Научная статья на тему 'O’QUVCHI TALABALAR IJODIY FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA TA’LIMINING O’RNI VA METODLARI'

O’QUVCHI TALABALAR IJODIY FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA TA’LIMINING O’RNI VA METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1348
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnika / texnologiya / rivojlantirish / fikrlash / tuzilish / tashkil etuvchi / tushunchaviy / siymoli / amaliy / tezkorlik / texnika tili / tejamkorlik / haridorgirlik / ishlab chiqarishda diversifikatsiya / tanqidiy tahliliylik / tikuvchilik / dizayn. / техника / технология / развитие / мышление / структура / организация / концептуальность / образность / практичность / оперативность / технический язык / бережливость / потребительские качества / диверсификация производства / критический анализ / технология швейных изделий / дизайн.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna

Maqolada o’quvchi talabalarni texnologik faoliyatlari jarayonida texnologik fikrlashni tarkibiy komponentlari va ularni rivojlantirishni didaktik tizimlari ishlab chiqilgan. Fikrlashni strukturaviy tashkil etuvchilar soni mavjudlariga nisbatan to’rttaga ortirilib, har birini zamonaviy texnologik faoliyat uchun zarurligi asoslangan. Texnologik fikrlashni barcha komponentlari turli xil texnologik jarayonlar uchun umumiyligi ta'kidlanib, tikuv buyumlari tayyorlash texnologiyasi darslarida o’quvchi talabalarni rivojlantirib o’qitishda ularning alohida ahamiyati ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ И МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОЙ МЫСЛИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ

В статье рассмотрены структурные компоненты технологического мышления и дидактические системы их развития в процессе технологической деятельности студентов. Количество структурных компонент мышления значительно увеличено по сравнению с существующими, и обоснована необходимость развития каждого из них в современной технологической деятельности студентов. Подчеркнута общность всех компонентов технологического мышления для различных технологических процессов и показано их особое значение в развивающем обучении студентов на занятиях по технологии шитья.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHI TALABALAR IJODIY FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA TA’LIMINING O’RNI VA METODLARI»

Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna,

Namangan davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

O QUVCHI TALABALAR IJODIY FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA TA'LIMINING ORNI VA METODLARI

ÜO' K: 37.016

DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_7_5

MUXITDINOVA J.R. O QUVCHI TALABALAR IJODIY FIKRLASH FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA TA'LIMINING O RNI VA METODLARI

Maqolada o'quvchi talabalarni texnologik faoliyatlari jarayonida texnologik fikrlashni tarkibiy komponentlari va ularni rivojlantirishni didaktik tizimlari ishlab chiqilgan. Fikrlashni strukturaviy tashkil etuvchilar soni mavjudlariga nisbatan to'rttaga ortirilib, har birini zamonaviy texnologik faoliyat uchun zarurligi asoslangan. Texnologik fikrlashni barcha komponentlari turli xil texnologik jarayonlar uchun umumiyligi ta'kidlanib, tikuv buyumlari tayyorlash texnologiyasi darslarida o'quvchi talabalarni rivojlantirib o'qitishda ularning alohida ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: texnika, texnologiya, rivojlantirish, fikrlash, tuzilish, tashkil etuvchi, tushunchaviy, siymoli, amaliy, tezkorlik, texnika tili, tejamkorlik, haridorgirlik, ishlab chiqarishda diversifikatsiya, tanqidiy tahliliylik, tikuvchilik, dizayn.

МУХИТДИНОВА Ж.Р. РОЛЬ И МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОЙ МЫСЛИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ

В статье рассмотрены структурные компоненты технологического мышления и дидактические системы их развития в процессе технологической деятельности студентов. Количество структурных компонент мышления значительно увеличено по сравнению с существующими, и обоснована необходимость развития каждого из них в современной технологической деятельности студентов. Подчеркнута общность всех компонентов технологического мышления для различных технологических процессов и показано их особое значение в развивающем обучении студентов на занятиях по технологии шитья.

Ключевые слова и понятия: техника, технология, развитие, мышление, структура, организация, концептуальность, образность, практичность, оперативность, технический язык, бережливость, потребительские качества, диверсификация производства, критический анализ, технология швейных изделий, дизайн.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

MUKHITDINOVA ZH.R. THE ROLE AND METHODS OF TEACHING TECHNOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE MENTAL ACTIVITY

The article considers the structural components of technological thinking and didactic systems of their development in the process of technological activity of students. The number of structural components of thinking is significantly increased in comparison with the ehisting ones and the need for the development of each of them in the modern technological activity of students is substantiated. The commonality of all components of technological thinking for various technological processes is emphasized and their special significance in developmental education is shown.

Key words and concepts: technique, technology, development, thinking, structure, organization, conceptuality, figurativeness, practical, operativeness, technical language, thriftiness, consumer requirements, critical analysis, garment technology, design.

Kirish. XXI asrda inson faoliyati yuqori dara-jadagi salohiyat va dinamik layoqat bilan xara-kterlanib, har bir kishidan zamon taraqqiy-otiga mos texnikaviy rivojlanish bilan hamo-hang bo'lishni va unda o'z hissasi bilan yas-hashni taqozo etadi. Bunday faoliyatni funda-menti insonni ijodiy qobiliyati bo'lib, u nafaqat odamni o'ziga, balki jamiyat uchun ham muhim sanaladi. Yangi texnologiyalar rivojida yuz berayotgan sifat ko'rsatgichlardagi sakrashlar, bugungi kunda mamlakatlarni ishlab chiqar-ish va ijtimoiy sohalarda jamiyat hayotiga yangi ma'no olib kiradigan, nostandart fikrlash qobili-yatiga ega, zamonaviy va kelajakka daxldor, muammolarni yecha oladigan kishilarga bo'lgan ehtiyojini keskin kuchaytirib yubordi. Shuning uchun ham o'qitishning zamonaviy nazariyasi bilan ta'lim tizimining asosiy muammosi - bu olingan bilimlarni dunyoni ijodiy o'zlashtirish uskunasiga aylantirishga erishishdan iborat deb qaralmoqda. Bunga erishish yo'lida dun-yoni ilg'or mamlakatlari innovatsion texnologik rivojlanishni alohida ahamiyatidan kelib chiqqan holda texnologik ta'limni rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqdalar va ularda texnologiya fani o'quvchilarni ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishga va yaratuvchanlik mehnatiga yo'naltirib o'qitilmoqda.

