Научная статья на тему 'TA'LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHDA SHAXS KOMPETENTSIYALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

TA'LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHDA SHAXS KOMPETENTSIYALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
130
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentsiya / ta'lim va tarbiya / malaka / ko'nikmalar / faoliyat uslubi / ta'sil sifati / ijtimoiy hayot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Choriev Ruzimurat Kungratovich, Mustafoeva Durdona Asilovna

Maqolada ta'lim tizimidagi pedagogik o'zgarishlar, ta'lim sifatiga qo'yilgan talablar, ta'lim va tarbiyaning uzluksizligini ta'minlovchi omillar va ularning hozirgi kundagi ta'sir yo'nalishlari keltirilgan. Bundan tashqari ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi o'qituvchi shaxsining rivojlanish kompetentsiyalari, ularga qo'yilgan talablar hamda zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHDA SHAXS KOMPETENTSIYALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

TA'LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISHDA SHAXS KOMPETENTSIYALARIGA

ZAMONAVIY YONDASHUVLAR 1Choriev Ruzimurat Kungratovich 2Mustafoeva Durdona Asilovna

1Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori 2Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.10116023

Annotasiya. Maqolada ta'lim tizimidagi pedagogik o'zgarishlar, ta'lim sifatiga qo'yilgan talablar, ta'lim va tarbiyaning uzluksizligini ta'minlovchi omillar va ularning hozirgi kundagi ta'siryo'nalishlari keltirilgan. Bundan tashqari ta'lim sifatini oshirishgaxizmat qiluvchi o'qituvchi shaxsining rivojlanish kompetentsiyalari, ularga qo'yilgan talablar hamda zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kompetentsiya, ta'lim va tarbiya, malaka, ko'nikmalar, faoliyat uslubi, ta'sil sifati, ijtimoiy hayot

Аннотация. В статье представлены педагогические изменения в системе образования, требования к качеству образования, факторы, обеспечивающие непрерывность образования и воспитания, и современные направления их влияния. Кроме того, представлены компетенции развития личности педагога, служащие повышению качества образования, требования к ним и современные подходы.

Ключевые слова: компетентность, образование и тренинг, квалификация, навыки, стиль деятельности, основополагающее качество, социальная жизнь

Abstract. The article presents pedagogical changes in the education system, requirements for the quality of education, factors ensuring the continuity of education and upbringing, and modern directions of their influence. In addition, the competencies of the teacher's personality development, serving to improve the quality of education, requirements for them and modern approaches are presented.

Keywords: competence, education and training, qualification, skills, style of activity, fundamental quality, social life

Kirish. Har qanday turdagi mehnat faoliyati insondan ixtisoslashgan bilim va malakani talab qiladi. Maxsus tayyorgarliksiz bajarib bo'lmaydigan faoliyat sohalari esa tobora kengayib bormoqda. Shu munosabat bilan insonning muayyan mehnat turiga tayyorligi va moyilligi masalasi mehnat jarayonida eng dolzarb masalalar qatorida turadi. Bu boradagi uzoq yillik izlanishlar davomida shaxsning biron kasb sohasidagi layoqatini belgilashda "professional bilim, malaka va ko'nikmalar" degan iboradan foydalanish odat tusiga kirdi.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Ta'lim sohasidagi yangilanishlar, Bolon shartnomasiga a'zolik Evropa ta'limidagi standartlarning shu a'zo mamlakatlar ta'lim tizimidan o'rin olishiga va ayniqsa, "kompetentlik" atamasining ommaviylashuviga sabab bo'ldi. Ta'limda kompetentli yondashuvga asoslanish zamon talabi bo'lib, bu orqali ta'lim natijalari va amaliyotning zamonaviy talablari o'rtasidagi uzilishni tiklash imkoni yuzaga keldi. Pedagogikada "kompetentsiya" tushunchasi ostida shaxs tomonidan egallangan bilimlar va amaliyot orqali qo'yilayotgan vazifalarni tajriba asosida mustaqil ravishda hal eta olishga bo'lgan umumiy tayyorlik va qobiliyat tushuniladi.

Bugungi kunga kelib, pedagogika fanida kompetentli yondashuvning quyidagi jihatlari bayon etiladi:

1) kompetentsiyalar an'anaviy bilimlarning insondagi intellektual, kommunikativ, kreativ, metodologik, dunyoqarashga oid ko'nikmalar bilan uyg'unlashgan holatidir;

2) kompetentli yondashuv asosida ta'lim jarayonining maqsadga muvofiqlik va maqsadga yo'nalganlik g'oyasi yotadi. Bunday yondashuvda kompetentsiyalar o'quvchi malaka va ko'nikmalarining eng yuksak darajasini ifodalagan holda tashkiliy jihatdan to'rt komponentdan iborat bo'ladi: bilim, malaka, boshqaruv faoliyatga oid tajriba va qadriyatga asoslangan munosabat;

3) kompetentli yondashuv asosida ikkita asosiy tushuncha farqlanadi: kompetentsiya va kompetentlik.

