PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
TALABALARNING O'Z-O'ZIGA BAHO BERISHIDA SHAXSLARARO MUNOSABATNING NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI
Yo'ldoshev Javlon Ablanazar o'g'li
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected], ORCID ID: 0009-0001-6031-6141 https://doi.org/10.5281/zenodo.13318419 Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o'zaro muloqotga kirishgandan so'ng inson o'zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o'zidagi jismoniy va ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning subyekti sifatida his etadi, shaxsan o'zi uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog'liq bo'lgan «Men» sifatida namoyon bo'ladi. «Men» mavjudligining subyektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, o'tgan zamon va kelajakda shaxsan o'ziga nisbatan o'zining o'xshashligini tushunishi holatida ifodalanadi. Shuningdek shaxslararo munosabatlarda shaxsning o'zini tutishi, individual psixologik xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: "Men" tushunchasi, shaxslararo munosabat, o'z-o'ziga baho, shaxsiy sifatlar, individual psixologik xususiyatlar.
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy, madaniy-tarbiyaviy, ichki, tashqi, shaxslararo va hokazo) va ularning yo'nalishi dunyo miqyosida keng qamrovli xarakterga ega bo'lmoqda. Rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti, ekologik, tibbiy va ta'lim-tarbiyaviy muammolar nizoli holatlarni tabora kuchaytirmoqda. Barcha munosabatlar ta'limda, Oliy ta'lim va kasb-hunar kollejlarida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolar eng murakkab va dolzarb muammo kasb etmoqda. Uning kelib chiqish sabab va oqibatlari shaxs tarbiyasi va madaniyati bilan bog'liq bo'lib, bu borada pedagog, psixolog olimlar, tajribali o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari hamkorligida istiqbolli na'lim va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlarni talab etadiO'z-o'zini baholashning bilish, o'z imidji va shaxsiy yo'nalishning kasbiy o'zini o'zi belgilashga ta'sirini o'rganish eksperimental o'rganish uchun katta qiziqish uyg'otadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot muammosiga doir manbalarni o'rganish, ularda ilgari surilgan g'oyalar mazmunini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, ta'lim borasida yetarli tajriba to'planilgan bo'lsa-da faqatgina mazkur nazariya mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga qaratilgan fikrlar bildirilgan, lekin aynan talabalar orasidagi ta'lim sifati jarayonini zamon talabiga mos darajaga ko'tarish alohida tadqiqot muammosi sifatida to'laqonli o'rganilmagan. Shu bois, ta'lim sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o'ziga xosliklari, aloqalarning jamiyat hayoti bilan bog'liqligi, huquqiy jihatlari, mehnat jamoasidagi munosabatlar, Oliy ta'lim va kasb-hunar kollejlarida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi masalalar ko'pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Ko'rinib turibdiki, bularning o'z ichki yo'nalishlari ko'p. Talabalar orasidagi o'z-o'ziga baho berishni o'rganish, o'z-o'zini boshqarishni o'rganish ta'limdagi munosabat inqirozlarining kelib chiqishi va ta'lim sifatidagi bo'shliqlarni oldini olishga ko'mak beradi. Ammo bu sohada O'zbekistonda ilmiy-tadqiqot ishlar unchalik ko'p bo'lmay, mazkur
tadqiqotni olib borishda biz metod asoslari bo'yicha ingliz va rus olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari va ushbu tillardagi ba'zi ma'lum manbalarga tayandik.