Bizning mamlakatimizda ham Oizbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 6 noy-abrdagi PF-6106-sonli farmonida mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan, intellektual va ma'naviy salohi-yati yuksak yangi avlod kadrlarni tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb

egalari bo'lishlari uchun ularda zarur bilimlarini shakllantirish kabi ustuvor vazifalar ko'rsatib berildi. Rivojlanish bosqichidagi mamlakatimiz uchun bugungi zamonaviy ishlab chiqarish vositalari va sanoat mahsulotlarini yuqori dara-jadagi texnologiya va fan yutuqlari asosida yaratish zarurati bilan bog'liq ijtimoiy iqtisodiy vaziyatda yuqori malakali loyihalovchilar, kon-struktorlar, ijodkor xodimlar, nanotexnologiya qurilmalari bo'yicha mutaxassislar, fundamental bilimlarni amaliyotda qo'llay oladigan kadrlar va eng muhimi kelajak kasblari bo'yicha malakali kadrlar ko'plab talab etilmoqda.

Malakali mutaxassislarni tayyorlashda albatta davlat, ta'lim muassasalari, ota-onalar hamkor-ligida muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa turdagi shart-sharoitlarni yaratish lozim.

Bunda o'quvchi asosiy obyekt sanalib, umu-miy ta'lim muassasalari o'quvchilariga bar-cha predmetlar bo'yicha o'quv rejalar asosida insoniyat erishgan hayotiy tajribalarni tush-unishga va ularni idrok etishga yordam ber-ishdan tashqari, yangi iqtisodiy sharoitlarda tez, bilimli va mahsulotli harakat orqali ishga ijodiy rivojlangan texnik fikrlash bilan yonda-sha oladigan yoshlarni tarbiyalashdek muhim mas'uliyatli vazifalarni ham amalga oshirishi lozim. Bunday sifatlarga ega yoshlarsiz o'zgarib borayotgan ijtimoiy hayotda iqtisodiy yangilan-ishlarga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ta'lim yo'nalishida yoshlarni ijodkorlik faoli-yatlarini rivojlantirib yangi texnologiya resurs-larini qabul qiluvchanligi, ijodkorlik va tadbir-korlik xususiyatlarini shakllantirishga e'tibor kuchaytirilishi kerak. Ta'kidlash lozimki, o'quvchi talabalarni ijodiy faolligi va texnik fikrlash-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

lari aynan texnologiya darslarida shakllanadi. Chunki, texnologiya darslarida barcha fanlar-dan o'zlashtirilgan umumiy bilimlar asosida o'quvchilarni aniq tayyor mahsulot yaratishga, fikrlash, loyihalash ko'nikmalarini shakllanti-rishga, yangilik qidirishga yo'naltirib o'qitilishi natijasida yoshlar ishlab chiqarish, fan, xiz-mat ko'rsatish sohalarida samarali va sifatli mehnatga tayyor bo'lib shakllanadilar.

Aholisining yarmidan ko'pi maktab yoshida bo'lgan respublikamiz uchun matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlarini o'qitish sifatini alo-hida nazorat qilish, amaliy qo'llanishda ularni o'zida mujassamlaydigan texnologiya fanini yuqori marralarga olib chiqish va o'quvchilarni har tomonlama puxta bilim olishlariga barcha sharoitlarni yaratish kabi masalalar bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega. Biz bu fan-larni o'qitilishini yuqori sifat darajasiga ko'tarib juda tez rivojlanib ketishimiz ham, unga yetarli darajada ahamiyat bermay, orqada qolib yuqori texnologiyalar mahsulotlarini iste'molchisi bo'lib qolishimiz ham mumkin. Ko'ramizki, texnologiya fani umumiy ta'limni muhim va zaruriy tarkibiy qismi bo'lib, u o'quvchilarga fan asoslari bilimlarini amaliyotda qo'llash, loyi-halash, konstruktsiyalash va buyumlar tayyor-lash imkoniyatlarini boyitib, texnologik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Hozirda o'qitilayotgan texnologiya predmeti o'quvchilarni o'zligini namoyon qilishlarida keng imkoniyatga ega emaslar. Ta'lim muassa-salarida gumanitar ta'lim ulushi ortib texnologik ta'limga kam e'tibor qaratilmoqda. Talabalarga asosan aniq bilim va yutuqlarni ta'kidlab, ularni eslab qolishga qaratilgan o'quv normativ huj-jatlar va o'quv metodlari hamon ustuvorligicha qolmoqda. Bunday holat bugungi kunda jami-yatning texnologiya o'qituvchilarini egallashi lozim bo'lgan ob'yektiv talablariga javob ber-maydi. Shu ma'noda o'quvchi talabalarni ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish va yaratuvchanlik mehnatiga yo'naltirib tarbiyalashda o'qitishning rivojlantiruvchi innovatsion usullaridan foy-dalanib samarali natijalarga eltadigan peda-gogik izlanishlar katta ahamiyatga ega.

Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat-ning axborotlashuvi, texnologiyalarning tez almashuvi, zamon kishisining kasbiy faoliyati-

dagi o'ziga xos o'zgarishlar yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qator talablarni qo'ymoqda. Bugungi o'quvchi talabalarni ko'p qirrali, salohiyati rivo-jlangan, tashabbuskor, nafaqat yangi texnologik bilimlar egasiga aylanishi, balki ularni rivojlan-tira oladigan va eng muhimi, ijodiy fikrlaydigan bo'lishi obyektiv zaruratga aylanib bormo-qda, O'qitishdagi muayyan bilimlar majmuini o'zlashtirish va ayrim topshiriqlarni bajara olish ko'nikmalarini shakllantirishga moslash-gan an'anaviy o'qitish usuli o'quvchi talabalarni texnologik tayyorgarligini susayishiga va ijodiy fikrlashlarini rivojlanmasligiga olib kelmoqda. Texnologiya ta'limining asosiy maqsadi davlat ta'lim standartlari talabiga ko'ra yoshlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil mehnatga, mus-taqil hayotiga tayyorlashdan iborat. Shuning uchun o'quvchi talabalarni mustaqil ijodiy fikrlashlarini shakllantirishga va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga bo'lgan davr talablari asosida bo'lajak texnologiya o'qituvchilari uchun o'quv ijodiy faoliyatni shakli, metod va vositalarini hamda mos didaktik va uquv metodik ta'minoti texnologiyasini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Mavzuning o'rganilganlik darajasi: O'quvchi talabalarni ko'p qirrali rivojlanishini ta'minlovchi o'qitish tizimi - ya'ni rivojlantiruvchi o'qitish deganda, o'qitishning tashkil etish usulini, mazmunini, metod va shakllarini to'g'ridan-to'g'ri shaxsni har tomonlama rivo-jlanishiga yo'naltirilgan o'qitish tizimini tush-uniladi. Bugungi kunda rivojlantiruvchi o'qitish bo'yicha bir necha nazariy asoslangan va amaliy ahamiyatga ega ta'limotlar mavjud1. Shun-ingdek, o'quvchi talabalarni aqliy rivojlanish-lari uchun taklif etilgan rivojlantiruvchi o'qitish metodikalarida2, 3 ularni o'quv faoliyatini yangi-cha tamoyil asosida tashkil etilib, barcha peda-gogik amaliyotlar talablarini qanoatlantirishi va turli o'quv muassasalarida muvaffaqiyat bilan

