Научная статья на тему 'TA'LIM TIZIMIDA DARS JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI YANGI USULLARDAN FOYDALANISH'

TA'LIM TIZIMIDA DARS JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI YANGI USULLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / ChatGPT / gadjet / elektron doskalar / onlayn platformalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova Pokiza Alisher Qizi

Mazkur maqolada dars o’tish usullariga raqamli texnologiyalar orqali bir qancha o’zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar borasida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM TIZIMIDA DARS JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI YANGI USULLARDAN FOYDALANISH»

TA'LIM TIZIMIDA DARS JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI

YANGI USULLARDAN FOYDALANISH Mahmudova Pokiza Alisher qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10802265

Annotatsiya. Mazkur maqolada dars o'tish usullariga raqamli texnologiyalar orqali bir qancha o'zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar borasida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, ChatGPT, gadjet, elektron doskalar, onlayn platformalar.

Аннотация. В данной статье представлены предложения по внесению некоторых изменений в методы обучения с помощью цифровых технологий.

Ключевые слова: цифровые технологии, ChatGPT, гаджет, электронные доски, онлайн-платформы.

Abstract. In this article, there are suggestions for making some changes to teaching methods through digital technologies.

Keywords: digital technologies, ChatGPT, gadget, electronic boards, online platforms.

Barchamiz yaxshi bilamizki, bugun raqamli texnologiyalardan foydalanilmaydigan deyarli birorta soha yo'q. Ilm-fan, tibbiyot va boshqa jabhalarda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash ancha samarali va oson.

Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar juda muhim vositalarga aylanib ulgurgan. Taqqoslab ko'radigan bo'lsak, 2016-2017-yillargacha maktablarda ham, oliy ta'lim muassasalarida ham oddiy doskalardan foydalanilardi. Darslik va o'quv qo'llanmalar faqat chop etilgan kitob shaklida edi. Bugungi kunda esa oddiy taxta doskalar o'rnini elektron doskalar hamda maktablarda har bir sinfxonalarda televizorlar egallayapti. Internetning sifatli ishlashi uchun respublikamizning barcha hududlarida internetdan foydalanish imkonini beruvchi qurilmalar bilan ta'minlanmoqda. Bu esa o'quv qo'llanmalar va darsliklarning elektron tarzda o'qish imkoniyatini berdi.

Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi samarali ishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi:

-foydalanuvchining vaqti tejaladi;

-ish samaradorligini oshiradi;

-oddiy kitoblarga qaraganda ta'siri kuchliroq.

Endilikda dars jarayonida qog'ozlardan tayyorlangan oddiy ko'rgazmalardan foydalanish eskirgan usulga aylanib qoldi. Ularning o'rniga elektron doskada harakatli o'yinlar, rangli slaydlarni qo'llash talaba va o'quvchilarning e'tiborini ko'proq tortadi.

Choraklik va yakuniy reyting ko'rsatgichlar avval qog'oz jurnalga belgilangan bo'lsa, bugungi kunda maktab o'quvchilari uchun Kundalik.com, Hemis dasturlarida baholar va davomat qayd etib boriladi.

Ta'lim jarayonida har bir ishimiz raqamli texnologiyalar bilan bog'liq ekan, bir qator ochiq qolgan masala va takliflarni olg'a suramiz. 2019-yilda butun dunyoga tarqalgan "Covid19" pandemiyasi sababli ko'plab yo'nalishlardagi ishlar onlayn tizimda ishladi. Mana shu davr mobaynida uydan turib faoliyat yuritgan har bir shaxs uchun raqamli texnologiyalar juda qo'l keldi. O'quvchilar va talabalarga berilgan topshiriqlar telegram guruhlar orqali qabul qilingan bo'lsa, darslar va yakuniy nazorat darslari ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Eng

ahamiyatlisi, mana shu yakuniy imtihonlar topshirilayotgan vaqtda hech bir talaba ortiqcha shpargalkalardan foydalanmasdan bor bilimi bilan natija ko'rsatdilar.

Oflayn rejimda tahsil olayotgan ekanmiz, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda choraklik va yakuniy nazorat savollari onlayn tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchi yoki talaba belgilangan vaqt ichida kompyuterda berilgan savollarga javob topishi tezkorlik qobiliyatini yuksaltiradi. Belgilangan vaqt tugagach, kompyuter avtomatik tarzda oxirgi balni chiqarib beradi. Bu usulni kompyuter bilan to'liq jihozlangan maktablardan bosqichma-bosqich boshlash kerak. Chunki mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi internet yaxshi ishlamaydigan yoki WF kabellar o'tkazilmagan maktablarda biroz muammo tug'ilishi mumkin. Shuning uchun markazlardan tashqari chekka hududlarda ham ITparklar va WF zonalar yaratish lozim.

