Научная статья на тему 'KOOPERATIV YONDASHUV ASOSIDA AFFILIATIV MOTIVATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK–PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA VAZIFALARI'

KOOPERATIV YONDASHUV ASOSIDA AFFILIATIV MOTIVATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK–PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
affiliatsiya / kooperatsiya / hamkorlik / rivojlantirish / motivatsiya / yondashuv / pedagogik tizim / muloqot / talaba / ta'lim / psixologik / faoliyat. / affiliation / cooperation / cooperation / development / motivation / approach / pedagogical system / communication / student / education / psychological / activity.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Omonova Nilufar Omon Qizi, Bozorova Muslima Qodirovna

Maqolada talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning ahamiyatli jihalari va zaruriyati haqida izohlangan. Talabalarda koopertiv yondashuv asosida affiliativ motivatsiyani rivojlantirishga bo lgan ehtiyojning kelib chiqish sabablari, affiliativ motivatsiyaning kooperativ yondashuv bilan aloqadorligi, ularning pedagogik-psixologik xususiyatlari aytib o tilgan. Koopertiv yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi, yo nalishlari, vazifalari, usullari birma-bir sanab o tilgan va har birining to la izohlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND TASKS OF DEVELOPING AFFILIATIVE MOTIVATION ON THE BASIS OF A COOPERATIVE APPROACH

The article describes the important aspects and necessity of developing affiliative motivation in students. The reasons for the need to develop affiliative motivation in students based on the cooperative approach, the connection of affiliative motivation with the cooperative approach, and their pedagogical and psychological characteristics are mentioned. Based on the cooperative approach, the pedagogical system, directions, tasks, and methods of developing affiliative motivation in students are listed one by one, and full explanations of each are given.

Текст научной работы на тему «KOOPERATIV YONDASHUV ASOSIDA AFFILIATIV MOTIVATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK–PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA VAZIFALARI»

KOOPERATIV YONDASHUV ASOSIDA AFFILIATIV MOTIVATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA

VAZIFALARI Omonova Nilufar Omon qizi

Termiz davlat Universiteti tayanch doktoranti Bozorova Muslima Qodirovna p.f.n., dots. Termiz davlat Universiteti o'qituvchisi E-mail:omonovanilufar419@gmail.com

Tel:+998932265846 https://doi.org/10.5281/zenodo.11122176

Annotatsiya: Maqolada talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning ahamiyatli jihalari va zaruriyati haqida izohlangan. Talabalarda koopertiv yondashuv asosida affiliativ motivatsiyani rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojning kelib chiqish sabablari, affiliativ motivatsiyaning kooperativ yondashuv bilan aloqadorligi, ularning pedagogik-psixologik xususiyatlari aytib o'tilgan. Koopertiv yondashuv asosida talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi, yo'nalishlari, vazifalari, usullari birma-bir sanab o'tilgan va har birining to'la izohlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: affiliatsiya, kooperatsiya, hamkorlik, rivojlantirish, motivatsiya, yondashuv, pedagogik tizim, muloqot, talaba, ta'lim, psixologik, faoliyat.

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND TASKS OF DEVELOPING AFFILIATIVE MOTIVATION ON THE BASIS OF A COOPERATIVE

APPROACH

Annotation: The article describes the important aspects and necessity of developing affiliative motivation in students. The reasons for the need to develop affiliative motivation in students based on the cooperative approach, the connection of affiliative motivation with the cooperative approach, and their pedagogical and psychological characteristics are mentioned. Based on the cooperative approach, the pedagogical system, directions, tasks, and methods of developing affiliative motivation in students are listed one by one, and full explanations of each are given.

Key words: affiliation, cooperation, cooperation, development, motivation, approach, pedagogical system, communication, student, education, psychological, activity.

ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ И ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АФФИЛИАТИВНОЙ МОТИВАЦИИ НА ОСНОВЕ КООПЕРАТИВНОГО

ПОДХОДА

Аннотация: В статье описаны важные аспекты и необходимость развития аффилиативной мотивации у студентов. Указаны причины необходимости развития аффилиативной мотивации у студентов на основе кооперативного подхода, связь аффилиативной мотивации с кооперативным подходом, их педагогические и психологические особенности. На основе кооперативного подхода поочередно перечислены педагогическая система, направления, задачи и методы развития аффилиативной мотивации у студентов и даны полные пояснения к каждому.

Ключевые слова: принадлежность, кооперация, кооперация, развитие, мотивация, подход, педагогическая система, общение, студент, образование, психологическая, деятельность.

Ta'lim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bo'lib, qo'shilishiga yordam beradi. Shunday ekan, har bir ilm dargohi rivojlanish imkoniyatini yanada oshirish, ta'lim oluvchilarining bilim olib, kasb egallashi uchun o'qib o'rganishga moyil yoshlarning bir-birlari bilan hamkorlikda erkin munosabat o'rnatishlari, doimiy ishonchli muloqot qilishlariga ko'maklashish zarur.

Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda talabalar o'rtasida amalga oshiriladigan hamkorlik doimiy ravishda ular faoliyatida ahamiyatlidir. Chunki talabalar dars jarayonida hamkor bo'lish orqali vazifalarni birgalikda bajaradilar bu esa, ularga kam vaqt ichida ko'proq vazifalarni bajarish imkonini beradi. Bunda talabalar orasida birgalikda olib boriluvchi faoliyat ularda munosabat o'rnatish, do'stlashish va ko'proq muloqot qilishga sharoit yaratadi.

Pedagog olim B.Xodjaev hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlashda zamonaviy ta'lim jarayonidan kelib chiqib o'quvchilarning faoliyati rollar orqali namoyon bo'lishini quyidagicha ko'rsatadi:

• o'quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;

• guruhli faoliyatning ishtirokchisi;

• namuna bo'yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so'ng faoliyat egasi;

• faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda fikr sohibi;

• o'z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o'z-o'zining faoliyati egasi1.[1]

A.Xoliqov talabalar o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida quyidagi xulosaga kelgan: talabalar faoliyatida hamkorlikning vujudga kelishi;

S muloqot madaniyatining yuqori darajada bo'lishi;

S tahsil olish jarayonida ularni to'g'ridan-to'g'ri majburlashdan voz kechish va aksincha, ijobiy rag'batlantirishning ustunligi tufayli ko'zlangan maqsadga erishish;

S talabalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklariga chidamli bo'lishi va ularni bartaraf etishning eng samarali yo'llarini qo'llashda namoyon bo'lishi2.[2]

Talabalar o'rtasidagi hamkorlikning to'g'ri tashkil etilishi orqali ularda birdamlik, iliq va ishonchli munosabat o'rnatiladi. Bu munosabat muloqotning ortishiga zamin bo'ladi. Talabalarning ko'proq muloqot qilishlari ularning doimiy vazifalarni birga bajarishi uchun zarurdir. Bu esa, belgilangan vazifalarni oson va tez bajarishga, bir-birlarini doimiy tushunishiga imkon yaratadi.

B.Xodjaevning fikriga ko'ra, o'z tashabbusini rivojlantirish, o'z-o'zini baholash, bo'lajak mutaxassislarning o'quv va kognitiv faoliyatidagi ijobiy siljishlar maydoni, ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi, shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradi, eng yuqori darajadagi o'zaro ta'sir bilan ta'minlanadi, sub'ekt-sub'ekt darajasi va kommunikativ kompetensiyaning ma'lum bir darajasini bevosita shakllantiradi3.

Hamkorlikning o'quv faoliyatda faol qo'llanishi talabalarda ko'plab samarali natijalar ko'rsatishi mumkin. Chunki bu ham psixologik ham, pedagogik jarayondir. Ya'ni birinchi, talabaning o'rganish jarayonini boyitadi. U doimiy ravishda o'qib o'rganishga tinimsiz izlanishga moyilligi ortadi.

Ikkinchi, talabalarga beriladigan o'quv vazifalari ular o'rtasida taqsim qilinib, o'zlashtirilgan kognitiv axborotlar to'plamini beradi. Bu esa, ularda tenglikni hamma baravar o'qishi, vazifalarni ham taqsimot bo'yicha bajarishiga zamindir.

1 Ходжаев. Б.Х Умумий Педагогика. - T.: «Сано-стандарт»2017. 76 bet

2 Xoliqov A. Pedagognk mahorat. O'quv qo'llanma. T.: «Iqtisodmoliya» nashriyoti, 2010,-312 bet

3 Ходжаев. Б.Х Умумий Педагогика. - T.: «Сано-стандарт»2017. 79 bet

Uchinchi, talabalarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg'otadi. Ularning birgalikda tashkil etilgan faoliyatida o'qishga qiziqishni oshirib ko'plab yangi materiallarni o'zlashtirish imkonini beradi.

To'rtinchi, talabalarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular o'zlari uchun zaruriy bilimlarni egallashga harakat qiladi. Olingan bilimlari asosida dunyoqarashini kengaytiradi.

Beshinchi, axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi. Talabalar o'zlashtirgan bilimlarini bir—birlari bilan muloqot qilish orqali axborat tarzida almashadilar.

Oltinchi, talabalarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;

Yettinchi, turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni oldinga suradi.

Ko'plab tadqiqotchilar aytib o'tishicha, insonning shaxsiy xususiyatlari asosini uning bolaligida unga qayg'uruvchi kattalar bilan o'zaro munosabati davridayoq boshlandi va affektiv munosabat asosiy o'rinni egallaydi. Hissiy aloqadorlik sevgiga ehtiyoj butun inson hayotini belgilab beruvchi asosiy ehtiyojlardir.

