Научная статья на тему 'TALABALARNING KASBIY KOMPЕTЕNTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PЕDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KASBIY YONDASHUV TAMOYILLARI'

TALABALARNING KASBIY KOMPЕTЕNTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PЕDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KASBIY YONDASHUV TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
prognostik / psixologik / kasbiy / modernizatsiya / bashorat / terminalogik / metodik / dominant. / prognostic / psychological / professional / modernization / prediction / terminological / methodical / dominant.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nuriddinov Sh.Sh.

Keltirilgan maqolada shaxsning umumiy va kasbiy rivojlanishining birligi insoniyat rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib uning mohiyati nafaqat o’quv jarayonida ta’lim olish bilanoq, balki talabalar bilimlarni o’zlashtirishi, ularning umumiy va maxsus qobiliyatlari, fazilatlari va malakalarini rivojlantirishida, balki shakllangan bilimlarni, fazilatlarni, qobiliyatlarni va hokazolarni kasbiylashtirish va yanada takomillashtirishda xizmat qiladigan tushuncha deb qarash mumkin. Oliy ta’limning bugungi holatini tahlil qilishimiz ta’limni modernizatsiyalashning quyidagi tamoyillarini ochib beradi: globallashuv va internallashtirish; bashorat va utilizatsiya qilish; marketlashtirish; standartlashtirish; hududlashtirish; aksiologizatsiya va hokazo. Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim nafaqat modernizatsiya jihatidan, balki islohotlar, innovatsion rivojlanish nuqtai-nazaridan ham muhimdir. Bu muhim omilni yanada kengaytirib tadbiq qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PRINCIPLES OF PROFESSIONAL APPROACH OF STUDENTS' PROFESSIONAL COMPETENCE DEVELOPMENT

The unity of the general and professional development of the individual is one of the main principles of human development, its essence is not only in the process of education, but also in the acquisition of knowledge by students, in the development of their general and special abilities, qualities and skills, as well as in the formation of knowledge., can be considered as a concept that serves in professionalization and further improvement of qualities, abilities, etc. Our analysis of the current state of higher education reveals the following "Экономика и социум" №6(121)-1 2024 www.iupr.ru 503 principles of education modernization: globalization and internalization; prediction and utilization; marketing; standardization; zoning; axiologising etc. It should be noted that higher education is important not only in terms of modernization, but also in terms of reforms and innovative development. Ways to expand and apply this important factor have been shown

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KASBIY KOMPЕTЕNTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PЕDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KASBIY YONDASHUV TAMOYILLARI»

Nuriddinov Sh.Sh.

assestent

"TIQXMMI" MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti "Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari" kafedrasi assistenti

TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KASBIY YONDASHUV TAMOYILLARI

Annotatsiya. Keltirilgan maqolada shaxsning umumiy va kasbiy rivojlanishining birligi insoniyat rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biri bo'lib uning mohiyati nafaqat o'quv jarayonida ta'lim olish bilanoq, balki talabalar bilimlarni o'zlashtirishi, ularning umumiy va maxsus qobiliyatlari, fazilatlari va malakalarini rivojlantirishida, balki shakllangan bilimlarni, fazilatlarni, qobiliyatlarni va hokazolarni kasbiylashtirish va yanada takomillashtirishda xizmat qiladigan tushuncha deb qarash mumkin. Oliy ta'limning bugungi holatini tahlil qilishimiz ta'limni modernizatsiyalashning quyidagi tamoyillarini ochib beradi: globallashuv va internallashtirish; bashorat va utilizatsiya qilish; marketlashtirish; standartlashtirish; hududlashtirish; aksiologizatsiya va hokazo. Ta'kidlash joizki, oliy ta'lim nafaqat modernizatsiya jihatidan, balki islohotlar, innovatsion rivojlanish nuqtai-nazaridan ham muhimdir. Bu muhim omilni yanada kengaytirib tadbiq qilish yo 'llari ko 'rsatib o 'tildi.

