Научная статья на тему 'TALABALARNING AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

TALABALARNING AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

8
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T. A. Qobilov

Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, talabalarda matematikaga bo‘lgan qiziqishini orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq . Dars jarayonlarida kuzatilgan kamchiliklardan biri, talabalar o‘xshash masalalarni bir xil usuldan foydalangan holda yechishadi yoki matematika fanini anglamasdan turib, formulalarni shunchaki yodlagan holda (yondaftardan foydalanib) test topshiriqlarini bajarishadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

g

TALABALARNING AXBOROTLASHGAN TA'LIM MUHITIDA MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASINING O'ZIGA

XOS JIHATLARI

T. A. Qobilov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi, Chirchiq, O'zbekiston

Matematika fanini o'qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo'lib, talabalarda matematikaga bo'lgan qiziqishini orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta'lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq . Dars jarayonlarida kuzatilgan kamchiliklardan biri, talabalar o'xshash masalalarni bir xil usuldan foydalangan holda yechishadi yoki matematika fanini anglamasdan turib, formulalarni shunchaki yodlagan holda (yondaftardan foydalanib) test topshiriqlarini bajarishadi.

Shu bilan birga pedagogik va matematik tadqiqotlarda mustaqil ish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar aniqlangan, ammo ular ta'lim tizimida yetarlicha yoritilmagan, amaliy ko'rsatmalar ishlab chiqilmagan. Talabalarning mustaqil ish faoliyatini takomillashtirish uchun zarur bo'lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlanmagan.

Ta'lim yo'nalishlarining amaldagi o'quv rejalarida ayni bir fan uchun belgilangan umumiy o'quv soati ikki qismga: auditoriya va mustaqil ish faoliyati soatiga ajratilgan. Auditoriya soati o'quv rejalarida auditoriya mashg'ulotlari (ma'ruza, amaliy, seminar va laboratoriya ishlari) uchun taqsimlangan holda berilgan. Mustaqil ish faoliyati soati yaxlit holda berilgan bo'lib, talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini qanday materiallar asosida yo'lga qo'yish har bir fanning o'ziga hos hususiyatlaridan kelib chiqib bu fan o'qituvchilarining uquvi, bilimi tajribasi va pedagogik mahoratiga havola qilingani holda mustaqil ish faoliyati soatlarini bajarish tavsifi va ko'rsatmalar bir qator meyoriy xujjatlarda berildi.

Mazkur loyiha doirasida oliy ta'lim tizimida mustaqil ish faoliyati talabalarning bilim olishdan maqsadlari va shu maqsadlarga qanday erishishlari -mavjud o'quv resurslardan foydalangan holda amaldagi o'quv dasturlari doirasidagi materiallarni qanday o'zlashtirishlari bo'yicha mustaqil qaror qabul qilishlarini nazarda tutadi. O'qituvchilar talabalarni ta'lim olishdagi individul strategiyalarni shakllantirish bo'yicha talabalarning intilishlarini

olqishlash va to'g'ri yo'naltira olishlari lozim. Talaba yakka holda

October 20, 2023

g

samaraliroq ishlaydimi yoki bir necha kishidan iborat guruh bilan birgalikda ishlashni yoqtiradimi, talaba vaqtini kutubxonada o'tkazadimi, yoki unga Internet tarmog'idagi mavjud elektron materiallardan foydalanish qulayroqmi - mustaqil ish faoliyati sharoitida talaba ishni qanday qilib yaxshiroq, samaraliroq va qulay-roq tashkil etish kerakligini o'zi yaxshi bilishi kerak. Talaba olgan bilimlari sifatiga javobgarlikni o'ziga olishi kutiladi.

Odatda talaba o'qituvchini bilim o'chog'i hamda talabani qanday bilim olishini yaxshi bilguvchi inson sifatida qabul qiladi. Haqiqatda esa o'qituvchi talabalarni oliy o'quv yurtida o'qishi davomidagina ularga javobgar bo'ladi, lekin u har doim ham uning yonida bo'ladimi? Talaba o'quv dargohini tamomlaydi va bir o'zi o'z kelajagi bilan qoladi. U mehnat faoliyatini boshlaydi, u yerda u va faqat u olgan bilimlarini ko'rsatib, amaliyotga tadbiq eta olishi kerak bo'ladi. Davlatimizdagi zamonaviy iqtisod qonuniyatlari o'z shartlarini ilgari surmoqda va shuning uchun bilimga faqat egalik qilish bilan chegaralanib bo'lmaydi. Zamon bilan hamnafas bo'lish, mustaqil qaror qabul qila olish, o'z ustida doimiy ravishda ishlash, o'z malakasini oshirib borish darkor. Shuning uchun talaba yoshlarning yangi avlodini mustaqil qaror qabul qila oladigan, bilim olishiga o'zi mas'ul bo'la oladigan qilib tarbiyalash ehtiyoji sezil-moqda.

