INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
'-<N3 13^
TA'LIM JARAYONIDA QO'LLANILADIGAN MAXSUS TEXNOLOGIYALAR
© SH.A.Rustamova1®
1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ta'lim jarayoniga maxsus texnologiyalarning integratsiyalashuvi o'qitish va o'qitish usullarini tubdan o'zgartirdi, ta'lim yanada qulay, qiziqarli va samarali bo'ldi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida qo'llaniladigan maxsus texnologiyalarni aniqlash va baholashdir. U o'quv tajribasini oshirish, ta'lim natijalarini yaxshilash va talabalarning turli ehtiyojlarini qondirishda ularning samaradorligini tahlil qilishga intiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli amaliy tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Miqdoriy ma'lumotlar turli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish va ta'sirini baholash uchun o'qituvchilar va talabalar o'rtasida o'tkaziladigan so'rovlar orqali to'planadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, maxsus texnologiyalar interfaol va immersiv ta'lim tajribasini taqdim etish, shaxsiylashtirilgan ta'lim yo'llarini yaratish va alohida ta'limga muhtoj talabalarni qo'llab-quvvatlash orqali ta'lim jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi.
XULOSA: ushbu tadqiqot maxsus texnologiyalar ta'limni modernizatsiya qilish va ta'lim natijalarini yaxshilashda hal qiluvchi rol o'ynashini ko'rsatadi. Ushbu texnologiyalardan foydalangan holda, o'qituvchilar talabalarning turli ehtiyojlarini qondiradigan yanada dinamik va inklyuziv o'quv muhitini yaratishi mumkin.
Kalit so'zlar: maxsus texnologiya, GeoGebra, Desmos, Wolfram Alpha, Google Classroom, interaktiv ta'lim, ilovalar, platforma.
Iqtibos uchun: Rustamova SH.A. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan maxsus texnologiyalar. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.52-61.
СПЕЦИАЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ_
© Ш.АРустамова1Н ^
1Чирчикский государственный педагогический университет, Тошкент, Узбекистан
Аннотaция
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: интеграция специальных технологий в учебный процесс коренным образом изменила методы преподавания и обучения, образование стало более удобным, интересным и эффективным.
ЦЕЛЬ: основной задачей данного исследования является выявление и оценка конкретных технологий, используемых в образовательном процессе. Он направлен на улучшение опыта обучения, улучшение результатов обучения и анализ их эффективности в удовлетворении разнообразных потребностей студентов.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные тематические исследования. Количественные данные собираются посредством опросов учителей и учащихся для оценки использования и воздействия различных образовательных технологий.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что специальные технологии значительно улучшают образовательный процесс, обеспечивая интерактивный и захватывающий опыт обучения, создавая персонализированные траектории обучения и поддерживая учащихся с особыми образовательными потребностями.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование показывает, что специальные технологии играют решающую роль в модернизации образования и улучшении результатов обучения. Используя эти технологии, учителя могут создать более динамичную и инклюзивную среду обучения, отвечающую разнообразным потребностям учащихся.
Ключевые слова: специальные технологии, GeoGebra, Desmos, Wolfram Alpha, Google Classroom, интерактивное обучение, приложения, платформа.
Для цитирования: Рустамова Ш.А. Специальные технологии, используемые в образовательном процессе // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 5261.
SPECIAL TECHNOLOGIES USED IN THE EDUCATIONAL PROCESS_
© Shohista A. Rustamova1®
1Chirchik state pedagogical university, Toshkent, O'zbekiston_
Annotation
INTRODUCTION: the integration of special technologies into the educational process has fundamentally changed the methods of teaching and learning, education has become more convenient, interesting and effective.
AIM: the main objective of this study is to identify and evaluate specific technologies used in the educational process. It seeks to enhance the learning experience, improve learning outcomes, and analyze their effectiveness in meeting the diverse needs of students.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative case studies. Quantitative data are collected through surveys of teachers and students to assess the use and impact of various educational technologies.
