Научная статья на тему 'Bo‘lajak pedagog psixologlarda kasbiy o‘zini o‘zi anglash va o‘zining kasbiy metodikasini rivojlantirish'

Bo‘lajak pedagog psixologlarda kasbiy o‘zini o‘zi anglash va o‘zining kasbiy metodikasini rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
382
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagog / bo‘lajak o‘qituvchi / kasb / dunyoqarash / o‘zo‘zini anglash / ta‘lim / metod / uslub. / Pedagogue / future teacher / profession / outlook / self-awareness / education / method / style.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.X.Abdullayeva

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirish va kasbiy o‘zini o‘zi anglashning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari hamda metodlari to‘g`risida so‘z boradi. Bo‘lajak pedagog uchun inobatga olish zarur bo‘lgan xususiyatlar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Development of professional self-awareness and professional methodology in future pedagogues psychologists

В данной статье говорится о методических основах, условиях, возможностях и методах формирования профессионального мировоззрения и профессионального самосознания у будущих педагогов. Выделены особенности, которые необходимо учитывать будущему педагогу.

Текст научной работы на тему «Bo‘lajak pedagog psixologlarda kasbiy o‘zini o‘zi anglash va o‘zining kasbiy metodikasini rivojlantirish»

4. Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий-назарий асослари: монография. - Т.: «Фан», 2007.

UDK 159.9

BO'LAJAK PEDAGOG - PSIXOLOGLARDA KASBIY O'ZINI - O'ZI ANGLASH VA O'ZINING KASBIY METODIKASINI RIVOJLANTIRISH

M.X.Abdullayeva NamMQI, o'qituvchi

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirish va kasbiy o'zini o'zi anglashning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari hamda metodlari to'g'risida so'z boradi. Bo'lajak pedagog uchun inobatga olish zarur bo'lgan xususiyatlar yoritib beriladi.

Аннотация. В данной статье говорится о методических основах, условиях, возможностях и методах формирования профессионального мировоззрения и профессионального самосознания у будущих педагогов. Выделены особенности, которые необходимо учитывать будущему педагогу.

Annotation. This article talks about methodological bases, conditions, opportunities and methods of professional worldview formation and professional self-awareness in future teachers. Features that need to be taken into account for the future pedagogue are highlighted.

Kalit so'zlar: Pedagog, bo'lajak o'qituvchi, kasb, dunyoqarash, o'z- o'zini anglash, ta'lim, metod, uslub.

Mamlakatmiz o'z oldiga qo'ygan stretegik maqsadlariga erishish, salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bog'liq. Bugungi kunda yosh kadrlarning yetakchilik salohiyatini yuksaltirish, bu jarayonda xalqimizga xos axloqiy qadriyatlarga murojaat qilish mavjud kasbiy ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan zamon talabidir. Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan[1].

Kasbiy dunyoqarash - zaruriy kasbga doir bilim, ko'nikma, shuningdek, malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi inson ijtimoiy kompetentligining ma'lum bir ko'rinishi sifatida tavsiflanadi.

Kasbiy o'zini o'zi anglash - professional faoliyatda inson taraqqiyotining eng yuqori bosqichidir.Shaxsning professional o'zini o'zi tanishi ushbu hayotda o'zingiz nimani aniq belgilashga va ma'lum faoliyat turida sa'y-harakatni investitsiyalashga yordam beradi. Shaxs o'zini o'zi anglashi tufayli emas, balki o'zida o'z-o'zini anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir.

Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni rivojlantirish bir qancha yo'nalishlarni qamrab oladi:

Kasbiy kompetentlik - bo'lajak o'qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va salohiyatning chuqur o'rganilishi va ularning amaliyotda qo'llay olinishi. Kasbiy kompetentlik bo'lajak o'qituvchi tomonidan alohida ko'nikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo'nalishga ko'ra integrativ

TAMHM MYAMMO^APH

bilimlar va ko'nikmalarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya sohaga ko'ra bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, eng muhimi, ilmiy ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalarning xilma-xilligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermaydi [2-3].

O'z-o'zini anglash. Bu yo'nalishga sohaga ko'ra umumiy madaniy va kasbiy bilim egallash, axborot faoliyati tushunchasini bilish va qabul qilish; kasbiy pozitsiyani namoyon etish; o'z-o'zini tarbiyalash uchun talim resurslaridan unumli foydalanish; real faoliyatning qonun -qoidalar bilan muvofiqligini aks o'rganish kabilar kiradi [2-3-4].

