ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
MASOFADAN O'QITISHDA TA'LIM BOSHQARUV TIZIMLARINING
AHAMIYATI XUSUSIDA
Mazkur maqolada masofaviy ta'lim haqida ma 'lumotlar, uni tashkillashtirish jarayonida ta'limni boshqaruv tizimlarining ahamiyati haqida qarashlar berilgan.
Kalit so'zlar: internet, elektron darslik, masofadan o'qitish, LMS, ta'limni boshqaruv tizimlari, iSpring Learn, Google Classroom, Moodle, LearnDash, Canvas, metodika.
Internet manbalari, elektron darsliklar, audio-video darslar hamda masofadan o'qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish bugungi kun talabidir. Zamon talabiga mos kadrni tarbiyalash unga jahon standartlari asosida ilm berish maqsadida metodik qo'llanmalar, yangi axborot texnologiyalari joriy etilmoqda. Kompyuter savodxonligi zamonaviy shaxsning muhim belgisiga aylanishga ulgurdi. Axborot texnologiyalari davrida an'anaviy ta'lim bilan birga masofaviy o'qitish shakli ham rivojlanmoqda. "COVID-2019 epidemiyasi butun dunyo hamjamiyatini masofaviy ish, ta'limga, onlayn muloqotga o'tishga majbur qildi. Dunyodagi barcha ta'lim muassasalari talabalarni, o'qituvchi hamda xodimlarni yuqumli infeksiyadan himoya qilish maqsadida vaqtincha yopildi. YUNESKO tadqiqotlariga ko'ra pandemiy a 143 mamlakatda 1,2 milliardga yaqin o'quvchining ta'lim jarayoniga ta'sir ko'rsatdi[1]. Masofaviy ta'lim sohasida katta o'zgarishlar yuz berdi. Masofaviy o'qishni o'zi nima? Masofaviy o'qish — zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta'lim tizimi. U o'quvchiga ma'lum standartlar, ta'lim qonun-qoidalari asosida o'qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug'ullanish imkoniyatini ta'minlaydi. O'qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o'z o'quv materiallarini o'quvchiga taqdim etish va o'quvchilarning o'zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi[2]. Oliy ta'lim muassasalarida "MOODLE" (Modular Object Oriented Dynamic Learning Environment) elektron ta'lim platformasi, "LMS" (Learning Management System) bevosita ta'lim jarayonini boshqarish, "CMS" (Content Management System) ta'lim manbasini boshqarish tizimlari asosida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalaridan keng foydalanish
Madina Alimova
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
KIRISH
joriy etilgan. Respublikamiz ta'lim muassasalarining "ZiyoNet'
November, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
axborot tarmog'i bilan uzviy bog'langanligi ham professor-o'qituvchilar va talabalarga keng imkoniyatlar yaratmoqda[3]. Shu o'rinda masofaviy ta'lim qachon paydo bo'ldi? degan savol ham o'rinli bo'ladi. Masofaviy ta'limni shakllanish bosqichlari beshta bo'lib mazkur maqolada ulardan to'rttasi haqida ma'lumot beramiz chunki birinchi bosqich tilni joriy etilishi haqidagi qarashlar masofaviy ta'limni rivojlanish bosqichlarini tushunish uchun ahamiyatli deb hisoblamadik. Yozuv ixtiro qilinishi olimlar tomonidan ikkinchi informatsion inqilob sifatida e'tirof etiladi. Biroq masofaviy o'qitishning shakllanishini o'rganish doirasida biz yozuvni paydo bo'lishiga birinchi informatsion inqilob sifatida qaradik. Axborotni qayta ishlash sohasida yozuv ixtiro qilinishi bilan katta o'zgarish sodir bo'ldi ya'ni yozuv orqali to'plangan bilimlarni keyingi avlodlarga qoldirish imkoniyati yaratildi. XVI asrning o'rtasida ma'lumotlarni bir to'plam holida nashrdan chiqishi ya'ni kitobni ixtiro qilinishi ma'lumotlarni saqlash va uzatishda tubdan o'zgarishlarni keltirib chiqardi hamda ikkinchi axborot inqilobi bo'la oldi. Uchinchi axborot inqilobi elektr, telefon, radio va televideniyani paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. To'rtinchi axborot inqilobi kompyuter texnologiyalarni ixtiro qilinishi deb hisoblanadi [4].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Isaak Pitmanni masofaviy ta'limning asoschisi deb ayta olamiz. 1840 -yilda u pochta orqali (corresponding learning) studentlarga stenografiyani o'rgatishni boshladi. Masofaviy ta'limdagi keyingi qadam Ch.Tusen va G. Lanchenshteydtlar tomonidan tashlangan. Ular 1856-yili Berlinda sirtqi ta'lim shaklidagi institutga asos solishgan. O'qituvchilar talabalarga o'quv materiallari, metodik ko'rsatmalar va nazorat ishlari hamda bajariladigan mashqalrning javoblarini pochta orqali yuborishgan. E.Kojarinovani ta'kidlashicha 1873-yilda Anna Eliot Tiknor Amerikada masofaviy ta'limni rivojlantirish uchun ilk qadamlarni qo'ygan. U pochta orqali masofadan o'qishni istagan ayollar uchun Tiknor jamiyatiga asos solgan. 1874 -yili AQShning Illinoys universiteti o'qituvchisi Ayzek Pitman pochta orqali o'qitish dasturini yaratishni taklif qildi. 1892-yil Chikago universitetida masofadan o'qish istagini bildirgan talabalar uchun ilk bo'limlar tashkil etilgan edi[4].
