Научная статья на тему 'TALABALARNI XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASH'

TALABALARNI XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
xalq qo’shiqlari / musiqa / tarbiya / ta’lim / vosita / tarbiya jarayoni / fazilatlar / sifat va xususiyatlar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Umurova Ma’rifat

Xalq qo‘shiqlari, urf-odatlar, tarixiy va milliy qadriyatlar sifatida e’tirof etilib, ulardan yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgaligi, rivojlangan mamlakatlarda musiqiy ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlari, xalq qo‘shiqlari yordamida barkamol shaxsni tarbiyalash mеxanizmlari, maktab hamda maktabdan tashqari o‘quv jarayoni, uning shakl va usullari, axloqiy tarbiyalashga qaratilgan konsеptual yondashuvlar haqida fikr-mulohaza va tavsiyalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA AXLOQIY TARBIYALASH»

TALABALARNI XALQ QO'SHIQLARI VOSITASIDA AXLOQIY

TARBIYALASH

Umurova Ma'rifat Yoshiyevna

Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Xalq qo'shiqlari, urf-odatlar, tarixiy va milliy qadriyatlar sifatida e'tirof etilib, ulardan yosh avlodni axloqiy tarbiyalashda foydalanishga alohida e'tibor qaratilayotgaligi, rivojlangan mamlakatlarda musiqiy ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlari, xalq qo'shiqlari yordamida barkamol shaxsni tarbiyalash mexanizmlari, maktab hamda maktabdan tashqari o'quv jarayoni, uning shakl va usullari, axloqiy tarbiyalashga qaratilgan konseptual yondashuvlar haqida fikr-mulohaza va tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: xalq qo'shiqlari, musiqa, tarbiya, ta'lim, vosita, tarbiya jarayoni, fazilatlar, sifat va xususiyatlar.

Kirish: Mamlakatimizda ma'naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e'tibor kuchayib, o'sib kelayotgan yosh avlodni shu qadriyatlar ruhida har tomonlama yetuk, ma'nan yuksak, komil inson qilib tarbiyalash tizimini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish bo'yicha belgilangan rejalarda "...xalq og'zaki ijodi yodgorliklarini to'plash, yosh avlod qalbida baxshichilik san'atiga bo'lgan mehrmuhabbat tuyg'ularini kamol toptirish, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash"8 kabi vazifalar ko'zda tutilgan. Shu jihatdan qaraganda, xalq og'zaki ijodini o'rganish vositasida talabalarning axloqiy madaniyatini shakllantirish hamda milliy-ma'naviy, madaniy, axloqiy merosdan foydalanishning tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlashtirish, bu orqali axloqiy madaniyatni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar va boshqa tadbirlarni tashkil etishning mazmun, shakl va metodlarini, uslubiy ta'minotini takomillashtirish zarurati har qachongidanda muhimdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-son "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qarori, 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi 222-son "2010-2020-yillarda Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini

8 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yi l 1- noyabrdagi "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida"gi PQ-3990-son qarori//https://lex.uz/docs/4072873

tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni mazmunini ommaga yetkazishda mazkur maqola muhim rol o'ynaydi.

Adabiyot tahlili va metodologiyasi: Shaxsning axloqiy, ma'naviy hamda estetik madaniyatini shakllantirish insoniyat tarixining barcha bosqichlarida markaziy o'rinni egallab kelgan. Buyuk sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Al i Ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Az-Zamaxshariy, Kavkabiylar ijodida musiqa san'ati, uning insonning ma'naviy ongi, axloqiy sifatlariga ta'siri masalalari alohida o'rin tutadi. Axloqiy tarbiya masalalari falsafa, pedagogika, tibbiyot, tarix, san'atshunoslik fanlarda o'rganiladi. I.Mo'minov, S.Shermuxammedov, F.M.Karamatov, S.X.Fayzulina, S.Annamuratova kabi olimlar asarlarida axloqiy tarbiya masalalari tahlil etilgan bolsa, musiqa san'ati, xususan xalq qo'shiqlari orqali axloqiy tarbiyani amalga oshirish yoki avlod ma'naviyatiga sharqona, milliy axloqiy sifatlarni singdirish T.G'afurbekov, N.Ortiqov, M.Quronov, Q.Mamirov, D.Jamolova, H.Nurmatov kabi olimlarning xalq qo'shiqlarining mazmuniga to'xtalgan. O'zbek xalq qo'shiqlaridan, uning g'oyaviy-badiiy mazmunida ifodalangan odob-axloq mavzularidan foydalanish mazmuni va metodikasi M.Komilova, M.Ismoilova, F.Xalilov, B.Azimov, I.Qudratovlar tomonidan tadqiq etilgan. V.I.Petrushin, D.Ro'ziev, D.Soipova, E.Fayzullaev, B.Madrimov, S.Romanovalarning ilmiy izlanishlarida musiqa san'ati, folklor, xalq qo'shiqlari vositasida yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishning didaktik asoslari bayon etilgan. Biroq, musiqa san'ati, uning eng ommaviy, ta'sirchan turi bo'lmish xalq qo'shiqlari vositasida talabalarda vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalashga bag'ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarining nazariy tahlili muammosi sifatida o'rganilmaganligini ko'rish mumkin. Bu muammo ilmiy maqolamizning dolzarbligi belgilaydi va tadqiqot ishi sifatida o'rganishni taqozo etadi.

