Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
TALABALARNING MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENTLIGI
© N.A. Salamova1^_
1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Mazkur maqolada talabalar orasida madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Talabalarning turli madaniyatlar vakillari bilan samarali va hurmatli muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirish, global dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur omillardan biridir. Maqolada chet tillarni o'rganish, madaniy almashinuv dasturlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etish orqali talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini oshirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, bu kompetentlikning shaxsiy rivojlanish va kasbiy muvaffaqiyatga ta'siri ham muhokama qilingan. Ushbu maqola keng auditoriya uchun mo'ljallangan.
MAQSAD: talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish usullarini tahlil qilish va ularning ta'lim va kasbiy faoliyatdagi o'rnini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: talabalar madaniyatlararo muloqot kompetentligiga oid ilmiy manbalar o'rganildi va ularning zamonaviy ta'lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Asosiy manbalar sifatida xalqaro kommunikatsiya, psixologiya va ta'im sohalaridagi tadqiqotlar tanlab olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bu ma'noda madaniyat o'z ichiga sanat, fan va manaviy tizimlarni oladi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko'rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma'naviy boyliklarda ifodalanadi. Inson bu madaniyat tushunchasini anglash, tushunish va sintez qilish orqali ularda ko'nikma paydo bo'ladi.
XULOSA: talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish zamonaviy ta'lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Chet tillarni o'rganish, madaniy almashinuv dasturlarida qatnashish va madaniy sezgirlikni oshirish talabalarni xalqaro miqyosda raqobatbardosh va ijtimoiy jihatdan faol shaxs sifatida shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, madaniyatlararo muloqot kompetentligi talabalar uchun shaxsiy rivojlanish, kasbiy muvaffaqiyat va jamiyatga moslashishda zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantiradi.
Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, talaba kompetentligi, madaniy almashinuv, chet tillarni o'rganish, madaniyatlararo sezgirlik, global dunyo, muloqot ko'nikmalari, xalqaro ta'lim.
Iqtibos uchun: N.A. Salamova. Talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligi.
// Inter education & global study. 2024. №9(1). B.50-55.
КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧАЩИХСЯ В МЕЖКУЛЬТУРНОМ ОБЩЕНИИ
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 9(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Н.А. Саламова1Н
1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещаются вопросы развития компетентности межкультурного общения среди студентов. Формирование у учащихся навыков эффективного и уважительного общения с представителями разных культур является одним из необходимых факторов успешного функционирования в глобальном мире. В статье проанализированы способы повышения компетентности учащихся в межкультурном общении посредством изучения иностранных языков, программ культурного обмена и участия в культурных мероприятиях. Также обсуждалось влияние этой компетенции на личное развитие и профессиональный успех. Эта статья предназначена для широкой аудитории.
ЦЕЛЬ: проанализировать пути развития межкультурной коммуникативной компетентности учащихся и определить их место в учебно-профессиональной деятельности. Материалы и методы: изучены научные ресурсы, касающиеся компетентности учащихся в межкультурной коммуникации, проанализировано их значение в современном образовательном процессе. В качестве основных источников были выбраны исследования в области международной коммуникации, психологии и образования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в этом смысле культура включает в себя искусство, науку и духовные системы. Они выражаются в различных проявлениях жизни и деятельности людей, а также в материальных и духовных богатствах, которые они создают. Человек приобретает в них навыки, постигая, понимая и синтезируя понятие этой культуры.
ЗВКЛЮЧЕНИЕ: развитие межкультурной коммуникативной компетентности учащихся имеет важное значение в современной системе образования. Изучение иностранных языков, участие в программах культурного обмена и повышение культурной чувствительности играют важную роль в формировании у студентов конкурентоспособных и социально активных людей на международном уровне. Согласно исследованию, компетентность в межкультурном общении формирует у студентов навыки, необходимые для личностного развития, профессионального успеха и адаптации к обществу.
Ключевые слова: межкультурный диалог, компетентность учащихся, культурный обмен, изучение иностранных языков, межкультурная чувствительность, глобальный мир, коммуникативные навыки, международное образование.
Для цитирования: Саламова Н.А. Компетентность учащихся в межкультурном общении. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 50-55.
