Научная статья на тему 'TALABALARNI O‘Z-O‘ZINI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHDA XITOY TAJRIBASI'

TALABALARNI O‘Z-O‘ZINI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHDA XITOY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / tajriba / mustaqil ishlash / rivojlantirish

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxmudova Darmonjon Bozorboyevna

Ushbu maqolada talabalarni o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirishda Xitoy tajribasiga misol keltiriladi. Talabalarni belgilangan standartlar asosida bilim ko‘nikmalarini mustaqil ishlanish, doimiy izlanish, maqsadga mas’uliyat bilan yondashish to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI O‘Z-O‘ZINI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHDA XITOY TAJRIBASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

TALABALARNI O'Z-O'ZINI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHDA

XITOY TAJRIBASI

Maxmudova Darmonjon Bozorboyevna

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11505951

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni o'z-o'zini mustaqil rivojlantirishda Xitoy tajribasiga misol keltiriladi. Talabalarni belgilangan standartlar asosida bilim ko 'nikmalarini mustaqil ishlanish, doimiy izlanish, maqsadga mas 'uliyat bilan yondashish to 'g 'risida so'z boradi.

Kalit so'zlar: talaba, tajriba, mustaqil ishlash, rivojlantirish.

Аннотация. В данной статье приведен пример китайского опыта самостоятельного развития учащихся. Речь идет о самостоятельной отработке учащимися познавательных навыков на основе установленных стандартов, постоянном поиске, ответственном подходе к поставленной цели.

Ключевые слова: студент, опыт, самостоятельная работа, развитие.

Abstract. This article gives an example of Chinese experience in self-independent development of students. Students are told about independent development of knowledge skills based on established standards, constant research, and a responsible approach to the goal.

Keywords: student, experience, independent work, development.

Respublikamizda ta'lim sifatini oshirish hamda sifatli kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosat darajasiga ko'tarilgan masalardan biri sifatida qaraladi. Ayniqsa, 2024-yil O'zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb deb nomlanishi xam bejizga emas.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ta'lim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish har bir ta'lim muassassasi oldidagi muhim vazifalardan biri bo'lib. Bu siyosat darajasiga ko'tarilar ekan halqaro tajribalarni joriy qilinishi masalaning bir yechimi sifatida qaralishi mumkin.

Sifatli kadrlar tayyorlashda yoshlarni bilim darajasini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarishda hamkorlik va tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim jarayonida jahon tajribalardan foydalanish ta'lim sifatini oshirishda muhim omillaridan biri sifatida e'tirof etish mumkin. Shu o'rinda izohlamoqchi bo'lgan tadqiqotimizni Xitoy tajribalari misolida ko'rib chiqamiz.

Xitoyning Nankin universitetida o'tkazilgan tadqiqotlarimizda ta'lim jarayonidagi tajribalarini o'rgandik. Ulardadi ta'lim tizimning pedagogika sohasi bizni ta'lim tizimimizga mosligi aniqlandi.

O'zbekistonda sifatli ta'limni tashqil qilishda yoshlarda barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish, mustaqil o'z-o'zini rivojlantirish muammosiga alohida e'tibor qilinoqda.

Talabaning mustaqil ta'limi, o'z-o'zini mustaqil rivojlantirish muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Sifatli ta'limni tashqil qilishda mustaqil ta'limning o'rni katta.

Mustaqil ta'limga to'xtalar ekanmiz bu - o'quv materialini mustaqil o'zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikm a va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.

Mustaqil ta'limning negizi mustaqil ish esa, pedagoglarning topshirig'i va rahbarligi ostida o'quv vazifasini hal etadigan ta'limning faol metodi. Mustaqil ish qo'yilgan maqsad bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

bog'liqlikda talabalarning mustaqil o'z-o'zini rivojlantirish, aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir.

Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o'z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.

Xitoy tajribalaridan tadqiqotimiz jarayonida aniqlanishcha mustaqil o 'z-o'zini rivojlantirish masalasi ayrim ta'lim muassasalarida juda yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib amalga oshirish mexanizmi puhta rejalashtirilgan dastur asosida amalga oshirilar ekan, talabalar tinimsiz o'qish, izlanish, tadqiqot o'tkazish bilan ovvora.

Bunga undovchi yo'llardan biri bu dars mashg'ulotlarini olib borishda mustaqil ta'limni to'g'ri yolga qo'yilganligi va tashkillashtirilganligida.

Buni talabalarni belgilangan fan dasturi (sillabus) asosida mustaqil ish topshiriqlarini bajarishi bilan izohlash mumkin.

Misol uchun mustaqil topshiriqlarni ketme-ketligi talabalar uchun ajratilgan alohida doskada joylangan, har bir talaba topshiriqlarni birin-ketin bajarishi shart. Agar ketma-ketlikda bajarmasa keying topshiriqqa o'tkazilmaydi. Topshiriqlar bajarilmasa sessiyaga kiritilmaydi.

