Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA NUTQIY AKTNING O‘RGANILISHI'

TILSHUNOSLIKDA NUTQIY AKTNING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
871
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistik pragmatika / nutqiy akt / lokutiv akt / illokutiv akt / perlokutiv akt / propozitsional akt.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Umida Ibrohim Qizi Yaxyoyeva

Ushbu maqolada lingvistik pragmatikaning shakllanishida muhim o‘rin tutgan, o‘z metodologik maqomiga ko‘ra antroposentrik nazariyaning alohida sohalaridan biriga aylangan nutqiy aktlar nazariy jihatdan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA NUTQIY AKTNING O‘RGANILISHI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TILSHUNOSLIKDA NUTQIY AKTNING O'RGANILISHI

Umida Ibrohim qizi Yaxyoyeva

Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti, Buxoro shahridagi Prezident maktabi tarbiyachisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada lingvistik pragmatikaning shakllanishida muhim o'rin tutgan, o'z metodologik maqomiga ko'ra antroposentrik nazariyaning alohida sohalaridan biriga aylangan nutqiy aktlar nazariy jihatdan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: lingvistik pragmatika, nutqiy akt, lokutiv akt, illokutiv akt, perlokutiv akt, propozitsional akt.

Bugungi kunda og'zaki muloqot muammolarini o'rganish tilshunoslik va unga bog 'liq bir qator sohalar, xususan, psixolingvistika, sotsiolingvistika, neyrolingvistika kabi yo'nalishlarning diqqat markazida turadi. Nutqni tadqiq etishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri lingvistik pragmatika bo'lib, u nutq faoliyatini til birliklaridan foydalanish va so'zlovchilarning maqsadlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aniqlash nuqtayi nazaridan o'rganadi. Bundan ko'rinadiki, insonlar o'rtasidagi nutqiy munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiket ko'rinishlari lingvopragmatika o'rganish obyekti bo'lib, uning XX asr ikkinchi yarmidagi rivoji shu davrda shakllangan nutqiy akt nazariyasining lingvofalsafiy ta'limot sifatida shakllanishi bilan bog'liq. Nutqiy akt

tushunchasining tilshunoslikka kirib kelishida amerikalik olim, pragmatika asoschisi

Ch.S.Pirsning tilga mantiqiy-falsafiy kategoriya deb qarashi asos bo'lgan. Nutqiy akt-muayyan jamiyatda qabul qilingan nutqiy xulq-atvor tamoyillari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan maqsadli nutq harakati sanaladi1. Ko'rinadiki, nutqiy akt -lingvistik xulq-atvor qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan maqsadli kommunikativ harakat bo'lib, so'zlovchi (adresant), tinglovchi (adresat) va nutqiy vaziyat kabi uchta komponentni o'z ichiga oladi. Biror kishining so'z yordamida muloqot qilishi, yoki kimdir biror narsa qilish niyatida ekanligini nutq orqali ifodalashi nutqiy aktni keltirib chiqaradi. Nutqiy akt muammolari va. nutqni shakllantirish vositalari dastlab tilshunoslikda V. Gumboldt, S. Balls, S. Kartsevskiy, L. P. Yakubinskiy, K. L. Bulsra, E. Benveniste, M. M. Baxtin va boshqalarning konsepsiyalarida uchraydi. Nutqiy aktning dastlabki rivojlangan nazariyasi L.Vitgenshteyn tomonidan ishlab chiqilgan. U nutq turli maqsadlarni ifodalashini va nutq o'z egasidan ajralmagan holda tahlil qilinishi kerakligi g'oyasini ilgari surib, uni "til o'yinlari" misolida