1 Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения: Опыт теоретического и экспериментального исследования. - М.: Педагогика,1986.-240 с.

2 Планида, СИ. Приемы и средства формирования у студентов ссуза конструктивно-технических способностей [Текст] / СИ.Плапида // Методический поиск: проблемы и решения. - № 4. — 2008. — С.31-32. (0,3 п.л.)

3 Развитие творческой активности учащихся на основе навыков комплексного анализа / Под ред. Н.Ф. Талызиной. - Челябинск: ЧГУ, 1991. - 102 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

qo'llanishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Undan tashqari rivojlantiruvchi o'qitish tizimini qan-day texnologiyalar asosida amalga oshirish usullari va eng muhimi o'quvchilarni to'laqonli aqliy rivojlanishlarida va o'zlarini aqliy ijodiy salohiyatlarini mustaqil tarzda ishlata olishla-rini ta'minlashda birlamchi asos sifatida fikrlash tushunchasi yotishini va uning maqsadga qarab turli xilda bo'lishini1, 2 3 ishlarda keng yoritib berilgan.

Fikrlashni differentsiatsiyalanib, uning tur-lari xilma xil bo'lishi (geografik, fizik, gumani-tar, tabiiy va hokazo kabi fikrlash) va ularni rivojlanishida shu fanlar zaminida yaratilayo-tgan zamonaviy texnologiya qurilmalaridan tortib turli xil kashfiyotlargacha bo'lgan rivo-jlanishlar ko'lamining ahamiyati ko'rsatilgan va rivojlantiruvchi o'qitish ta'limoti asosida har bir yo'nalish bo'yicha fikrlashni aniq o'ziga xos tomonlari aniqlanib, ularni rivojlantirish vosi-talari ham ishlab chiqilgan4.

Bunda qaysi turda faoliyat olib boril-ishiga qarab shu faoliyatni samaradorligini ta'minlashga yo'naltirilgan fikrlashni rivojlantirish texnologiyasini yaratish ko'zda tuti-ladi. Masalan, pedagogik faoliyatda fikrlashni rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalar, texnologiya predmetlari bo'yicha olib boriladigan faoliyatlarda fikrlashni rivojlantirish uchun predmetlarni umumlashtirib texnologik fikrlashni rivojlantirishni ko'zda tutiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday izlan-ishlarni asosiy qismi texnik fikrlashni rivo-jlantirishga bag'ishlangan bo'lib, Texnologik ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan fanlar aso-

1 Мухина М.В. Развитие технического мышления у будущего учителя технологии и предпринимательства средствами системы познавательных заданий. Кандидатская диссертация. Нижний Новгород — 2003. 49- 57 с.

2 Педагогическая наука и ее методология в контексте современности / Под ред. В.В.Краевского, В.М.Полонского. - М., Педагогика, 2001. - 338с

3 Худошина, Ю.В. Формирование технического мышления у будущих преподавателей профессионального обучения . Высшее образование сегодня. - 2009. - JS» 2. - с. 73 -75.

4 Ю.Планида, СИ. Факторы, способствующие фор-

мированию у студентов ссуза профессионально-технического мышления [Текст] / Си.Планида / Мате-

риалы IX Международной научно-методической конференции «Физическое образование: проблемы и перспективы развития». 4.2. -М.: МПГУ, 2010. - С.238-240. (0,2 п.л.)

sida (masalan, mashina detallari kabi) texnik fikrlashni rivojlantirishga ko'p e'tibor qaratil-gan5. Shu bilan birga fikrlashni to'la bo'lishini ta'minlash maqsadida texnik fanlaridan kelib chiqib, uning tashkil etuvchi komponentlarini alohida o'rni ko'rsatib berilgan va ulardan bar-cha turdagi fikrlashlarni rivojlantirishda foy-dalanish tavsiya etilgan6. Barcha o'rganilgan ishlarda texnik sohasidagi oliy ta'lim talabala-rini o'qitishga ko'proq urg'u berilgan. Bugungi kunda texnologiya predmetini o'qitishdagi asosiy vazifalar: talabalarni ijodiy imkoniyat-larini, texnik ijodiy fikrlash elementlarini, kon-struktorlik qobiliyatlarini, loyihalash foliyatlarini, mehnat madaniyati va shu kabilarni rivojlan-tirishga erishishdan iborat bo'lsada, texnologiya fani o'qituvchilarini bilim berishdan tashqari bunday vazifalarni samarali hal etishlariga yor-dam bera oladigan texnologik ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi tizimli o'quv metodik ishlar deyarli uchramaydi. Texnologik fikrlashni tashkil etuvchilari va ularni rivojlantirish usullari haqida bugungi kunda ma'lumotlar yo'q.

