqida. To'yimizni kechiktirishga to'g'ri keladi...." [2. 6]
Asarda keltirilgan jumla intiqib kutayotgan marosimni kechikishi, va har bir xizmat safari qahramon Devid hayoti uchun xatarli ekani tinglovchi Syuzan ongida kuchli salbiy psixologik jarayonni yuzaga keltiradi. Yuqorida zikr etilgan har ikki ijobiy va salbiy holatdagi misollar, kuchli ta'sirga ega bo'lgan nutqiy aktlar yani deklarativ nutqiy aktlar hisoblanadi.
Reprezentativ nutqiy aktlar(representatives). Ushbu nutqiy akt insonning hissiy kechinmalari bilan bog'liq bo'lib, unda so'zlovchi qalbida bir bir holat sodir bo'lishiga ishonch, tasdiq va aniq jarayonga nisbatan vujudga keladi.
- "Xafa bo'lmang. Kayfi bor. Shu holda unga mashinani ishonib bo'ladimi? Keling, bir baloni boshlamasin"... [3. 165]
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Asarda urg'u berilayotgan(mast holatdagi) Sultonov mashina hayday olmasligi, u so'zlayotgan gaplari mast holatida aytilgani uchun etibor bermasliklari lozimligi domla tomonidan ishonch va tasdiq(mast ekani) bilan aytiladi. Mashina haydashiga ruxsat berish, biror bir avtohalokat sodir bo'lishiga yo'l ochib berishga ishonch, dalil mavjudligi sababli ushbu nutqiy aktni reprezentativ nutqiy akt turkumiga kirita olamiz.
Ekspressiv nutqiy aktlar(expressives). Ekspressiv nutqiy aktlar tilshunoslikning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Nutqiy akt so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi psixologik jarayonlar(kechirim so'rash, shikoyat qilish, xushomad, maqtov, xafa bo'lish, hayratlanish va tabriklar va.h.k)ni o'zida aks ettiradi.
" - Ke ... ke... kerakmas buningiz. Egasiga bering, egasiga, - deb astoydil xafa bo'lib, qaytib keta boshladi.... To'rabek yoqa ushlab: - Tavba, shu esipast odam ham olmadi-ya..." [3. бб]
Ushbu misloda in'om tariqasida berilayotgan narsa noqonuniyligi va bu narsa birovga tegishli ekani tinglovchida kuchli qo'rquvni paydo qiladi va hatto so'zlarni talaffuz qilishda qiyinchilik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ikkinchi gapda esa, aqli zaif odam ham ushbu in'omni qabul qilishdan bosh tortgani To'rabekda kuchli hayratlanish psixologik jarayonini yuzaga chiqaradi. Bundan bizga ma'lumki, inson qalbi kechinmalarini nutqiy akt orqali ifoda etilishi ekspressiv nutqiy aktlarda namoyon bo'ladi.
Direktiv nutqiy aktlar(directives). So'zlovchi tomonidan tinglovchiga ma'lum vazifalarni bajarish majburiyatini yuklay olishi va har ikki nutq a'zolari yuzma-yuz holatda turishi direktiv nutqiy aktda kuzatiladi. Bunga misol sifatida buyurish, topshiriq yuklash, talab qilish holatlarini olishimiz mumkin.
"- Olinglar, shu bilan hali yana qachon ovqatlanamiz... Zulhumor unga yalt etib qaradi: -Nima, hozir jo'naymizmi?" [3. 219]
Asarda domla birgina gap orqali Zulhumorga ikki buyruq nutqiy aktini yo'lladi. Birinchisi dasturxondagi noz ne'matlardan kata-katta istemol qilishi va tez orada bu yerdan jo'nab ketishga tayorgarligini ko'rishi lozimligidir. Bunda har ikki nutqiy akt azolari bir dastuxon atrofida o'tirgani va so'zlovchi tomonidan tinglovchiga direktiv holatda buyurish, topshiriq yuklash jarayonini ko'rishimiz mumkin.