Mustaqil fikrlaydigan talabalarni tarbiyalash davlatimiz ta'lim ti- zimining asosiy maqsadlaridan biridir. Manbai faqatgina o'qituvchi ma'ruzalarida berayotgan mavzular bo'lishi kerak emas.

Talaba o'zi anglashi va harakat qilishi, o'qituvchi esa, o'z navbatida, talabalarning izlanishlarni o'rganish ko'nikmalarini, o'tilgan materiallarni yanada chuqurroq o'zlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumotlarni izlab topish qobiliyatlarini rivojlantirishga undashlari lozim. Ba'zan mustaqil holda o'qish va mustaqil ish faoliyati tushunchalari adashtiriladi.

Mustaqil holda o'qish rasmiy o'quv jarayonidan tashqarida kechishi mumkin, ya'ni muayyan o'quv yurtiga bormay turib, uyda o'z materiallari asosida mustaqil, individual holda o'qish, ta'lim olish mumkin. Bu qiziq pedagogik hodisa bo'lsada, ushbu loyihada mustaqil holda o'qish (o'quv yurtiga bormay turib ta'lim olish) o'rganilmaydi. Mazkur loyiha doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun mustaqil fikrlaydigan, bilimli va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida rasmiy oliy ta'lim tizimida mustaqil ish faoliyati unsurlarini tadbiq etish va rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik chora-tadbirlar tahlil qilinadi.

Oliy ta'lim tizimida mustaqil ish faoliyatini takomillashtirishda quyidagi mustaqil ish turlaridan foydalanish

October 20, 2023

g

g

mumkin:

takrorlash va masalalar yechish. Takrorlash va mashq qilishda pedagog dars paytida olgan bilimlarini takrorlaydi, tahlil qilib, umumlashtirib, fikrlab ko'radi, eslab qoladi, amaliy topshiriqlarni bajarish ko'nikmalari va malakalarini shakllantiradi.

yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirish. Bunda talaba axborot manbalarini izlab topish, ular ustida ishlash, konspektlashtirish, fikrlarni izchil bayon qilish bo'yicha ko'nikmalarni egallaydi, mustaqil ish faoliyati usul va uslublarini o'rganadi.

ijodiy xarakterdagi ishlarni bajarish. Bunda talaba muammoli vaziyatlarni aniqlash, tahlil qilish, mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallaydi, masalani hal qilishga ijodiy yondashishga o'rganadi, ko'rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi izlanishlarni talab qiladigan topshiriqlarni hal qilish yo'llari bilan tanishadi.

Oliy ta'lim tizimida mustaqil ish faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladigan o'quv vositalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tashkiliy vositalar; o'quv texnologiyalari, o'quv-metodik materiallar; didaktik materiallar; axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; texnik o'quv vositalari.

Shunday qilib, oliy ta'lim tizimida mustaqil ish faoliyatini takomillashtirishning maqsadini belgilab olish, shunga binoan mazmunini takomillashtirish va o'qitish sifatini kafolatlovchi zamonaviy usul va uslublari hamda shakl va vositalarini belgilab olish mustaqil ish faoliyati ni to'g'ri tashkil etishga asos bo'ladi.

REFERENCES

1. Janabergenova A. Matematikadan talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish uslubi // Ta'lim, fan va innovatsiya. / Ma'naviy- marifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. Toshkent. -

2. Shodmonova Sh.S.Oliy o'quv yurti talabalarida mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish (Kasb ta'lim yo'nalishi misolida) Ped.fan.dok.. ,.disser.-T:2010-340b.

3. Yunusova D.I. Matematikani o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2011, - 200 b.

4. Janabergenova A.J. Axborotlashgan ta'lim muhitida talabalarning mustaqil ish faoliyati metodikasini takomillashtirish. Monografiya, Toshkent 2023, - 143.

2018.

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.