Muammoni qo'yilishi. O'tkazilgan izlan-ishlardan ko'rinadiki, rivojlantiruvchi o'qitishni muhim komponentlaridan bo'lgan fikrlashni texnologik yo'nalishda shakllantirish va ijodiy faollikni rivojlantirishga qaratilgan metodik ishlarda bu komponentlarni alohida element-lari turli yo'nalishlarda tarqoq holda bo'lib, o'quvchilarni ko'plab turdagi faoliyatlarini o'z ichiga qamrab olgan. Shu ma'noda ular bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini o'quv faoliyatlar-ida ijodiy faolliklari va texnologik fikrlashlarini samarali rivojlanishini yetarli darajada ta'minlay olmaydi. Shuningdek:

- hozirgi texnologiya o'qituvchilarini bunday masalalarni hal etish uchun tayyorgar-lik darajalarini yetishmasligi ularni texnologik ma'lumotlarini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqarayotgani;

5 Худошина, Ю.В. Оперативный компонент технического мышления //Организация и управление производством / - Саратов. «Наука», 2008;- С.180-184

6 Худошина Ю.В. Критерии сформированности технического мышления будущих преподавателей профессионального обучения // Проблемы научного обеспечения сельскохозяйственного производства и образования / Саратов: Научная книга, 2008. - с. 247-252.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

- bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini faol texnologik fikrlashlarini rivojlantirish muammo-sini yechimi o'ta ahamiyatli bo'lishiga qaramay, ularni rivojlantirishni amaliy yo'nalishlarda metodologik va didaktik usullarini yaratish ustida ilmiy izlanishlarni yetishmasligi;

- shaxsni texnologik faoliyatda ijodiy faolligi va texnologik fikrlashini rivojlantirishni amalga oshirish uchun aniq bir tizimga solingan, ilmiy asoslangan va turli o'quv predmet-lari uchun o'ziga xos metodik texnologiyalardan foydalanishni didaktik asoslarini ishlab chiqil-maganligi ham o'z yechimini kutmoqda.

Bu holatlar bo'lajak texnologiya o'qituvchisining rivojlantirib o'qitish strategiyasi qanday bo'lishi kerak degan muammoni yuzaga chiqaradi.

Tadqiqot g'oyasi:

- texnologik fikrlash va rivojlantirib o'qitish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy g'oya texnologik fikrlashni tashkil etuvchila-rini aniqlab, ularni rivojlanishi va shakllanishida amaliy metodik texnologiyalardan foydalanishni didaktik asoslarini ishlab chiqishga qaratilsa, o'quvchi talabalarni faol texnologik fikrlashlari va ijodiy faolliklarini shakllanish jarayoni sama-rali bo'lishiga erishiladi.

- bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini texnologik fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bilan didaktik maqsad, vazifa, mazmunlar integratsiyalanib, shaxsga yo'naltirilgan pedagogik jarayonni asosiy tashkil etuvchilaridan birini rivojlanti-rishga erishiladi.

Tadqiqot maqsadi bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini rivojlantirib o'qitish tizimini shakllantirishda texnologik fikrlashni tarkibiy tashkil etuvchilarini ishlab chiqish, nazariy aso-slash va fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan didaktik vositalarni amaliyotda talabalarni texnologiya darslaridagi faoliyatlariga tatbiq etib, tajribada tekshirishdan iborat.

Tadqiqot ob'yekti. Oliy ta'limda o'qiyotgan bo'lajak texnologiya o'qituvchilari faoliyati.

Tadqiqot predmeti. Texnologiya predmet-larini rivojlantirib o'qitishda texnologik fikrlash samaradorligini orttirishga oid izlanishlar.

Tadqiqot vazifalari. Qo'yilgan maqsad, g'oya va muammolarga mos ravishda quyidagi vazifalar belgilandi:

• bo'lajak texnologiya o'qituvchilari kasbiy komponentlarini asosiy tashkil etuvchisi sifatida texnologik fikrlashni shakllantirish muammolari holatini tahlil etish;

• bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini ijodiy texnologik fikrlashlarini rivojlantirishni ahamiyati va uning o'ziga xos tomonlarini fikrlashni umumiy nazariyasi asosida aniqlash;

• texnologik ijodiy fikrlashni tashkil etuvchilarini aniqlab, ular asosida fikrlashni sama-rali rivojlantirishni didaktik asoslarini ishlab chiqish;

• texnologik fikrlashni rivojlantirishni asosiy didaktik vositasi sifatida o'rganish va fikrlashni barcha tashkil etuvchilarni shakllan-tirishga qaratilgan masala va topshiriqlarni ishlab chiqib, ularni samarasini texnologiya o'qituvchilarini tikuv buyumlari tayyorlash texnologiyasi yo'nalishidagi faoliyatlarida amaliy sinovlar orqali tekshirish.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot metodlari asosini ta'limni zamonaviy ta'limot-kontseptsi-yasi asosida yotuvchi shaxsga yo'naltirilgan o'qitish usullari, pedagogik tadqiqotni met-odologiyasi bo'yicha ta'limotlar va o'quv jaray-onida informatsion texnologiyalardan foydalan-ishga bag'ishlangan g'oyalar yotadi. Shun-ingdek, tadqiqot metodlari o'z ichiga ta'lim muammolari bo'yicha hujjatlar, dasturlar, meto-dik adabiyotlar, o'qitishning texnik vositalari va o'qitishning innovatsion texnologiyalari kabi elementlarni o'z ichiga oladi.

Asosiy qism. O'qitish jarayonida talabalarni rivojlanish darajalarini yuqoriga ko'tarish uchun o'qituvchilar rivojlantirib o'qitish mohiyatini va uni maqsadli amalga oshirish metod va vosi-talarini bilishlari lozim. Bugungi kunda rivojlantirib o'qitishni ta'minlovchi o'qitish texnologi-yasini ishlab chiqish barcha fanlarni o'qitishda fan va amaliyot uchun birdan bir zaruriy masala sanalmoqda. Rivojlantirib o'qitish metodi-kasi bu o'quv faoliyatini boshqacha tamoyil asosida qurilishini va sifat jihatdan yangi bil-imlar bilan boyitishni taqozo etadi. Bunday o'qitishning mohiyati shundaki, o'quvchining rivojlanishi o'qituvchini ham o'quvchini ham

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

bosh vazifasiga aylanadigan sharoitni yaratish-dan iborat. Hozirgi zamonaviy pedagogikada rivojlantirib o'qitish bo'yicha bir necha turdagi nazariy asoslangan va tajribada tekshirilgan ta'lim texnologiyalari mavjud1. Rivojlantirib o'qitish texnologiyasini negizida dastlab fikr-lashni rivojlantirish zarurati yotishini aniqlab, uni rivoji o'quvchilarni aqliy rivojlanishlarida va o'zlarining mustaqil ijodiy faoliyatlarida o'ta muhim rol o'ynashi asoslab ko'rsatilgan2, 3 4. Shuningdek, rivojlantirib o'qitish texnologiya-sida asosiy urg'u fikrlashni rivojlantirishga qara-tilib, uni va boshqa bilish jarayonlarini rivoji asosida qo'yilgan muammoni o'quvchi talaba-lar mustaqil yechishlariga o'rganishlari mum-kinligini psixologlar ham alohida ta'kidlaydilar5. O'quvchi talabalarni muammoni yechishga kiri-sha olishlarini birlamchi va muhim sharti bu ularning muammo bo'yicha tayanch bilimga ega bo'lishlaridir.