Kalit so'zlar: prognostik, psixologik, kasbiy, modernizatsiya, bashorat, terminalogik, metodik, dominant.

Nuriddinov Sh.Sh.

assistant

department "Hydraulic structures and pumping stations" Institute of Irrigation and Agrotechnologies Karshi Irrigation and Agrotechnologies of MTU "TIQXMMI"

PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND PRINCIPLES OF PROFESSIONAL APPROACH OF STUDENTS' PROFESSIONAL COMPETENCE DEVELOPMENT

Annotation. The unity of the general and professional development of the individual is one of the main principles of human development, its essence is not only in the process of education, but also in the acquisition of knowledge by students, in the development of their general and special abilities, qualities and skills, as well as in the formation of knowledge., can be considered as a concept that serves in professionalization and further improvement of qualities, abilities, etc. Our analysis of the current state of higher education reveals the following

principles of education modernization: globalization and internalization; prediction and utilization; marketing; standardization; zoning; axiologising etc. It should be noted that higher education is important not only in terms of modernization, but also in terms of reforms and innovative development. Ways to expand and apply this important factor have been shown

Key words: prognostic, psychological, professional, modernization, prediction, terminological, methodical, dominant.

Kirish: kasbiy tayyorgarlik - mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan bog'liq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi bo'lib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yo'naltirilgan ishlar bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Shunday qilib, kasbiy moslashtirish bo'lajak mutaxassisda pedagogik faoliyatga bo'lgan ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan mas'uliyatli hamda ijodiy yondashuvni, ijtimoiy qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda shaxsga qaratilgan yo'nalish kasb etuvchi jarayonlar alohida tarkibiy qismlarining o'zaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin. Kadrlarni kasbiy moslashtirishning pedagogik - psixologik jihatlari Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o'rganish, tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar mazmunini yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar davomida kasbiy moslashtirishning pedagogik - psixologik aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, kasbiy yo'nalganlik, pedagogik kasbga yo'nalganlik, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar, kompetentlik kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga

harakat qildik.

Kasb tushunchasi - bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o'tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo'lib xizmat qiluvchi mashg'ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida ma'lum aloqalar va axloq normalari o'rnatiladi. E.A. Klimov tadqiqotlarida "Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo'lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi", deya ta'kidlaydi. V.G. Makushin esa, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi, deya ta'kidlaydi. Mavjud ta'riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: "Kasb mehnat faoliyatining asosiy shakli bo'lib, uni bajarish uchun inson albatta ma'lum bilim, malaka va ko'nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo'lishi kerak"

Mutaxassislik - kasbiy ta'lim, tayyorgarlik yo'li bilan o'zlashtirilgan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko'nikma va malakalar majmuasi bo'lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma'lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo'lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o'ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo'naltirilgan bo'ladi. Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri

mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko'ra, "kasbiy tayyorgarlik - bu o'zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko'rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub'ektiv holatidir" E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar "kasbiy tayyorgarlik - shaxsning aniq kasbiy faoliyat turi bilan shug'ullanishiga imkon beruvchi nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish jarayonidir", deya izohlaydilar. R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida "bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi" aks etishi kerakligini ta'kidlaydilar. Mualliflarning fikrlariga tayangan holda "kasbiy tayyorgarlik" tushunchasini quyidagicha ta'riflash mumkin bo'ladi:

Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi. Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish - malaka talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, ma'naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo'lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorlash jarayonidir.

Kasbiy tayyorgarlik - bo'lajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini o'zlashtirishi, individualashuvi demakdir. Ma'lumki, har bir oliy ta'lim muassasasining muhim vazifalaridan biri bu talabalarini o'qitishning yangi tizimiga, yangi ijtimoiy munosabatlarga ijobiy moslashuvini, talabalik maqomini muvaffaqiyatli o'zlashtirishlarini ta'minlashdir.