1.2.1-rasm. Kooperativ yondashuvning talabalardagi natijaviy ko'rinishi

turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni oldinga suradi

talabaning o'rganish jarayonini boyitadi

talabalarga beriladigan o'quv

vazifalari ular o'rtasida taqsim qilinib, o'zlashtirilgan kognitiv axborotlar to'plamini beradi

talabalarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari

uchun zarur bilimlarni beradi;

Kooperativ yondashuvning talabalardagi natijaviy ko'rinishi

talabalarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg' otadi

axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi

talabalarning o'z shaxsiy bilim

va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi

N.T.Norkulova4ning ta'kidlashicha, affiliatsiya o'zidan psixik hodisa, xohish, motiv, mayl, boshqa odamlarga intilish jarayonida o'zini namoyon etadi. Uning asosida muloqotni amalga

4 Norkulova N.T Affiliatsiya motivi-talabalar ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil: Dis. ... psix.fan.nomz., T.: 2017 yil. 175 bet

oshiruvchi shaxsning hissiy va ishonchli aloqalarga nisbatan ichki ehtiyoj yotadi. Har ikkala tomonda qoniqish olib kelish maqsadidagi yaqin munosabatlarni o'rnatishga intilish muloqot jarayoniga birgalikdagi harakatlari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ehtiyojdan kelib chiqqan maqsadlar turlicha bo'lishi mumkin, xattoki, bir—birini inkor etuvchi (yaqin munosabatlarni tashkil etish, suhbatdoshdan o'z shaxsiy maqsadini amalga oshirishda foydalanish) holatida ham kelishi mumkin.[3]

Affiliatsiyaga intiluvchi inson ko'p vazifalarni bajarishi kerak bo'ladi. Birinchi navbatda, munosabatga kirishish ishtiyoqining bo'lishi, buning uchun esa, unga jozibaliroq ko'rinishda bo'lishga intiladi. Bundan tashqari, o'ziga teng sherik sifatida ikkala tomon bilan kelishilganda, ya'ni u nafaqat "affiliatsiyaga intiluvchi", balki birgalikda munosabat o'rnatuvchi insonning ham ma'lum ehtiyojini bajaruvchi affiliativ hamkori, sherigi sifatida oldingi maydonga chiqadi.

Rollarni taqsimlashdagi nomuvofiqlik yoki o'z ehtiyojlarini (masalan, yordam berish va yordam olishdagi erkinlik yoki bog'liqlik ustun jihat, kuchlilik yoki kuchsizlik) bajarish vositasi tarzida hamkorlikdan foydalanish affiliativ jarayonga ziyon yetkazishi va umuman buzib yuborish darajasi yuqoridir. Affiliatsiyaga doimiy intiluvchi inson, o'zi va hamkorining emotsional holatlarini uyg'unligiga erishishi, bu har ikkalasi uchun yoqimli, ularni hamkorlikdagi harakatga doim undovchi va o'z qadrini bilish (o'zini-o'zi qadrlash, qadriga yetish) holatini sezdirishi zarur5. Ko'pchilik vaqtda talabalarda bu holatlar yaqqol namoyon bo'ladi.

Affiliativ motivatsiyaning darajasini aniqlashda shaxsiy tafavutlar va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni e'tiborga olish kerak. Yo'qsa, muvaffaqiyatsiz munosabat, ya'ni samara bermaydigan affiliatsiyani ko'rishimiz ehtimoli yuqoridir. Shuning uchun indivit affiliativ motivatsiyasining ijobiy yoki salbiy tomonlama o'zgarishi, affiliatsiyaga, ya'ni qabul qilishga intilish(QI) yoki rad etilishdan qo'rqish (RQ) holatlarida yuzaga keladi6.[5]

Insonlar boshqa inson bilan ijobiy hissiy aloqalar o'rnatish, uni qo'llab-quvvatlash yoki qayta tiklash bilan bog'liq obrazlar affiliativ siymolar deb qabul qilingan. Affiliatsiyaga ehtiyoj ko'rsatgichini neytral sharoitda kategoriyalarni aks etish miqdori belgilab beradi.

Dj. Atkinson va Ye.Uokerlarning tadqiqotlarida affiliativ harakat qilishga moyillik kuzatilgan insonlarda affilliativ ehtiyojning darajasi yuqori bo'lgan. Ilg'ab olish qiyin bo'lgan ob'ektlar ko'rsatilganda ularni asosan yuqori ko'rsatgichdagi affiliativ ehtiyojga ega innsonlar bu obektlarni aniqroq ilg'ay olishgan. Aynan shunday shaxslar affiliatsiya yoki inson yuzi stimul-elementlari bilan bog'liq ko'rish omili sezgirroqligi aniqlangan7.[4]

Affiliativ majmualar affiliatsiyaga nisbatan past ko'rsatgichda turuvchi shaxslarga qaraganda, uning yuqori ko'rsatgichida turuvchi sub'ektlarda tezroq shakllanadi. Ushbu motivatsiyaning pozitiv tomoni shundan iboratki, uning bajarilishiga dahldor man'bagina tushunishini ta'minlab, soddalashtirib beradi.

Affiliatsiyani amalga oshirishdan ko'zlagan maqsadini, affiliatsiyaga intiluvchining fikrlaridan kelib chiqib qaralganda, sevgi darajasida bo'lmasa-da, ijobiy munosabat, do'stlarda qo'llab-quvvatlash yoki hamkorni qabul qilish darajasida bo'lgan urinishlar, izlanishlar deb belgilashimiz mumkin. Ammo bu fikr affiliatsiyaga nisbatan bir tomonlama ko'zlangan yondashuvni anglatmaydi. Shuning uchun ham affiliativ motivatsiya har bir hamkor o'zaro bir-birini qabul qilishi, ijobiy munosabat va do'stlarcha aloqalarning qo'llab-quvvatlanishini ishonchli munosabat deb aytish mumkin.