Bilim fikrlashni rivojlanishida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Inson qancha ko'p tajriba va bilimga ega bo'lsa, shuncha fikrlashga qodir bo'ladi. Shuning uchun ham bilim fikrlashni dastlabki vositasi sanaladi. O'quvchini o'zi uchun yangi bo'lgan muammoga kirisha olishini yana bir sharti mustaqil ravishda muammoni yechish yo'llarini manbalardan qidirib o'rgana oladigan aqliy faoliyatni shakllantirishdir. Shuning uchun ham fikrlashni boshlanishi muammoli vaziyatda-dir deb bekorga ta'kidlanmagan. Fikrlashni turli ko'rinishlarining tahlili asosida S.L.Rubinshteyn fikrlashni turlarga bo'linishi turli odamlarda ularga quyilayotgan va yechilishi lozim bo'lgan

1 Литова З.А. Развитие творческой технологической активности старшеклассников в общеобразовательной школе. — Изд-во Курск, гос. Ун-та, 2005. - 300 с. (20 пл.).

2 Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: Лабиринт, 1996. - 414 с.

3 Формирование творческих способностей: сущность, условия, эффективность / Под ред. З.С. Гончарова. Свердловск: Свердловский инженерно-педагогический ин-ут, 1990.- 160с.

4 Qo'chqorov X.O., Yusupov D.A. Fundamental fanlarni o'qitish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari: Academic Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI: 10.24412/2181-13852021-11-448-455. p.448-455.

5 Технология формирования технического мышления у студентов ССУЗа при изучении физики // Вестник Ады-

гейского государственного университета. Серия «Педа-

гогика и психология» - Майкоп: Изд-во АГУ. - Вып.4. -2009. -С.201 -205. (0,25 п.л.)

masalalarni o'ziga xosligi bilan belgilanib, faoliyat xarakteri bilan u yoki bu xildagi fikr-lash shakllanib borishini ko'rsatib o'tgan6. Biz fikrlash turlari bilan bog'liq savollarni barcha-sini qoldirib, faqat bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilari uchun zarur bo'lgan texnologik fikrlashni shakllantirish muammolariga to'xtalamiz. Bundan 50-60 yillar oldingi texnik taraqqiyot bosqichida texnik fikrlashni rivojlantirib o'qitish texnologiyasi va metodlariga katta e'tibor qaratila boshlangan. Bunda texnik fikrlash barcha boshqa turdagi fikrlash kabi ma'lum fikriy amallar yordamida amalga oshirilishi, ya'ni solishtirish, qarama-qarshi taqqoslash, tahlil qil-ish, sintez, turlarga ajratish va boshqalar ko'zda tutilgan. Ularni xarakterli tomoni shundaki, bun-day fikrlash amallari texnik faoliyat davomida va texnik materiallar yordamida rivojlanadi. Dastlab 1975 yillarda T.V.Kudryavtsev tomonidan texnik fikrlashni tuzilishi uchta o'zaro bog'liq bo'lgan -tushunchaviy, tasavvurli va amaliy komponent-laridan tashkil topishi va ulardan biri shakllan-may qolgan taqdirda texnik masalani muvaffaqi-yatli yechimiga salbiy ta'sir etishi ko'rsatib beril-gan7. Keyinchalik M.V.Muxina tomonidan 2000 yillarda texnik fikrlashni tuzilishi o'rganilib, vaqt o'tishi bilan texnik taraqqiyotdagi masalalar 30 yil oldingilaridan farq qilishi va oldinlari texnik fikrlashni rivoji uchun uning uchta komponent-lari yetarli bo'lgan bo'lsa, endi qo'shimcha ravishda tezkorlik va texnik tilni bilish kabi kom-ponentlar ham zarurligi asoslab berildi va shu bilan birga texnik fikrlashni rivojlanishi uchun beshta komponentlarni uzviy aloqada shakllan-ishini ta'minlash texnologiyasi ham taklif etildi.

Oradan 20-25 yil o'tib, bugungi rivojlanish bosqichida kompyuter texnologiyalari, sanoat, aloqa tizimi, transport, shaharlarni infratuz-ilmasi, kosmos, nanoqurilmalar va boshqa-larni keskin rivojlanib ketishi dunyo miqiyosida ekologiya, energetika, xom ashyo zaxirasi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Endilikda texnik taraqqiyot o'sib borib ilmiy texnologik taraqqiyotga aylanayotgani zamonaviy sivili-zatsiyani rivojlanish mexanizmiga ta'sir etib, bar-

6 Гальперин П.Я. Основные результаты исследования по проблеме формирования умственных действий и понятий.-М.:МГУ, 1965.-45 с.

7 Кудрявцев Т.В. Психология технического мышления. -М.: Педагогика, 1975. - 304 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

cha bilimlar tizimini tatbiqida kuchli o'zgarishlar bo'lishiga olib kelishi va dunyoni barqaror rivo-jlanish muvozanatini saqlash kishilar faoliyat-ida chuqur o'zgarishlar bilan bog'liqligi ayon bo'lib qoldi. Insonni texnika sohasidagi faoliyati kishilarni ishlab chiqarish resurslariga bo'lgan talablarini qondirishga qaratilgan bo'lsa, endi-likdagi texnologik faoliyat o'ta keng va chuqur mazmunga ega bo'lib, u insonlarni tartiblan-gan va maqsadga qarab tashkillangan faoliyati-dan iborat bo'lishini talab etmoqda. Texnologik faoliyat o'z ichiga barcha turdagi ilmiy bilimlar, ko'nikma, intuitsiya va tajribaga tayangan holda moddiy, ma'naviy, ijtimoiy sohalarda ma'lum ketma-ketlikdagi usullar, bosqichlar, operatsiya-lar yordamida atrof olam, tabiat va madaniyatni aql doirasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni qamrab oladi.