Jumladan, xorij olimlaridan:
T. -V. Dembo va S. L. Rubinteynning "O'zini o 'zi bahol ashni aniqlash " metodikasi
S.-A. Budassining "Shaxsning o 'zini o 'zi baholash " tes ti;
V. V.Stolin-va S.R.Panteleyevlarning "O'z o 'ziga munosabat so 'rovnomasi" va boshqalarning adabiyotlardan foydalanildi. Psixologik lug'atda quyidagicha ta'rif berilgan: A. Maslou: "O'rganishni butun umr davom etadigan va sinf devorlari bilan cheklanmagan jarayon deb hisoblaydi.". Mavzu muammosiga doir adabiyotlarni o'rganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, bugungi kunga qadar yaratilgan manbalarda, talabalar orasidagi o'z-o'ziga baho berish va ilmiy tadqiqot ishlarining emperik tahlili muammolarni bartaraf etish borasida keng ko'lamli harakatlar amalga oshirilmagani namoyon qildi. Jaroyon muntazam ta'lim sifatini yangilab borishga ehtiyoji borligini ko'rsatmoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O'z-o'zini bilish, o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini bilishning baholash funksiyalari bilan bog'liq bo'lib, u shaxsning o'ziga nisbatan hissiy va qadriyatli munosabatini, o'zini o'zi tushunishining o'ziga xosligini o'z ichiga oladi. B.G. Ananiyev o'z-o'zini hurmat qilish - bu o'z-o'zini anglashning eng murakkab va ko'p qirrali tarkibiy qismi degan fikrni bildirdi (bir vaqtning o'zida yuzaga keladigan, o'z-o'zini bilvosita bilishning murakkab jarayoni, bunday integratsiya orqali yagona, vaziyatli tasvirlardan harakat qilish bilan bog'liq. Situatsion tasvirlar yaxlit shakllanishga shaxsning rivojlanishida ishtirok etgan boshqalarni baholashning bevosita ifodasi bo'lgan o'z "Men"I tushunchasi). O'z-o'zini hurmat qilish, o'z-o'zini hurmat qilish, xushyoqish, o'zini o'zi qabul qilish va boshqalar bilan bir qatorda o'ziga munosabat e lementi sifatida ham ko'rib chiqiladi. Demak, I.S.Kohno 'zo'zini hurmat qilish haqida gapirib, uni "men" ning ya
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
kuniy o'lchovi sifatida belgilaydi, shaxs tomonidan o'zi ni qabul qilish yoki rad etish darajasini ifodalaydi. A.N.Leontev o'z-o'zini hurmat qilish-ni "hissiyot" deb baholaydi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o'zlashtirish va o'z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib keyinchalik ular insonni ichiga kiradi. Shaxsning tafakkur olamini va o'zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog Y.Melibruda quyidagilarni takidlaydi: Muloqot shasxlararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir.
V.V.Stolin- va S.R.Panteleyevlarning "O'z-o'ziga munosabat so'rovnomasi
#
0
Talabalarning o'z-o'ziga baho berishida shaxslararo munosabatning namoyon bo'lish xususiyatlari natijalarini sifat jihatidan tahlil qiladigan bo'lsak, ularda raqobat bo'yicha ko'rsatkichlar M=16,8 va M=14,7 ni tashkil qiladi. Bu ulardagi faoliyatlarida bir-biridan o'zib ketishiga nisbatan mayllikni ortishi bilan belgilanadi. Ma'lumki, shaxslararo munosabat o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib, o'zaro manfaatlarning to'qnashuvi yuzaga keladi va bu o'z navbatida raqobatchilik muhitini hosil qiladi. Takidlash joizki,sinaluvchilarda raqobatchilik yuqori darajada ekanligi ulardagi sog'lom munosabat tizimida o'ziga xos o'ringa ega ekanligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotlarda ishtirok etgan sinaluvchilar guruhida murosalilik, kelishuvchanlik M=19,7 va M=24,5 ni tashkil qiladi. Bu ulardagi faoliyat nuqtai nazaridan olganda, talaba jamoa raqobat, bir-birlari bilan munosabatlari tizimli ekanligini qayd etish mumkin.
