Научная статья на тему 'TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH'

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / Google Classroom / Filliped Classroom / kurs / platforma / teskari sinf / virtual sinf / oʻquv jarayoni / integratsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rustamova Shohista

Ushbu maqolada Google Classroom platformasini ta’lim jarayonida qoʻllash, mazkur platforma orqali mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish, “filliped classroom” texnologiyasini Google Classrom imkoniyatlaridan foydalangan holda kundalik oʻquv amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH»

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDAN

FOYDALANISH

Rustamova Shohista

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13898130

Annotatsiya. Ushbu maqolada Google Classroom platformasini ta'lim jarayonida qo'llash, mazkur platforma orqali mustaqil ta'lim jarayonini tashkil etish, "filliped classroom" texnologiyasini Google Classrom imkoniyatlaridan foydalangan holda kundalik o'quv amaliyotiga joriy etish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, Google Classroom, Filliped Classroom, kurs, platforma, teskari sinf, virtualsinf, o'quvjarayoni, integratsiya.

Abstract. This article discusses the possibilities of using the Google Clasroom platform in the educational process, organizing an independent learning process through this platform, and implementing the "filliped classroom" technology in everday learning practice using the capabilities og Google Classroom.

Keywords: independent Education, Google Classroom, Filliped Classroom, course, platform, reverse classroom, virtual classroom, learning, integration.

Аннотация. В данной статье рассматриваются возможности использования платформы Google Classroom в образовательном процессе, организации самостоятельного процесса обучения через эту платформу, а также внедрения технологии «заполненный класс» в повседневную учебную практику с использованием возможностей Google Classrom.

Ключевые слова: независимое образование, Google Classroom, Filliped Classroom, курс, платформа, обратный класс, виртуальный класс, обучение, интеграция.

Ta'limni axborotlashtirish jarayonining jadal rivojlanishi axborot texnologiyalarini qo'llash doirasini kengaytirishga, uning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini o'zgartirishga olib keladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yangi ta'lim shakllarining rivojlanishi turli xil elektron darsliklar, o'quv qo'llanmalarning paydo bo'lishiga olib keldi hamda ular ma'ruza konteksida ham, talabalarning mustaqil ishlashi uchun materiallar sifatida ishlatilishi mumkin [1, 2-b].

Mustaqil o'quv faoliyati talabalarning shaxsiy rivojlanishi, o'zini boshqarishi, tanqidiy va analitik fikrlash ko'nikmalarining rivojlanishi, ijodkorlik qobiliyatlarining rivojlanishi, o'qishga bo'lgan qiziqishining oshishi, mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarining oshishiga yordam beradi.

Ta'limni axborotlashtirish sharoitida talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun Google Classroom platformasining imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin.

Google Classroom platformasi Google kompaniyasi tomonidan ta'lim jarayonini amalga oshirish va uni boshqarish maqsadlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, 2014-yilda ishga tushirilgan. Platforma o'zida maxsus moslashtirilgan xizmatlarni jamlaydi [4, 8-b].

Google classroom foydalanuvchiga qog'ozsiz ishlashga o'tishga, talabalar jamoasini yaxshilashga va talabalar uchun turli ko'rsatmalar berishga, vaqtni tejashga va sinfning inverter modelini yaratishga imkon beradi. Google Classroom- o'qituvchi yoki talabalar o'quv jarayonidan

tashqarida bo'lganlarida foydali vosita bo'lib, ular dars berishda davom etishlari yoki o'tkazib yuborilgan darslarni o'zlashtirib olishlari mumkin.

Google Classroomning Google Docs, Sheets, Slides va Drive kabi ommaviy xizmatlatiga integratsiya qilish imkonining mavjudligi foydalanuvchilarning ishini ancha yengillashtiradi, shaxsiy bog'lanishlarning mavjudligi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida kommunikatsiyasini osonlashtiradi va har bir talaba bilan individual ishlashga sharoit yaratadi, masofaviy va mustaqil o'qitish jarayonini sodda va samarali qilishga yordam beradi.

Google Classroomda o'qituvchi kurs yaratishi uchun Googleda akkauntiga hamda elektron pochtaga ega bo'lishi kerak.