STUDENTS' COMPETENCE IN INTERCULTURAL COMMUNICATION
© Nargiza A. Salamova1E
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston_
Annotation
INTRODUCTION: this article highlights the issues of developing the competence of intercultural communication among students. The formation of students' skills of effective and respectful communication with representatives of different cultures is one of the necessary factors for successful functioning in the global world. The article analyzes ways to increase the competence of students in intercultural communication through learning foreign languages, cultural exchange programs and participation in cultural events. The impact of this competence on personal development and professional success was also discussed. This article is intended for a wide audience.
AIM: to analyze the ways of developing intercultural communicative competence of students and determine their place in educational and professional activities.
MATERIALS AND METHODS: the scientific resources concerning the competence of students in intercultural communication have been studied, their importance in the modern educational process has been analyzed. Research in the field of international communication, psychology and education were chosen as the main sources.
DISCUSSION AND RESULTS: In this sense, culture includes art, science and spiritual systems. They are expressed in various manifestations of people's lives and activities, as well as in the material and spiritual riches that they create. A person acquires skills in them by comprehending, understanding and synthesizing the concept of this culture.
CONCLUSION: the development of intercultural communicative competence of students is important in the modern education system. Learning foreign languages, participating in cultural exchange programs and increasing cultural sensitivity play an important role in the formation of competitive and socially active people among students at the international level. According to the study, competence in intercultural communication forms students' skills necessary for personal development, professional success and adaptation to society. Keywords: intercultural dialogue, student competence, cultural exchange, learning foreign languages, intercultural sensitivity, global world, communication skills, international education.
Globalizatsiya jarayoni natijasida turli madaniyat vakillari bilan o'zaro muloqot qilish zarurati ortib bormoqda. Talabalar uchun madaniyatlararo muloqot kompetentligi zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu kompetentlik madaniy farqlarni anglash, o'zaro hurmat qilish, kommunikativ ko'nikmalar va moslashuvchanlik kabi elementlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, madaniyatlararo muloqot xalqaro ta'lim va kasbiy faoliyatda o'ta muhim hisoblanadi. Asosiy maqsad esa
For citation: Nargiza A. Salamova (2024) 'Students' competence in intercultural communication', Inter education & global study, (9(1)), pp. 50-55. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetentligini rivojlantirish usullarini tahlil qilish va ularning ta'lim va kasbiy faoliyatdagi o'rnini aniqlashdir.
Barchamizga ma'lumki, oliy ta'limda shaxs rivojlanishining eng muhim omillarining biri bu - talabalarning muloqot madaniyatidir. Avvalambor bu ikki tushunchaga ta'rif berib o'tsak. "Madaniyat" - tushunchasi hammada har xil shakllanganini hisobga oladigan bo'lsak, unga bitta qilib ta'rif berganda, madaniyat - bu inson faoliyati va shu faoliyatining ahamyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat - musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, me'morchilik, teatr, kinomatagrafiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo'lishi mumkin.
Har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari ozaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini qamrab oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan orni, ishlarining muvaffaqiyati, obrosi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bogliqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bolib, unga odam hayoti mobaynida o'rganib boradi. Shaxslararo muloqot funksiyalarini amalga oshirish - muloqot subyektining ma'naviyaxloqiy ko'rsatmalari, shuningdek, insonparvarlik, emotsional-ijobiy, shaxsiy yondashuv, individuallik va o'ziga xoslik kabi yo'nalishlar bilan belgilanadi.
Muloqot funksiyasi faqat muloqot subyektlarining manaviy-axloqiy yo'nalishigina emas, balki ko'p jihatdan, uning insonparvar-axloqiy mazmuniga bog'liq bo'ladi. Muloqotning shakli - lahzali, tasodifiy, tematik, rejalashtirilgan - bayon etish, axborot, xabar, suhbat, suhbatlashish, gaplashish, munozara kabilardan iborat. E'tibor berish, qiziqish, ma'qullash, hamdardlik, istiqbolni ko'ra bilish yordamida ta'sir ko'rsatish, tushunilgan va anglab yetilgan motivatsiya asosidagi faoliyat kabilar muloqot turiga kirib, masalani hal etishga yo'naltirish, emotsional muhit yaratish, rag'batlantirish, yo'naltirish bilan hamkorlikdagi harakatlar yakunini yasashga yo'naltirish, shuningdek, muloqotning samaraliligi, uning mavzusiga ijobiy motivatsiyasi, etibori, qiziqishiga bog'liq bo'ladi.