1960-yillarda masofaviy ta'lim shakli xalqaro e'tirof etildi hamda YUNESKO tomonidan qo'llab quvvatlanishi sababli turli mamlakatlarda rivojlandi. Yangi ta'lim shakli siyosatchilarni e'tiborini ham tortdi. Xususan Angliyaning bosh vaziri G.Vilson 1963-yilda "Efirli universitet"ni tashkil etilishi haqida e'lon qildi. Mazkur tashkilot talabalarini o'qitish jarayonida masofaviy ta'lim texnologiya larini (pochta orqali yozishmalar, radio va televideniye) qo'llovchi ta'lim muassasalarini birlashtirishi kerak edi. Olimlar, siyosatchilar hamda xalqaro tashkilot (YUNESKO)ning samarali harakatlari va mehnati
sababli 1969-yilda Angliyada Ochiq universitet (Open University)
November, 2023
Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
tashkil etildi. Hozirgi kunda masofaviy o'qitish borasida katta tajribaga ega universitetlardan hisoblanadi[4].
Bugungi kunga kelib internet orqali masofadan o'qish va o'qitish imkoniyatini raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog'lash mumkin. Masofadan o'qitish jarayonida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan unumli foydalanish talab etiladi. Hozirda internet, elektron darslik, elektron pochta, multimedia o'quv qo'llanmalari, video konferensiya, audio-video materiallar, ta'lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar kabi terminlar zamonaviy yoshlarning kundalik leksikonidan o'rin olgan faol so'zlardir. Shu sababli masofaviy o'qitishni XXI asr ta'limi deb aytishimiz mumkin. Masofadan turib ta'lim olish orqali talabada mustaqil bo'lish, o'z o'zini nazorat qilish ko'nikmalari shakillanadi. Ta'lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta'limni boshqaruv tizimlari (LMS - Learning management systems)dan foydalaniladi. "Ta'lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo'ljallangan hamda video dars, ma'ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o'quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta'lim shakli"[2]. Ta'lim muassasalari bilan bir qatorda yangi bilimlarni beruvchi o'quv markazlari ham ta'limni boshqaruv tizimlaridan unumli foydalanishlari mumkin. TBT orqali biron ta'limiy kurs uchun bilimlar bazasini yaratish, boshqarish hamda tekshirish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bunday dars jarayonini tashkil etuvchi o'qituvchidan pedagogik mahorat va salohiyatdan tashqari texnologik qurilmalar hamda yuqori AKT kompetentligi talab etiladi. O'z navbatida o'rganuvchi ham texnologik qurilmalar, kompyuter savodxonligi bo'yicha yetarli ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Ta'limni boshqaruv tizimlari ish jarayonidan uzilmagan holda bilim olish imkonini berishi bilan qulay hisoblanadi. Bunday tizimlardan foydalanish avvalo zamon bilan hamnafaslikni ta'minlasa boshqa tarafdan o'qish uchun ketadigan harajatlarni kamaytiradi. LMSning afzaliklaridan yana biri dasrlarni o'zaro kelishgan holda tashkil etish mumkinligi ya'ni dars jadvalining moslashuvchanligidir. Baholash jarayonida ham bir qancha qulayliklar mavjud xususan darsga qatnashish, o'zlashtirish kabi ma'lumotlarni tizimda belgilab borilishi istalgan paytda statistik hisobotni olish imkoniyatini beradi. Demak, LMS tizimlarining asosiy vazifalari o'quv kontentlari bilan ishlash, o'quv jarayonni boshqarish, baholash, foydalanuvchilar o'rtasida o'zaro aloqa hamda statistikadir.
Hozirda faol qo'llanilayotgan bir qancha LMS platformalari mavjud.Quyida ular haqida qisqacha ma'lumot beramiz.
Schoology (https://www.schoology.com/) — ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan bulutli LMS. Schoology Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate,
November, 2023
ЭЭ7
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi. Shuningdek, u maktab ma'lumotlari tizimi bilan sinxronlashadi. O'qituvchilarga o'quvchilar bilan o'quv materiallari va topshiriqlar yuzasidan fikr almashish hamda o'quvchilar va ularning ota- onalari bilan uyushgan holda aloqa o'rnatish imkoniyatini beradi.
iSpring Learn (https://www.ispringsolutions.com/ispring- learn) platformasi ta'lim muassasalari va kompaniyalarda kadrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan. Biroq ayni paytda amalda asosiy mijozlari sifatida ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Platformaning ma'ruza muharriri bo'limi yordamida modul va uning materiallari (matnli, audio, video, taqdimot, simulyator, topshiriq, test va b.) kiritiladi. Hisobotlar bo'limi yordamida foydalanuvchilar faoliyati hamda o'zlashtirish natijalari tahlili va statistikasini yuritish mumkin.