Kompetentsiya - boshqaruv faoliyat talablarini o'zida aks ettirgan shaxs sifatlari, bilim, malaka, ko'nikma, faoliyat uslublarining o'zaro aloqador majmuidir.

Kompetentlik - professional va ijtimoiy sohada samarali faoliyat yuritish maqsadida shaxsning potentsialini amalga oshirish istagi va qobiliyati bo'lib, bunda inson faoliyat natijasining yuksak ijtimoiy ahamiyatini shaxsiy mas'uliyat sifatida his etadi hamda natijani mukammallashtirib borish haqida qayg'uradi.

Ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillar ta'lim ijtimoiy hayotning muhim sohasi hisoblanadi. Aynan ta'lim jamiyatning intellektual, madaniy va ma'naviy holatini shakllantiradi. Ta'lim mazmuni va uning yo'nalishlari ta'lim standartlari va dasturlarida o'z aksini topadi.

Ta'lim sifatini baholashda quyidagi ketma-ketlikdagi tashkil etuvchilar hisobga olinishi talab etiladi:

- Bilim sohibi, tarqatuvchisi;

- Bilim uzatuvchilari;

- bilimni uzatish texnologiyasi;

- Bilim oluvchi;

- Bilimni mustahkamlik darajasi;

- Olingan bilimlarni zarurligi, kerakligi

- Yangi bilimlar olish zarurligi va imkoniyati.

Ta'lim sifati birinchi navbatda bilim sohiblari, tarqatuvchilarining ya'ni o'qituvchilarning sifati, saviyasi va kompetentsiya darajasi bilan belgilanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlilidan ko'rinadiki, kompetentlik muayyan shaxs malakasini oshirish va ish-faoliyatini yaxshilashning indikatoridir. Olimlar tomonidan berilgan an'anaviy ta'riflarga ko'ra, kompetentlik - bu xodimning o'z ishini juda ham yaxshi bajarishida nimalar zarurligini aniq va Ravshan qilib anglab etishidagi bir qator standartlar majmui bo'lib, o'z ichiga malakalar, bilimlar va qator tushunchalarni qamrab oladi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Ta'lim mazmunining o'quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to'plami uchun) va predmetli (ma'lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e'tirof etish mumkin:

- tayanch kompetentlik (ta'limning gumanitar, ijtimoiy iqtisodiy mazmuniga ko'ra);

- fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o'quv fanlari va ta'lim bloklarining ma'lum doirligiga ko'ra);

- bitta predmet(fan) buyicha kompetentligi (maxsus o'quv fani doirasida aniq va ma'lum imkoniyatga egaligiga ko'ra).

Pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda mutaxassis kompetentsiyalari klasteriga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy kompetentlikning bunday klasteri uch xil: faoliyatni, shaxslilikni hamda motivasiyani tashkil qiluvchi kompetentsiyalar majmuida ko'rinadi.

Shaxsning o'z-o'zini takomillashtirish kompetentligi ma'naviy, motivasion, intellektual va amaliy jihatdan o'z-o'zini rivojlanitirish, irodaviy va xissiy jihatdan o'z-o'zini boshqara olish qaratilgan. O'quvchi shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko'ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o'zida zamonaviy mutaxassisga xos bo'lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, texnik tafakkurini, madaniyati va hulqini shakllantirishga yordam beradi.

B.Nazarova esa, pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatini tadqiq qilishga bag'ishlangan asarlarni o'rganish orqali kasbiy kompetentlikning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatadi:

- maxsus tarbiyalanganlik layoqati;

- kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o'zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;

- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqati;

- birgalikdagi (guruhli, kooperativ) kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va, shuningdek, mazkur kasbda qabul qilingan kasbiy muloqot uslublarini egallaganlik, o'z kasbiy mehnati natijalari uchun ijtimoiy mas'ullik.

Shunday qilib, tayanch kompetentlik pedagogik ta'limning har bir bosqichi uchun ta'lim bloklari va o'quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu nuqtai nazardan ularni N.A.Muslimov quyidagi kompetentlik turlariga bo'ladi:

1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu o'quvchining qadriyatli yo'nalishlari bilan bog'liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo'lini topa olishi, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'rnini anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog'liq kompetentlik, u o'quvchi uchun o'quv va boshqa vaziyatlarda o'zini aniqlash mexanizmini ta'minlaydi. O'quvchining individual ta'lim yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog'liq.

2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. O'quvchi chuqur o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo'lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma'naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an'analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta'siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo'sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.