Muhokama: O'zbek xalq qo'shiqlarining rang-barangligiga qaramasdan, xalq ijodining boy xazinasi hanuz ilm ahlini o'ziga maftun etib, ochilmagan qirralari ko'p. O'tgan davr mobaynida madaniy merosimizga turli zamonlarda turlicha aralashuvlar, munosabatlar, loqaydliklar bo'ldiki, oqibatda qadimiy og'zaki badiiy merosimizning anchagina qismi unutilib, ajoyib dostonlar, takrori yo'q qo'shiqlar madaniy merosimizda yoqolib bormoqda. Talabalarimiz mana shu xalq qo 'shiqlarini bilib, o 'rganib kelgusi avlodga yetkazishlari va ular orqali vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish uchun bugundan qayg'urmoq lozim. Muammoni hal etish yangi izlanishlarni talab etadi. Shunday ekan biz xalq qo'shiqlari vositasida talabalarda vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish va qalq og'zaki ijodida o'zbek xalq

qo'shiqlarining mazzvusini taahlil etish lozimligini taqozo etadi. Xalq qo'shiqlarining tarkibiy qismi bo'lmish mehnat qo'shiqlari erksiz mehnat, shafqatsiz eksplutatsiya, mehnatga to'la haq to'lamaslik, kishilar ustidan qo'llash, tahqirlash singari motivlar mehnat qo'shiqlarida aks eta boshladi. Shunga qaramay, ularda mehnatni yengillashtirishga qaratilgan ko'tarinki ruh, xalq ijodiga xos optimizm, xushchaqchaq kayfiyat doimo ustunlik qilib qoladi. Mehnat qo'shiqlarida xalq dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ovchilik mehnatlari to'g'risida kuylagan. Mehnatkashlar ommasi qanchalik qiynalgan bo'lsa ham doimo yaxshi hayotga intilib keldi. Vatanaprvarlik g'oyalari qadim zamon eposlaridan "To'maris", "Shiroq", "Chambil Qamali", "Alpomish" va boshqa dostonlar turkumiga mansub bo'lgan epik asarlardan yaqqol aks etganini ko'ra olishimiz mumkin. Vatanni sevish, Vatanni qadrlash, uni ulug'lash, Vatan dushmanlariga shafqatsiz bo'lish motivlari, vatanparvarlik g'oyasi bilan sug'orilgan folklor asarlarida ko'plab uchraydi. Mamlakatimiz xalqlari bahodirlarining jangovor qahramonliklarini kuylovchi, xalqning bosqinchilarga qarshi kurashdagi sabot matonatini sharaflovchi ajoyib qo'shiqlari bilan ba'zi yoshlarimiz tanish emasligi achinarlidir. Bugungi kunda milliy madaniyatimiz, ma'naviyatimiz, qadriyatlarimiz, an'analarimizni o'rganishga alohida jiddiy e'tibor berilmoqda. Xalqaro madaniy merosni himoya qiluvchi tashkilot YUNESKO ning hamda O'zbekistonning tashabbusi bilan Samarqand shahrida 1997-yildan boshlab har 2 yilda o'tkazilayotgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqiy anjuman, "Boysun bahori" xalqaro ochiq folklori festivallari bo'lib o'tishi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan Shahrisabzda maqomga bag'ishlangan festivalning har yili o'tkazilishi, insoniyat og'zaki va ma'naviy merosimiz durdonalariga alohida e'tibor berilayotganligidan guvohlik beradi. Garchi talabalarda axloqiy tarbiyani rivojlantirish, xonandalik etiketini axloqiy fazlatlarni shakllantirish bilimlarga tayangan holda ish olib borishni talab etadi. Talabalarning xususiyatlariga mos ravishda xalq qo'shiqlarini o'rganadilar, natijada ularda Vatanga muhabbat, vatandoshlar mehnatiga hurmat, kattalarga hurmat kabi axloqiy fazilatlar rivojlanadi. Xalq og'zaki ijodiyotini o'rganish, jumladan xalq qo'shiqlarini talabalarga ko'rsatadigan tarbiyaviy ta'siridan o'z o'rnida foydalana bilish ularni ma'naviy, eng muhimi pedagogikaning ilg'or metodlari asosida ta'sirchan axloqiy tarbiyalash omili bo'la oladigan kuchga egaligi, xalq qo'shiqlarini o'rganishda talabalarning yosh, psixologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.

