Научная статья на тему 'TALABALARNING O‘QUV FAOLIYATIDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO‘LISHINING PREDMETI, MUAMMOLARI'

TALABALARNING O‘QUV FAOLIYATIDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO‘LISHINING PREDMETI, MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faoliyat / xavotirlanish / kognitiv jarayonlar / idrok / qo’rquv / xavf-xatar / predmet / talaba / fizologik jarayonlar / aqliy jarayonlar / ruhiyat / ichki va tashqi belgi / xavotir turlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboxolova Shahnoza, S B. ‎tursunov

Ushbu maqolada talabalarning o’quv faoliyatida xavotirlanishning namoyon bo’lishi, uning predmetlari va muammolari ko’rib chiqilgan va olimlarning tadqiqotlari hamda ilmiy asarlarga tayangan holda muhokama qilingan. Maqolada bugungi kunda talaba yoshlarda uchrashi mumkin bo’lgan hamda uchrayotgan xavotirlanish turlari o’rganilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING O‘QUV FAOLIYATIDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO‘LISHINING PREDMETI, MUAMMOLARI»

TALABALARNING O'QUV FAOLIYATIDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO'LISHINING PREDMETI, MUAMMOLARI

Boboxolova Shahnoza Akrom qizi

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti Ilmiy rahbar: S.B. Tursunov

Jamoat xavfsizligi universiteti o'qituvchisi, podpolkovnik, p.f.b.f.d (PhD)

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarning o'quv faoliyatida xavotirlanishning namoyon bo'lishi, uning predmetlari va muammolari ko'rib chiqilgan va olimlarning tadqiqotlari hamda ilmiy asarlarga tayangan holda muhokama qilingan. Maqolada bugungi kunda talaba yoshlarda uchrashi mumkin bo'lgan hamda uchrayotgan xavotirlanish turlari o'rganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: faoliyat, xavotirlanish, kognitiv jarayonlar, idrok, qo'rquv, xavf-xatar, predmet, talaba, fizologik jarayonlar, aqliy jarayonlar, ruhiyat, ichki va tashqi belgi, xavotir turlari.

Annotation: This article examines the manifestation of anxiety in the educational activities of students, its subjects and problems, and discusses the research of scientists and with reference to scientific aces. The article explores and analyzes the types of anxiety that a student may encounter in young people today as well as those that occur.

Keywords: activity, anxiety, cognitive processes, perception, fear, danger, subject, student, physiological processes, mental processes, psyche, internal and external sign, types of anxiety.

Аннотация: В данной статье рассматриваются проявления тревожности в учебной деятельности учащихся, ее предметы и проблемы и обсуждаются с опорой на исследования ученых, а также научных пчеловодов. В статье изучаются и анализируются типы тревожности, которые могут возникать и возникают сегодня у студенческой молодежи.

Ключевые слова: активность, тревога, познавательные процессы, восприятие, страх, опасность, субъект, ученик, физиологические процессы, психические процессы, психика, внутренний и внешний признак, виды тревоги.

Kirish: Barchamizga yaxshi ma'lumki har qanday sohaning o'z mutaxassisi, o'z jonkuyari bo'ladi. Bugungi kunda butun dunyoda ana shunday jonkuyar mutaxassisni ya'ni sifatli kadrni yaratish uchun ,avvalo, sifatli ta'limni joriy etish masalasi dolzarb masala sifatida ko'rilmoqda. Xuddi shu kabi bizning yurtimiz O'zbekistonda ham sifatli ta'limni berishda talabalarning o'quv faoliyati davomida ularga noqulayliklar keltirib chiqayotgan sabablarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalari faoliyatini hamda qabul kvotalarini belgilashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to'g'risidagi ma'lumotni Oliy ta'lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo'yicha chuqur o'ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormoqda".27 Keltirib o'tilganlarga asoslanadigan bo'lsak talaba hali oliy ta'lim binosiga qadam bosmasdanoq unda dastlab kvotalar bilan bog'liq qo'rquv hamda xavotirlar boshlansa vaqt o'tishi bilan ushbu xavotir ishga joylashish masalalariga bog'lanib ketmoqda.

Adabiyotlar tahlili: Respublikamizda o'ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida ,albatta, yoshlar va ularning ijtimoiy-ilmiy taraqqiyotiga qaratilgan chora-tadbirlar va psixologik yondashuvlar yotadi. "Zero, har bir shaxs va uning ijtimoiy muhit bilan bog'liq o'ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos tarbiyaviy ta'sir etish juda mushkuldir. Ta'lim-tarbiya jarayonining ta'lim oluvchi yoshlarida bugungi kunga kelib, ijtimoiy faollikni oshirishda ta'lim

27 O'zbekistonda oliy ta'lim tizimi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uni moliyalashtirishning dolzarb masalalari-Urganch davlat universiteti dot.i.f.f.d (PHD) Bekberganov Alisher Sherov ilmiy maqolasining kirish qismidan olindi.

104

beruvchi o'qituvchi va qabul qiladigan ta'lim oluvchilar munosabatlarini to'laligicha demokratlashtirish, erkinlashtirish o'qituvchining o'zidagi mavqeiga qarashni, ta'limning ichki shakli uning mazmuni hamda texnologiyalariga yangicha, innovatsion yondashuvlarning ketma-ketligini joriy qilishni, umuman olganda, ta'lim tizimi va davlat organlari hamkorligi asosida institutsional tizimni yaratishni taqozo etadi. Bunday belgilangan yangicha yondashuv, bugungi kun o'qituvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi izchil munosabatni tubdan o'zgartirishni to'laqonli talab etadi. Oliy o'quv yurti va ijtimoiy-madaniy muhitning ta'lim resurslarini integratsiyalash hamrohlik qiluvchi faoliyatining bosh yo'nalishi hisoblanadi va u keng ko'lamli ijtimoiy-psixologik-pedagogik ish usullari va shakllaridan kompleks ravishda foydalanishga imkon beradi".28 Talabaning o'quv faoliyatidagi pedagogik, psixologik bir qancha xavotirlari mavjud ekanligini guvohi bo'ldik va yuqorida ilmiy ma'lumotlarga tayangan holda ularning qisqacha mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qildik.