Buning foydali tomonlari:

-o'qituvchi va o'quvchi, talabalarning vaqti tejaladi;

-talaba va o'quvchilarning savollarning kompyuter savodxonligi oshadi;

-talaba yoki o'quvchilarning savollar uchun qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanmayotganini tekshirish uchun nazoratchilar kerak bo'lmaydi. Hozirda kompyuterlarni qo'llashda ko'pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta'riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog'i hisoblanmish internet tarmog'I misolida yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Globallashuv zamonda yana bir narsaga ahamiyat berishimiz zarur. Raqamli texnologiyalar yoki sun'iy intellekt rivojlanib borgani sayin odamlar tobora mobil aloqa vositalari orqali ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketib qolish oqibatlari ham yo'q emas. Dars soatlarini mazmunli va samarali tashkil etishda, albatta, bunga katta e'tibor qaratishimiz zarur. Har bir dars, mavzu, o'quv fanining o'ziga xos texnologiyasi bo'lib, u o'quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. O'qituvchi ma'ruza tushuntirayotganida telefondagi bema'ni narsalar bilan mashg'ul o'tiradigan o'quvchi va talabalarning e'tiborini darsga qaratish uchun alohida gadjetlardan foydalanish kerak deb o'ylayman va yaqin 10yil uchun ushbu amaliyotni qo'llash taklifini bildiraman. Bunda tartib shunday bo'lsinki, dars boshlanishidan oldin avval o'quvchi va talabalarning uyali aloqa vositalarini yig'ib olib, dars uchun alohida planshetlar bilan ta'minlanadi(faqat dars uchun). O'sha planshetlar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti olimlari va IT mutaxassislari tomonidan faqat dars uchun dasturlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Agar shunda ham darsdan chalg'ish holati kuzatilgan taqdirda, belgi beradigan chiplar o'rnatilishi lozim.

Biz bu usul orqali ko'p samarali natijalarga erishamiz:

-raqamli texnologiya va gadjetlardan noto'g'ri foydalanishning oldini olamiz.

-talaba va o'quvchilarning Alisa yoki ChatGPT topib bergan tayyor ma'lumotlar bilan cheklanib, dangasa bo'lib qolmasdan, izlanib, o'z ustilarida ko'proq ishlashi uchun turtki bo'lamiz.

Agar yaqin ikki asr haqida gapiradigan bo'lsam, o'ylashimcha, ta'lim dargohlarida talaba va o'quvchilarning konspekt yoki uyga vazifa tayyorlashlari uchun oddiy daftarlarga ham ehtiyoj qolmaydi. Kitoblarning o'rnini elektron variantlari egallayotgani singari daftarlarning o'rnini ham onlayn platformalar egallaydi. Bunga misol keltirishimiz mumkinki, hozirgi kunda 7yoshdan 70yoshgacha bo'lgan odamlar nashriyotlar chop etayotgan gazetalarni deyarli o'qimay qo'ydi. Chunki gazetalar o'rnini OAVlarning veb-saytlari, telegram kanallari egallab olmoqda.

Ma'lumotlar yig'ilib, bir haftada bir marta chiqadigan gazetalarni kutguncha, yuqorida aytib o'tilgan manbalar orqali kunlik ma'lumotlarni bilish insonlar uchun anchayin qulay. Demak, hozirgi zamon tezkorlikni talab qilmoqda. Bunda esa raqamli texnologiyalar hamda innovatsion kashfiyotlar juda muhim vazifa bajaradi.

Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni tatbiq qilishda xorij tajribalaridan foydalanish ham ancha samaralidir. Misol uchun AQSH va Germaniya dasturchilari bilan hamkorlikda ushbu tizimda qator ishlarni rivojlantirib, yangicha metodlardan bemalol foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Maktab yoki Oliy ta'lim muassasalarida xorijlik o'qituvchilar bilan malaka almashib, yuqorida bayon etilgan masalalar bo'yicha seminar-treninglari o'tkazilsa foydadan holi bo'lmaydi. Mana shu jarayonlarda nafaqat o'qituvchilar, balki talabalar ham raqamli texnologiyalar orqali ta'lim tizimida yangilik yaratish borasidagi savollariga javob topadilar.

Xulosa. Demak, ta'lim tizimida dars jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish nafaqat o'qituvchilar uchun balki talaba va o'quvchilar uchun samarali hamda qiziqarlidir. Shu bilan bir qatorda boshqa sohalar singari ta'lim sohasi ham zamon bilan hamnafas holda rivojlanib boradi.

REFERENCES

1. Hoshimov O.O. Tulyaganov M.M. Kompyuter va raqamli texnologiyalar. Toshkent "Yangi asr avlodi" 2009.

2. Raqamli texnologiyalar va ta'lim istiqbollari. Respublika ilmiy amaliy konfrensiyasi materiallari. QO'QON-2022.

3. Usmonova Z.H. Ta'limda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati. PEDAGOGS international research journal. Volume-2, issue-2 january-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.