Kommissiv nutqiy aktlar. (commissives). Direktiv nutqiy akt jarayonidan kelib chiqqan, kelajakda bajarilishi so'ralgan yoki talab etilgan holatlarda ikkinchi shaxs tomonidan ushbu vazifani bajarishga rozilik bildirish, vada berish yoki rad etish jarayoni kommissiv nutqiy akti orqali bayon etiladi. Kommissive nutqiy akti kuchli yoki kuchsiz holatda yuzaga chiqadi. Misol uchun, ma'lum bir vazifani bajarishga bel bog'lashda "vada beraman" so'z birikmasi gapga qo'shimcha ma'no yuklasa, rad etish jarayonida, "aslo yo'q", "hech qachon" so'z birikmalari va shu bilan birga bazi frazeologik birliklar("Tuya hammomni orzu qilibdi", "Tushingni suvga ayt", "Chuchvarani hom sanabsan" ) kuchli rad etishga urg'u berishda yordam beradi.
Kuchsiz: "... biz o'tadigan yerimizga o'tib kelaveraylik-a? ... Ziyod ham darhol rozi bo'laqoldi: - Mayli-mayli. Vaqtliroq qaytinglarda.
Axir, qayoqqa borasizlar? - Iskandar xijolatga tushib do'stiga javdiradi..." [3. II]
Ushbu misolda direktiv nutqiy akt orqali vujudga kelgan undovga ikki odam tomonidan ikki xil javob, rozilik(Mayli-mayli. Vaqtliroq qaytinglarda.) va norozilik (Axir, qayoqqa borasizlar?) nutqiy aktlarini kuzatishimiz mumkin. Har ikki javobda mo'tadillik kuzatiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Kuchli: " - To'g'rilikka to'g'riku-ya, lekin oyoq ostidan chiqib qolganlaridan bitta-yarimta topilsa devdikda. ... ko'pmas bir donasi yetadi.
Ishonmading-a? Tavba! Shunaqa odamga o'xshaymanmi hech? ... Meni kim deb o'ylayapsan?"
Dastlabki holatda rozi bo'lish va rad etish kommissiv nutqiy aktlari kuchsiz sodir bo'lgan bo'lsa, ikkinchi holatda rad etish kommussiv nutqiy akti turli ritorik so'roq gaplar bilan kuchaytirilgan va direktiv nutqiy aktga nisbatan kuchli rad javobi berilgan. Bu kabi nutqiy aktlarni ko'plab ko'rinishlarini ko'rishimiz mumkin. Har bir nutqiy akt so'zlashuv muhitining darajasiga ko'ra turlicha ta'sir etadi. Inson psixologiyasini qisman yoki butunlay o'zgartirib yubora olish qudratiga egadir. Garchi barcha tillar nutqiy aktlarning bir xil inventarini birlashtiradigan bo'lsada, har bir nutq akti uchun mos bo'lgan ma'nolar turli madaniyatlarda mutlaqo boshqacha funksiyalarni bajarishi mumkin.
Tilshunosligida nutq aktlari hodisalarini o'rganish doimo dolzarb masala sifatida qaraladi va shu bilan birga nutqiy aktning lingvopragmatik xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatni kasb etadi. Ularni nutq a'zolari hisoblangan tinglovchi va so'zlovchi o'rtasida sodir bo'layotgan nutqiy aktlarni tinglovchi ruhiyatiga qay darajada ta'sir etishiga qarab turli kategoriyalarda alohida-alohida tahlil qilish orqali tilning pragmalingvistika sohasidagi ko'plab tilsimlarini ochib berish imkoniga ega bo'lamiz . Bu bilimlar tilning madaniyatlararo muloqot jarayonida va qiyosiy tipologiya sohalarida yo'lchi yulduz vazifasini o'taydi.