Talabalarni oliy ta'lim muassasasi sharoitiga moslashtirishda quyidagi jihatlarni alohida ko'rsatib o'tish lozim:

1) talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkab dinamiklikka ega bo'lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o'zaro uyg'unlashuvini talab etadi;

2) talabalar uchun o'qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;

3) oliy ta'lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o'z-o'zini anglash tuyg'usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;

4) talabalarda bazaviy o'quv ustanovkalari shakllanadi

5) talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo'lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir.Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik murakkab va ko'p qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo'yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta'minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yo'nalganligi, kasbiy bilim, ko'nikma, malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bizga ma'lumki, shaxs ta'lim jarayonining faol ob'ekti va sub'ekti bo'lib, Bo'lajak

muhandislarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo'nalganligi bilan belgilanadi. Shaxs yo'nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi. Psixolog olimlar L.I. Bojovich va R.S. Nemov shaxs yo'nalganligini motivlar tizimi va yig'indisidir, deya talqin etadilar. Kasbiy yo'nalganlik esa shaxs yo'nalganligining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, motivlar, ehtiyojlar ta'sirida aks etadi.

Pedagogik va kasb ta'limiga doir adabiyotlarda "kasbiy yo'nalganlik" tushunchasi quyidagi mazmunni anglatishiga e'tibor qaratiladi:

1) "Kasbiy yo'nalganlik" - shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo'lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat'iy ishonchi (A.B. Seyteshev);

2) "Kasbiy yo'nalganlik" - kasb tanlash, qiziqish, qat'iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o'rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi (N.K.Stepankova). Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida esa bevosita shaxsning aniq kasbiy faoliyatga yo'nalganligi e'tiborga olingan holda "pedagogik kasbga yo'nalganlik" tushunchasining mohiyatini ochib berishga nisbatan urinishlar ko'zga tashlanadi. Jumladan:

1) "Pedagogik kasbga yo'nalganlik" - shaxsning "pedagogik kasbga qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug'ullanishga bo'lgan ishtiyoqi" (N.V. Kuzmina);

2) "Pedagogik kasbga yo'nalganlik" - bolalarga bo'lgan munosabat, pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati. Terminologik tahlillardan ko'rinib turibdiki, "pedagogik kasbga tayyorgarlik" tushunchasi asosan kasb tanlash motivlarning faol ta'sirida talabaning kasbiy tayyorgarligiga ta'sir ko'rsatishini o'zida aks ettiradi. Motiv tushunchasi psixologik adabiyotlarda (lot. movere - harakatga keltirmoq) - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq faoliyatga undovchi sabab sifatida izohlanadi. Kasb tanlash murakkab va motivatsion jarayon hisoblanib, shaxsning to'g'ri kasb tanlashi insonning hayotdan qoniqishi, ijtimoiy mavqeini aniq belgilab olishiga sabab bo'ladi. Tadqiqotchi olim E.S.Chugunova ish joyini va kasbni tanlash motivlari klassifikatsiyasini ishlab chiqib, istalgan kasbiy faoliyatning sabablarini o'zida aks ettiruvchi kasb tanlash motivlarini quyidagicha belgilaydi:

- dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi);

- vaziyat bilan bog'liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro'yobga chiqarish);

- komformist; boshqa kasbiy motivatsiyalar (o'ziga yaqin ijtimoiy olamning ya'ni yaqinlari, do'st va tanishlarining maslahatlari bilan).

A.K. Baymetov esa, aynan pedagogik faoliyatga intilish motivlarini o'rganib, ulardan asosiylarini birlashtiradi:

a) muqarrarlik motivi (burchli);

b) o'qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e'tiborni tortish;

v) bolalar bilan muloqotga kirishish.

O'rganilgan manbalarga ko'ra, motivatsiya tiplari Bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarlik yo'nalishi va xarakteriga tasir ko'rsatadi.