Axborot texnologiyalari ko'nikmalarini rivojlantirish. Bunda bo'lajak o'qituvchi tezkor pedagogik muammolarni hal etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish; talim muassasasida axborot texnologiyalarining ta'sirini taminlashda ishtirok etish kabilarni o'zlashtirishi lozim. Hozirgi zamonda axborot texnologiyalarini o'zlashtirmagan shaxs nafaqat talim sohasida, balki deyarli hech bir sohada faoliyat yurita olmasligi barchaga ravshan [4-5].

Ijodiy faollik va mustaqillik. Bu qoida bo'lakaj o'qituvchiga o'qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e'tiqod tarkib topadi.

Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri bo'lajak mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko'ra, "kasbiy tayyorgarlik - bu o'zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko'rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning subyektiv holatidir".

R. Ishmuhamedov, A.Abduqodirov hamda A.Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida "bo' lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi" aks etishi kerakligini ta'kidlaydilar. Talabalarni oliy talim muassasasi sharoitida kasbiy dunyoqarashini rivojlantirishda quyidagi jihatlarni alohida ko'rsatib o'tish lozim:

1. talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab dinamiklikka ega bo'lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o'zaro uygunlashuvini talab etadi;

2. talabalar uchun o'qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;

3. oliy ta'lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o'z-o'zini anglash tuygusi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;

4. talabalarda bazaviy o'quv ustanovkalari shakllanadi;

5. talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo'lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir [5].

Bizga malumki, shaxs ta'lim jarayonining faol ob'ekti va sub'ekti bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo'nalganligi bilan belgilanadi. Talaba-yoshlar o'rtasida kasb-hunarga to'g'ri yo'naltirishni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashun o'z mohiyatiga ko'ra texnologik bo'lishi lozim. Chunki muayyan faoliyatga nisbatan texnologik yondashuv ushbu faoliyatning yaxlit jarayoni to'g'risida oldindan to'laqonli ega bo'lish imkoniyatini beradi.

Shaxs yo'nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi.

Kasbiy yo'nalganlik esa shaxs yo'nalganligining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, motivlar, ehtiyojlar ta'sirida aks etadi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda birinchi holat, ya'ni haqiqiy

KYPHHHffl BA TA'MHM HHMHH ^YPHÂHH, 2023, №2 (4)

42

pedagogik yo'nalganlik pozitiv xarakter kasb etib, pedagogik faoliyatda akmeologik darajaning qo'lga kiritilishiga yordam beradi.

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik yuqori natijalarning qo'lga kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik yo'nalganlikning asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.

Kasbiy faoliyatga yo'naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo'lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o'zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida etakchi rol o'ynay olmasligini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma'naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo'lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi [5-6].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning obyektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o'qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo'lishi kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo'lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'grisida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.

2. Ta limni axborotlashtirish - 2018: Xalqaro ilmiy-metodik konferentsiya materiallari (Kostroma, 2018 yil 14-17

3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2013. - 192 b.

4. Asqarova O'.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pedagogika. - T.: Talqin, 2018. - 287 b.

5. Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы интенсификации системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального образования: Автореф. дисс. ... док.пед.наук. - СПб.: 2015. - 43 с.

6. Ismoilova N., Abdullaeva D. Trening o'tish metodikasi. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2019. - 96 b.

INTERNET SAYTLARI:

1. httr://www.deti.zr.ua/show article.rhr?a id=300105. Gоsudаrstvеnnаya pоmоsh dеtyam-sirоtаm.

2. httr://www.cirota.ru/foster/. Оsоbеnnоsti sоtsiаlniх tехnоlоgiy rаbоt s dеtmi, lishеnnmi sеmеynоy zаbоt. Оrgаnizаtsiya rаbоt s zаmеshаyushеy sеmеy.

3. httr://www.rl-online.ru/articles/1 -04/413.html. Pаrfеnоvа О. Istоriya razvitiya sоtsiаlnоgо prizrеniya dеtеy-sirоt v Rоssii XVIII - nаchаlа XX vеkа nа primеrе Chuvаshii.

4. httr://erarhia.onego.ru/sirota.htm. Sirotstvo v istorii Rossii.

5. httr://kid-in-danger.narod.ru/. Sоtsiаlniy priyut dlya dеtеy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.