Moslashuvchanlik talaba shaxsi uchun xos xususiyatlardan biri sanaladi. Chunki ularni faoliyatga kirib borishlari bilan belgilanadi. O'z navbatida talaba faoliyatga moslashganlik shaxs, xulq-atvor xususiyatlari bilan uzviy bog liq bo'lishi mumkin. Unga ko'ra sinaluvchilar guruhida moslashuvchanlik sifati M=4,8 va M=16,7 ni tashkil qildi. Bu ularning faoliyatlariga nisbatan ongli yondashishi uning ko'rsatkichlarini
birgalikda baham ko'rishi bilan izohlanadi. Metodika natijalaridan ko'rish mumkinki talabalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar shaxsning nizoli xulq-atvor tipi bilan uzviy bog'liq. Xususan, talabalarning jamoadagi munosabatlari ularning axloqiy qadriyatli sifatlari bilan belgilanishi ko 'rsatiladi. XULOSA VA TAKLIFLAR Talabalar jamoasidagi moslashishga nisbatan o'z-o'ziga baho berish bo'yicha quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin: Talabalar jamoasidagi negativ ta' sirlarni yuzaga kelishi ijtimoiy-psixologik muhitining sog'lomlilik darajasiga bogliq bo'ladi; Talabalar jamoasidagi raqobatchilik, yon bosuvchilikning ortib ketishi ularda negativ ta'sirlarni yuzaga keltiruvchi omillardan hisoblanadi; Talaba shaxsida samarali muloqot malakalarini shakllanganligi ularda ta'lim sifati ta'sirlariga nisbatan barqarorlikni ta'minlovchi omillardan sanaladi; Talabalarning muayyan o'z-o'ziga baho bera olishi ta'lim sifati rivojlanishida negativ ta' sirlarni kelib chiqishini oldini oluvchi vosita sifatida ko'rsatiladi.
ADABIYOTLAR:
[1] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi № 472-sonli "Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarlikning oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori / htpp://lex.uz.]
[2] Petrovskiy A.V. "O'z-o'zini hurmat qilish. Obshaya psixologiya 1976,
[3] G'oziyev E.G'. "Ontogenez psixologiyasi".-T.: Noshir. 2010
[4] Yusupov E. Yoshlar o'rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish yo'llari.- T.: O'qituvchi, 1996. - B. 187.
[5] Markova A. K. Psixologiya truda uchitelya. M.: Prosveshenie, 1993.Talaba192 s.
[6] Kotova I. B., Shinnoe E. N. Pedagog: professiya i lichnost. RostovDonu, 1997.
[7] Markova A. K. Psixologiya truda uchitelya. Talaba M., 1993
[8] X.Xekxauzen "Yutuq motivi o'z-o'zini baholash" Motivatsiya i dyatelnost. 2003
[9] Jon Deuyey. "O'z-o'ziga baho berish" Vvedeniye v filosofiyu vospitaniya. —Moskva,1921
[10] Petrovskiy A.V. "O'z-o'zini hurmat qilish. Obshaya psixologiya 1976
[11] Jon Deuyey. "O'z-o'ziga baho berish" Vvedeniye v filosofiyu vospitaniya. —Moskva,1921
[12] Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
[13] Akramova F.A., Lutfullaeva N.X, Xaydarova X.P. «Pedagogik psixologiya» fani (ma'ruzalar matni). - T.: TDIU, 2005 - 201 bet.
[14] Axmedova M.T. Pedagogik kompetentlik.Uslubiy qo„llanma. -T.: BROK SLASS SERVIS, 2016. - 84b.
[15] Umarova M.X., Axmadaliev A.U., To'raev A.B., Imomov M.P. Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ
va innovasiyalari // O'quv - uslubiy majmua. Toshkent - 2016.
[16] Shamshetova A. K. Umumiy psixologiya // o'quv -uslubiy majmua. O'zDJTU - 2018. 320 bet.
[17] Ibraimov, X., Azimova, Z., & Otaboeva, Z. (2023). Pedagogical peculiarities of studying group solidarity in the student community. Science and innovation, 2(B12), 108-113.
[18] Sadiddinov S.R. Turayeva D.R. Psixokonsultatsiya va psixokorreksiya (o'quv qo'llanma). O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyurug'iga asosan.
[19] Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании. www.eidoc.ru. 2005, 09, 10.
[20] Zufarova "Umumiy psixologiya" Toshkent 2005.
[21] Sobirov, Y. (2023). O'SMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI PAYDO BO'LISHINING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI. Евразийский журнал академических исследований, 3(4 Special Issue), 142146.
[22] Sobirov, Y. E. O. G. L. (2022). O'SMIRLARDA XAVOTIRLANISH HISSI NAMOYON BO'LISHINING DINIY-PSIXOLOGIK OMILLARI. Academic research in educational sciences, (Conference), 219-b.