Научная статья на тему 'TA'LIM KLASTERI YONDASHUVI ASOSIDA O‘QUV FAOLIYATINI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

TA'LIM KLASTERI YONDASHUVI ASOSIDA O‘QUV FAOLIYATINI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarmoq / klaster / innovatsiya / ta'lim / bilim jamiyati / barqaror rivojlanish / iste'dod / STEAM texnologiyasi / yo„nalish trayektoriyasi / modul kredit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azamat Ruzvonovich Raxmonov

Ta‟lim klasteri bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir, ammo unga nisbatan ilmiy tushunchalarda “Ta'lim klasteri" mexanizmidan foydalanish sifatida xam ko„proq kuzatilmoqda. Ta‟lim tizimida klaster yondashuv bugun o„zining samarasini pedagogik faoliyatda natija va sifat tomonidan ko„rsatmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM KLASTERI YONDASHUVI ASOSIDA O‘QUV FAOLIYATINI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

TA'LIM KLASTERI YONDASHUVI ASOSIDA O'QUV FAOLIYATINI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Azamat Ruzvonovich Raxmonov

ChDPU "Umumiy pedagogika" kafedrasi pedagogika fanlari bo'yicha (PhD) falsafa

doktori

ANNOTATSIYA

Ta'lim klasteri bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir, ammo unga nisbatan ilmiy tushunchalarda "Ta'lim klasteri" mexanizmidan foydalanish sifatida xam ko'proq kuzatilmoqda. Ta'lim tizimida klaster yondashuv bugun o'zining samarasini pedagogik faoliyatda natija va sifat tomonidan ko'rsatmoqda.

Kalit so'zlar: tarmoq, klaster, innovatsiya, ta'lim, bilim jamiyati, barqaror rivojlanish, iste'dod, STEAM texnologiyasi, yo'nalish trayektoriyasi, modul kredit.

АННОТАЦИЯ

Образовательный кластер является одной из актуальных тем на сегодняшний день, но все больше наблюдается в научном его понимании по мере использования механизма «Образовательный кластер».

Ключевые слова: сеть, кластер, инновации, образование, общество знаний, устойчивое развитие, талант, технология STEAM, траектория направления, модульный кредит.

ABSTRACT

The educational cluster is one of the topical topics today, but it is observed more and more in the scientific understanding of it as the use of the mechanism "Educational cluster". is doing.

Keywords: network, cluster, innovation, education, knowledge society, sustainable development, talent, STEAM technology, direction trajectory, modular credit.

O'zbekiston Respublikasida bolalar pedagogikasi taraqqiyotining mohiyati haqidagi ta'limotning tarixi uzoq emas albatta. Ilmiy ta'limotlarga muvofiq psixologik taraqqiyot ikki yo'nalishdan iborat. Birinchi yo'nalishga asosan taraqqiyot, avvalgi narsaning takrorlanishi tufayli organizmda mavjud bo'lgan sifatlarning ko'payishi yoki kamayishidan iborat. Bu yo'nalish diniy mohiyatiga ega bo'lib, psixik taraqqiyot sabablari diniy nuqtai nazardan qaraladi. Mazkur tarixiy davr XVIII-XX asrlarda

320

dunyoda o'rnatilgan yangi ta'lim tizimining hayotga tatbiq etilishidir. Yangi pedagogikada biz uni "pedagogik bilim", "o'qitish mahorati", "Pedagogik texnologiya asri" deb atagan inqilob-tizimida yangi ta'lim falsafasining tarqalishiga, yangi ta'lim tizimini yaratishga olib keldi. Pedagogika taraqqiyotining ikkinchi yo'nalishi ilmiy mohiyatga ega bo'lib, taraqqiyot sabablarini ilmiy nuqtai nazardan hal etadi. Bu yo'nalishga muvofiq pedagogik taraqqiyotining sababi organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro ta'sir sifatida qabul qilishimiz kerak. Tashqi muhit esa turli-tuman mohiyatidagi ta'sirotlar bilan organizmni o'ziga bo'ysundiradi, unga yangi-yangi talablar qo'yadi, o'zgartiradi, yangi sifatlar hosil qiladi va taraqqiy ettiradi. Bu esa o„z davrida olimlardan Ken Robinsonning ilmiy asarlarida muhim belgilar bilan jahon hamjamiyati tomonidan ro'yxatga olinadi va amaliyotga tatbiq qilinadi.