3. O'quv-bilish kompetentligi, bu o'quvchining o'rganilayotgan aniq ob'ektlar bilan bog'liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo'lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to'plami bo'lib, unga maqsadni ko'ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. O'rganilayotgan ob'ektlarga nisbatan o'quvchilarni kreativ ko'nikmalari, ya'ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.

Shunday qilib, o'qituvchining kasbiy faoliyati o'z ichiga pedagogik faoliyatning kompleks turlarini qamrab oladi. Ular, o'z navbatida, chuqur bilim, o'qituvchi kasbiy faoliyati talab qiladigan mutaxassisligi bo'yicha takomillashgan ko'nikmalarni talab qiladi. Ana shu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish o'qituvchi kasbiy kompetentsiyasiga, uning doimiy takomillashib borishiga bog'liq. Bunda, albatta o'qituvchining kasbiy, shaxsiy sifatlari ham uning kasbiy kompetentsiyasi aspektlaridan hisoblanadi. Shu ikki narsa - o'qituvchining vazifasi va shaxsiy-kasbiy xususiyatlari uning kompetentsiyasi asosi bo'lsa, uning takomillashib borishi o'qituvchi kasbiy kompetentsiyasini belgilaydi.

O'qituvchi shaxsiy tavsifi va o'ziga xosligi. Ilmiy zehn - erudisiya, kasbiy pedagogik madaniyat, pedagogik mahorat, ziyolilik, kasbiy pedagogik yo'nalganlik, pedagogik fikr yuritish, o'z faoliyatini sevish, oliy darajadagi umummadaniyat, kuzatuvchanlik, sezgirlik, ijodkorlik, hulq-atvor, talabchanlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, yuksak ma'naviyat, o'zini va o'zgalarni hurmat qilish, kommunikabellik, pedagogik optimizm, talabalar bilan ishlashga ishtiyoq, intellektual faollik, yangiliklarga qiziqish va ularni tatbiq etish.

O'qituvchining maxsus tayyorgarligi. Bunda o'qituvchining o'z mutaxassisligi bo'yicha bilim va ko'nikmalari ko'zda tutiladi. O'z predmetini ilmiy darajada bilish. Mazkur fanning zamonaviy yutuqlari va istiqbolli yo'nalishlarini va rivojlanishi darajasini bilish. Ushbu tarmoq ishlab chiqarishning bugungi kundagi yutuqlarini bilish. O'z sohasi bo'yicha davlat standartlaridan xabardorlik. Oliy o'quv yurti bo'yicha va predmetiga ko'ra, qo'llaniladigan darsliklarni bilish. Predmetni o'qitishning maqsad va vazifalarini bilish. Mutaxassislar tayyorlash tizimida o'z mutaxassisligi qanday ahamiyat kasb etishini bilish.

Xulosa. O'qituvchining psixologik-pedagogik tayyorgarligi. Muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan psixologiya-pedagogika sohalari bo'yicha zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalari. Psixologik-pedagogik bilimlar. Oliy maktab pedagogika va psixologiya bilimlari (ta'lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, talabalar psixologiyasi va boshqalar), pedagogik faoliyat nazariyasi bo'yicha bilimlar, oliy kasbiy ta'limning zamonaviy kontsepsiyalari to'g'risida bilimlar, o'z predmeti bo'yicha o'qitish metodikasini bilish.

O'z navbatida, oliy ta'lim muassasasi o'z ta'lim dasturlarini tashkilot talablari asosida kommunikativ va boshqaruv kompetentsiyalarga asoslangan holda qurishi kerakligi bugungi kunda ravshandir. Bunday ta'lim dasturlari asosida o'qitilgan mutaxassis kadrlarning kompetentligi tashkilot talablariga mos kelishi lozim.

REFERENCES

1. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o'qitish texnologiyalari. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2007. - 97 b.

2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovasion texnologiyalar / amaliy tavsiyalar. - T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. - 180 b.

3. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2011. - 275 b.

4. Maria Rosa, Alberto Amaral. Quality in Assurange in Higner Edication. Contemporary Debates. England, Hampsher, 2014.

5. Choriev R. K. Integrasiya teoreticheskix i prakticheskix znaniy kak sredstvo sovershenstvovaniya professionalnoy podgotovki budutshix injenerov-pedagogov. // Zamonaviy ta'lim, 2020 y. № 3 (88) 38-46 b.

6. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy metodik asoslari. Diss. .. ped. f. D. - T.:2007. - 315 b.

7. Mustafoyeva D. A. Организация повышения профессиональной компетентности педагогических кадров в компетентностно-ориентированном образовании. Xalq talimiy ilmiy-metodik jurnal, T. ISSN 2181-7839. №4 2022 yil.B. 139-143.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.