Научная статья на тему 'TАMАKI MАHSULOTLАRINING BIOLOGIK VА SHАXSIY RIVOJLАNISHGА TА’SIRI'

TАMАKI MАHSULOTLАRINING BIOLOGIK VА SHАXSIY RIVOJLАNISHGА TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shаxriyor Zаfаr O‘G‘Li Аbdurаxmаnov, Sаboxаt Gаzievnа Аlimovа

Bаrchаmiz bilаmizki tаmаki mаhsulotlаrini iste‘mol qilish inson sаlomаtligi uchun zаrаrdir. Hozirgi kungа kelib, dunyo miqyosidа chekuvchilаr soni toborа ortib bormoqdа. Yoshlаr vа xotin-qizlаr orаsidа kаshаndаlikning tаrqаlishi esа judа аyаnchli holdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TАMАKI MАHSULOTLАRINING BIOLOGIK VА SHАXSIY RIVOJLАNISHGА TА’SIRI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

TAMAKI MAHSULOTLARINING BIOLOGIK VA SHAXSIY RIVOJLANISHGA TA'SIRI

Shaxriyor Zafar o'g'li Abduraxmanov

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Menejment: Sog'liqni saqlash menejmenti yo'nalishi

3-bosqich talabasi

Saboxat Gazievna Alimova

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari

nomzodi

Barchamiz bilamizki Tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish inson salomatligi uchun zarardir. Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida chekuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Yoshlar va xotin-qizlar orasida kashandalikning tarqalishi esa juda ayanchli holdir.

Hozirgi zamonaviy tibbiyot natijalariga suyangan holda shuni aniq aytishimiz mumkinki, tamaki tarkibida yigirmadan ortiq zaharli moddalar mavjud bo'lib, ular ichida eng zaharlisi nikotindir. Inson sigareta chekkanda, nikotin tutun orqali o'pkaga, keyin esa qonga so'rilib, yurak-qon tomir sistemasiga salbiy ta'sir etadi. Qon tomirlari torayib, bosim oshadi. Yurak urishi tezlashadi. Bu holat yurak muskullarini ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Bu hol tez-tez takrorlanavergach, borib-borib yurak infarkti, stenokardiya kabi kasalliklar boshlanishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan o'n ikki marta ko'proq yurak-qon tomir xastaliklari uchraydi. Tamaki bosh miya hujayralariga ham ta'sir etmay qolmaydi. Chekuvchida uyqusizlik, bosh og'rig'i boshlanadi. Oqibatda esa markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. Ko'p chekadigan kishi tez-tez balg'am tashlaydi. Tez yursa, jismoniy mehnat qilsa, hansiraydigan bo'lib qoladi. Ayrim hollarda ko'p tamaki iste'mol qilish chekuvchini ruhiy xastaliklarga duchor qilishi mumkin.

Tamaki chekish nafas olish sistemasiga ham zararli ta'sir qiladi. Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar turli xil o'pka xastaliklari - bronxit, sil, hattoki saraton (rak) kasalliklariga olib kelishi kuzatilgan. Tamaki ovqat-hazm organlariga ta'sir qilishi natijasida kishida ishtaha yo'qoladi, og'izda bemaza ta'm paydo bo'ladi, so'lak bezlari faoliyati buziladi. So'lak bilan oshqozonga tushgan nikotin kislotasi uning devorlarini zararlaydi. Jig'ildon qaynaydi. Me'da keragidan ortiq shira ishlab

251

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

chiqaradi. Bu esa me'da o'n ikki barmoqli ichak yarasí kabi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Tibbiyotda kashanda otadan yoki onadan bo'lgan bola tug'ilmay nobud bo'lishi, tug'ilganda esa nimjon, kasalmand bo'lib tug'ilishi ma'lum. Kashandalik tamaki chekishga mukkasidan ketishlik, hattoki insonni ko'r bo'lib qolishiga olib kelarkan. Tamaki chekuvchi tomonidan tashqariga chiqarilgan tutun tarkibida zaharli moddalar konsentratsiyasi ko'p bo'ladi. Bunday holatda chekmaydigan odamlar ham majburiy ravishda chekishga o'rganib qolishlari mumkin. Ko'pchilik tanishlarimiz, do'stlarimiz bilan chekish to'g'risida bahslashganimizda, ular siqilganda chekishlarini aytib, o'zlarini oqlashga urinishadi. Go'yoki tamaki inson g'amini aritadigandek. Axir bu holat "burgaga achchiq qilib ko'rpa yoqish" kabi emasmikan. Bugunda sigaretning turlari ko'paydi. Ularning xilma-xilligiga barchamiz guvohmiz. Tamaki chekishning zararli oqibatlari haqida, deyarli, barcha ommaviy axborot vositalari yordamida yoritilib borilayotgan bir paytda, tamaki mahsulotlari reklama qilinib, reklama roliklariga chiqishi nihoyatda xunuk holdir. Rang-barang qutilar qanchalik jiloli bo'lmasin, uning ichidagi og'u ekanligini unutmaslik kerak. Tamaki qutisidagi bir enlik "chekish sog'liq uchun xavfli" deyilgan yozuvga esa kashandalar, deyarli, hech qachon e'tibor berishmaydi.