Motivatsiya muloqot jarayonining boshqaruvchisi sifatida ma'no, onglilik, ishonch va qafiylikni talab qiladi. Muloqotning ma'noli jihatlariga uning maqsad hamda umumiylikka erishishda o'z individualligini ko'rsatishi, shuningdek, muloqotning turli funksiyalaridan foydalanish - qo'zg'atuvchi, ekspressiv, tashkiliy, informativ, emotsiyali, dalilga asoslanganligi va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda insonning potensial-shaxsiy, kasbiy ehtiyojli hamda amaliy-idrok etish jarayoni sodir bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek shaxslararo muloqotda aniqlik bilan birga til bilish ko'nikmasi ham kerak bo'ladi. Siz tillarni o'rganish jarayonida tabiiyki o'sha til vakillarining madaniyati va ularning a'nanalarini ham birgalikda o'rganasiz va bu orqali siz boshqa til vakillari bilan ham aloqa o'rnatasiz.
Barchamizga ma'lumki, hozirgi davrda chet tillarini o'rganish nafaqat shaxsiy ehtiyoj, balki umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan hodisa deya etirof etilmoqda. Tilni bilish bu
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'sha tilda so'zlashuvchi xalq vakillari bilan to'liq muloqotga kirisha oladi, degani emas. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimizdek, til va madaniyat, xalqning arfanalari, kundalik turmush tarzi tilni o'rganish, tilda gapirish va tilni tushunishga katta tasir ko'rsatadi. Bu jarayonda esa madaniyatlararo muloqotni shakllantirish hozirgi kundagi tillarni o'rganishda e tibor qaratilishi muhim bo'lgan omil hisoblanadi. Talabalar madaniyatlararo muloqot kompetentligiga oid ilmiy manbalar o'rganildi va ularning zamonaviy ta'lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Asosiy manbalar sifatida xalqaro kommunikatsiya, psixologiya va ta'im sohalaridagi tadqiqotlar tanlab olindi.
Antropologiya "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik ma'no berish hamda shu jarayonlarga bog'langan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Misol uchun L.N.Kulikova, A.V.Molojavenko, V.N.Myasichevlar o'z ishlarida muloqotning talaba shaxsini rivojlantirishdagi ahamiyatiga katta baho berganlar.
Nima uchun muloqotga kirishish kerak, degan savolga javob berishdan avval biz muloqotga jalb qiladigan odatlar, ehtiyojlar, ko'nikmalar mavjudligini unutmasligimiz lozim. Turli umumiylikka uyg'unlashar ekan inson bu jarayonda u muloqotning ob'ekti va subyekti sifatida namoyon bo'ladi. Muloqot jarayonida shaxs o'zida atrofdagilarning muayyan ta'sirini his etadi. O'z navbatida uning o'zi ham muloqot jarayonida ularga muayyan ta'sir ko'rsatadi. Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi ehtiyoji hisoblanadi. Muloqotni ikki yoki undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashinuvi deb tariflash mumkin. U odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rin egallab, insondagi eng muhim ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.
"Muloqot"- inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba orttiradi, ta'lim va tarbiya, turli munosabatlar ta sirida barkamol shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Inson jamiyatdan va shaxslararo bo'ladigan o'zaro muloqotidan ajratib qo'yish uni shaxs sifatida shakllanishga to'siq bo'ladi. Shuningdek atrof muhitdan uzilish kabi har xil muamolar yuzaga kelishi mumkin.