REFERENCES
1. Nasridinov, M., & Usmonova, D. (2022). EXPOSITION FUNCTIONS IN THE NOVEL" THE JUNGLE BOOK". International Journal Of Literature And Languages, 2(05), 22-28.
2. Vaslidin o'g'li, M. N., & Norhujaevich, M. O. (2021). Comparative Typology of Verbal Means Expressing the Concept of" Goal" in Languages with Different Systems. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(12), 51-55.
3. Jurayev, I. M. (2022). OLD VIEWS OF FAMILY AND SOCIAL RELATIONS.
4. Джураев, И. М. Ахмадиев Нуриддин Мухитдинович аспирант Ферганский государственный университет Узбекистан г. Фергана, ул. Мурабийлар, 19.
5. Ahmadiev, N. M., & Juraev, I. M. (2019). Family reading-a leading factor in the promotion of youth moral education. Научные исследования в Кыргызской Республике, (3), 24-27.
6. Аббасова, Н. К. (2020). ИНТЕРАКТИВНЫЙ ПОДХОД В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 49-53).
7. Abbasova, N. K. (2020). O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA OLMOSHLARNING QIYOSIY TAHLILI. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 472-476).
8. Aliyeva, N. (2021). СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФРАЗЕМ В АНГЛИЙСКОМ, РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ. Журнал иностранных языков и лингвистики, 3(8).
9. Aliyeva, N. (2021). ИЗОМОРФИЗМ АНГЛИЙСКИХ КОЛЛОКАЦИЙ И ФРАЗЕМ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ С УЧЕТОМ ПЕРЕХОДНОСТИ ЗНАЧЕНИЯ. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(2).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
10. Ташматова, Г. Р. (2022). ПРОБЛЕМЫ ВНЕДРЕНИЯ ПРЕДМЕТНО-ЯЗЫКОВОГО ИНТЕГРИРОВАННОГО ОБУЧЕНИЯ (CLIL. Academic research in educational sciences, 3(3), 953-960.
11. Rafailovna, T. G. (2022). CHALLENGES OF IMPLEMENTING CLIL (CONTENT AND LANGUAGE INTEGRATED LEARNING). Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 567-574.
12. Ташматова, Г. Р. (2021). Теоретическое обоснование предметно-языкового интегрированного подхода (CLIL) в преподавании. Science and Education, 2(12), 816823.
13. Rafailovna, T. G. (2020). Code-switching in teaching a foreign language. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)), 69-71.
14. Discourse and context in language teaching. A guide for language teachers. Marianne Celce-Murcia Elite Olshtain. Cambridge university press.
15. DIGIT FORTRESS. Dan Brown. St. Martin' s Press. New York. A THOMAS DUNNE BOOK. An imprint of St. Martin' s Press.
16. "Hammaning yashagisi keladi" qissalari <Hilil nashr> nashriyoti. Murod Mansur. 2015
17. Остин Дж. Слово как действие /Дж.Остин// Новое в зарубежной лингвистике. -М.: Прогресс, 1986.- Вып. 17.- С.131.
18. Safarov Sh. Pragmalingvistika: monografiya. - Toshkent, 2008. - B.77-82.
19. kizi Yunusova, H. R., & Ahmedova, M. A. (2022). THE CASE OF MULTIPLE AUXILIARY VERBS IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. International Academic Research Journal Impact Factor 7.4, 1(5), 5-8.
20. Yunusova, H. (2022). THE PHENOMENON OF AUXILIATION AS A PART OF GRAMMATICALIZATION IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Science and innovation, 1(B7), 368-374.
21. Омонова, М. К., & Нурматова, М. М. (2017). ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ ПРАВИЛЬНОСТЬ В ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАЖНЕНИЙ В ПИСЬМЕ. Ученый XXI века, 93.
22. Nurmatova, M. M., & Ismoilova, D. R. (2021). BUILDING THE STRATEGIC COMPETENCE IN THE HETEROGENEOUS COMMUNICATION. ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ,, 65.