Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
50
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo‘lajak o‘qituvchi / pedagogika / kasbiy kompetensiya / rivojlantirish / pedagogik aspektlari / fan.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Irgashova Maripat Abdinazarovna

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI Irgashova Maripat Abdinazarovna

Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676681

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, pedagogika, kasbiy kompetensiya, rivojlantirish, pedagogik aspektlari, fan.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim sohasiga juda katta e'tibor qaratilmoqda, qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko'tarilganinig guvohimiz. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga berilayotgan e'tibor, pedagoglarni o'z ustida doimiy ravishda ishlashi, ta'lim sohasiga innovatsion g'oyalarni tadbiq etishi, kelajagimiz egalarini munosib tarbiyalash, ta'lim va tarbiya berish samaradorligini yanada oshirish, ma'nan yetuk va komil insonni tarbiyalash bo'yicha qator vazifalar belgilangan. Shuning uchun ham "Pedagogika" fani dunyoviy fanlar tizimida alohida o'rin egallaydi. Pedagogika tushunchasini A.Avloniy "bola tarbiyasining fani" deb atagan. Pedagogik kompetentlik atamaning quyidagi ma'nolari mavjud. "Kompetentlik" ingliz tilida "competence" so'zidan olingan bo'lib, "qobiliyat" ma'nosini anglatadi. Kompetentlik bo'lajak kasb egasi tomonidan egallanadigan va o'z faoliyatida qo'llaniladigan nazariy bilimlardan unumli foydalanish demakdir. Ya'ni yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahoratni iqtidorli namoyon eta olish tushunchasi bilan izohlanadi. Kompetentlik tizimida kasbiy kompetentlik asosiy metodologik hodisa bo'lib, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinish demakdir [1]. Kompetensiyalar faoliyatning samarali bajarilishini ta'minlaydigan harakatlarning umumlashtirilgan usullari. Bu insonning o'z malakasini amalda qo'llash qobiliyatidir.

Zamonaviy pedagogikada mutaxassislarni tayyorlash uchun turli xil yondashuvlar ma'lum. Ular orasida taniqlilari fanlararo yondashuv, ma'lumotli yondashuv, tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv sanalib, yaqin orada paydo bo'lgan yangi vaziyatli yondashuvi, axborot, konseptual, ergonomik yondashuvlar ham mavjud.

Pedagogikada kompetensiyaga asoslangan yondashuv tushunchasi XX-asrning 80-yillarida "Perspektivlar" deb nomlangan jurnalda ilk bor tilga olingan. V.D. Landsherning mazkur mavzuda "Minimal vakolat" konsepsiyasi nomli maqolasi yozib, yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. Dastlab yondashuv haqida emas, balki faqat "kompetensiya", "kasbiy kompetensiya" tushunchalari, shuningdek, ta'limning maqsadi va natijasi sifatida shaxsning kasbiy kompetensiyasi haqidagi fikrlar maydonga keldi. U yerda kompetensiya atamasi "mavzuni chuqur bilish" deb tushunilgan. Keyinchalik kompetensiya atamasiga keng ma'no izoh berilib, uning qo'lami va mazmunini yoritishga harakat qilindi.

Kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik yondashuvlar ma'lum toifalarga ajratiladi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi haqida olimlarning fikrlari mavjud.

Pus pedagog A.M.Mityayeva ko'p darajali ta'limni loyihalashtirishning uslubiy prinsipi sifatida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirishda ta'lim tizimi keyingi bosqichga o'tishi haqida ma'lumot beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni ta'limning maqsadi va

natijalarining sifat normalari, modellashtirish usuli sifatida belgilaydi, ta'lim natijasini ajralmas shaklda bitiruvchining ma'lum bir faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi belgilarining tizimi sifatida aks ettiradi.

Bo'lajak mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ma'lumotli yondashuvga asoslanib, bo'lajak o'qituvchilari tomonidan kompetensiyaga asoslangan yondashuv konsepsiyasini o'zlashtirish masalasi ularning ma'lumotli yondashuvga asoslangan oliy ta'limning uslubiy strategiyasini bilishlari dolzarbdir. Pedagogikada shaxsning o'qish-o'rganish natijasida o'zlashtirgan bilim ko'nikmalari hajmi, yo'nalishi va darajasiga ma'lumot deyiladi. Ta'lim-tarbiya hamda mustaqil o'rganish jarayonida ma'lumot olinadi, ongli faoliyati jarayonida rivojlanantirib boriladi. Ongli faoliyat jarayoni ta'limning ham obyekti, ham subyekti bo'lmish insonning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab, oilada, so'ngra uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlarida amalga oshiriladi. Uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlarida ma'lum bir ta'lim standartlari hamda o'quv dasturlarida belgilangan hajm va yo'nalishdagi ma'lumot o'zlashtirib boriladi.

Ma'lumotni o'zlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli ta'lim va tarbiya mashg'ulotlaridan iborat. Ma'lumot olish manbalari darslik, qo'llanma, qo'shimcha adabiyotlar, atrof-muhitda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar, ma'lumot olish vositasi o'quv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. Ma'lumot oila, bog'cha, maktab, akademik lisey yoki kasb-hunar maktabi, oliy o'quv yurti, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim shakllari hamda qayta kasbga tayyorlashda o'zlashtiriladi. Zamonaviy axborot jamiyatida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish ta'limning yetarli natijasidir. Inson tez o'zgaruvchan axborot oqimlarida harakat qilishi, yangi texnologiyalarni o'zlashtirishi, o'z-o'zini o'rganishi, yetishmayotgan bilimlarni qidirishi va ulardan foydalanishi kerak.

