Научная статья на тему 'ВLENDED LEARNING ASOSIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARIGA DOIR'

ВLENDED LEARNING ASOSIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

239
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / mustaqil ish / elektron ta‟lim / aralash ta‟lim / o„zlashtirish / nazorat. / student / independent work / e-learning / blended learning / academic performance / the control

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — P. A. Xakimov, D Sh Toshpo‘latov

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta‟limini aralash ta‟lim tizimlaridan foydalangan holda tashkil etish masalalari o„rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS BASED ON BLENDED LEARNING

The article examines the issues of organizing self-study of students using blended learning systems

Текст научной работы на тему «ВLENDED LEARNING ASOSIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARIGA DOIR»

BLENDED LEARNING ASOSIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH

MASALALARIGA DOIR

P. A. Xakimov

f.-m.f.n., dotsent, Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

D. Sh. Toshpo'latov

i.f.n., dotsent, Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta'limini aralash ta'lim tizimlaridan foydalangan holda tashkil etish masalalari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: talaba, mustaqil ish, elektron ta'lim, aralash ta'lim, o'zlashtirish, nazorat.

ON THE ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS BASED ON

BLENDED LEARNING

P. A. Khakimov

PhD, Associate Professor, Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology

D. S. Toshpulatov

PhD, Associate Professor, Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology

ABSTRACT

The article examines the issues of organizing self-study of students using blended learning systems.

Keywords: student, independent work, e-learning, blended learning, academic performance, the control.

KIRISH

Bugungi kunga kelib hukumat darajasida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini takomillashtirishga e'tibor kuchaytirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 824-sonli qarorida "oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-

modul tizimini joriy etish" vazifasi qo'yilgan. Bu esa aralash ta'lim tizimini o'quv jarayoniga samarali qo'llashni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo'llash, oliy matematika fanini kasbga yo'naltirib o'qitish misolida mustaqil ta'lim va mustaqil ishining o'rni [6], zamonaviy o'qitish vositasi sifatida oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayonida foydalanishga mo'ljallangan interaktiv elektron ta'lim resurslari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish bo'yicha [7] ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Tadqiqot jarayonida mavzuga oid ilmiy manbaalarni qiyosiy o'rganish va tahlil

qilish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamiz ta'lim tizimida zamonaviy ta'lim jarayonini tubdan isloh qilish, ta'lim oluvchining auditoriya va ma'ruza yuklamalarini mustaqil ta'limning xissasini oshirish orqali kamaytirilishini talab qiladi (mustaqil ta'lim soatlarini o'qituvchi yuklamasiga qo'shish orqali). U holda ta'limning asosiy markazi ta'lim beruvchidan ta'lim oluvchining mustaqil faoliyatiga o'tadi. Auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar nisbatini aniqlashda mustaqil ishni tashkil etishga e'tibor qaratish zarur bo'ladi.

Oliy ta'lim muassalarida mustaqil ishning auditoriya va auditoriyadan tashqari o'qitish jarayonini tashkil qilish ta'lim berish asosi hisoblanadi. Talabalarga

beriladigan mustaqil ishlar shu maqsadga erishishning vositasi bo „lib xizmat qiladi. Mustaqil o'qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini oshiradi va kitob bilan ishlashni o'rgatadi.

Rasm. Blended learning

Ta'limning xozirgi paytdagi jarayoni talabaning o„z hoxishi bilan mustaqil bilim olishiga olib kеlmaydi, balki ta'lim oluvchining o'qituvchi tomonidan tizimli boshqariladigan faoliyatiga aylanib qolgan. Bunday faoliyat malakali mutaxassislar tayyorlashning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanmaydi. Berilayotgan bilim talaba tomonidan bilim olishga qiziqish uyg'otsada, zarurat bo'lganda faol qabul qilinadi. O'rganilayotgan fanning murakkablik darajasi bir xil bo'lgan tarkibi talabaning tasavvur qilish uslubi, qabul qilish motivi va qiziqishi bo'yicha turlicha o'zlashtirilishi mumkin. Talabaning aniq bir fanga qiziqishi, o'qiish va ilmiy faoliyati jarayonida yuzaga keladi.