1 nHHrBHCTHHecKHH энцнкïïOпедннеcкнн c^OBapi.- M.:COB, энцнкroпеднн, 1990.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tushuntiradi. Lingvistik falsafa maktabi vakillari J.Ostin va J.R.Searl ushbu ta'limot poydevorini yaratgan L.Vitgenshteyn, Ch.S.Pirs va uning semiotika sohasidagi eng mashhur izdoshi C.Morris g'oyalarini rivojlantirib pragmatik funksiyalar nazariyasini ishlab chiqdilar. Ularning tadqiqotlari asosida tilni harakat sifatida tushunish yotadi. Nutq akti uzoq vaqt davomida pragmatik tahlil birligi hisoblaninib, bu nazariyaning o'rganish ob'ekti nutq akti, ya'ni ma'lum bir muloqot sharoitida tinglovchiga murojaat qilgan so'zlovchining nutqi, nutqda qabul qilingan nutqiy xulq-atvor tamoyillari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan maqsadli nutq harakatidir. Ingliz faylasufi J.Ostin va amerikalik olimlar J.Serl va G.Gris ushbu nazariyaning asoslarini ishlab chiqdilar. Ular birinchi marta fikrni aytish nafaqat ma'lumot uzatish, balki boshqa ko'plab harakatlar (tabriklash, ishontirish, ogohlantirish va boshqalar) bo'lishi mumkinligini ta'kidladilar. Va nihoyat, 1950-yillarning o'rtalarida J.Ostin nutqiy aktlarni nisbatan mukammal mezonlarini ishlab chiqdi. Unga ko'ra aloqa birligi gap yoki matn faqatgina xabar emas, balki savol, tushuntirish, ogohlantirish, tavsif, minnatdorchilik, pushaymonlik kabi nutqiy harakatlarni bajaradi. J.Ostin nutq akti bilan

л

bog'liq fikrlarini " Слово как действие " asarida keltiradi . XX asr boshlarida nutqning shakllanishi - aloqa jarayonida til birliklarining o'rni bilan bog'liq masalalar, asosan, ma'lumotni saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan potensial belgilar tizimi sifatida til bilan taqqoslash orqali o'rganildi. Nutq- inson faoliyatining turli sohalarida ma'lum bir kommunikativ va stilistik yo'nalishga ega bo'lgan sof individual so'z yaratish sifatida qaraldi. Masalan, deb nomlayman, kechirim so'rayman, sizni tabriklayman, buni qilishni maslahat beraman kabi birikmalar hech qanday bayonotni o'z ichiga olmaydi, faqat ma'lum bir harakatning bajarilishini yoki ushbu harakatni amalga oshirish uchun va'da, uzr yoki maslahatni bildiradi. Ostinning ta'kidlashicha, ingliz tilida tasdiqlash, tavsiflash, ogohlantirish, eslatish, sharhlash, buyruq berish, so'rash, tanqid qilish, kechirim so'rash, ma'qullash, salomlashish, va'da berish, afsuslanish kabi harakatni bildiruvchi fe'llarning mingdan ortiq turi mavjud. J. Ostinning nutqiy akt nazariyasiga qo'shgan xizmati shundaki, u nutqqa ma'lum fonetik, semantik va sintaktik qoidalarga muvofiq qurilgan va atrofdagi voqelikdagi vaziyatni aks ettiruvchi umume'tirof etilgan belgilar birikmasi sifatida emas, balki shaxsning mahsuli sifatida qaragan. U so'zning yaratilishi, so'zlovchining shaxsiy fazilatlari tufayli yuzaga kelishini, ya'ni uni ishlab chiqaruvchi bo'lmish nutq sub'ektiga bevosita bog'liq ekanligi g 'oyasini ilgari suradi. J.Ostin nutq jo'natuvchisi va qabul qiluvchisi shaxslari ham bunda asosiy rol o'ynashini va maqsad faktik ma'lumotlarni uzatish emas, balki uni talqin qilishga qaratilishini ta'kidlaydi. J. Ostin jumla faqat narsalarning holatini "ta'riflashi" yoki "biror fakt haqida nimanidir bayon qilishi" emas, balki insonlar ishlatadigan iboralar butunlay

2 Дж Остин. Слово как действие// НЗЛ. Вып .XVII.-M.,1986.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

boshqacha maqsadda qo'llanishini izohlaydi. U: "Biz buyruq berishimiz, kechirim so'rashimiz, va'dalar berishimiz, taxminlar qilishimiz, kimnidir ogohlantirishimiz, ayblashimiz, salomlashishimiz - bir so'z bilan aytganda, til yordamida turli harakatlarni bajarishimiz mumkin-deydi "3.