5 Xoliqov A. Pedagognk mahorat. O'quv qo'llanma. T.: «Iqtisodmoliya» nashriyoti, 2010,-312 bet

6 Norkulova N.T. Yoshlar ma'naviyatida affiliatsiya motivatsiyasi psixologiyasi. - T.: «Fan va Texnologiya», 2015. 107-b.

7 Atkinson J. A theory of achievement motivation. - N. Y., \%§ Attribution: Perceiving the causes of behavior/Weiner B. et al. - N y 1971 137 p

Aslida affiliativ ta'sir doirasining ko'p qirraligini aslo zid qo'yish kerak emas, chunki ular xar xil vaqt va holatlarda faollashadi. Insonlar bolalikdan onasi bilan yaqin aloqda bo'lsa vaqt o'tishi bilan bu ehtiyojning namoyonlik doirasi ortib boraveradi, keyinchalik yaqin insonlar bilan o'rnatilgan emotsional munosabat o'rnatish, "biror bir narsaning asosiy elementi"ga (Bleyer)aylantirilishiga harakat qilina boshlaydi8.

Yuqoridagi mushohadalardan aniqlandiki, affiliativ motivatsiya hokimiyatga intilish ehtiyojining yuqori darajasi, muvaffaqiyatga erishishning yuqori koeffitsentlari tekshiriluvchilarni ijtimoiy munosabatlar borasidagi axborotni tezroq o'zlashtirish va xotirada saqlab qolish jarayoniga yordam bera olmaydi.

R.Gallimorning tahlillarida Gavaya orollaridan bo'lgan talabalarning muvaffaqiyatiga nisbatan individual yondashilgan qo'zg'atuvchilarga qaraganda guruhiy faoliyatdagi affiliativ qo'zg'atuvchilar muhimroq ahamiyat kasb etadi. Bu talabalarda affiliativ ehtiyoj aniqroq ko'rinishda bo'lib, o'qituvchilarga yo'nalganlik darajasi yuqoriroq, odamlar bilan qiyinchiliksiz aloqa o'rnata olganlar, berilgan ko'pchilik topshiriqlarning yechimini oson uddalay olganlar, shuningdek, ularning o'qish tezligi ham yuqori ko'rsatgichda bo'lib, o'rtacha murakkablikdagi masalalalarni afzal ko'rishgan. Talabalarni asosan topshiriqlarning qiyinini bajarishga undovchi, rag'batlantiruvchi muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi emas, balki, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash omili ekanligini aniqlangan9.[6]

N.T.Norkulovaning izohicha affiliatsiyaning quyi darajasida bo'lgan shaxslarga nisbatan affiliatsiyaga yuqori ehtiyoji mavjud bo'lgan shaxslar ko'proq xat yozadi va ko'proq do'stlarinikiga mehmonga borishadi, ko'proq telefon orqali gaplashishadi.

A.Maslou bolalikdagi birinchi darajali ehtiyoj sifatida affiliatsiyaga bo'lgan ehtiyoj kompensatsiyasini ilgari suradi. Maslouning fikricha, inson tug'ilganida faqatgina fiziologik ehtiyojlarga ega bo'ladi. Ma'lum muddatlardan keyin ijtimoiy bog'liqlikning birinchi belgilarini va atrofdagilarga nisbatan tanlovchan muhabbatini namoyon etadi. Yana ma'lum muddatdan so'ng, bola ota-ona muhabbati va g'amxo'rligini xis etgandan keyin va bu tuyg'ular qondirilganligi tufatli unda avtonomlikka, mustaqillikka, qandaydir, maqsad, maqtovga nisbatan muvaffaqiyatga erishishga intilish hissi paydo bo'ladi10.[7]

Insonlar uchun sherigi notanish bo'lgan taqdirda ham teskari aloqani aks etiradi, ya'ni muvaffaqiyatga erishishni kutish qanchalik yuqori bo'lsa, uning jozabadorligi, ijobiy ko'rinishi ham yuqori ko'rsatgichga ega. "... ushbu tendensiyaga dahldor ma'lumotlarga affiliativ motivatsiya yuqori bo'lgan insonlar boshqa insonlarni ham ijobiyroq va o'zlariga o'xshash holatda qabul qiladilar. Sub'ektlarga ularni atrofidagi insonlar yoqadi va atrofdagilarga ham ular pozitiv kayfiyat uyg'otadi, ya'ni ular orasida mashhur insonga aylanishga ham ulguradilar. Ular odatda ijobiy shaxslararo munosabat usullaridan foydalanadilar va bu begona odamlarni ular bilan yaxshi muloqotga kirishishga chaqiradi. Shu ohangda begona inson bilan o'zaro ta'sirda ishonch va komfort hissini paydo qiluvchi ijobiy muloqotlar turlari kelib chiqadi"11.