Texnologik faoliyat uchun keng imkoni-yatlar texnologiya darslarida ochilib, texnik va texnologik masalalarni fan asoslari sintezi yordamida to'la tizim tarzida yechilib amaliy qo'llanishga qadar yetkaziladi va texnik masa-lalar texnologik faoliyat ichida qaraladi. Hozirgi davrda texnik rivojlanishdan texnologik rivo-jlanishga o'tilayotgani tufayli biz yuqorida aytib o'tilgan texnik fikrlashni tarkibiy tashkil etuvchilarini rivojlantirib texnologik fikrlashni shakllantirishga e'tibor qaratmoqchimiz, chunki texnologik faoliyat ichida texnik masalalarni yechimi ham yotadi.

Shuning uchun, dastlab texnik fikrlashni to'la mohiyatini tushunish uchun uning tuzilishidagi har bir tashkil etuvchisining mazmuni va ularni o'zaro bog'liqligini Kudryavtsev va Muxina-lar1, 2 izohlari bo'yicha ko'rib o'tamiz. Ularning ta'kidlashicha, texnik fikrlash quyidagi kompo-nentlardan iborat:

• Tushunchaviy komponent texnik tus-hunchalar shakllanganligini ta'minlaydi. Har bir fizik, matematik, texnik tushunchalar o'z xususiyatiga ega bo'lib, texnik tushunchalarda texnik obyektlarni tizimli xususiyatlari aks etadi. Masalan, motor, kondensator, generator kabi-

1 Кудрявцев Т.В. Психология технического мышления. -М.: Педагогика, 1975. - 304 с.

2 Мухина М.В. Развитие технического мышления у будущего учителя технологии и предпринимательства средствами системы познавательных заданий. Кандидатская диссертация. Нижний Новгород — 2003. 49- 57 с.

lar. Texnik tushunchalarda texnik obyektning mohiyati va ichki mazmuni yotadi. Bunday tush-unchalarni shakllantirilishi texnik fikrlashni rivo-jida muhim o'rin tutadi.

• Siymoli (tasavvurli) komponent siy-molar murakkab tizimini yuzaga kelishi va uni boshqara olishga yordam beradi. Siymoli fikr-lash g'oya, sxema, ilmiy faraz siymoga o'tishga xizmat qiladi ya'ni, ko'z oldida obyektni gavdalantira olish fikrlashni oydinlashuvida katta ahamiyatga ega.

• Amaliy komponent faoliyat davomida erishilgan natijani albatta amalda tekshirishni ko'zda tutadi. Biror bir nazariyani yechimi tat-biq qilish uchun yaroqli bo'lmaydi, qachonki u yechim amaliy sinovdan o'tmagan va nazariy g'oyani tasdiqlamagan bo'lsa. Fikrlashni bir butunligini ta'minlashda bu komponentning alohida o'rni bor.

• Texnika tili. Har bir yangi ilmiy yo'nalish va kashfiyotlar ketidan butun bir yangi ishlab chiqarish sohalari yuzaga kelib, undagi yangi faoliyat yo'nalishlari kishilarning ongi va ruhiy holatiga ta'sir etib, ularning texnik bilim-lari, imkoniyat va qobiliyatlariga ma'lum talablar qo'yadi. Ya'ni, zamonaviy texnik masalalarni hal qilishdagi ko'plab chizma, diagramma, sxema va funktsional tuzilmalarni yaxshi egallashlarida maxsus til, texnika tilini bilishlari lozim. Shuning uchun ham ilmiy nazariya qurilishini maxsus materiali uning o'ziga xos tilidir. Ilm va texnika tili fikrni bayon etishda mantiqan qat'iy, aniq bir ma'noli va foydalaniladigan termin va tus-hunchalarni aniqligi bilan xarakterlanadi. Shu ma'noda texnik fikrlashni asosiy komponentlari-dan biri texnika tilidir.

• Tezkorlik. Tezkorlik deganda tezlik bilan o'z vaqtida to'g'rilash yoki ishni yo'lga qo'ya olish qobiliyatiga aytiladi. Tezkor fikrlashni uchta funktsiyalari mavjud: masalani yechish, rejalashtirish va kodlanganlik. Masalani yechish funktsiyasiga mumkin bo'lgan ko'plab variant-lar ichidan eng qulay yechimni tezda tanlashda barcha yechimlarni tahlil eta oladigan tezkor fikrlashni rivojlantirish zarur. Rejalashtirish funktsiyasiga ishlab chiqarish maqsadini amalga oshirishni aniq muddati, vositalari va usulla-rini qidirish funktsiyasi kiradi. Koddan chiq-ish funktsiyasiga esa, turli signal ko'rinishlarini

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

boshqaruv obyekti ko'rinishlariga o'tkazish funktsiyasi kiradi.

Shuni ta'kidlash lozimki, texnik fikrlashni to'la shakllanishida ko'rib o'tilgan beshta: tush-unchaviy, siymoli, amaliy, texnika tili va tezkorlik komponentlari uyg'unlikda rivojlantirilishi lozim.

Texnologiya kursini rivojlantirib o'qitishda ham asosiy urg'u fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan bo'lgani uchun texnologik fikrlashni tarkibiy tuzilishini bizningcha, texnik fikrlashga nisbatan kengroq ma'noda qaralishi lozim. Chunki texnologiya fani o'zining mohiyatiga ko'ra, o'quvchilarni bozor iqtisodiyoti sharoi-tida mustaqil mehnat hayotiga tayyorlashdan tashqari amalda eng samarali va tejamkor ish-lab chiqarish jarayonlarini aniqlash va ulardan foydalanishga o'rgatishdan iborat. Texnologiya bugungi kunda har bir ishlab chiqarish jarayo-nini boshqarish hamda mos soha faoliyatida doimiy ixtirochilik, modernizatsiyali va innovat-sion faoliyat haqidagi o'ta murakkab va tarqoq bilimlar tizimi bo'lib borayotganini e'tiborga olsak, texnologik jarayon keng masshtabli fikrlashni talab etishini ko'rish mumkin.

O'quvchi-talabalarni rivojlantirib o'qitishda muhim bo'lgan texnologik fikrlashni tarkibiy tuzilishi bizga texnik fikrlashdan ma'lum bo'lgan beshta komponentga qo'shimcha ravishda, bizningcha, quyidagi komponentlarini ham o'z ichiga olishi lozim, ya'ni: tejamkorlik, xaridorgir-lik, diversifikatsiyaga moslik, tanqidiy tahliliylik. Bularning kiritilishi zarurati bugungi jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy hayotida texnik rivojlanish o'rnini texnologik rivojlanish egallab yuksalayo-tganligi bilan bog'liqdir.