DISCUSSION AND RESULTS: the results show that special technologies significantly improve the educational process by providing interactive and immersive learning experiences, creating personalized learning paths and supporting students with special educational needs. .
CONCLUSION: this study shows that special technologies play a crucial role in modernizing education and improving learning outcomes. Using these technologies, teachers can create a more dynamic and inclusive learning environment that meets the diverse needs of students.
Keywords: special technology, GeoGebra, Desmos, Wolfram Alpha, Google Classroom, interactive education, applications, platform.
"O'zbekiston oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi"ning 2-paragrafida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish belgilab o'tilgan [1]. Ta'lim jarayonida ilmiy axborot hajmini oshirish dars vaqtining chegaralanganligi hisobiga murakkablashmoqda. Ayniqsa matematika darslarida o'quvchi va talabalar abstrakt tushunchalar, chizmalar, grafiklarni tasavvur qilishda, o'qituvchilar esa tushuntirish jarayonida biroz qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday vaziyatlarda interaktiv ta'lim dasturlaridan, maxsus texnologiyalardan foydalanib tashkil etilgan darslar bir tarafdan ancha tushunarli va samarali bo'ladi, ikkinchi tarafdan chegaralangan vaqtdan unumli foydalanishga yordam beradi. Demak, maqsadimizdan kelib chiqib, avvalo maxsus texnologiya o'zi nima degan savolga javob beraylik.
Metodologiya. Maxsus texnologiya bu- o'quv va ta'lim jarayonini qulay va samarali qilish maqsadida turli sohalar uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositalar va platformalar hisoblanadi.
Maxsus ta'lim texnologiyalari o'quvchi va talabalarga qulay ta'lim olish sharoitini yaratadi, darsga bo'lgan qiziqishni oshiradi, ta'limning individual va samarali olib borilishini ta'minlaydi, ijodiy fikrlash rivojlanishiga, tafakkur darajasining oshishiga yordam beradi.
Maxsus texnologiyalarning interaktiv va onlayn ta'lim platformalari, virtual sinfxonalar, masofaviy ta'lim platformalari, mobil ilovalar, interaktiv dars materiallari, baholash platformalari kabi bir qancha turlari mavjud.
For citation: Shohista A. Rustamova. (2024) Special technologies used in the educational process, Inter education & global study, (5(1)), pp. 52-61. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Maxsus texnologiyalar asosida darslarni va o'quv faoliyatini tashkil etish bu- ta'lim jarayonida shu resurslardan foydalanishdir.
Bu dasturlar birgina matematika darslarida emas balki fizika, kimyo, chizma geometriya kabi boshqa ko'pgina fanlarning mavzularini tushuntirishda, o'quvchi va talabalarning tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili. O'zbekiston oliy ta'limida matematika fanlarini o'qitish metodikasi va uni pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish masalalari bo'yicha D.M.Maxmudova, A.Abduraxmonov, G.K.Izetaeva, A.A.Abduqodirov, D.N.Ashurova, J.B.Ergashov, N.M.Muxitdinova, D.I.Yunusova, M.Toshpulatova, U.J.Sodiqov, G.A.Artikovalar, elektron ta'lim resurslarini yaratish va ularni ta'lim jarayonida qo'llash bo'yicha M.M.Aripov, U.Sh.Begimqulov, S.S.G'ulomov, U.Y.Yuldashev, F.M.Zakirova, N.Xaytullayeva, M.Fayziyeva, K.E.Nurmaxanovlar o'zlarining tadqiqot ishlarini olib borganlar.
G.A.Artikovaning ilmiy tadqiqot ishida oliy ta'lim muassasalarida matematika fanlarini o'qitish jarayonida o'qituvchining pedagogik va ilmiy faoliyati bilan bog'liq jarayonga bir qator qo'shimchalar kiritgan, ya'ni:
"axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha yuqori darajadagi bilimlarga ega bo'lishi va o'quv jarayonini ular asosida tashkil eta olishi;
mavzularni zamonaviy axborot-texnologiyalari vositalari hamda turli dasturiy mahsulotlar (Matematika, Maple, Mathcad, Matlab va b) yordamida o'rgatish malakasiga ega bo'lishlari lozimligi keltirilgan".