Tamaki fabrikalari dastlab 17-asrda Angliya va Gollandiyada, 18-asrning 1-yarmida Rossiyada qurilgan va dunyoda birinchi bo'lib papiros Rossiyada ishlab chikarilgan. O'zbekiston hududida birinchi tamaki fabrikasi rus sanoatchisi I.I.Pervushin tomonidan 1877-yilda Toshkentda qurilgan. Keyinchalik xom ashyo taqchilligi sababli yopilgan. 1925-yilda Toshkentda tamaki fabrikasi qurilib, 1926-yilda 203 mln. dona papiros ishlab chiqardi, 1949-yilda korxona sigaret ishlab chiqarish. asbobuskunalari bilan jihozlanadi, 1966-yildan filtrli sigaretlar, 1974-yildan yuqori sifatli sigaretlar ishlab chiqarish o'zlashtirildi. 1975-yilda O'zbekiston Respublikasida 111 mln. dona papiros, 4013 mln. dona sigaret, shu jumladan 738 mln. dona filtrli sigaret ishlab chiqarildi. Respublikada tamaki yetishtirish uchun iqlim, ob-havo sharoitlarining qulayligi, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirish imkoniyatlari borligi tufayli 1994-yilda Buyuk Britaniyaning "British ameriken tobakko" kompaniyasi bilan hamkorlikda "O'zBAT aksiyadorlik jamiyati" tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo'shma korxona tashkil etildi. 1994-yildan boshlab Toshkent sigaret fabrikasi, Urgut fermentatsiya zavodi (Samarqand viloyati) rekonstruksiya qilindi, 1997-yilda yillik quvvati 12 mlrd. dona sigaret bo'lgan yangi Samarqand sigaret fabrikasi qurib bitkazildi. Kompaniya O'zbekiston Tamaki sanoatiga 1994—2003-yillarda jami 285,1 mln.

252

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

dollar bevosita investitsiya kiritdi. 2002-yilda Moskvada o'tkazilgan jahon tamaki ko'rgazmasida "Xon LightS" va "Xon Ultra Lights" sigaretlari oltin, "Karvon" sigareti kumush medallar bilan mukofotlandi. Respublika Tamaki sanoatida 6,5 mlrd. dona sigaret ishlab chiqarildi, 9 ming tonnaga yaqin tamaki bargi eksport qilindi (2003). Respublika Tamaki sanoati mahsulotlari (tamaki bargi, sigaret) Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. O'zbekistonda yashirin iqtisodiyot, xususan, noqonuniy tamaki mahsulotlari aylanmasiga qarshi kurashish doimgidan-da dolzarb bo'lib bormoqda. Sababi so'ngi 2 yil ichida respublikada tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi hajmi 4 foizdan 15 foizga ortgan. Davlat soliq qo'mitasi tomonidan berilgan ma'lumotiga ko'ra joriy yil davomida bir qator noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo'yilgan. Bunda "O'zbekistonda 2022-yilning o'tgan davrida 19 ta holatda 67 million 400 ming so'mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olib qo'yildi. Bunga ayrim "tadbirkorlar" tamakini noqonuniy savdoga qo'ygani sabab bo'lgan. Hukumatning 2021-yil 7-yanvardagi qaroriga asosan, sayyor soliq tekshiruvlarini o'tkazish to'g'risidagi nizom tasdiqlangan. Unga muvofiq, sayyor soliq tekshiruvi o'tkazish tartibi belgilangan", - dedi mutaxassis. "O'zbekistonda tamaki mahsulotlari sotish uchun faqat yuridik shaxslarga ruxsat berilgan. Respublikada tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Qonunchilikka ko'ra, ulardan mahsulot sotib olish pul ko'chirish yo'li bilan amalga oshirilishi lozim. Yuridik shaxslar onlayn nazorat kassa bilan ta'minlangan bo'lishi shart", - dedi. Davlat soliq qo'mitasi departament bosh inspektori Otabek Tangriberganovning ma'lum qilishicha, sohada noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo'yish yo'lidagi muhim qadamlardan biri markirovkalash tizimidir. "Noqonuniy olib kirilgan tamaki mahsulotlari aksiz markasiz bo'ladi.

Rossiya shunday joylardan biri bo'lib, u erda 46 foizi kamida vaqti-vaqti bilan sigaret chekishni tan olgan. G'arbiy Evropada ispan respondentlari xuddi shunday yuqori foydalanish darajasini ko'rsatdilar (42 foiz), Germaniya ha m 40 foiz bilan ortda qoldi. Lungs assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, kuniga o'rtacha chekuvchi kuniga 15 ta sigaret chekadi.