Google Classroom (https://classroom.google.com/) — ta'lim uchun mo'ljallangan platforma bo'lib, kurs/sinfni yaratish va o'quvchilarni qo'shish, kerakli o'quv materiallarini kiritish va o'quvchilarga taqdim etish, o'quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, o'quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.
Moodle (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) (http:// moodle.org/) masofaviy ta'lim olish muhiti hisoblanib, sifatli masofaviy kurslarni yaratish uchun mo'ljallangan. Bu dasturiy mahsulot dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi. Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua o'zining funksional imkoniyatlari, o'rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko'plab talablarini qanoatlantira oladi. Moodle masofaviy ta'limda o'qitish jarayonini to'la qo'llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, jumladan, o'quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o'zlashtirish nazoratini amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.
LearnDash — ommabop kontent boshqaruv tizimi (CMS)da sinflar yaratish, ularni boshqarish, o'zgartirish va nashr etish imkonini beruvchi ishonchli plagin. Bu plagin WordPress platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta'lim muassasasi kompyuteriga WordPress o'rnatilgan bo'lsa, qo'shimcha ravishda LearnDash plaginini o'rnatgan holda o'quv kurslarini yaratish mumkin. Plagin bir necha kursni yaratish va ularning tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash imkonini ham beradi. Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifikat hamda nishonlarni rasmiylashtirish mumkin[2].
Yuqorida ma'lumotlari keltirilgan TBT platformalari qatorida bizga nisbatan kamroq tanish bo'lgan "Canvas" LMS ham bor. "Canvas" ta'limni boshqaruv tizimi keng tarqalgan ommaviy ochiq interaktiv onlayn tizimlardandir. Ushbu tizim talabalar bilan sinxron (video konferensiya formatda)
hamda asinxron formatda aloqada bo'lish imkonini beradi.
November, 2023
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
O'qituvchi o'quv materiallarni joylashtiradi, topshiriqlami bajarish muddatini belgilaydi, talaba esa berilgan materiallarni o'rganadi hamda o'ziga qulay vaqtda joylashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yangi kurslar yaratish (strukturali yoki modullarga bo'lingan kontent joylashtirish imkoni bor) mumkin. Misol uchun ma'ruza materiallarini taqdimot yoki video ma'ruza shaklida yoki matnli hujjat holida, mustaqil ishlash uchun beriladigan vazifalarni test, nazorat ishi, guruh bo'lib loyiha ustida ishlash va boshqa turli shakllarda joylashtirish mumkin. Asosiy va qo'shimcha adabiyotlar bilan ta'minlash, qo'shimcha manbalarni ham matn, video va audio formatda joylashtirish mumkin. Ishlab chiqilgan kurslarni import qilsh va arxivlash, talabalarning bilish jarayonini baholashda ball-reytingli tizimni avtomatlashtirish (har bir ish turi uchun ball belgilash, baholanyapgan har bir ishni mezonlarini ko'rsatish, topshiriqlarni bajarish muddatini belgilash, avtomatlashtirilgan umumiy baholarni hisoblash funksiyalarini faollashtirish) mumkin. Bundan tashqari tizim elektron yozishmalar rejimida, "muhokamalar" bo'limida yoki har bir alohida topshiriqqa sharh qismi orqali talabalar bilan aloqa qilish imkoniyatini taqdim etadi. U nafaqat o'qituvchi balki boshqa ta'lim oluvchilarga ham baholash imkonini berish bilan birga guruh bo'lib vazifalarni bajarishlari ham mumkin[5].
Xulosa qilib aytganda bugungi kundagi globallashuv jarayonida masofaviy o'qitish oliy ta'lim muassasalari bilan bir qatorda malaka oshirish kurslari, qayta tayyorlov kurslari, xorijiy til o'rgatish markazlari uchun ham muhimdir. Masofaviy ta'limni tashkil etishda ta'limni boshqaruv tizimlaridan samarali foydalanish sifatli ta'lim sari ilk qadamdir.
1. https://www.unesco.org/en/covid-19/education-response
2. Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M. Informatika va axborot texnologiyalari, umumiy o'rta maktabning 8-sinfi uchun darslik. Toshkent "Tasvir",2020, 60 -bet.
3.Muxitdinova X.S.,O'zbek tilini ikkinchi til sifatda o'qitish metodikasi: o'quv qo'llanma. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023, 251-
4. Пьянников М.М. К вопроси об истории дистанционного образования. https://cyberleninka.rU/article/n/k-voprosu-ob-istorii-distantsionnogo-obrazovaniya
5. Тимошенко Т. Е., Штукарева Е. Б. Использование возможностей LMS Canvas при реализации балльно-рейтинговой системы (на материале курса «Русский язык и культура речи»). Журнал Педагогика. Вопросы теории и
практики .Pedagogy. Theory & Practice .2022. Том 7. Выпуск 7.
XULOSA
REFERENCES
bet.
С. 722-730 I 2022. Volume 7. Issue 7. P. 722-730.
November, 2023