G.A.Artikova amaliy mashg'ulotlar davomida talabalar matematik tushuncha va tasdiqlarni to'liq o'zlashtirishi, misol va masalalarni yechishdagi amaliy harakatlarini tartiblash, algoritmik ko'nikma va malakalarini rivojlantirish, bilish faoliyatidagi og'zaki va yozma matematik nutqini, matematik mantiqiy tafakkuri va tasavvurini, mustaqil matematik axborotni izlash, anglash, o'rganish, qayta ishlash, turli shakllarda uzatish kompetensiyalarini tarkib toptirish uchun tanlab olingan umumpedagogik, xususiy metodik, mualliflik texnologiyalarini maxsus texnologiyalar deb nomlagan [2]. .
G.K.Izetaevaning tadqiqot ishida oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan matematika turkumidagi fanlarni o'qitishning metodik sistemasini yaratishda va uni amalga oshirishda turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan.
K.E.Nurmaxanovning tadqiqot ishi doirasida oliy ta'lim tizimida GeoGebra dasturi vositasida o'qitish metodikasini takomillashtirishning mazmuni, pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib ko'rsatilgan va metodik jihatdan isbotlangan. GeoGebra dasturi vositasida o'qitish metodikasini takomillashtirishning mulohazaviy jihatlari tasnif qilingan. Elektron ta'lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o'qitish metodikasi nuqtalarning koordinatalarini transformatsion modellashtirish hamda dinamik chizmalar yordamida masalalarni viualizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
Matematika fanlarini o'qitish jarayonida ta'lim oluvchilarning matematik tushunchalarni o'zlashtirishi S.Alixonov, M.Sh.Mamatov, XASultonovalar, mantiqiy matematik tafakkurni rivojlantirish va muammoli ta'lim masalalari bo'yicha
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
B.S.Abdullayeva, iD.Andervud, D.M.Maxmudova, N.F.Talizinalar ishlarida tadqiqot muammolari sifatida ko'rilgan.
Tahlil va natijalar. Maxsus texnologiya deganda biz tadqiqotimiz doirasida matematikadan qo'llaniladigan maxsus texnologiyalar- GeoGebra, Desmos, WolframAlpha dasturlarini va Google Clasroom virtual sinfxonasini qaradik.
Quyida ta'lim jarayonida qo'llaniladigan maxsus texnologiyalar va ulardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar keltirib o'tamiz.
GeoGebra- bu matematik modellashtirish va o'qitish uchun mo'ljallangan bepul dasturiy platformadir. GeoGebra matematik konstruksiyalarni yaratish, geometrik va algebraik masalalarni yechish, matematik tushunchalarni ko'rsatish va o'rganish uchun ishlatiladi. GeoGebra bilan ishlash uchun dasturni kompyuterga o'rnatish yoki onlayn versiyasidan foydalanish kerak bo'ladi. Dasturning mobil versiyalari ham mavjud. Dastur geometrik va algebraik tadqiqotlar o'tkazish uchun keng ko'lamli vositalarni taklif etadi. Bunda nuqtalar, chiziqlar, shakllar, funksiyalar yaratish, konstruksiyalarni bajarish, masofalar va burchaklarni o'lchash, funksiyalarning ildizlari, ekstemumlarini topish va ko'pgina boshqa amallarni bajarish mumkin. GeoGebra ta'lim muhitida keng qo'llaniladigan matematik tushunchalarni vizualizatsiya qilish uchun kuchli vositadir. Ushbu vosita talabalarga matematika va geometriya tushunchalarini yaxshiroq tushunish va qo'llashga yordam beradi va ularning muammoni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
GeoGebra o'qituvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratadi:
Foydalanish qulayligi - GeoGebra oddiy va intuitiv interfeysga ega bo'lib, o'qituvchilarga dasturni tezda o'zlashtirish va undan o'z ishlarida foydalanish imkonini beradi.