Bu borada N.V. Kuzmina shaxsning pedagogik kasbga yo'nalganlik motivlari uch xil holatda bo'lishini ta'kidlaydi:

1) haqiqiy pedagogik;

2) rasman pedagogik;

3) yolg'on pedagogik yo'nalganlik.

Kasbiy faoliyatga yo'naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo'lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o'zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida etakchi rol o'ynay olmasligini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma'naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo'lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va reflektsiyaning shakllanishiga yordam beradi.

Kasbiy imkoniyatlar - ma'lum faoliyatning shaxs irodasi bilan bog'liq ob'ektiv shart-sharoitlarini o'zida aks ettiradi. Odatda bo'lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning ob'ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o'qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo'lishi kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, Bo'lajak muhandislarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo'lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish kerak. Bo'lajak muhandislarning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ta'lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida talabalarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun etarli bo'lgan kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish lozim bo'ladi.

Kasbiy bilim - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo'lgan axborotlar va o'zlashtirilgan nazariy ma'lumotlar birlashmasidir. Bo'lajak muhandislarning o'zlashtirishi lozim bo'lgan kasbiy bilimlar mutaxassis shaxsining sifat darajasiga qo'yiladigan malakaviy talablar mazmunidan kelib chiqib belgilanishi kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim mezon sanaladi.

Xulosa: Bo'lajak muhandislarga qo'yiladigan sifat talablarini o'zida mujassamlashtirgan klassifikatorda bo'lajak muhandislarning umumta'lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollej, texnikum va OTMlarda faoliyat ko'rsatishi va ular o'z mutaxassisligi doirasida o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim oluvchilarning bilim darajasini adolatli baholash va nazorat qila olishi yuzasidan zaruriy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi lozimligi belgilanadi. Shu bois, bo'lajak muhandislarning kasbiy moslashtirishda

ixtisoslashgan tavsifnomasida ulaming kasbiy tayyoгgaгligiga qo'yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi kasbiy sifat^ bilan bog'liq holda belgilanishiga еЧ^г qaгatish maqsadga muvofiq sanaladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari, qonuniyatlari, ta'limotlari, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari xususidagi bilimlar

Nazariy sifattlar

Texnologik sifatlar

Bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligiga

va kasbiy bilimlar mazmuniga qo'yilgan kasbiy sifatlar

Metodik sifatlar

O'quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va o'qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to'g'ri tanlash

1.1-rasm. Bo'lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuniga qo'yilgan

kasbiy sifatlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi "Malakali pedagog kadгlaгni tayyoгlash hamda o'rta maxsus, kasb-hunaг ta'limi muassasalaгini shunday kadгlaг bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadb^^ to'g'risida"gi Qarari

2. O'zbekiston Respublikasi Pгezidenti qarari. "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbiriari to'g'risida". 20.04.2017-yil PQ-2909. O'zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 18-son, 313-modda, 19-son, 335-modda, 24-son, 490-modda.

3. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodlari to'plami: amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo'llanma. - T.: O'zbekiston milliy universiteti, 2003. -94-b.

4. Sh.Sh.Nuriddinov. Muxandislik yo'nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishningpedagogik- psixologik xususiyatlari maqaolasi "Mug'allim xam uzliksiz bilimlandiriu" ilimiy metodikal jurnal 2023 6/6

5. Sh. Nuriddinov B.Baratov. № DGU38937 Muhandislik yo'nalishi talabalarini innovatsion yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish platformasi. O'z.Res advliya vazirligi 2024-yil

6. Muslimov N.A. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida kompetentlik. Mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilari kasbiy kompetentligini ta'minlashning integrativ texnologiyalari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent: TDPU, 2010. - B. 114-118.

7. Бабанский Ю.К.Педагогика высшей школы: Учеб.пособие для унтови педагогически хинтов. Алма-Ата,1989.17 6с. Ананев Б.Г. О человеке как объекте и субъекте воспитания Избр. психол. тр.: В 2 т. - М.: Педагогика, 1980. - 160 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.