Ammo buning teskarisi, ya'ni muvaffaqiyatni kutish qanchalik kuchli bo'lsa "salbiy jozibadorlik" darajasi ham ortib borar ekan, kutishlar harakat yurishlariga, harakat yurishlari esa, so'ngi natijaga o'z ta'sirini o'tkazadi

8 Norkulova N.T Affiliatsiya motivi-talabalar ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil: Dis. ... psix.fan.nomz., T.: 2017 yil. 75 bet

9 Gallimore R. Modernity and self-identity. Stanford, 1991

10 Маслоу А. Мотивация и личность / Пер. англ. - СПб.: Питер, 2006. - 252 с.

11 Norkulova N.T Affiliatsiya motivi-talabalar ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil: Dis. ... psix.fan.nomz., T.: 2017 yil. 175 bet

G.Myurrey esa, odamlar orasidagi aloqadorlik ehtiyojini to'rtta turga ajratadi:

1.Affiliativ ehtiyoj (birlashish ehtiyoji).

2. Rad etish ehtiyoji (ob'ektlarni inkor etish, chetlashish)

3. Rahnamolik ehtiyoji (himoyalash)

4. Qo'llab-quvvatlash ehtiyoji (yordam, himoya qidirish)12[14]

Affiliativ motivatsiyani tarkibiy qismga ajratish tajribasi A.Mehrabian13 tomonidan ko'plab izlanishlarining natijalari asosida kiritilgan bo'lib, muallif ushbu motivatsiyani ikkita motivatorlarga bo'lgan:

affiliatsiyaga yo'nalganlik;

rad etilishdan qo'rqish. [9]

Bular asosida insonlararo ta'sirlarning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi mavjud.

Affiliativ ehtiyojni bajarilmasligi oqibatida yuzaga keluvchi holatlar bolaning chaqaloqlik davrida onasidan ajrashi tufayli psixik va rivojlanishidagi paydo bo'luvchi nuqsonlardir. Bu holatlar bolada jiddiy ruhiy xastaliklarga, surunkali infeksiyaga, xatto go'dak o'limi bilan ham tugashi mumkin. Rad etilishning oqibatlariga qarab olib borilgan eksprementlar bola bilan ota-ona orasidagi o'zaro emotsional muloqotning ahamiyatliligini isbotlaydi. Tadqiqot natijalari bolaga muhabbat bilan g'amxo'rlik, e'tibor qilinmasa uning nafaqat psixik va jismoniy sog'ligiga, qolaversa, uning kelajagiga ham, xavf keltirishi mumkinligini isbotladi.

A.Maslou muhabbatga ehtiyojning deprivatsiya (deprivatsiya-nimadandir ajralish yoki o'zi uchun muhim bo'lgan narsadan mahrum bo'lishdir) patagen tabiatli bo'lib, affiliatsiyaga ziddir, degan xulosaga keldi14.

N.T. Norkulova tadqiqotlarida inkor etilishdan qo'rqish holati affilatsiyani kelib chiqishi uchun sababligini isbotladi15. [12]

H. Творогова16 affiliativ motivatsiyani emotsional-ishonchli muloqotga bo'lgan ehtiyoj sifatida ko'radi. Ammo muloqotning mavjudligi munosabat o'rnatildi degani emas, sababi jarayon har ikki tomonga bog'liq sanaladi. Buning uchun ehtiyojning yuqoriligi bilan birgalikda ko'nikma, malaka, ma'lum bir shaxsiy xususiyatlar (beg'arazlik, e'tiborli bo'lish) zarur va natijada shunga yarasha javobni suhbatdoshi qaytaradi. [18]

Affiliativ motivatsiyaning vazifalari haqidagi izlanish olib borgan olimlar О.Гребенюк ва T. Гребенюкк^^ 17 [13]

Olimlar affiliativ motivatsiyani quyidagi 3 turga ajratgan:

> bilish funksiyasi (o'qitish jarayonida bilimlarga ega bo'lish);

> emotsional funksiya (odamlar bilan munosabatlarini kechirishi);

> integrativ funksiya (affiliatsiya motivi va o'qitish motivlarining o'zaro aloqasi asosida paydo bo'luvchi umumiy motivatsion doiraning o'zaro bir-birini to'ldirishi, uyg'unlashuvi).

12 Murrey H.A. Explorations in personality. New York: Oxfort University Press, 2001 135 p

13 Mehrabian A. Verbal and noverbal interaction of strangers in a waiting situation // Journal of Experim. Research in Personality. 1991. 51 p.

14 Маслоу А. Мотивация и личность / Пер. англ. - СПб.: Питер, 2006. - 352 с.

15 Xodjaev B.X., Kaldibekova A.S. Kooperativ ta'lim: imkoniyatlari va afzalliklari. Kooperativ ta'lim: imkoniyatlari va afzalliklari. Scientifi c Bulletin. Series: Pedagogical Research, 2020, № 2(46

16 Творогова Н.Д. Социопсихологические закономерности общения. Автореф. дис. доктор психо. наук: М. — 42 с

17 Бодалев А.А. Столин В.В. Аванесов В.С. Общая психодиагностика. СПб.: Изд-во «Речь», 2000. -440 стр

1.2 rasm. Affiliativ motivning funksiyalari

Emotsional \ / Integrativ funksiya \ / funksiya

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'qish jarayonida bu vazifalar muloqotda talabalarning o'zaro ta'sirini muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan. Affiliativ motivatsiyaning vazifalari bilishga, o'qishga, o'rganishga, kasb egallashga bo'lgan vazifasini yanada oshiradi va affiliativ motivatsiyani o'qish motivatsiyasining tarkibida bo'lishi talabalarda birgalikda hamfikr, hamkor bo'lishini rivojlantirish jarayoniga ta'siri muhim ahamiyatga egaligini isbotlaydi.