Ko'p qirrali - GeoGebra yordamida o'qituvchilar o'quvchilarga materialni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan interfaol matematik modellar va vizualizatsiya yaratishlari mumkin.
Mavzulararo yordam - GeoGebra turli fan sohalarida, jumladan, matematika, fizika, kimyo va boshqalarda foydalanish uchun yordam beradi.
Dars yaratish qobiliyati - GeoGebra yordamida o'qituvchilar o'quvchilarga materialni o'rganishga yordam berish uchun interfaol darslar yaratishlari mumkin.
Topshiriqlarni tekshirish qobiliyati - O'qituvchilar GeoGebradan talabalarning topshiriqlarini ko'rib chiqish va ularning natijalarini tahlil qilish uchun foydalanishlari mumkin.
Talaba va o'quvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratadi:
Matematik tushunchalarni tasavvur qilish- GeoGebra interaktiv modellar orqali o'quvchilarga matematik tushunchalarni va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Mustaqil tadqiqot- GeoGebra yordamida talabalar mustaqil ravishda turli matematik muammolarni o'rganishlari va yangi aloqalar va naqshlarni kashf qilishlari mumkin.
Muammoni hal qilishda yordam- GeoGebra talabalarga murakkab matematik muammolarni hal qilishda maslahatlar va yordam olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Muloqot va hamkorlik: GeoGebra bilan talabalar o'z ishlari va g'oyalari bilan o'rtoqlashishlari va loyihalarda hamkorlik qilishlari mumkin.
GeoGebraning yana bir foydali xususiyati - animatsiyalarni yaratish qobiliyatidir. Vaqt o'tishi bilan ular qanday o'zgarishini ko'satish uchun qiymatlar va grafik parametrlarini o'zgartirish mumkin.
WolframAlpha- bu Wolfram Resarch tomonidan yaratilgan va ishlab chiqilgan platforma bo'lib, 2009-yil 18-mayda ishlab chiqarilgan va Wolframning oldingi mahsuloti Wolfram Matematika texnik hisoblash platformasiga asoslangan.
1-rasm
WolframAlpha bilan matematik amallarni hisoblash, tenglamalar yechish, hosila va integrallarni hisoblash, funksiyalarni tasvirlash, differensial tenglamalarni yechish va bundan boshqada juda ko'pgina matematik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Foydalanuvchilar so'rovlar va hisoblash so'rovlarini matn maydoni orqali yuboradi va WolframAlpha boshqa saytlar yoki kitoblardan olingan ma'lumotlar bazasidan javoblar va tegishli vizualizatsiyani hisoblab
chiqadi. Platforma matematik simvollarni tahlil qiladi hamda raqamli va statistik natijalar bilan javob beradi. 1-rasmda WolframAlpha saytining asosiy ekrani tasvirlangan bo'lib foydalanuvchilar o'zlariga tegishli bo'limga kirib savollariga javob olishlari mumkin.
Umuman olganda WolframAlphadan matematika darslarida foydalanish bir tarafdan dars ko'rgazmaliligini oshirsa ikkinchi tarafdan chizmalarning 3D tasvirlanishi, chizmalarni aylantirish va ma'lum burchak ostida burishlar (2-rasm) talaba va o'quvchilarning mavzuni chuqurroq tushunishiga va tassavur qilishiga yordam beradi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2-rasm
Desmos- dasturiga 2011-yil Eli Luberhoff asos solgan bo'lib, u Nyu-Yorkdagi TechCrunch Disrupt konferensiyasida boshlangan startap. Desmos dasturi matematikani o'rganishda qulay bo'lgan dasturlardan biri hisoblanadi. Dunyoning 169 mamlakatida Desmos foydalanuvchilari bor. Desmos bir tarafdan yuqori funksional grafikli kalkulyator hamdir. Kalkulyatordan onlayn foydalanish imkoniyati esa dasturning afzalliklaridan biridir. Desmosning eng qulay tomonlaridan biri uning doskasida tenglamalarni yozishda interaktiv kalkulyator tenglamaning grafik ko'rinishini ham tasvirlaydi.
