Научная статья на тему 'TALABALARNING DIDAKTIK KOMPETENTLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

TALABALARNING DIDAKTIK KOMPETENTLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlilik / shaxs taraqqiyoti / ta'lim jarayoni / bilim / ko'nikma / malaka / tayanch hayotiy kompetensiya / fanga oid kompetensiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Firyuza Orazovna Orazova

Mazkur maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, “kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o'rni tavsiflab berilgan. Ko'plab pedagog va psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon etilgan. Shunga ko'ra ushbu maqola pedagog olimlar, o'qituvchilar, dastur va darslik mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING DIDAKTIK KOMPETENTLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

TALABALARNING DIDAKTIK KOMPETENTLIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH

Firyuza Orazovna Orazova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, "kompetensiya", "kompetentlilik" tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o'rni tavsiflab berilgan. Ko'plab pedagog va psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon etilgan. Shunga ko'ra ushbu maqola pedagog olimlar, o'qituvchilar, dastur va darslik mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlilik, shaxs taraqqiyoti, ta'lim jarayoni, bilim, ko'nikma, malaka, tayanch hayotiy kompetensiya, fanga oid kompetensiya.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING THE DIDACTIC COMPETENCE OF STUDENTS ON THE BASE OF AN INTEGRATIVE

APPROACH

Firyuza Orazovna Orazova

Chirchik state pedagogical university

ABSTRACT

This article describes the fact that the formation of basic life competencies is an actual socio-pedagogical problem, the concepts of "competence", "competence", their structure, various approaches to these concepts, the role of competence and competence in personal development. The approaches of many pedagogues and psychologists have been analyzed. As a result of these analyses, scientific opinions are stated. Accordingly, this article serves as a program for pedagogic scientists, teachers, authors of programs and textbooks, and researchers.

Keywords: competence, competence, personal development, educational process, knowledge, skills, competence, basic life competence, scientific competence.

April 23-24, 2024

806

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-1875-sonli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli Qarorlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ma'lumki, kompetentli yondashuv insonning ijtimoiy hayotga har tomonlama tayyorligi va tarbiyalanganligi bilan bir qatorda shaxs sifatida shakllanishini ta'minlashda insonparvarlik xarakteriga ega. Insonparvarlik prinsipiga asoslangan shaxsga yo'naltirilgan ta'limning maqsadi o'quvchilarga muayyan sohada bilim, ko'nikma, malakalar majmuini taqdim etishdangina iborat emas, balki ularning dunyoqarashi, layoqati, kreativ faoliyati, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda ular ongiga insoniy qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi kompetentli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Kompetensiya -o'quvchilarning ma'lum sohada samarali faoliyat ko'rsatishlari uchun ta'lim tayyorgarligiga oldindan qo'yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko'p qirrali bo'lib, uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o'quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo'lishni anglatadi.

O'quv fanlarini integratsiyalashning nazariy asoslari, tamoyillari, integratsiyaga bo'lgan yondashuv, integratsiya yo'nalishlari, integrativ dasturlar, integrativ dars, integratsiyalashgan kurs modelini yaratish kabi masalalar o'z yechimini kutayotgan eng muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo'llash va pedagogik mahoratni takomillashtirish muammolari ustida professor N.N.Azizxodjaeva izlanishlar olib borib, o'z tadqiqotlarida kasbiy ta'lim tizimida o'qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlashini ta'kidlab o'tgan. O'.Q.Tolipov "Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari" mavzusida tadqiqot ishlarini olib borib, talabalarda kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni va uni ta'lim jarayoniga qo'llashning muhim tomonlarini tadqiq qilgan. D.O.Ximmatalievning tadqiqotlarida bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va pedagogik faoliyatida texnologik yondashuvning o'ziga xosligi yoritib berilgan. D.N.Zokirovaning ilmiy tadqiqotlarida bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining intellektual salohiyatini o'stirish, izlanish, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashkilotchilik malakalarini shakllantirish kabi muammolarning yechimini topish hozirgi davrda muhim vazifalardan ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