Rasm. Elektron ta 'lim orqali o 'quv jarayonini tashkil etish Academic Research, Uzbekistan 211 www.ares.uz

Elektron ta'limda tinglovchlar mustaqil, erkin va ixtiyoriy bilim olish imkoniyatiga ega bo'ladi, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi bevosita aloqa bo'lmaganligi uchun talabalaming o'zlashtiгish daгajasi bevosita uning intellektual tomonlariga bog'liq, ko'rgazmalilikning keng imkoniyatlaгidan foydalanish ya'ni eshitish, ko'гish, idгok qilish, esda saqlab qolish, tushunish fikrlashda texnik jarayonlarning faol ishtiroki yordamida egallanayotgan bilim mohiyatini chuqurroq anglashga yoгdam beradi.

Auditoriya soatlaгini qisqaгtiгishda ta'lim bernvchi asosiy e'tiborni talaba o'qituvchi rahbarligi va nazorati ostida bajaгadigan mustaqil ishlarga qaгatiladi. Bu ish auditoriya mashg'ulotlariga tayyoгgaгlik, alohida mavzulaг bo'yicha topshiriqlar ishlab chiqish, yozma nazorat ishlarini bajarish, oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Auditoriya va mustaqil ish ya'ni joriy nazorat, talabaning umumta'lim bilimlari ya'ni kirish nazorati va berilgan fan o'rganilgandan so'ng o'zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish o'quv jarayoni pedagogik texnologiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Xozirgi kunda blended learning (aralash ta'lim, ananaviy va elektron ta'lim) texnologiyasi rivojlanmoqda, natijada o'quv materialining bir qismi elektron kurs shaklida, qolgani esa, auditoriyadagi mashg'ulot shaklida amalga oshirilishi mumkin. Bunday ta'lim talabalardan o'z o'quv jarayonini boshqarishni, yuqori darajada tashkilotchilikni, ma'lum qobilyatlarni, uquvlarni, ta'lim olish jarayoni natijalarini baholashni talab etadi. Bundan tashqari, talaba o'quv materialini o'zlashtirish uchun uni mustaqil ravishda umumlashtirishi, bajarilgan o'quv ishlari va topshiriqlarni bajarishdagi faoliyatini tahlil qilishi va baholashi kerak. Shunday qilib, talaba o'qituvchi bilan birga nazorat ishlarini bajarishga qay darajada tayyor ekanligini mustaqil baholashi lozim.

1. CVquv jnrayoni

2. Blended leamng

liufflik

A Van ;. . eg -i MtStipiW!

i. : : ■ , .i ' -2 ... " ■ I

musía ail la um

1 ). LMS tizimga kíiiladi

2j Pedagogue dasinr. vos. Melodik qollanma Laboratorivaishi

Moddlashdrish cairiba

Namovish tairibalar

LMS-motii torinsnazor at

Rasm. Blended learning o'quv jarayoni

Elektoron ta'limda tinglovchilar mustaqil, erkin va ixtiyoriy bilim olish imkoniyatiga ega bo'ladi; talaba va tinglovchi o'rtasidagi aloqa xissiy munosabatlardan xoli bo'lganligi uchun tinglovchilarning o'zlashtirish darajasi bevosita uning intellektual tomonlariga bog'liq; ko'rgazmalilikning keng imkoniyatlaridan foydalanish ya'ni eshitish, ko'rish, idrok qilish, esda saqlab qolish, tushunish mushohada qilishda texnik jarayonlarning faol ishtiroki yordamida egallanayotgan bilim mohiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Elektron ta'limda asosiy e'tiborni o'quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratiladi. Chunki o'quv-uslubiy materiallarning sifati masofadan o'qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O'qish tartibi quyidagicha: o'qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Talaba ko'rsatilgan manbaalar bilan ishlab topshiriqlarni bajaradi va o'qituvchiga yuboradi. O'qituvchi uni tekshiradi, zarur holda ko'rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o'rganiladi. Muzokara Internet texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. O'qish jarayonida talaba elektron darsliklardan, elektron kutubxona va forumlardan, videokonferensiyalardan, on-line kurslaridan va Web-sahifalardan foydalanadi. Bu individuallik o'quvchida qiziqish uyg'otadi va uni

o'qishda faollikka, ijodiy yondashuvga rag'batlantiradi. Ularni to'g'ri tashkil etish, o'qitish sifati va samarasini belgilaydi.