Agar foydalanuvchi tenglamaga o'zgartirishlar kiritsa grafikdagi o'zgarishlar foydalanuvchi ko'z o'ngida sodir bo'ladi hamda uning tassavvur olamini yanada boyitadi (3-rasm). Biz yashayotgan olam 3 o'lchovli bo'lganligi uchun u yerda juda qiziqarli matematika mavjuddir. O'quvchilar ham ayniqsa 3 o'lchovli fazoni tassavur etishda (masalan: parallelipidedning asosiy dioganalini tasvirlash) qiyinchilik va chalkashliklarga duch kelishadi. Desmosning 3D kalkulyatori shu qiyinchiliklarga uchramaslikda o'rganuvchiga juda qulaylik yaratadi. Dasturdagi juda ko'pgina misollarning mavjudligi esa o'quvchini ilohomlantiradi va matematikani o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni oshiradi. Dasturdagi geometriya foydalanuvchilari uchun qo'llanmaning mavjudligi dastur foydalanuvchilari uchun duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
3-rasm
Ushbu dasturlardan ta'lim jarayonida foydalanishning afzalliklari:
Geogebra, Wolfram Alpha, Desmos dasturlaridan ta'lim jarayonida foydalanish orqali o'quvchi va talabalar abstrakt tushunchalarni o'z ko'zlari bilan ko'rishlari mumkin. Chunki ko'rish orqali muammoni yaxshiroq tushunish yoki yechimga yondashuvni aniqlashtirish mumkin bo'ladi. Bu borada K.F.Gauss o'z fikrlarini quyidagicha bayon etgan: "Matematika-quloqlar uchun emas, balki ko'zlar uchun mo'ljallangan fandir".
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Matematikani o'rganish jarayonida tasavvur qilish juda muhim sifatlardan biri hisoblanadi. Ushbu dasturlar orqali shakl va grafiklarning 2d va 3D holatlarini va harakatlarini ko'radilar. Har qanday algebraik ifodalarning grafik ko'rinishini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'qituvchilar bu dasturlardan foydalanib interaktiv darslar tuzishlari mumkin. O'quvchi va talabalarning kompyuter savodxonligining oshishiga yordam beradi. Bu dasturlar darslarning ko'rgazmaliligini oshirishi hisobiga o'quvchilarda matematikaga bo'lgan qiziqish oshadi.
ti Слисхи Hi, таи «if криль« Co«miv к»»». desmos
f О «
а - [U_.10] ti Списос с числом элементов 10 ' Y V \
This «rouet graph afl 10 tarte». one for еасл valu» of 1 SnI \ ^a. Lm LI \
У - ü » -rr I He<e mMdrestoctoretoiâyloылХ ITT m \ \ \
the* thé *agффгЛл m The Val quadrant u 1
3-rasm.
Bu dasturlarning kamchiliklariga to'xtaladigan bo'lsak, foydalanuvchida o'rganish va dasturni tushunish uchun boshida qiyinchiliklar, dasturga tushunmaslik holatlari bo'lishi mumkin. Shu bilan birga oliy ta'lim muassasalarida matematikani o'rganishda asosiy vosita sifatida GeoGebra, WolframAlpha, Desmos dasturlaridan foydalanish bo'yicha o'quv adabiyotlari mavjud emas.
Google Classroom- platformasi Google kompaniyasi tomonidan ta'lim jarayonini amalga oshirish va uni boshqarish maqsadlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, 2014-yilda ishga tushirilgan. Platforma o'zida maxsus moslashtirilgan xizmatlarni jamlaydi [3]..