Oliy ta'lim muassasalari ta'lim jarayonida talabalarni o'z-o'zini mustaqil rivojlantirishda, reyting va modul tizimlari asosida ularga saboq berish, topshiriqlarni to 'g'ri yo'naltirish ta'limning davlat standartlari talabiga javob beradigan, komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kafolatidir.

Tadqiqotlarimiz natijasida muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni: talaba o'ziga ishongan bo'lishi kerak; maqsadga erishishga kuchli intilish kerak; nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; ishga pozitiv yo'nalganlik; omad va alohida muvaffaqiyatlarni ko'ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni his etish zarur.

Har bir talaba o'z-o'zini mustaqil rivojlantirishda o'ziga maqsad belgilab imkoniyatlarini taxlil qilsa o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi va imkoniyatlarini belgilab olish imkoni vujudga keladi. Misol uchun:

Mening mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarim:

Shaxsiy rivojlanish: ichki motivatsiya, reja asosida ishlash, maqsad sari xarakatlanish, dangasalikni engish, olingan natijalarni baholash, tashki muhit tasiriga berilmaslik.

Olingan bilimlarni boshkalarga o'rgatish: mas'uliyat yuklaydi, o'rgatish davomida o'rgatuvchining bilimi va malakasi yanada oshadi, o'z-o'zini baholash imkoniyati, pedagogik mahorat oshadi, nutq ravonlashadi.

O'quv kurslariga borish: ta'lim sifati yuqoriroq bo'ladi, nazorat bo'ladi, o'zaro muloqot shakllanadi, o'z ustida ishlash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi.

Qo'shimcha adabiyotlar o'qish: mavzu bo'yicha kengroq tushunchaga ega bo'lish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Savol-javob yoki tayanch konspekt kilish: olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ma'lumotlar xotirada uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi.

Video filmlar ko'rish: kengroq tushuncha va tasavvur beradi, dunyoqarashni kengaytiradi, qiziqishni oshiradi.

Talabalarni bir topshiriqni bajarmasa keyingisiga o'tkazilmasligiga misol keltirilgan lavhalar.

Dual ta'lim jarayoni. Mustaqil ish toshiriqlarini bajarib, amaliyotdagi natijasini ko'rsatib berish. Chiqarilgan xulosalarni aniqlashtrish.

Topshiriqlarni bajarish uchun ko'rsatilgan qo'llanmalarni istalgan joyda mustaqil o'qish imkoni yaratilganlgan bo'lib, har bir adabiyot elektron tizimga joylangan. Qo'l telefonida yoki kompyuterda kirib bemalol foydalanishlari uchun dasturlar joriy qilingan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Asosan topshiriqlarni bajarish uchun talabalarga o'rindiqlarni yo'qligi ularni yanada tezroq ishlab, ishni tez yakunlashga undaydi va fikrlarini teranlashtiradi deb izohldaydi, professorlardan biri jarayonga izoh berib.

Dual ta'lim jarayoniga yana bir misol hamkor tashkilotlarda amaliy mustaqil ishlarni o'tkazio' yo'lga qo'yilgan.

Talabalar mustaqil ish topshirish jarayonida nazoratchi o'qituvchiga amalda ko'rsatish yoki jarayon tasvirga olingan video materiallar tayyorlab topshirish yo'lga qo'yilgan.

O'qituvchi va talabalar uchun alohida elektron doskalar tashkillashtirilgan va bu doskalarda dastur (sillabus)dagi barcha mavzular yuzasidan materiallar joylanishi dasturlashtirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakalarni shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

REFERENCES

1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. Makhmudova D.B. Motivation of psychology of students' educational activity // Academicia an International multidisciplinary Research Journal (Double Blind Refereed & Reviewed International Journal). ISSN: 2249-7137 Vol. 12 Issue 04, April 2022. Impact Factor: SJIF 2022 = 8.252 DOI: 10.5958/2249-7137.2022.00256.7

3. Mahmudova D.B. Zamonaviy talaba shaxsini motivatsion sohasini shakllantirish // Pedagogik akmeologiya. - 2022. - 1(1)-son. - 65 b.

4. Makhmudova D.B. Design activity as a means of developing creative and aesthetic skills of preschool children // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 No. 9, 2020. ISSN 2056-5852. EJRRES Vol. 8 No. 9, 2020.

5. Makhmudova D.B. Design as a means of aesthetic education // Academicia an International multidisciplinary Research Journal (Double Blind Refereed & Reviewed International Journal) ISSN: 2249-7137. Vol. 10 Issue 9, Sept 2020. Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. DOI: 10.5958/2249-7137.2020.01040.X

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.