INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM OLISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISHNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI Abdumannopov Muhammadsohib Muhammadyusuf o'g'li
Farg'ona davlat universiteti matematika kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059836
Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta'lim olish kompetensiyasini rivojlantirishda ta'limni raqamlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan bo'lib, unda mustaqil ta 'lim va uni tashkillash usullari haqida so 'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Raqamli texnologiya, ta'limni raqamlashtirish, mustaqil ta'lim, mustaqil ta'lim olish kompetensiyasi.
Ijtimoiy munosabatlarning raqamli texnologiyalar yordamida tartibga solinishi axborotlashgan jamiyatning muhim belgi sanaladi. Raqamlashtirish jarayoni zamonaviy geomakon uchun innovatsion hodisa, madaniy qadriyat, o'ziga xos yangilik. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni samarali raqamlashtirish mazkur jarayonning mazmunidan xabardor bo'lishni taqozo qiladi. Ta'limning raqamli tizimini shakllantirish va rivojlantirish murakkab, ayni vaqtda o'ta dolzarb masaladir.
Taraqqiyot kishilik jamiyatiga xos xususiyat. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlari muayyan davrlarda ro'y bergan muhim ijtimoiy hodisalari negizida rivojlangan. Yozuvning paydo bo'lishi, kitob bosishning joriy qilinishi, o'qitishda texnik vositalari hamda innovatsion xarakterdagi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish jahon ta'limida muayyan davrlarda yangi tarixiy jarayonlar sodir bo'lganidan dalolat beradi. Mazkur jarayonlarning har biri ta'lim tizimida o'ziga xos "inqilob hodisa" bo'lgani shabhasiz. Biroq, XX asrda global axborotlashuv ta'sirida yuzaga kelgan raqamlashtirish, aytish mumkinki, barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim amaliyotida ham tub burilishni sodir etmoqda. Buning boisi ta'lim tizimida asrlar davomida ustuvor bo'lib kelgan an'anaviy (pedagog va talabalarning jonli muloqotiga asoslangan) o'qitish tizimi o'rnini raqamli texnologiyalar vositasida tashkil qilinadigan didaktik jarayon egallamoqda.
Har qanday muhit (faoliyat, jarayon)da muayyan xususiyatlar ko'zga tashlanadi. Ushbu xususiyatlarga tayangan holda tegishli muhit (faoliyat, jarayon)ning umumiy mohiyatidan xabardor bo'lish mumkin. Boshqacha aytganda, xususiyatlar muayyan muhit (faoliyat, jarayon) o'ziga xosligi, takrorlanmasligini anglatadi. SHu bilan birga muhit (faoliyat, jarayon) ma'lum elementlar va ularning turkumidan tarkib topadi. OTMda yaratiladigan raqamli ta'lim muhitida ham o'ziga xos xususiyatlar bilan birga tarkibiy elementlar ham namoyon bo'ladi.
Mavjud sharoitda zamonaviy jamiyat katta o'zgarishlar hamda o'ziga xos globallashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ro'y berayotgan olamshumul o'zgarishlar orasida raqamlashtirish hodisasi muhim o'rin tutadi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojining yuqori cho'qqisi sifatida e'tirof qilinayotgan global hodisasining mohiyatini yorituvchi "raqamlashtirish" tushunchasi dastlab 1995 yilda kelib chiqishi yunon bo'lgan amerikalik axborot texnologiyalari mutaxassisi Nikolas Negroponte (Nicholas Negroponte) tomonidan til iste'molida qo'llanilgan. Muallif o'sha davrdayoq raqamli texnologiyalarga asoslanadigan "raqamli dunyo o'z mohiyatiga ko'ra keng mashtablarni qamrab oladi. U avvalgi, o'ziga o'xshash tizimlarga qaraganda ortiq darajada uzluksiz va uzviy ravishda o'sib hamda o'zgarib borishi mumkin".
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
Nikolas Negroponte (Nicholas Negroponte) "raqamlashtirish" tushunchasi informatika hamda "raqamli iqtisodiyot" bilan bog'liq hodisaligini ta'kidlabgina qolmay, balki to'g'ridan to'g'ri "korxona yoki yaxlit iqtisodiy tarmoqning axborot texnologiyalariga asoslangan biznes jarayonlar, menajment va ishlab chiqarish usullarining yangi modellariga o'tish jarayoni" ekanini ko'rsatib o'tadi.
Real hayotga nazar tashlansa, Nikolas Negroponte (Nicholas Negroponte)ning raqamlashtirish bo'yicha ilgari surgan ilmiy farazi o'z isbotini topdi. Ya'ni, raqamlashtirish jamiyat hayotining barcha sohalarida etakchi o'ringa chiqib oldi hamda ijtimoiy qadriyat sifatida insoniyat tarixiy taraqqiyotining ajralmas unsuriga aylandi.
Nikolas Negroponte (Nicholas Negroponte)ning fikrini tasdiqlagan holda O.I.Voinova va V.A.Pleshakov insoniyatning bugungi avlodi "uning hayotiy faoliyatni tashkil etish layoqatini ta'minlovchi sifatlarni o'zida jamlagan holda mustaqil shaxs rolida emas, balki kiber makonda turli ijtimoiy funksiyalarni bajarish fonida tarmoq hamkorligining sub'ekti sifatida" namoyon bo'lmoqda.