Yangi O'zbekistonning zamonaviy ta'lim muassasasining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

-ilmiy kashfiyotlar va yangi infratuzilmalar tomonidan shakllantirilgan dinamik o'zgaruvchan ta'lim muhiti, shu jumladan yangi kadrlar, yangi dasturlar, yangi ta'lim texnologiyalari, yangi bino va inshoatlar va boshqalar;

-tizimning jamoat tashkiloti tarmoq jamoalari kanallari orqali rivojlanayotgan ta'lim va fan ravnaqi;

-yangi boshlang'ich ta'lim sub'ektlarini o„z ichiga olgan yangi ta'lim davrlari

Tug'ilishdan va umr bo'yi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, yuksak diqqati

bilan

iqtidorli va boshqalar;

-yangi turdagi bilimlar, shu jumladan mamlakat ta'lim tizimiga ta'sir o'tkaza boshlaydi;

-yangi axborotlardan xabardorligi;

-Iqtidorli yoshlarga e'tibor berish kabilar.

Ko'plab yangi hodisalar allaqachon topilgan turli mamlakatlarning ta'lim qonunlari tizimlarida aks ettirish. Bir yoki bir nechta ko'rinish qonunchilikda yana bir muddat uning o'rnatilishi tilda, lekin so'zlashuv ko'nikmasi hali yaxshi emas va tez o'zgarib turadi.

Azaldan ma'lumki bu hususida "Innovatsiya" ta'lim tizimida qo'llanib kelinayotgan keng tushuncha hisoblanib, kishilarni extiyoji tomonidan talab qilinadigan jarayonlar yoki mahsulotlar samaradorligining sifatli o'sishini ta'minlovchi yangilikdir. Bu esa insonning intellektual faoliyatidagi, uning tasavvurining yakuniy natijasidir. Ijodiy jarayonlarni asosan kashfiyotlar, ixtirolar va ratsionalizatsiya tashkil qiladi. Innovatsiyalarga misol tariqasida ta'limda yangi

321

loyixalarni tizimga tatbiq etilishi asosida ta'lim samaradorligini sifatli amalga oshiriladi. Yana shuni alohida qayd etib o'tish joiz, ta'lim pedagogik faoliyatda inson tomonidan olingan tizimli ko'nikmalar, ko'nikmalar esa bilimlar to'plami hisoblanib maxsus muassasalarda yoki mustaqil bilim olish yordamida erishiladi. Mamlakatimizda ta'limni tarkibiy tuzilmasiga qarab bilimning tabiati va hajmidan kelib chiqib makatabgacha, boshlang'ich, umumiy o'rta va profetsiyonal, shuningdek, oliy ta'lim, oly ta'limdan keyin, o'qituvchilarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish bosqichi va maktabdan tashqari ta'lim turlariga ajratilgan.

Yo'nalishlar kontekstida tabiiy va aniq fanlar, gumanitar va ijtimoiy ta'lim singari ajratilib amalga oshiriladi.

Birinchidan ta'lim usullari, ta'lim vositalari-ta'lim turlari va texnologiyalari, ta'lim mazmuni va metodlari, ta'lim natijalari, ta'lim shakllari, o'qituvchining kasbiy bilimdonligi, bilimlarni yangilash jarayoni va darajasi, ta'limning atrof-muxit orasida bog'liqligi, ta'lim jarayonida ta'lim istemolchilarining extiyojlarini qondirishga hizmat qiladi.