Mazkur platforma ko'proq sirtqi ta'limni tashkil etish uchun mo'ljallangan. Ammo undan ta'limni masofaviy shaklda olib borish uchun, shu bilan birga platformadan talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etishda ham foydalanish mumkin. Ushbu platformada sinf va kurslar yaratish, o'quvchilarga zarur o'quv materiallarini uzatish, ular uchun topshiriqlar tuzish, tuzilgan topshiriqlarni taqdim etish, topshiriqlar ijrosini baholash, o'quvchilar o'zlashtirish darajasini kuzatib borish, shuningdek, o'quvchilar hamda o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida o'zaro muloqotni tashkil etish
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
mumkin. Kurs yaratish uchun foydalanuvchi o'z Google Akkauntga ega bo'lishi kerak. Platformaning bosh sahifasida joylashgan "Создать курс" tugmasi orqali kurs yaratadi (4-rasm).
Kurs yaratilgandan keyin kursga nom beriladi va "Задания" bo'limidan o'quvchilar uchun topshiriqlar yaratiladi, "Пользователи" bo'limidan foydalanuvchilarni ya'ni o'qituvchi va talabalar kursga biriktiriladi, "Оценки" bo'limida baholarni ko'rish va tahrirlash mumkin bo'ladi (5-rasm). Shu bilan birga foydalanuvchilar kursga taklif so'rovisiz kurs kodi orqali ham qo'shilishi mumkin.
Google Clasroom platformasi quyidagi afzalliklarga ega:
Googlening Google Docs, Sheets, Slides va Drive kabi ommaviy xizmatlatiga integratsiya qilish imkonining mavjudligi foydalanuvchilarning ishini ancha yengillashtiradi, shaxsiy bog'lanishlarning mavjudligi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida kommunikatsiyasini osonlashtiradi va har bir o'quvchi bilan individual ishlashga sharoit yaratadi, masofaviy va mustaqil o'qitish jarayonini sodda va samarali qilishga yordam beradi.
Kamchiligi esa Google Clasroomda online vebinarlar o'tish imkonining yo'qligi, kurs yaratuvchilari uchun cheklovlarning mavjudligi ya'ni, kurs ishtirokchilari soni 250 tadan oshib ketmasligi va bir kunda faqat 100 tagacha ishtirokchi qo'shish mumkinligi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
5-rasm
Xulosa. Bu dastur va platformalarni mukammal o'rganish uchun foydalanuvchilar ro'yxatdan o'tgan holda ko'proq mustaqil ravishda mashq qilishlari, videodarslar ko'rishlari maqsadga muofiqdir. Ayniqsa internet va axborot-texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda har bir o'qituvchi o'z sohasiga doir texnologiya yutuqlarini o'rganishlari kerak. Bu bilan bir tarafdan o'zini rivojlantirsa, ikkinchi tarafdan talaba yoki o'quvchilariga chuqur va sifatli bilim berib o'z vazifasini a'lo darajada bajargan bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 8-apreldagi PF-5847-sonli Farmoni.
2. Artikova G.A "Matematikadan amaliy mashg'ulotlar metodik tizimini maxsus texnologiyalar asosida takomillashtirish" T-2020 pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi.
3.To'rayeva G.H. Google classroom platformasida ishlash bo'yicha metodik tavsiyalar: Uslubiy qo'llanma. 2020-37 b.
4. Nurmaxanov K.E "Elektron ta'lim muhitida GeoGebra dasturi vositasida o'qitish metodikasini takomillas
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАТСИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HRustamova Shohista Alisher qizi, tayanch doktarant, [Рустамова Шохиста Алишер кизи, докторант], [ Shohista A.Rustamova, basic doctoral student]; manzil: Chirchiq shahri, Amir Temur ko'chasi 104 uy [адрес: г. Чирчик, улица Амира Темура 104 дом], [address: Chirchik city, Amir Temur street 104 house]
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)