Google Classroomda kurs yaratish uchun dastlab, brauzer orqali akkauntga kirish kerak bo'ladi. Brauzerning manzil qatoriga classroom.google.com manzili yoziladi va akkanuntga kirish so'raladi. Akkaunt tanlanadi va Classrom sahifasi ochiladi. "Создать курс" buyrug'ini tanlash orqali kurs yaratiladi. Har bir kurs avtomatik ravishda kod oladi, unga ko'ra talabalar keyinchalik o'zlarining "virtual auditoriyalarini" topishi mumkin bo'ladi.

Google Classroomda ma'ruza, amaliy mashg'ulot materiallari sifatida barcha turdagi fayllarni joylashtirish mumkin. Buning uchun Google Classroom foydalanuvchiga juda keng tanlovni taklif qiladi. Materiallarni Google Diskdan, Internet manzilga havola berish orqali, komyuterdagi mavjud faylni yuklash hamda YouTube URL-manziliga havola berish orqali videodarslarni ham joylashtirish mumkin. Talaba ushbu materiallardan foydalanib, mavzuni o'zlashtirishi, yuklab olishi va xohlagan paytda qayta takrorlab borishi mumkin bo'ladi. Ushbu dasturda o'qituvchi tomonidan talabalar uchun turli topshiriqlar yaratishi, topshiriqlar muddatini belgilashi va talabalarning ishlarini izohlashi mumkin.

Google Clasroomning bitta kamchilik tarafi ochiq versiyasida electron jurnal mavjud emas. Ushbu imkoniyat dasturning korporativ foydalanuvchilari uchun mavjud. Ammo o'qituvchi talabaning ishlarini izohlab keta oladi.

Bundan tashqari zamonaviy ta'limda darslarni "Filliped classroom" texnologiyasi asosida tashkil etishda bu texnologiya elementlarini Google Classroom imkoniyatlaridan foydalangan holda kundalik o'quv jarayoniga joriy etish zamonaviy raqamli jamiyatning yangi talablariga javob beradi va o'quv jarayonida o'quvchi yoki talabalarning o'z bilim va ko'nikmalarini yaratishda faol ishtirok etish deb hisoblash imkonini beradi.

Flipped classroom texnologiyasida talabalar darsdan oldin uyda yangi mavzu mazmunini o'rganadilar va darsdagi vaqt faol o'rganish va yangi o'rganilgan ko'nikmalarni qo'llashga bag'ishlanadi. Bu texnologiya axborotni taqdim etishda turli uslubiyatlardan foydalanishni,

ta'limni tashkil etishda va ta'lim jarayonida yakka tarzda va guruhlarda an'anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bu texnologiyadan foydalanish o'qituvchidan kuchli bilim, o'qitishga yangicha va qiziqarli yondashuv talab etadi. O'qituvchi kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal biladigan, har bir darslarni maxsus texnologiyalar orqali tashkil etgan bo'lsa talabalarda mustaqil o'rganish uchun muammolar tug'ilmaydi natijada, o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'ladi.

Ushbu texnologiyani o'z darslarida foydalamoqchi bo'lgan o'qituvchi Google Clasroomda kurs yaratib talabalariga keyingi bo'ladigan darslarining ma'ruza matnlarini, video va prezentatsiyalarini joylashtrib borishi mumkin. Talabalar esa o'z o'rnida ushu ma'lumotlarni o'rganib yangi mavzu bo'yicha o'z tushunchalariga ega bo'lib oladilar va o'qituvchi bu mavzularni tushuntirayotganda keng ma'lumotga ega bo'lib, o'zidagi bo'shliqlarni to'ldirib oladi.

Xulosa qilib aytganda, Google Clasroom platformasi juda keng imkoniyatli, foydalanish murakkab bo'lmagan qulay dastur bo'lib, uni ommaviy ochiq onlayn kurslarning muqobili sifatida e'tirof etish o'rinli.

REFERENCES

1. Rustamova S. A. TALABALARNING MUSTAQIL O'QUV FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA MAXSUS TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. CSPU Conference 1. - С. 640-643.

2. Rustamova S. A., Xasanova M. F. TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. CSPU Conference 1. - С. 305-307.

3. Rustamova S. A., Ubaydilloyeva M. U. OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA FLIPPED CLASSROOM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. CSPU Conference 1. - С. 636-639.

4. To'rayeva G.H. Google classroom platformasida ishlash bo'yicha metodik tavsiyalar: Uslubiy qo'llanma. 2020-37 b.

5. Turdiyeva G. Oliy ta'lim tizimida talabalarning mustaqil ishlarini innovatsion ta'lim texnologiyalari orqali tashkil etish metodikasi. //Monografiya. Durdona nashriyoti - 2020y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.