Ikkinchidan bilim ta'lim asosida olinib jamiyatning zamonaviy bosqichi hisoblanib ta'limning konseptsiyasini yangi rivojlanish darajasiga o'tishni tavsiflovchi hususiyat sifatida hizmat etadi.

Uchinchidan ta'lim tizimida eng muhim vosita bu tarmoq, ya'ni klaster hisoblanib ta'lim ishtirokchilarini birlashtirish asosida axborot komunikatsiya texnologiyalari yordamida muloqotni qo'llab-quvvatlash va pedagogik faoliyatni amalga oshirish tarmoq vositalarida kuzatiladi. Bunda jamoalar emas buyurtma asosida maxsus mo'ljallangan holda tashkil etilgan holda saroit yaratilishi mumkin. Tarmoq jamoani oddiy harakatlarda ishtirokchilar, xabarlarini, ijtimoiy xizmatlarni amalga oshiradi.

Barqaror rivojlanish bu ta'lim jarayoni va ijtimoiy o'zgarishlar, unda zarur resurslardan foydalanish, yo'naltirilgan investitsiyalar, ilmiy va texnologik rivojlanish yo'nalishi, shaxsiy rivojlanish va institutsional o'zgarishlar bir-biri bilan kelishilgan va hozirgi va kelajakdagi salohiyatni mustahkamlash inson ehtiyojlari va intilishlarini qondirish uchun hizmat qoiladi. Nihoyat, inson kapitali innovatsion ta'lim extiyoji va zarur bilimni shakllantirishning asosiy omilidir. Keyingi navbatda yuqori bosqich sifatida amalga oshiriladi. Bu shunday inson va jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilim, ko'nikma, ko'nikmalar to'plami hisoblanadi.

"Klaster" yurtimizda barqaror rivojlanishing asosiga aylanishi ham o'z navbatida natija, sifat va samarali faoliyatni isbotlamoqda. Tushunchasi jixatdan turli mavjud iboralar bu sohada paydo bo'lgan bo'lsada, ta'limning bilim sohalarini belgilash uchun qo'llanilmoqda. Ta'lim ishtirokchilarini bitta maqsad yo'lidagi