Ilgari, til faqat voqelikni tasvirlash uchun xizmat qiladi, nutq esa voqelikka faqat bilvosita ta'sir qilishi mumkin deb qaralgan. Ostin nazariyasi asosida til faqat voqelikni tasvirlabgina qolmay, balki harakatni ham bajarishi yotadi va maqsadlilik va shartlilik nutq aktining asosiy xususiyatlari deb qaraladi.

Jon Ostin Solonning mashhur qadimiy "So'z - bu o'ziga xos ishdir" iborasiga tayangan holda quyidagi fikrlarini bildiradi: "Ma'lum bir gaplarning ma'lum bir sharoitda aytilishi qandaydir harakat, ishning bajarilishi bilan barobardir"-deydi va nutq aktining uchta komponentga bo'ladi: lokutiv, illokutiv, perlokutiv.

Lokutiv- bu aslida gapirish, bayonotni talaffuz qilish harakati;

Illokutiv- bu adresatga ta'sir qilish maqsadida aytilgan bayonot; bu bosqichda so'zlovchining kommunikativ niyati amalga oshadi;

Perlokutiv-bu nutq harakatini bajarish natijasida erishilgan ta'sir, ya'ni nutqning yagona darajalaridan biri bo'lib, uning bajarilishi adresatga bog'liq.4

Ayrim ilmiy adabiyotlarda nutqiy aktlar strukturasi to'rtga bo'linadi: so'zlash yoki tallaffuz akti-lokutiv, gap orqali ifodalangan asosiy axborot - propozitsiya yoki propozitsional akt, so'zlovchining kommunikativ niyati yoki maqsadi- illokutiv akt, gap yoki ifoda orqali tinglovchiga nutqiy ta'sir etish- perlokutiv akt hisoblanadi5.

Nutq aktining tuzilishi haqida biroz boshqacha fikrlar J. Serlda uchraydi. U nutq aktida to'rtinchi propozitsional aktni ilmiy muomalaga kiritadi6. Serl nutq aktlarini 12 parametrini ajratib ko'rsatdi va ularning tasnifini ishlab chiqdi. U nutq aktini tartibga soluvchi qoidalarni aniqlashga va muloqot jarayonida niyatni so'zlovchidan tinglovchiga o'tkazish mexanizmlarini tavsiflashga harakat qildi. Searl tilning asosiy maqsadi voqelik obyektlarini tasvirlashda emas, balki maqsadli harakatlarni amalga oshirishda deb hisoblagan. Shuning uchun ham "Ma'no nima?" degan savolga javob izladi va so'nggida gap yoki ifoda harakatni amalga oshiradi degan xulosaga keladi. Bu lingvistik hodisalarni tahlil qilishda funksional yondashuvda muhim qadam bo'ldi va tilshunoslar uchun bayonotlarni haqiqat va yolg'on nuqtayi nazaridan emas, balki niyat va kelishuvlar nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishga imkon berdi. J.Serl Ostinning illokutiv aktlar bo'yicha fikrlarini o'rganib chiqadi va bu tasnif oz nihoyasiga

3 Osha asar, 83-91-betlar

4 Osha asar, 93-95betlar

5 Дорошенко А.В. Побудителъные речевые акты в косвенных контекстах.// В кн.: Логический анализ языка. -M.,1989.c.77.

6 Серль Дж. Р. Что такое речевой акт? / Дж. Р. Серль// Зарубежная лингвистика: Пер. с англ. / Общ. ред. В.А.Звегинцева, Б.А.Успенского, Б.Ю.Городицкого. - М., 1999. - Вып.2. - С.210-228.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yetkazilmagan degan fikrni aytadi. J.Ostin va Serlning fikrlariga tayanib, J. Lich odoblilik prinsipi nuqtayi nazaridan nutq harakatlarining tasnifini ishlab chiqadi.

n

Mezon sifatida u nutqiy harakatning odob-axloq darajasini ajratib ko'rsatadi .