Raqamli ta'lim muhiti ko'p bosqichli, uzluksiz, tizimli jarayon bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o'rinda A.Kondakov raqamli ta'lim muhitining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat ekaniga e'tiborni qaratadi:
1. Uzluksiz ta'lim tizimi raqamli iqtisodiyot davrining muhim sohasi, istalgan davlatning yirik nomoddiy aktivi sifatida e'tirof qilinadi.
2. Raqamli va aloqa texnologiyalarining tobora keng qo'llanilishi asosida bilimlarni yaratish, uzatish va qayd etish, ijtimoiy sub'ektning shaxsiy rivojlanish jarayoni, mustaqil ravishda o'z-o'zini identifikatsiyalashi (e'tirof etishi)ni ta'minlovchi usullarning tubdan o'zgarishi.
3. Mavjud sharoitda raqamli texnologiyalarni transmilliylashtirish hamda transmadaniylashtirish hisobiga bilimlarni o'zlashtirishning yanada qulay va nisbatan arzon bo'lishi.
4. Qisqa muddatlarda an'anaviy ta'lim tizimlarini qo'llash doirasida innovatsion ta'limning muhim qismining ta'limiy-texnologik startaplar orqali amalga oshirilishi hisobiga rasmiy ta'lim tizimlaridan tashqarida tez o'sib boruvchi ta'lim xizmatlari bozorining kengayishi.
5. Quyidagilar hisobiga texnologiyalar tezkor almashinayotgan noaniq muddatlarda iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasidagi keskinliklar natijasida yangi kompetensiya va kadrlarni tayyorlash shakllarini o'zlashtirishga nisbatan talabning oshishi: kundalik masalalarni hal qilishga yordam beradigan tayanch bilim va malakalar: anglangan holda o'qish va yozish, matematik savodxonlik, moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligi, tabiiy bilimlar, raqamli savodxonlik, madaniy hamda fuqarolik savodxonligi va boshqa malakalar); noaniqlik va xilma-xillik ortib borayotgan vaziyatlarda, yanada murakkab vazifalarni hal qilishga yordam beradigan kompetensiyalar; atrof-muhitning o'zgarishiga tezkor moslashishga yordam beradigan shaxsiy sifatlar, xarakter xususiyatlari (ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, natijaga erishish uchun ishlash malakasi, etakchilik sifatlari, jamiyat hayotiga ijtimoiy va madaniy jihatdan bog'langanlik, hissiy intellekt va boshqalar).
6. Barcha bosqichlarda ta'limning qayta tashkil etilishi (buning natijasida zamonaviy ta'lim hamda aloqa texnologiyalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar negizida o'qitishning yangi "arxitektura"si yaratiladi).
7. Hamma joyda aloqa texnologiyalari keng yoyilayottgan sharoitda qayd etish (identifikatsiya)ning shakllanishi asosida boshqaruv jarayonini rivojlantirishning muhim vazifaga aylanishi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
8. Ta'lim traektoriyasi (yo'nalishi)ni mustaqil shakllantirgan hamda o'qish, ishlash va shaxsiy rivojlanishni o'zaro muvofiqlashtirgani holda mustaqil ta'lim oladigan, o'z-o'zini faollashtiradigan, o'zini mustaqil rivojlantiradigan yangi toifadagi ta'lim oluvchilarning paydo bo'lishi.
9. Ta'limning ko'p variantli va xilma-xil bo'lishi (ular shaxsning o'ziga xos "imkoniyatlar matritsasi" bo'lib, ta'lim oluvchilarda nafaqat dunyoning ilmiy "kartinasi", obrazini shakllantiradi, balki aloqa ustuvor bo'lgan jamiyat hamda raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli, samarali va xavfsiz hayotiy faoliyat kompetensiyalarini rivojlantiradi, shu bilan birga har qanday o'zgaruvchan ta'limiy ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat yaratadi).
REFERENCES
1. Талабалар мустакил таълимини ташкил этиш : методик кулланма / Л. Зарипов, Н. Хайитов, З. Тох,иров. - Тошкент: "Sano-Standart", 2023. - Б. 7.
2. УХ Хонкулов, ММ Абдуманнопов. Эхтимолий статистик тушунчаларни укитишнинг методик имкониятларини такомиллаштириш масалалари Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. - Namangan, 2020.
3. UX Xonqulov, MM Abdumannopov Ehtimoliy-statistik tushunchalarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib o'rganish imkoniyatlari, Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 859-865, 2022.
4. UX Xonqulov, MM Abdumannopov Ehtimoliy-Statistik Tushunchalarni Axborot Komunikatsion Texnologiyalaridan Foydalanishni Takomillashtirish, International Conferences, 20-24, 2022.
5. Khankulov U.Kh. About the principles of selection of teaching content of stochastic elements of mathematics. Science and world. -Volgograd, Russia, 2018. №2 4. -P. 56-57. (Impact Factor 0,325).
6. Alijon Asimov, Muhabbat Abdusalom qizi Mamasaidova Application of much mutual instructions for preparing teachers to test disciplines. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 255-258, 2019
7. Mamasaidova Muhabbat Abdusalom Qizi A way to work creatively on multiple solutions using information technologies, 2021.
8. A Alijon, SZ Xoldorovich, GM Abbosovna, MM Abdusalom qizi Technology of Individualization of Learning, Spanish Journal of Innovation and Integrity 2022