322

birikishi undagi har qanday muammoni keskin o'rganishga imkoniyat yaratadi. Ta'limning dastaval pog'onasi maktabagacha ta'lim muassasasi va oliy o'quv yurti o'rtasidagi aloqalarni zamonaviy o'zgarirish. Mazkur maktabgacha yosh bollarni rivojlanishini sog'lom turmush tarziga muvofiqligini ta'minlash uchun metodik qo'llanmalar ta'minotini yetarli tarzda yaratish zarur. Ammo eng asosiysi maktabgacha ta'lim soha mutahassiligidan kadrlarni yetishmovchiligiga barham berishni muhim vazifalar sifatida belgilandi. Shu sababli klaster yondashuvi talabalarni makatabgacha ta'lim muassasasida zarur pedagogik amaliyotni bajarishga imkoniyat berdi. Navbatda esa maktabgacha ta'limni boshlang'ich ta'limning tayanch faktoriga aylantirish imkoniyati ham yuzaga keldi. Boshlang'ich ta'lim tizimidagi yangi dastur va reja chet el tajribalariga asoslandi. Ya'ni jaxon e'tiboridagi Finlandiya ta'limi tajribasi va AQSHning STEAM texnologiyasi dasturlari pedagogik faoliyatga tadbiq etishga kirishildi. O'quvchilarda o'zgacha qiziqish va ishtiyoq ortishi tabiiy. Chunki bilim va amaliyotning birligi yanada o'qishga qiziqish ortiradi. Shu jumladan ta'limning keyingi turlari, ya'ni umumiy o'rta ta'limda ham o'qishning integratsiyon va innovatsiyon texnologiyalari qo'llanilmoqda. Eng muhimi ta'lim oluvchida mustaqil kasb egallash ko'nikmasi mavjud. Kelajakda yetuk fuqarolik vazifalarini ilg'ash, mustaqil o'z fikrini bildirish, boshqalar bilan erkin xarakatga kira olish singari ko'nikmalar ham shakllangan. Eng asosiysi oliy o'quv yurtiga kirshdan maqsad aniqligi. O'z navbatida oliy ta'lim va umumiy o'rta ta'limdagi o'zaro hamkorlikni ijobiy o'zgarishi. Avvalgi oliy ta'lim tizimidagi noshaffofliklar va g'irrom harakatlarni holi bilimdon xarkatlarga kiritish aniq ishonchni ta'minladi. O'quvchilar va talaba o'rtasidagi jonli hamkorlik aloqalari o'rnatildi. O'quvchida o'qish motivatsiyasi shakllandi va o'qish uchun qiziqish ortdi. Oliya ta'limga kirishga tavsiya qilinayotgan imtiyozli xuquq esa o'qishni xoxlashga katta turtki desak, yanada to'g'ri bo'ladi. Oliy ta'lim tizimida talabalarni o'quv jarayoni zamonaviy tajribalarga asolanishi kerakligi maqsad qilindi. Ma'lumki oliy ta'lim, tizimlar orasida eng nozik va saloabatli hisobanadi. Mazkur tizimdagi modulli kredit zamonaviy yondashishni va o'qish mustaqilligini shart-sharoitini yaratdi. Talaba o'zining qiziqishi va extiyoji asosida bilim olishga erishmoqda. Auditoriya soatlaridan holiroq, mustaqil ta'limga ko'proq vaqt berishga o'tildi. Oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi bosqich o'zaro extiyojni to'ldirishi zarurati aniqlandi. Ya'ni oliy ta'lim professor-o'qituvchilarini ilmiy darajasini ko'tarish bilan bog'liq masalalarga yechim toptirish. Ilmiy tadqiqot olib borishni holis mustaqil va maqsadli yo'llarda tashkil etish. Bir tomondan ilmiy daraja hisoblansa, ikkinchi tomondan esa professor-o'qituvchini ilmiy salohiyatidagi retingini korsatadi. Shu jixatdan ta'lim tizimidagi har bir o'zgarish yangicha yondashuv sifatida qaraladi. Ta'lim umumiy

S2S

xolatdan yagona ijtimoiy faoliyatning yadrosi tushunchasida qaralishi mumkin. Zamirida juda ham katta maydon borligi, o'rtasidagi aloqalar esa klasterga muvofiqlashishi zarurligi sezilmoqda. Klaster ta'limda yangicha yondashishni va keng qamrovli harakatni uyushtiradi. Mexanizm o'zining texnologiyalari va yetuk mutahassislari bilan faoliyat yuruta oladi. Bu esa navbatda ta'limda sifat, samara va natijani bera oladi.

REFERENCES

1. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. 29.01.2022

3. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

4. G.I.Muxamedov "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija" xalq so'zi" gazetasi 2019 yil 15 fevral.

5. Raxmonov A.R Uzluksiz ta'lim tizimida milliy iftixor tuyg'usini shakllantirish ijtimoiy-pedagogik muammo sofatida. Uzluksiz ta'lim ilmiy-uslubiy jurnal//Toshkent sh Furqat ko'chasi 174-uy 2020 yil maxsus son.

6. Raxmonov A.R, Luxmanov D.B.Maktabda ta'limning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. 244-249 VOLUME 1, ISSUE 4 DECEMBER 2020

7. Содиков, У. Ж. (2019). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАВЫКОВ И ЗНАНИЙ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ПРИ РЕШЕНИИ ПРАКТИКО-ПРИКЛАДНЫХ ЗАДАЧ. ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА УЧИТЕЛЯ И ПРЕПОДАВАТЕЛЯ: СОДЕРЖАНИЕ, МОДЕЛИ И ТЕХНОЛОГИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, 143.

8. Odeldjanovna, S. S. (2019). IMPROVEMENT OF MECHANISMS OF PREPARATION OF UNIVERSITY STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

324

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.