Shu bilan birga mustaqil o'zlashtiriladigan materialning tushinilish darajasini davriy ravishda baholab borish kerak. Shu sababli, o'quv faoliyatini boshqarish jarayonining asosiy qismi o'z-o'zini nazorat qilish hisoblanadi va o'quv materiali yaxshi o'zlashtirilganligiga ishonch hosil qilinadi. Ta'lim jarayonida bilim, uquv va malakalarni talabaning o'zini-o'zi baholash usuli pedagog bilan o'zaro aloqaning kamayishi hisobiga katta ahamiyat kasb etadi. Talaba o'quv dasturi o'zini qoniqtirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar o'z-o'zini nazorat qilish uquvlari ishlab chiqilmagan bo'lsa, talaba faoliyatidagi xatolarni o'qituvchi tuzatishi va tashqi nazoratga o'rganib qoladi. Metodik va test materiallari mavjud bo'lganda talabalarning o'z-o'zini nazorat qilishi va baholashi ta'limga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi va u quyidagilarga imkon yaratadi:

- talabaga o'quv faoliyatini rejalashtirish;

- maqsad qo'yish va o'qish muammolarini xal qilish;

- o'quv materialini tizimlash;

- asosiy g'oyalarni va ikkinchi darajalilardan asosiysini ajratish;

- natijalarni baholash, test o'tkazish va axborotlarni qiyoslash orqali o'quv faoliyatining barcha bosqichlarida natijalarni baholash va o'z-o'zini baholash.

XULOSA

Respublikamiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o'qitish ishlarini jahon andozalariga moslashtirishni va eng samarali usullarga asoslanishni taqoza etmoqda. Elektron ta'lim jarayonini tashkillashtrish xozirgi zamon talabidir. Shuning uchun blended learning (aralash ta'lim, ana'naviy va elektron ta'lim) asosida ta'lim tizimi tashkil etishni yo'lga qo'yish ta'lim samaradorligini oshirishga olib kelishi shubxasiz. Bizning nazarimizda, bu borada aralash ta'lim ana'naviy va modul tizimida o'qitish ishlarini takomillashtirish, ommalashtirish, aralash ta'lim bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o'rganish aralash ta'lim milliy modelini yaratilishiga imkon yaratadi.

REFERENCES

1. https://elmlearning.com/blended-learning-everything-need-know/

2. Запаров, З., Журакулов, Р. (2021). Укитишда тажрибалар: соддалик ва кизикарлилик. Academic Research in Educational Sciences, 2(2). 700-706.

3. Toshpulatov, D., Nosirov, B., & Khalmatov, T. (2021). Gradual Implementation of Smart Management Principles in The Higher Education System of Uzbekistan.

International Journal on Economics,Finance and Sustainable Development, 3(1). 2229.

4. Тошпулатов, Д., Холматов, Т. Кишлок хужалиги олий укув юртларида ахборот тeхнологиялари асосида укитиш: муаммолар ва eчимлар. "Аграр фан назарияси ва амалиётидаги долзарб муаммолар ва уларнинг eчимлари" "Тошнит давлат аграр унивeрситeти ташкил этилганлигининг 90 йиллигига" багишланган халкаро конфeрeнция, Тошкeнт, 2020 йил 14-15 дeкабрь

5. З.А.Запаров, Б.Эгамбeрдиeва. Адаптивная систeма обучeния. Пeрспeктивы развития науки и образования в соврeмeнных экологичeских условиях. с.Солeноe займищe, 18-19 мая 2017 года. 1054-1056.

6. M.U.Qo'chqarov "Talabalarda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirish nazariyasi va texnologiyasi" pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati, Nukus, 2021

7. S.X.Aliboyev "Interaktiv electron ta'lim trenajyorlarini yaratish va undan foydalanish metodikasini takomillashtirish" pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati, Toshkent, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.