Affiliativ motivatsiya bilish, undovchi va integrativ vazifalari o'zaro bog'langan bo'lib, talaba shaxsini rivojlanishida va uning umumiy motivatsion doirasi shakllanishida, zarur natijalarga erishishda o'z ta'sirini o'tkazadi.

O'quv faoliyati jarayonida affiliativ motivatsiyani tadqiqot ishlarida o'rgangan o'quv-kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kamida ikkita motivatsiya guruhi bo'lishi zarur. Bular:

■ o'quv faoliyatning mazmunini o'zida mujassamlashtirgan (aqliy qiziqishlar, intelektual faollikka nisbatan ehtiyoj motivatsiyasi;

■ boshqa odamlar bilan muloqot qilish jarayonida shakllanuvchi affiliativ motivatsiyasi.

Aytishimiz mumkinki, o'quv faoliyatida sodir bo'luvchi affiliatsiya jarayonini ijodiy, shaxsiy

turlariga ajratishimizning sababi shundaki, o'quv jarayonidagi muloqot bu ijodiy, shaxsi va o'yin muloqotining birligi, uyg'unlashuvi natijasidir. Yana shu yo'nalishda tadqiqot ishlarini olib borgan И. А. Баева, В. Кан Калик, И.В. Кузнесова va А.К.Маркова, Т.А.Матис, А.Б. Орлов izlanishlarida o'quv faoliyatida affiliatsiyani asosiy motivatsiya sifatida quyidagilarga ajratgan:

Bilishga intilish motivatsiyasi, ya'ni bilimga bo'lgan ehtiyojining mavjudligini tushunish. Motivatsiya so'zining ma'nosi o'zga inson orqali (o'qituvchi, talaba) bilimni egallash zarurligini tushunish. Bilimga bo'lgan ehtiyojni bajarishida ba'zi talabalar muloqot kirishishga ba'zi talabalar muloqot qilishga, boshqalari esa, kirishmaslikni istashadi, ya'ni nimadandir qo'rqishadi.

O'zini o'zi ta'kidlash motivatsiyasi (o'quv jarayonida individuallikni bilish ehtiyoji). Ushbu motivatsiyaning mazmuni o'quv faoliyatida o'z aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligini tushunish ehtiyoji, bilimlari va ko'nikmalarini mustaqil, amalda sinab ko'rish, o'qish jarayonida o'zini ta'kidlashga erishish bilan bog'liq. O'zini o'zi ta'kidlash motivatsiyasi odatda, o'zining betakrorligi, noyobligi, antiqaligini tan oldirishga intilishga bog'liq. Talaba liderlikka intiladi, lekin ba'zida yaqin insonlari tomonidan ham rad etilishi mumkin. Shunda u o'ziga to'sqinlik qiluvchi yoki unga yordam beruvchi insonlarni ko'radi. Ular bilan ushbu ehtiyojni bajarish uchun muloqotga kirishishga, boshqalari bilan esa, ehtiyoj bajarilmaganligi sababli chetlab o'tishga harakat qiladi.

Hamkorlik motivatsiyasi (o'quv faoliyatida hamkorlik harakati foydaliligini tushunish). Hamkorlik motivatsiyasi guruh talabalarining hamkorlik faoliyatini rejalashtirishga intilishda, unda o'zaro yordam berish, xatolarni tahlil qilish, birgalikda xulosa chiqarish, yakun yasash, kelajak rejalar muhokamasidan iborat. Motivatsiya talabani umumiy o'quv jarayoniga kirishib ketishda "boshqa inson o'rniga o'zini qo'yib ko'rishida" namoyon bo'ladi.

Turli fikrlar bo'lishidan qat'iy nazar, o'zlashtirishning turli bosqichlarida tashkil etilgan hamkorlikning qanday amalga oshirilishi aniqmas. Shunday ekan, hamkorlik faoliyatini uyushtirish uchun zaruriy ko'nikmalarning mavjudmasligi turli muammolarga sabab bo'ladi. Bu muammoni foydali hal qilish o'qituvchilarning o'zlarida affiliativ motivatsiyani rivojlantirish shartligini ko'rsatadi.

O'qituvchi va talabaning birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimi hamkorlikdagi faoliyatdir. Bu haddi-harakatlar o'qituvchining talabaga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi. Talabalarning faolligi rivojlanib, ularning amaliy va aqliy harkatlari o'zgaradi, hamkorlikdagi munosabat sheriklikka aylanadi.