Natija: Talabaning o'quv faoliyatida xavotirlanish va qo'rquvlari dastlab psixologik, so'ngra esa pedogogik holatlar bilan kechadi. Psixologik xavotirlanishning ilk namunasi bu uning o'quv faoliyatidagi moshlashuvi bilan bog'liq. Talaba asosan u yoki bu pedagogik ta'sirlarning muvaffaqiyatliligi yoki aksincha muvaffaqiyatsizligidan darak beradigan teskari aloqaga tezda ega bo'lishdan xavotirlanadi. Aynan shuning uchun ham u guruh yoki auditoriyada o'ziga hamroh topish bilan o'z psixologik holatini yengillashtirishga, tezroq adaptatsiya qilishga-moslashishga harakat qiladi. "Talabalarning o'quv guruhida moslashuviga hamrohlik qilish samaradorligi bir qancha qoidalari belgilangan:

- talabalarning ta'lim jarayoni hamda auditoriyadan tashqari faoliyatdagi o'quv va shaxsiy yutuqlari;

- tanlangan kasb bo'yicha oliy o'quv yurtidagi ta'lim jarayonidan qoniqish; guruhning shaxsiy idrokidagi "biz" ta'rifida ifodalangan, o'z o'quv guruhiga nisbatan ijobiy munosabat;

28 "Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies" konfrensiyasi "Talabalarning o'quv jarayoniga moslashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari" nomli maqola. Muallif: Raximov Osiyo xalqaro universiteti magistranti Zoyir Jumayevich.

105

- hamrohlik jarayoniga uslubiy ta'minlash; - talabalar tomonidan hamrohlikka bo'lgan talab".29 Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak talabaning o'quv muhitiga, guruhiga moshlashishida bir qancha yozilgan va yozilnagan qonuniyatlarga bo'ysunadigan o'z "qoidalari" mavjud. Bularni qisqa qilib aytadigan bo'lsak, ijtimoiy holati, jinsi, yoshi, yashash hududi yoki boshqa shunga o'xshash sabablar kabilardir.

Muhokama: Deylik, talaba yuqorida keltirib o'tilgan bosqichlardan o'ta oldi ya'ni u o'z qarshisidan chiqqan ilk psixologik xavotiri moshlashuvni yenga oldi. Xo'sh, endi uning psixikasi va ruhiyati, xarakter xususiyatlarida nimalar kuzatiladi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

- talaba yangi muhitda o'zini tutish talablari, me'yorlari va qoidalarini o'zlashtiradi; - yangi ijtimoiy qurshov bilan muloqot qilishda psixologik qoniqishni boshdan kechiradi;

- talabalarning boshqa talabalar va o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlari yo'lga qo'yiladi;

- shaxs oliy o'quv yurtidagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga yo'naltiriladi.

Shu tariqa talaba o'quv faoliyatiga moslashib boradi, ta'lim dargohi qonuniyatlariga bo'ysunadi va yuzaga kelayotgan jarayonni yanada to'liqroq, batafsilroq anglab boradi.

Xulosa: Dunyoning aksariyat sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida yoshlar ruhiy holati va ularning moslashuvchanlik nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning yetakchi tendentsiyalari psixologiya rolining jadal o'sishini, talaba yoshlarning ijtimoiy ta'lim tizimini yangilash yo'llarini izlashni aks ettiradi. Hozirgi kunda vatanimiz O'zbekistonda ham aynan ta'limga ,ayniqsa, yoshlar-talabalar ta'limiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda va bu bo'yicha kerakli barcha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Avvalgi ta'lim timimizda pedagoglar talabalar bilan hamkorlikni amalga oshirishgan bo'lishsa, bugun psixologlar, tyutorlar, mentor o'qituvchilar kabi bir qancha soha vakillari aynan talabaning o'quv faoliyatida har qanday to'siqlarni

29 "Talabalarning o'quv jarayoniga moslashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari" nomli maqola. Muallif: Raximov Osiyo xalqaro universiteti magistranti Zoyir Jumayevich.

~ 106 ~

yengishda va ularning ta'limida qo'rquv, xavotirlanish kabi salbiy omillarning ta'sirlarini kamaytirish bo'yicha kun-u tun izlanish olib bormoqdalar va bu bo'yicha sezilarli darajada yutuqlarga erishmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekistonda oliy ta'lim tizimi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uni moliyalashtirishning dolzarb masalalari-Urganch davlat universiteti dot.i.f.f.d (PHD) Bekberganov Alisher Sherov ilmiy maqolasining kirish qismidan olindi.

2. "Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies" konfrensiyasi "Talabalarning o'quv jarayoniga moslashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari" nomli maqola. Muallif: Raximov Osiyo xalqaro universiteti magistranti Zoyir Jumayevich.

3. MudrikA. V. Vospitanie starsheklassnikov. M.: Prosveщenie, 1976.

4. Semenova V. V. Sotsiologiya molodeji // Sotsiologiya v Rossii / pod red. V. A. YAdova. M., 1998. S. 140-141.

5. https://phsreda.com/e-articles/208/Action208-96413.pdf.

6. http s : //cyberleninka.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.