Avstraliyada sigaretalar juda qimmat bo'lganligi sababli, natija juda ta'sirli bo'lib, 40 dona sigaretaning narxi 56,95 Avstraliya dollarini tashkil etdi. Ha, u erda chekish nafaqat sog'liqqa, balki hamyonga ham jiddiy zarar etkazadi. Biz chekga qaraymiz va u erda ko'ramiz: 972 g banan, 2 litr sut, 1 kg margarin, 1 kg qulupnay yogurt, 1,2 kg mol go'shti kolbasa (2 ta 600 g paket), 500 g maydalangan mol go'shti, 500 g pishloq, 1 kg muzlatilgan loviya, 1 kg muzlatilgan no'xat, 1 kg sabzi, 2 kg

253

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

kartoshka, 1 kg olma, 500 g makaron sousi, 500 g spagetti, 1,12 kg bug'doy pechene, 380 g gazak, 1,3 kg oq non (2 ta 650 g paket). Umumiy qiymati 56,85 Avstraliya dollarini tashkil etdi. Ya'ni, sigaretalar narxidan ham bir oz kamroq. Shunday qilib, tasavvur qiling-Avstraliyada kuniga bitta dudlangan paket bir haftalik menyu bilan bir xil.

Talabalar o'rtasida o'kazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra ko'pchilik tanishlarimiz, do'stlarimiz bilan chekish tog'risida bahslashganimizda, ular siqilganidan chekishini aytishadi. Sizningcha bu tog'rimi? Ha-18%, Yo'q-22%, O'zini oqlashga urinish-53%, Burgaga achchiq qilib ko'rpani yoqish-7%.

Sizningcha ko'p tamaki iste'mol qiladigan yoshlar, tamakining zararlari haqida bilishadimi? Ha-29%, Yo'q-3%, Bilib turib chekishadi-65%, Oqibatini bilishmaydi-3%. Sizningcha ko'p tamaki iste'mol qiladigan yosh qatlami necha yoshdagilarni o'z ichiga oladi? 18-25---49%, 25-36---43%, 45+---8%. Sizningcha bir oy davomida tamaki iste'mol qiladigan shaxs, tamakiga sarflaydigan mablag'ini boshqa sohalarga jumladan IT sohasi, Xalqaro til kurslariga sarflasa maqsadga muvofiq bo'ladimi? Ha-33%, Yo'q-12%, Albatta foydali bo'ladi...-55%.

O'zbekistondagi jami erkaklarning 23 foizi, ayollarning esa 1 foizi chekuvchilardan iborat, mamlakatda har yili 30 mingga yaqin kishi aynan chekish bilan bog'liq kasalliklar tufayli olamdan o'tadi. BMT ma'lumotiga ko'ra, tamakidan yiliga 5,4 million, ya'ni har 6 soniyada 1 kishi hayotdan ko'z yumar ekan. O'zbekistonda tamaki chekuvchilar soni 2,5 millionga yaqin.

Endi manashu o'spirin yigit sigaretga sarflaydigan moliyaviy mablag'ini boshqa sohaga yo'naltirganda qanday bo'lardi?

1 quti sigaret narxi o'rtacha - 20 000 so'm

1 kunda o'rtacha- 2О ООО so'm

1 oyda o'rtacha- 6ОО ООО so'm tashkil etadi.

Jumladan Data Science sohasini Mohirdev platformasida 6 oylik kurs narxi 2 5ОО ООО so'mni tashkil etadi. Bu o'rtacha oyiga 416 000 so'mni tashkil qiladi. Data Science mutaxassisi o'rtacha oyligiga keladigan bo'lsak, 700-800$ tashkil etadi. Bundan tashqari IT sohasida o'qib Dasturchi yoki xorijiy tillarni o'zlashtirib, kamida boshlang'ich 500-600$ topishi mumkin.

Agar sigaret uchun sarflaydigan mablag'ni yuqoridagi sohalarga yo'naltirganda, bu inson o'z kasbini yetuk mutaxassisi bo'lib yetishardi. Qolaversa Davlat uchun ham foydadan holi bo'lmaydi. Misol uchun Ishsizlik darajasi ma'lum miqdorda kamayadi. Hayotda o'sha inson o'z o'rnini topoladi.

254

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

REFERENCES

1. Астапенко, А. Табак - инсульт / А. Астапенко, Т. Антиперович // Здоровье и успех. — 2012. — № 5. — С. 9—10.

2. Богданов, И. Дым отечества, или Краткая история табакокурения / И. Богданов. — Москва : Новое литературное обозрение, 2007. — 280 с.

3. Никотиновая зависимость: (психоактивные зависимости) / [сост. Н. Н. Бойко]. —2-е изд., испр. и доп. — Москва : Родная страна, 2009. — 198, [1] с. ББК 51.1(2)592

4. https://kun.uz/news/2021/1 Щ2/ozbekiston-аhoПsmmg-qаnchа-foizi-chekuvcЫlаr-ekаni-mаlum-qilindi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021 %

2F11 %2F 12%2Fozbekiston-аholisining-qаnchа-foizi-chekuvchilаr-ekаni-mаlum-

5. https://archpublichealth.biomedcentral.com/articles/10.1186/s13690-022-00929-9

6. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/Health_effects_of_tobacco

7. https://nida.nih.gov/publications/research-reports/tobacco-nicotine-e-cigarettes/what-are-physical-health-consequences-tobacco-use

qilindi

255

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.