Hamkorlikdagi faoliyat birgalikdagi hatti-harakatlar shaklida bo'ladi, uni muloqot davrlari kabi faoliyatning oddiy birliklari sifatida ko'rish mumkin. Birgalikdagi harakat jarayonida almashinuvlar kuzatiladi ya'ni o'qituvchi harakat boshlaydi, talaba bu harakatni davom ettiradi yoki tugallaydi18. [10]

Hamkorlik munosabatlari asosida talabalar o'rtasida affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi quyidagi elementlarni o'z ichiga olishi mumkin:

1. Guruh ishini tashkil etish: o'quvchilar turli ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan guruhlarni tuzadilar, bunda guruhning har bir a'zosi umumiy muvaffaqiyatga hissa qo'shadiO'qituvchi guruh vazifalari va maqsadlari talabalarni birgalikda ishlashga va bir-birini qo'llab-quvvatlashga undaydigan vaziyatlarni yaratadi.

2. Muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish: o'quvchilarga guruh vazifalari doirasida fikr, fikr almashish va bir-birini qo'llab-quvvatlash imkoniyati beriladi. O'qituvchi muhokamalar, juftlashtirilgan vazifalar va loyihalarni tashkil qiladi, bu erda talabalar faol muloqot qilishadi va boshqalarning nuqtai nazarini tinglashni va hurmat qilishni o'rganadilar.

3. Hamkorlik va o'zaro yordamni rag'batlantirish: o'qituvchi o'quvchilar bir-biriga yordam berish, bilim va ko'nikmalarni almashish imkoniyatiga ega bo'lgan vaziyatlarni yaratadi. Raqobat o'rniga butun guruhning birgalikdagi muvaffaqiyati rag'batlantiriladi. Pedagog bunday o'zaro munosabatlarni faol qo'llab-quvvatlaydi va rag'batlantiradi.

4. Qo'llab-quvvatlash va ishonch muhitini o'rnating: o'qituvchi o'quvchilar o'z fikr va g'oyalarini ifoda etish uchun xavfsiz his qiladigan muhitni yaratadi. Xatolar muvaffaqiyatsizlik sifatida emas, balki o'rganish uchun imkoniyat sifatida ko'riladi. O'qituvchi ijobiy fikr bildirishga, o'quvchilarning harakatlarini rag'batlantirishga e'tibor beradi.

5. Xulosa va fikr-mulohazalar: o'qituvchi guruh ishining natijalarini tizimli ravishda umumlashtiradi va guruh ishini yaxshilash uchun fikr-mulohaza yuritadi. Talabalar o'z hissasi va boshqa guruh a'zolarining hissasi haqida ma'lumot oladi, bu esa o'z-o'zini hurmat qilish va motivatsiyani rivojlantirishga yordam beradi.

Ushbu elementlardan foydalangan holda hamkorlik munosabatlariga asoslangan affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi o'quvchilarga qo'llab-quvvatlash, o'zaro mas'uliyat

18 "Ta'limda kooperativ yondashuvni rivojlantirishning o'rni va ahamiyati" mavzusida "Xalq ta'limi" jurnali 2023-y 2-son. 26-30-betlar

va guruhdagi o'zaro ta'sirdan qoniqish his qilishlariga yordam beradi, bu ularning shaxsiy o'sishi va o'quv jarayonida faol ishtirokini rag'batlantiradi.

Fikrimizcha, talabalarda kooperativ yondashuv asosida affiliativ motivatsiyani rivojlantirish uchun professor-o'qituvchi ta'lim jarayonida talabalarning individual xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari, aqliy o'sish ko'rsatgichlari, tashabbuskorligi, talabaning o'quv fanlariga qiziqishi, nutq madaniyati va so'z boyligi, dunyoqarashini inobatga olishi lozim.

Talabalarda kooperativ yondashuv asosida affiliativ motivatsiyani taqdim etishda professor-o'qituvchi dars jarayonida quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi hamda ularni ushbu yo'nalishlarga yo'naltiradi:

■ guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlashlari;

■ tengdoshlari orasida o'z g'oyalarini erkin bayon qilishlari, bilimlarini hech qanday ruhiy to'siqlarsiz namoyish etishlari;

■ o'zlarini erkin tutishlari;

■ o'quvchilarning muammoni hal qilishga ijodiy yondoshuvlari;

■ guruh yoki jamoadoshlari bilan do'stona munosabatda bo'lishlari hamda ruhiy yaqinlikka erishishlari;

■ o'z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to'liq namoyon qila olishlari;

■ fikrlash, fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralab olishlari;

■ o'z faoliyatini nazorat qilishlari va mustaqil baholashlari;

■ o'z imkoniyatlari va o'zlariga bo'lgan kuchga ishonch hosil qilishlari;

■ turli xil vaziyatlarda harakatlanishlari va murakkab vaziyatlardan mustaqil chiqa olish ko'nikmalarini o'zlashtirishlari19. [11]

Hamkorlik munosabatlari asosida talabalar o'rtasida affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi quyidagi usullarga asoslanishi mumkin:

1. Ijobiy guruh muhitini yaratish: O'qituvchi o'quvchilar o'zlarini qulay va ishonchli his qiladigan do'stona va bir-birini to'ldiradigan guruh muhitini yaratishi kerak. Bunga jamoaviy o'yinlar, o'quvchilarning bir-birini bilishiga va bir-biri bilan aloqa o'rnatishiga yordam beradigan progressiv tanishuvlar orqali erishish mumkin.