Oliy ta'limda intellektual soha mutahassisi va ta'limga ijodiy yondasha oladigan shaxsni rivojlantirishda muloqot madaniyati eng muhim resuslardan biridir. Muloqot madaniyatni rivojlantirish oliy ta'lim talabasini unversal xususiyatlarni egallashda, jamiyatning ijtimoiy talablarini qondirishga va yuqori professional bilimlarini egallashga yordam beradi. Aslida ham hozirgi zamonaviy ta'limning maqsadi - sifatli kadrlar tayorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish va uning (MEN)ligini yuqori darajaga olib chiqishdir. Professional kadrda muloqot madaniyati nuqsonsiz bo'lishi va ko'nikma bo'lishi lozim va talab etiladi. Oliy ta'limda har bitta o'tilyotgan darslariga talabani ko'proq jalb qilish va berilyotgan ma'ruzalarning sifati talabaning yetuk holatga chiqartilishga katta etibir qaratilishi kerak. Taraqqiy etyotgan zamonaviy ta'lim metodining keng qamrovli jihatlari ta'lim tizimida qo'lanilib kelmoqda. Til bilish va kommunikativ ko'nikmalar - Chet tillarni bilish va samarali kommunikativ ko'nikmalar madaniyatlararo muloqotni osonlashtiradi. Til bilimiga ega bo'lish boshqa madaniyat vakillari bilan to'g'ri va samarali muloqot qilish
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
imkonini yaratadi. Til orqali faqatgina muloqot qilinmaydi, balki turli madaniyatlarning tushunilishi ham yuksaladi.
Madaniy sezgirlik va kommunikativ ko'nikmalar - Tadqiqot natijalariga ko'ra, talabalarning madaniy sezgirligi va kommunikativ ko'nikmalari turli tadbir va seminarlarda ishtirok etish orqali rivojlanadi. Munozaralar jarayonida talabalar madaniy xilma-xillikni hurmat qilishni o'rganishlari va turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish ko'nikmalariga ega bo'lishlari haqida fikr yuritdilar. Shaxsiy rivojlanish va dunyoqarash kengayishi - Taqdimot va munozaralar davomida talabalar madaniyatlararo muloqot kompetentligi shaxsiy rivojlanish va dunyoqarashni kengaytirishda muhim rol o'ynaganini ta'kidladilar. Ular turli millat vakillari bilan ishlash orqali o'zlarining ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirganliklarini aytdilar.
"Madaniyatlararo jamoaviy loyiha" mashg'uloti. Maqsad: Turli millat vakillari bilan birgalikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Misol: Talabalar milliy jihatdan aralash guruhlarga bo'linadi va ularga birgalikda loyiha yaratish topshirig'i beriladi. Masalan, guruhlar madaniyatlararo munosabatlar mavzusida taqdimot yoki videofilm tayyorlashadi. Har bir talaba o'z madaniyati va yondashuvlarini qo'shadi, bu esa jamoaviy ijodkorlik va turli fikrlarga ochiqlikni rag'batlantiradi.
"Qarama-qarshi qadriyatlar" mashg'uloti. Maqsad: Talabalarda madaniyatlararo kelishmovchiliklarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Misol: Guruh ikki qismga bo'linadi va ularga qarama-qarshi bo'lgan madaniy qadriyatlar haqida vazifa beriladi. Masalan, bir guruh individualizmni, ikkinchi guruh esa kollektivizmni himoya qiladi. Har bir guruh o'z qadriyatini tushuntiradi va himoya qiladi. Bu jarayonda talabalar turli xil madaniy qadriyatlar haqida fikr almashadi va ular orasidagi farqlarni muhokama qilishadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Jumanova M.- Til o'rganish va madaniyatlararo muloqot. 2022-yil, 1-soni
2. Nabiyeva M.- Muloqot va madaniyat tushunchasi, 2022-yil 2-soni
3. Nikonova V.O.- Formirovaniye kulturi obsheniya. ped.nauk - Bryansk- 001-yil 18-son.
4. Bennett, M. J. (1993). Towards Ethnorelativism: A Developmental Model of Intercultural Sensitivity. In Education for the Intercultural Experience.
5. Gudykunst, W. B. (2004). Bridging Differences: Effective Intergroup Communication. Sage Publications.
6. Hofstede, G. (2011). Cultures and Organizations: Software of the Mind. McGraw-Hill.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Nargiza Salamova Abdixamedovna, o'qituvchisi, [Наргиза Саламова Абдихамедовна, преподаватель], [Nargiza A. Salamova, teacher]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati, Termiz, ko'chasi Barkamol avlod, 43-uy [адрее: Узбекистан, Сурхандарьинская область, Термез, ул. Баркамол авлод, 43], [address: Uzbekistan, Surkhandarya region, Termiz, street Barkamol avlod, 43]