Ko'pgina olimlar nutq harakatlari borasidagi mavjud tasniflarni mavhumligi, real ijtimoiy sharoitlardan ajratilganligi va ko'plab parametrlar e'tiborga olinmaganligi sababli tanqid qildilar. Shunday qilib, nutq aktlari nazariyasida nutqning o'zaro ta'sir jarayonlarini tahlil qilishda yuzaga keladigan ko'plab qiyinchiliklarni qayd etib, bir qator tadqiqotchilar bu nazariyani nafaqat o'zgartirishni, balki tubdan qayta qurishni ham ta'kidlaydilar. T.A. Van Deyk, J. Lich, S. Levinson, J. Mey, I. A. Bezmenova, V. I. Gerasimov kabi olimlar shular jumlasidandir. Shu kabi olimlardan biri D.Frank nutqiy harakatlar nazariyasi og'zaki muloqotning pragmatik nazariyas ini qurish uchun

o

asosiy konseptual apparat sifatida nima uchun yetarli emasligini izohlaydi .

Shunga qaramay, nutq aktini pragmatika sohasidagi dolzarb muammo sifatida tahlil qilish davom etadi. I.A. Bezmenov va V.I. Gerasimov nutq harakatlarining mavjud nazariyasi asosida salomlashishning rituallashtirilgan shakllarini o'rganadilar9. T.A. Van Deyk birinchilardan bo'lib nutq aktlarining bog'lanishini tavsiflashga urinib ko'rdi. U nutq aloqadorligi muloqotni amalga oshirishdagi zarur sharti ekanligini qayd etadi va oldingi nutq harakatlarining natijalari keyingilari uchun muhim shart-sharoitlarni yaratishi kerakligini ta'kidlaydi10. U muloqot jarayonidagi nutqiy aktlar o'zaro bir-biriga bog'liq ekanligi sababini kommunikatsiya -nutqiy birliklar asosida shakllanishi va bunday aloqador propozitsiyalar va illokutsiyalar voqelanishining muhim talabini tashkil etishida deb biladi hamda nutqiy aktlar ketma-ketligida illokutiv mazmun asosiy o'rindaligini izohlaydi. Tyon Van Deyk bu hodisani "makro nutqiy akti" deb nomlaydi11.

Nutq akti tushunchasini tanqid qilgan tilshunoslardan yana biri J. Meyning fikricha, nutq aktlarining klassik nazariyasi faqatgina nutq aktlari turlarini aniqlashga, shuningdek, «qoidalar»ni o'rnatishga qaratilgan. U: "Nutq akti tushunchasi faqat nutq odobida mustahkamlangan aloqaning barqaror "formulalari"ni nazarda tutadi, ammo barcha nutqiy harakatlar stereotiplarga mos kelmaydi. Shaxslararo o'zaro ta'sirlar dinamikasida shunday kommunikativ maqsadlar mavjud bo'lib, ularni amalga oshirish

1 9

uchun ma'lum tasniflarda aniq nutq aktini topish mumkin emas"-deydi .

7 Leech G.H. Principles of Pragmatics / Leech G.H. - NY, London: Longman, 1983. - 250 p.

8 Франк Д. Семь грехов прагматики: тезисы о теории речевых актов, анализе речевого общения, лингвистике и риторике/ Д. Франк// Зарубежнаялингвистика: Пер. с англ. / Общ. ред. В.А.Звегинцева, Б.А.Успенского, Б.Ю.Городицкого. - М., 1999. - Вып.2. - С.254-264

9 Безменова И.А. Некоторые проблемы теории речевых актов/ И.А. Безменова, В.И. Герасимов// Языковая деятельность в аспектелингвистической прагматики: Сб. обзоров. Сер. Теория и история языкознания/ Отв. ред. В.И. Герасимов. - М., 1984. - С. 146-222.