2. Juftlik yoki guruhli ish: Talabalarga topshiriqlar yoki loyihalarni bajarish uchun juftlik yoki guruhlarda ishlash imkoniyati berilishi kerak. Bunday muhitda ular hamkorlik qilishga, muloqot qilishga va bir-birlariga yordam berishga majbur bo'lishadi, bu esa affiliativ motivatsiyaning rivojlanishiga yordam beradi.

3. Teskari aloqani tashkil etish: o'qituvchi tizimli ravishda o'quvchilarga ularning yutuqlari va taraqqiyoti haqida fikr bildirishi kerak. Ijobiy fikr-mulohazalar tegishlilik tuyg'usini kuchaytiradi va o'quvchilarni hamkorlik va birgalikda ishlashga undaydi.

4. Faoliyat va topshiriqlarning xilma-xilligi: O'qituvchi o'quvchilarning hamkorligi va o'zaro ta'sirini talab qiladigan turli tadbirlarni taklif qilishi kerak, masalan, guruh loyihalari, bahs-munozaralar, rolli o'yinlar va h.k. affiliativ motivatsiyani rivojlantirish uchun.

5. Muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish: o'qituvchi o'quvchilarni faol muloqotga, o'z fikrlarini ifoda etishga undashi kerak. Tengdoshlar bilan suhbatlar, video taqdimotlar, video almashish kabi turli xil muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish mashqlari o'quvchilarning muloqotda qulayroq bo'lishiga va affiliativ motivatsiyani rivojlantirishga yordam beradi.

19 "Muloqot motivatsiyasini rivojlantirishda talabalar hamkorligining roli" mavzusida "Tafakkur ziyosi" jurnali 2023 -y 1-son. 247-252-betlar

6. Jamoaviy ish va hamkorlikni qo'llab-quvvatlash: O'qituvchi guruhdagi hamkorlik va umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan o'zaro ta'sirni yaratish muhimligini ta'kidlashi kerak. Talabalarga birgalikda ishlash yolg'iz ishlashdan ko'ra yaxshiroq natijalarga olib kelishi mumkinligini ko'rsatish kerak.

Berilgan pedagogik tizim, yo'nalish va usullar o'quvchilar o'zlarini jamoa a'zosi sifatida his qiladigan, birgalikda ishlash va bir-birini qo'llab-quvvatlashga undaydigan muhitni yaratadi. Bunday pedagogik tizim affiliativ motivatsiyani rivojlantirishga yordam beradi, munosabatlarni mustahkamlaydi va o'quvchilarning shaxsiy o'sishini oshiradi.

Talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirish bugungi kun yoshlari uchun tez va aniq ma'lumotlarni olish, guruh va jamoalarda hamfikrlikda ishlash imkonini beradi. Qolaversa, muomalaga kirishish uchun ishonchli munosabat o'rnatish usullarini o'zlashtirishga ko'maklashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ходжаев. Б.Х Умумий Педагогика. - T.: «Сано-стандарт»2017. 76 bet.

2. Xoliqov A. Pedagognk mahorat. O'quv qo'llanma. T.: «Iqtisodmoliya» nashriyoti, 2010,-312 bet.

3. Norkulova N.T Affiliatsiya motivi-talabalar ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil: Dis. ... psix.fan.nomz., T.: 2017 yil. 175 bet.

4. Atkinson J. A theory of achievement motivation. - N. Y., Attribution: Perceiving the causes of behavior/Weiner B. et al. - N у 1971 137 p.

5. Norkulova N.T. Yoshlar ma'naviyatida affiliatsiya motivatsiyasi psixologiyasi. - T.: «Fan va Texnologiya», 2015. 107-b.

6. Gallimore R. Modernity and self-identity. Stanford, 1991

7. Маслоу А. Мотивация и личность / Пер. англ. - СПб.: Питер, 2006. - 252 с.

8. Творогова Н.Д. Социопсихологические закономерности общения. Автореф. дис. доктор психо. наук: М. — 42 с

9. Mehrabian A. Verbal and noverbal interaction of strangers in a waiting situation // Journal of Experim. Research in Personality. 1991. 51 p.

10. "Ta'limda kooperativ yondashuvni rivojlantirishning o'rni va ahamiyati" mavzusida "Xalq ta'limi" jurnali 2023-y 2-son. 26-30-betlar

11. "Muloqot motivatsiyasini rivojlantirishda talabalar hamkorligining roli" mavzusida "Tafakkur ziyosi" jurnali 2023-y 1-son. 247-252-betlar

12. Xodjaev B.X., Kaldibekova A.S. Kooperativ ta'lim: imkoniyatlari va afzalliklari. Kooperativ ta'lim: imkoniyatlari va afzalliklari. Scientifi c Bulletin. Series: Pedagogical Research, 2020, № 2(46)

13. Бодалев А.А. Столин В.В. Аванесов В.С. Общая психодиагностика. СПб.: Изд-во «Речь», 2000. -440 стр

14. Murrey H.A. Explorations in personality. New York: Oxfort University Press, 2001

135 p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.