April 23-24, 2024

807

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

Pedagogik kompetentlik bir qator ya'ni pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik konfliktologiya, neyropedagogika, pedagogik imidjalogiya, innovasion pedagogik texnologiyalar, yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik aksiologiya, pedagogik psixologiya fanlari bilan o'zaro aloqada shakllanadi. Murakkab, mashaqqatli, kutilmagan holatlarga boy, ammo jamiyatning zaruriy ehtiyoji hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimini yangicha ko'rinish va yangicha mazmunda amalga oshirish, dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni samarali qo'llash orqali ta'lim samaradorligiga erishish davr talabidir. Ta'lim muassasasi bitiruvchisi o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashda asosan pedagog kadrlar salohiyati hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Kompetentlilik o'quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo'yicha to'plagan minimal darajadagi bilim, ko'nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o'z ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o'zaro farqlanadi.Tayanch kompetensiyalar o'quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi.O'quvchilar muayyan bilim,ko'nikma,malaka va tajribaga ega bo'lgach,o'zlari egallagan kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar.Tayanch kompetensiyalar ko'proq o'quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o'quv fani doirasida o'zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o'quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, madaniy, ma'naviy hayoti, an'analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.Pedagog uchun zarur bo'lgan mahoratning bu ikki unsurini birlashtirish asosida konkretlikdan obstraklikka, ya'ni aniqlikdan mavhumlik sari o'tiladi. Ular sezgi, tafakkur va nazariy asoslarda yuz beradi. Tahlil etishni nazariy darajaga olib chiqish mahorati bo'lg'usi o'qituvchilarni pedagogik mahoratga o'rgatishning yoki pedagogik mahoratni yanada takomillashtirish ning eng muhim vazifalaridan biri sanaladi. Pedagogik masalalarning umumlashgan ligiga qaramay, pirovard natija, yechim "fikrlash, faoliyat yurgazish, fikrlash" mana shu uchlikka kelib taqaladi hamda pedagogik faoliyat unsurlari va unga mos bo'lgan axborot bilan uyg'unlashib ketadi. Natijada o'qituvchining kasbiy kompetentligi modeli uning nazariy va amaliy tayyorgarligi sifatida namoyon bo'ladi.

So'nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo'llanilmoqda. Ta'lim amaliyotida tez-tez qo'llanilayotgan ushbu atama ta'lim mazmunida ustuvor o'rin egallamoqda. Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha

April 23-24, 2024

808

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

sifatida zamonaviy pedagogikaning ilmiy tushunchalari tarkibiga singish bosqichlarini o'tamoqda. Mazkur tushunchaning o'ziga xos jihati uning pedagogika fanida eskirib qolgan tushunchalar bilan o'zaro qiyoslashni taqozo qilishidadir. Biz o'z tadqiqotimiz davomida kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va u bilan o'zaro aloqador bo'lgan tushunchalarni izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya, kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, kompetensiya hamda bilim, ko'nikma, malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik. Kompetentli yondashuv doirasida bilim, ko'nikma va malakalarning aniq darajasi bilan ta'lim natijalari hamda uning ahamiyatli jihatlari uyg'unlashib, kompetensiyalar - layoqatlar majmui hosil bo'ladi. Bu esa o'quvchilarga jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashish imkonini beradi. Kompetensiyaviy yondashuvda jarayon markaziga o'quvchi shaxsining o'zi qo'yiladi, rivojlanish vaziyatlarida uning o'rni aniq namoyon bo'ladi. So'nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni bir yo'la loyihalashtirish g'oyasi ilgari surilmoqda. Shu asosdan kelib chiqqan holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin. Manbalarning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchasini tavsiflovchi yagona yondashuv mavjud emas. Kompetensiyalarni tushunish va tavsiflashda kompetensiyaning ta'lim oluvchi shaxsiga taalluqliligi, bilim, ko'nikma, malakalarning mahsuli bo'lsa-da, uning tarkibiga kirmasligi haqidagi qarash ilgari surilmoqda.

Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular: davlat ta'lim standartlari; bitiruvchi sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar; bilim, ko'nikma, malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning tayyorgarligini ta'minlovchi, ularning shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo'lgan me'yorlardan iborat. Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o'quvchining bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishga bo'lgan shaxsiy munosabati, ta'limning real darajasini o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. Y3ÔeKHCTOH PecnyônHKacn Ba3Hpnap MaxKaMacHHHHr 2017 hhh 6 anpengara —YMyMHH ypTa Ba ypTa Maxcyc, Kacô-xyHap TatnHMHHHHr ^aBnar TatnHM CTaHgapraapHHH TacgHK^am TyrpHCHgalrH 187-coh KapopH //www.lex.uz

2. BomnaHFHH TatnHM концепцнaсн // Ty3yBHHnap: PX.Ca^apoBa Ba 6omK.-TomKeHT: PTM-2015. Y3MY xaôapnapn - 183 - Oanca^a ^aHnapn

809

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.