Haqiqatan, sodda qilib aytganda, texnik fikr-lash biror texnikaviy masalani yechishga qara-tilsa, texnologik fikrlash masalani qo'yilishidan boshlab oxirgi tayyor mahsulot olishgacha bo'lgan faoliyatga qaratiladi. Bunda qo'yilgan masalaga javob topishga intilish, maqsadga yetish bilan bog'liq dastlabki shart-sharoitlarni aniqlash va bu sharoitlarda masalani yechimiga erishish kerak bo'ladi. Texnologiya mahsulot-lariga misol qilib oddiy bolalar o'yinchoqlaridan tortib yuqori texnologiya mahsulotlari -yorug'lik diodlari va turli chip strukturalarini keltirish mumkin. Bularning barchasiga tizimli texnologik faoliyat bilan erishiladi. Hozirda

ko'plab kasblar bo'yicha mahsulot tayyor-lashda turli operatsiyalar ketma-ketligini puxta uyg'unlashtirish va kompyuter dasturlaridan foydalanish evaziga dastlabki xom ashyodan tayyor mahsulot olishgacha bo'lgan texnologik faoliyatlar rivojlanmoqda.

Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida olib boriladigan har qanday texnologik faoliyatda tejamkorlikka e'tibor berishni roli kuchayib, chiqindisiz yoki kamchiqim texnologiyalar ustu-vor sanalmoqda. Shu ma'noda tejamkorlik texnologik fikrlashni zarur komponentlaridan biri bo'lishga haqli deb hisoblaymiz.

Undan tashqari texnologik masalani tizimli ketma-ketlikda hal etish bilan inson ehtiyo-jini qondirishni o'zi kamlik qiladi. Har qanday texnologiya mahsulotni kishilarni o'z ehtiyoji-dan tashqari o'zgalarni ham, hatto eksport qilib o'z brendiga ega bo'lishni ham qanoatlanti-radigan bo'lishi, bugungi zamonaviy rivojlan-ish poydevori bo'lib bormoqda. Shuning uchun texnologik faoliyat mahsuloti maftunkor diza-ynga ega va xaridorgir bo'lishini ta'minlash har bir mamlakatni birinchi galdagi vazifalaridan biriga aylandi. O'quvchi talabalarni o'z brendiga ega mahsulot tayyorlashga bo'lgan qiziqishlar-ini orttirish va o'zligini namoyon qila olishlarida bozorgir mahsulot yaratish tuyg'usini shakllanti-rish o'ta zarur bo'lib, shu yo'nalishdagi fikrlashni yoshlikdan shakllantira borish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shu ma'noda oxirida erishil-gan texnologik mahsulot xaridorgir bo'lishi zaminida fikrlashni ushbu komponenti yotgani uchun uni ham rivojlantirilib borishi zarurdir.

Yana bir muhim komponentlardan - diver-sifikatsiyali texnologiyaga diqqat e'tiborni qaratish zarurati shundaki, texnologik faoliyat davomida erishilgan eng qulay va bozorgir mahsulot ham bugungi qisqa vaqt ichida sodir bo'layotgan shiddatli rivojlanishlar va hayo-tiy o'zgarishlar bo'ronida tez o'z o'rnini yangi, inson manfaatini yanada to'laroq qondirib, ko'proq qulaylik tug'diradigan mahsulotga bo'shatib berishiga to'g'ri kelmoqda. Shun-ing uchun dastlabki texnologik faoliyat tizimini yaratishda ma'lum ketma-ketlikdagi qismlar vazifalari taqsimoti shunday moslanishi kerakki, yangi faoliyatga o'tishda butun tizimni yang-ilamay, ayrim qismlarni moslab tezda yangi

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

faoliyatni boshlash mumkinligida. Garchi bun-day talablar katta ko'lamli texnologiyalar uchun ko'prok taalluqli sanalsada, kasblar bo'yicha texnologik faoliyatlarda ham ahamiyat kasb etib bormoqda.

Xitoy mamlakati tadbirkorlarini iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasini bozor talabiga qarab tezda o'z faoliyatini moslay olishi bunga misol bo'la oladi. Shu ma'noda yosh avlodni zamonaviy kasblar bo'yicha faoli-yat olib borishga tayyorlashda bunday fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish ham zaruriy davr talabi sifatida yuzaga chiqmoqda1, 2.

Yana bir komponent, tanqidiy tahliliy fikrlash ham umumlashtiruvchi komponent bo'lib, u har qanday faoliyat davomida doimo marka-ziy o'rinni egallashi lozim. Buni ahamiyati shun-daki, o'quvchi talabalarni texnologik faoliyatlari davomida muammoni guruhlarda muhokama qilishga va har tomonlama tanqidiy tahliliy qarashga o'rganishlari muhim ahamiyatga ega bo'lib, sifatli va eng maqbul yechim topa olish-iga yordam beradi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yuqorida keltirilgan texnologik fikrlash strukturasini tashkil etuvchilarini asos-lashda biz texnologik jarayonni tizimli ketma-ketlikda o'zaro uyg'unlikda bajariladigan va texnologik masalani barcha sharoitlarni e'tiborga olgan holda yechimini topishga qara-tilgan keng ma'nodagi bugungi davr talabiga mos texnologik faoliyatdan kelib chiqdik. Ayt-ish kerakki, bu komponentlar barcha turdagi texnologik faoliyat uchun umumiy bo'lib, amalda texnologik ta'limning barcha fan-lari bo'yicha o'quvchilarni rivojlantirib o'qitish uchun ularga zarur bo'lgan texnologik fikrlashni rivojlantirishda foydalanish mumkin.

Tajriba natijalari va muhokamalar. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini rivojlantirib o'qitish samaradorligi va aqliy rivojlanishini ta'minlovchi didaktika usulini o'zagi hamda tortuvchi kuch bu texnologik fikrlashni rivojlantirish hisobla-

1 J.R.Muxitdinova. Texnologiya darslarida o'quvchilarni texnik fikrlash qobiliyatlarini kelajak kasblari bo'yicha shakllantirish usullari. Myfa..HM x,sm Y3.yKCH3 6u^MM^eHgMpuy// .MMMMMeTogMKa.biK ^ypHa.ui// 1 -son. Nuqus. 2022. 115-120 bb.