Natija: Xalq og'zaki ijodiyotining milliy xalq qo'shiqlari vositasida talabalar axloqiy madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan dars va auditoriyadan tashqari uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlar ma'naviy tarbiya jarayonining uzviy davomi sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablari faoliyatining tarkibiy qismi sifatida namoyo n bo'ladi.

Auditoriyadan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rang-barang shakllarda tashkil etish imkoniyati yuqori darajada ekanligi isbotlandi. Shu bois, ushbu tarbiyaviy tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Auditoriyadan tashqarida uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni hamda yo'nalishining talabalaming ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlarini inobatga olish asosida ishlab chiqilishi va belgilanishi tadbirlar jarayonida ularning faol ishtiroklarini ta'minlovchi omil bo'lib hisoblanadi.

Talabalarni axloqiy tarbiyalash, avvalo, xalq og'zaki ijodiyotini o'rganishda xalq qo'shiqlarini o'rganishga doir ichki ehtiyoj, qiziqish va mayl uyg'otish, ularda zarur ma'naviy-axloqiy fazilatlarni singdirish orqali amalga oshirildi.

Auditoriyadan tashqari tarbiyaviy tadbirlar talabalarni milliy xalq qo'shiqlari vositasida erkin fikrlovchi, axloqiy madaniyati yuksak insonlar etib tarbiyalash bilan birga, ularning ta'lim jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lovchi ko'prik vazifasini ham o'tadi, ularning ijtimoiylashuvini jadallashtirdi.

Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kelishimiz mumkin: ta'lim - nazariy bilim va amaliy faoliyat ko'nikmalarini o'zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan omil sifatida talabalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllanish jarayonining muhim omilidir.

Xulosa: Bugungi kun yoshlarida vatanparvarlik tuyg'ularini qadriyatlar asosida rivojlantirish mazkur maqolada, xalqimizning milliy xalq qo'shiqari, san'atining shakllanish tarixi va tadrijiy rivoji, taraqqiyot bosqichlarini o'rganish, xalq ijodiyotini saqlash va taraqqiy ettirishning ma'naviy-madaniy taraqqiyotdagi o'rnini bayon etish masalalariga e'tibor qaratildi. Milliy xalq qo'shiqari, janrlari va ularni xalqimizning kundalik hamda jamoaviy turmush tarzida tutgan o'rni, xalq og'zaki badiiy ijodiyoti an'analari va qo'shiqlardagi o'ziga xoslik va mahalliy xususiyatlari tahlil etildi. O'zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari, an'analarining bugungi holatini ilmiy asosda tarixiy, folklorshunoslik nuqtai nazaridan o'rganish asosida xalq qo'shiqlari, xalq raqsi va an'anaviy musiqa madaniyati, xalq sayllari va bayramlarining ma'naviy qadriyat namunasi sifatidagi ahamiyati yoritildi. Ayniqsa, xalq qo'shiqlarining talabalar axloqiy tarbiyasi va vatanga bo 'lgan munosabatlarining milliy mafkuramiz hamda ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rnini yoritishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Sh.M.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta"minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi / O"zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O"zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag"ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2016 yil 8 dekabr

2. Yo'ldosheva S. Xalq urf-odatlari va an'analari. -Toshkent: Ijod dunyosi. 2003.

3. Mirzayev T., Safarov O., O'rayeva D. O'zbek xalq ijodi xrestomatiyasi.

- Toshkent, 2008.

4. Juraev B. T., Abduraxmonova D. U. Esteticheskoe razvitie shkolnikov sredstvami uzbekskogo muzo'kalnogo folklora G'G'Vestnik Chuvashskogo gosudarstvennogo instituta kulturo' i iskusstv. - 2019. - №. 14. - S. 77.

5. Umurova M. Y. Practical Possibilities of Spiritual-Moral Formation through Folk Songs G'G'Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences ISSN.

- T. 2795. - №. 546X. - S. 55.

6. Yoshiyevna U. M. Musiqa ta'limida bolalar folklor qo 'shiqlarini o 'rgatish pedagogik muammo sifatida G'G'TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN. - 2023. - T. 1. - №. 4. - S. 156-162.

7. Umurova Ma'rifat Yoshiyevna. Xalq qo'shiqlari va ularning tasnifi. Ilm sarchashmalari Ilmiy-nazariy, metodik jurnal 5/1-son (may 2024)

8. М.Ё.Умурова. Возможности совершенствования процесса обучения узбекскому фольклорному творчеству. Среднее профессиональное образована СПО 5(345)Л2024

9. Ortiqov O.R. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalari (oliy ta'lim mussasalari misolida) // Экономика и социум. 2022. №3-2 (94).

10. Oybek Rustamovich Ortiqov Globallashuv jarayonida bo'lajak o'qituvchilarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirish omillari // Scientific progress. 2021.

11. Rustamovich O. O. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalar mafkuraviy immuniteti rivojlantirish kafolati //ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. -2023. - Т. 3. - №. 11. - С. 29-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.