O'tkazilgan xalqaro qiyosiy tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, talabalar reproduktiv xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda chet ellik tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq, predmet bilimlari va ko'nikmalarini o'zlashtirganligini aks ettiradi, ammo bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha vazifalarni bajarishda ularning natijalari pastroq, hayotiy vaziyatlar, ularning mazmuni g'ayrioddiy, nostandart shaklda taqdim etilgan bo'lib, unda ularni tahlil qilish yoki sharhlash, xulosani shakllantirish yoki ba'zi o'zgarishlarning natijalarini nomlash zarur [2]. Shunday qilib, ma'lumotli yondashuvga asoslangan ta'lim sohasida o'zgarishlarga ehtiyoji bor bo'lib, bugungi kunda ta'lim sohasida nafaqat bilimdon, balki o'z bilimlarini amalda qo'llay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun ta'lim sohasi modernizasiya qilinmoqda. O'zbekistonda ta'limni davom etayotgan modernizasiya talabalar uchun yangi imkoniyatlardan iborat bo'lgan yangi ta'lim sifatiga erishishni nazarda tutadi, talabalarning oldingi avlodlari hal qilmagan muammolarni hal qilishlari, ya'ni bugungi o'qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi [3].

O 'qituvchilar muammolarni hal qilish qobiliyatini o 'zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, bir nechta tarkibiy qismlardan iborat: faoliyat motivatsiyalari, axborot manbalarini topish va tahlil qilish qobiliyati, faoliyatning ayrim turlari uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikmalar, muammoning mohiyatini tushunish va uni hal qilish usullarini tanlash uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni o'rganish zarurligini talab qiladi.

Kompetentlilik va kompetensiya so'zlari bir-biri bilan bog'liq va biri ikkinchisini to'ldiradigan tushunchalardir. Shunga ekan, kompetensiya tizimi amaliy va nazariy tayyorgarlik jihatidan o'zida bir qator kompetentlik va kompetensiyalarni jamlagan. Kompetentli deb, muayyan bir sohaga oid ma'lumotga ega bo'lgan va shu sohaga xos kompetensiyalarni egallagan kasb egasiga aytiladi. Kompetensiya - davlat standartlarida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, har bir kasb egasining muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun muhim bo'lgan

ta'limiy (professional) tayyorgarligidir; kasb egasi tomonidan egallangan mutaxasisligiga doir bilim, ko'nikma, malakalar, shaxsiy va kasbiy sifatlari bo'lib, muayyan sohada orttirilgan tajribasidir.

Ta'limiy kompetensiyalar shunisi bilan farqlanadiki, ular talabani faoliyatini kelajakda to'laqonli hayot kechirishi uchun rivojlantiradi. Ma'lum yoshgacha, davrgacha inson biror bir kompetensiyani namoyon eta olmaydi, ammo bu insonda kompetensiyani rivojlantirmaslik kerak degani emas. Bunday holatda ta'limiy kompetensiyalar haqida, ya'ni o'zaro bog'liq tushunchalar, bilim, ko'nikma, malakalar, borliqda mavjud voqeliklarga munosabat nuqtai nazaridan axloq, xulq-atvor, tajribada ifodalangan, ham shaxsiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ilmiy-nazariy tayyorgarlik to'g'risida gap boradi.

Kompetentlilik har bir insonning xulq-atvorida, axloq-odobida nazariy va amaliy jihatdan namoyon bo'ladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy kompetentlik o'z faoliyatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida namoyon bo'ladi. Bunda kompetentlik namoyon bo'ladigan muhitni ko'rish talab etiladi.

Mamlakatimiz ta'lim tizimini jahon standartlari darajasida ko'tarishda munosib o'rniga ega bilimli, qobiliyatli va iste'dodli bo'lajak o'qituvchilarmizda kompetentlikni rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish, ta'lim olish shakli, metod, vositalarini tanlay olish, ta'limning insonparvarlik, demokratik, shaffoflik, tenglik prinsiplarga amal qilish, ta'lim va tarbiya jaroyoniga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, jamiyat kelajagi bo'lgan yosh avlod tarbiyasida xato va kamchiliklarga boshqalar tomonidan kamsitishlarga yo'l qoymaslik, ijtimoiy jihatdan himoya qilish bugungi kun jamiyat oldida turgan sharafli vazifa ekanligini unitmagan holda, o' qituvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, yetuk intellektual salohiyatli kadr bo'lish kabi tavsiyalarga amal qilish kerak.

REFERENCES

1. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar - ta'lim samaradorligining muhim omili. - T.: Yoshlar tashkiloti, 2020. - 52 b.

2. Medetova R.M., Anarboyev A.A. Hamkorlik pedagogikasi asosida bo'lajak zahiradagi ofitserlarning texnologik kompetentligini rivojlantirish // Ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to'plami. 2023-yil 13-noyabr. - T.: O'zPFITI, 2023. - B. 284-287.

3. Zamonaviy pedagog qiyofasi: marifat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.