10 Dijk T.A. van. Studies in the pragmatics of discourse / Dijk T.A. van. - The Hague etc.: Mouton,1981. - XII, 331p.

11 Teun Van Dijk, Aims of Critical Discourse Analysis,17-27b 1995.

12 Mey J.L. Pragmatics. An Introduction / Mey J.L.- USA, UK: Blackwell Publishers, 2001, 2 nded. -500 p.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Nutq akti nazariyasida nutqiy harakatlar tildan foydalanuvchilarning belgiga va belgi orqali atrofdagilarga munosabatini ifodalovchi implisit birliklar sifatida yuzaga chiqishini Gris o'rgangan. Grisning fikriga ko'ra, bayonotning yashirin shakli, ba'zi sabablarga ko'ra, aniq ifodalash mumkin bo'lmagan narsalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Yashirin mazmundagi bayonotlarni idrok etish qiyin, chunki yashirin komponent tinglovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanishi kerak. Gris implikaturalarni ajratib ko'rsatar ekan, ulami an'anaviy implikaturalar va nutq implikaturalariga ajгatadi. An'anaviy implikaturalaT nutq foгmulalari bo'lib, ular ma'lum bir niyatning aniq ifodasi bo'lmagan holda uchraydi. Nutq implikaturalarida esa so'zlovchi o'z fikrlarini bilvosita ifodalab, tinglovchiga o'zi bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. Ba'zan shunday dialog natijasidagina tinglovchi so'zlovchi nimani nazarda tutganini to'liq anglashi mumkin Bayonotning yashirin mazmunini izlashda har bir tinglovchi ushbu dialogni o'ziga xos tarzda tushunadi. Grisning implikatsiya haqidagi fikrlarini J.Mey rivojlantiradi. U : "Bayonotning bilvositalik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, ta'sir kuchi shunchalik samarali bo'ladi"-deydi. U fikrlariga isbot sifatida reklamalarni keltiradi va "Reklamalaгda ishontirish texnikasi, asosan,

1 -5

"aytilayotgan gapga emas, aytilmagan naгsaga" asoslanishini"- aytadi .

Bu sohada izlanish o 'tkazgan olimlardan yana biri K.Byuter bo'lib, u nutqiy аЙш uch tагkibli (uzаtuvchi, qаbul qiluvchi, vаziyat) dеb hisoblаb, ulагni tilning шМа аsosiy vаzifаsi (ifodа, murojааt vа геfегеntsiya) bilаn bog'laydi14.

R. Yakobson ushbu шМа tагkibiy qismni "аdгеsаt", "аdгеsаnt" vа "kontеkst"gа аlmаshtirdi hаmdа ulаг qаtoгigа "аloqа", "kod", "xаbагni" qo'shib, til bаjагаdigаn vаzifаlаr - fаtik (аloqа o'гnаtish), poetik vа mеtаtil kаbilагdаn iboгаt bo'lishi mumkinligini qаyd etdi.

J.Ostin va Serlning nutqiy akt nazariyasiga asoslanib, keyingi yillarda yana bir qator tadqiqotlar yaratildi. Masalan, Arutyunova N.D." Предложение и его значение" kitobida taklif va uning ma'nosini; Zvegintsev V. A. " Предложение и его связь с языком и речью" tadqiqotida taklif va uning til va nutq bilan aloqasini; Paducheva E.V. " Актуализация предложения как части речевого акта» kitobida gapni nutq aktining bir qismi sifatida aktuallashtirilishini; Bezmenova N. A. va Gerasimov V. I. "Некоторые вопросы теории речевых актов" tadqiqotida nutq aktlari nazariyasi bilan bog 'liq ba'zi muammolarni tahlil qilishgan.

13 Mey J.L. Pragmatics. An Introduction / Mey J.L.- USA, UK: Blackwell Publishers, 2001, 2 nded. -500 p.

14 Byuler K. Teoriya yazika. Reprezentativnaya funksiya yazika.-M.:Progess,1993.-b.34; Arzikulov X. Речевая система и её модели (на материале французского

языка): дис . докт. филол. наук / X. Арзикулов. Самарканд, 1994. -294 b.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

1.Arso Setyaji. How speech acts work in translation: an analysis on speech acts in translating a script of Titanic film //UNS Journal of language studies - 2014. - Vol. 03.

- №.01. - P.18.

2.Safarov Sh. Pragmalingvistika: monografiya. - Toshkent, 2008. - B.77-82.

3. Searle J.R. A classification of illocutionary acts //Language in society -1976.

- Vol. 5 - №1. - P.1.

4. Choerunnisa R. An analysis of speech acts in the dead poets society: a thesis. -University of Yogyakarta, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.