2 J.R.Muxitdinova, A.S.Sayfitdinov. Texnologiya ta'limi praktikumi (Servis xizmati yo'nalishi). O'quv qo'llanma. T. 2022 y. - 108-120 bb.

nadi. Yuqoridagi texnologik fikrlashni kompo-nentlari texnologik ta'limda barcha o'quv fanlari uchun umumiy bo'lgani uchun biz ularni Servis xizmati yo'nalishidagi Texnologiya ta'limi praktikumi kursini rivojlantirib o'qitish jarayoniga tatbiq etdik. Shu yo'nalishda texnologik fikrlashni barcha tashkil etuvchilarini uyg'unlikda rivojlantirishga yo'naltirilgan didaktik vosita sifatida muammoli va bilimga qaratilgan turli savol va topshiriqlarning didaktika tizimini ishlab chiqib amaliyotda qo'lladik. Shuningdek, Texnologiya ta'limi praktikumi darslarida fikrlashni har bir tashkil etuvchisining zaruriy va ahamiyatli tomonlari ta'qidlanib, ularni rivojlantirishga imkon yaratuvchi aqliy hujum, absurd, yangi variantlar, vaqtni cheklanganligi, muno-zara seminarlar, loyihalash kabi metodlardan va kompyuter dasturlari asosida turli modellashti-rish usullaridan foydalanildi. Texnologiya ta'limi praktikumi kurslarida texnologik fikrlashni har bir tashkil etuvchilarini shu yo'nalishga mos zaruriy va ahamiyatli tomonlari, hamda ularni rivojlantirishga yo'naltirilgan turli savol va top-shiriqlar namunalari sifatida quyidagilarni kelti -rish mumkin.

Tushunchaviy komponent tikuvchilikka dax-ldor texnologik tushunchalarni, ya'ni adip, korset, eskiz, vitochka, koketka, manjet, qotirma, o'miz va shunga o'xshash tushunchalarni shak-llanganligini nazarda tutadi. Bu tushunchani rivojlantirishga yo'naltiruvchi topshiriqlarga misol sifatida o'tkazma yoqalarga to'g'ri ishlov ber-ish uchun zarur detallarni aniqlashni taklif etish mumkin. Talabalar topshiriqni bajarish davomida ko'z oldilariga o'tkazma yoqa tasavvurini keltirishlaridan tashqari adip, qotirma, o'miz tushunchalariga tayangan holda mustaqil bilim darajalarini orttiradilar.

Siymoli komponent ob'ekt siymosini ko'z oldida gavdalantirishga yordam qilib, ularni turlicha o'zgarishlarini aks etishga xizmat qiladi. Masalan, kostyum-shimni turli mavsumga mos-ligi qanday bo'lishi yoki tikuv buyumlari fasonini gavdaga va harakatlariga mos chiroyli va qulay ko'rinishini tanlanishida tasavvurli komponentini o'rni beqiyosdir. Ushbu komponentni rivojlantirishga qaratilgan topshiriq sifatida ozg'in qomatga mo'ljallangan pidjak tuzilishi qanday bo'lganda u gavdaga mos tushishini aniqlab,

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

uni tayyorlash bosqichlarini ifodalang kabi topshiriqni yechimini topishda talaba pidjakni yoqasidan tortib yengigacha bo'lgan tayyorlash ketma-ketligiga fikriy nazar bilan bir butun-likdagi buyum tasavvuriga ega bo'lgandagina ishonch bilan ishga kirisha oladi. Ko'ramizki, bunday masalada tasavvurli fikrlash komponentini rivojlanganligi asosiy rol o'ynaydi.

Amaliy komponent nazariy ma'lumotlarni amalda mos kelishini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu komponent doirasida materiallarni asosiy parametrlari va bichish-tikishdagi hisoblashlarni aniqlashtirish ko'zda tutilib, nuqsonsiz va bar-cha talablarni qanoatlantira oladigan tikuv mah-suloti tayyorlash lozim bo'ladi. Masalan ozg'in yoki to'lacha qomatlar uchun pidjak yoki jaketni tayyorlash ketma-ketligini yaratish kerak deb aytilgan topshiriq yechimini topishda talaba ozg'in qomat uchun texnologik ketma-ketlik-dagi standartlikdan chetga chiqib, buyumning har bir detallarini alohida hisoblashlar orqali bajarishi va ularni amalda qomatga mos kelish-iga erishishi amaliy fikrlashni rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Texnika tili komponenti tikuvchilikdagi model, chizma, shakl, sxema kabi tushunchalar ma'lum ma'noni aks ettirib, mohiyatni tushun-ishga xizmat qiladi. Bunga mos topshiriq sifatida ayollar kotfylagini tayyorlashda barcha chizma va modellar tasvirini taklif etib, ular nimani anglatishini va ulardan qanday foydalanish mumkinligini tushuntirish talab etilishi mumkin. Chizmalarni to'g'ri tushunish nafaqat topshiriqni samarali bajarilishiga, balki tasvirdagilarni idrok etish orqali texnologik jarayon bosqichlarini amalga oshirish tamoyilini tushunishga va fikrlashni texnika tili komponentini rivojlantirishga yordam beradi.

Tezkorlik komponenti tikuvchilikka qara-tilgan butun jarayon holati, uning o'sish yoki susayishi, turli kerakli butlovchi elementlar va materiallarni ta'minoti hamda zaruriy zaxiralarni o'z vaqtida aniqlashga qaratiladi. Bu komponent rivojiga qaratilgan topshiriq quyidagicha bo'lishi mumkin. Tikuv buyum detallarini bir biri bilan biriktirish jarayonida choklarda solqi hosil bo'lish kabi nuqsoni kuzatilishiga olib keluv-chi sabablarini aniqlang kabi topshiriq bo'lishi mumkin. Bu topshiriqni yechimini sohaga oid

dastlab o'rganilgan barcha bilim va ma'lumotlar tahlili asosida talabalar mustaqil tarzda sababini aniqlab, tezda bartaraf etadilar.

Tejamkorlik komponenti tikuv buyumlarini tayyorlash va uni dizayni bo'yicha texnologik faoliyatni loyihalashda hamma bosqichdagi harakatlar va ishlatilayotgan resurslar mahsu-lot tannarxini tushirishga qaratilishini ko'zda tutadi. Biron bir tikuv buyumiga to'g'ri keladi-gan ma'lum fasondagi qiyimga amalda qancha gazlama, turli butlovchi elementlar, elektr ener-giya va boshqa turdagi xarajatlar sarfini eng optimal ko'rsatgichlarini aniqlash kabi topshiriq-lar talabani barcha parametrlarini kompyuter dasturlari yordamida aniqlashga, mahsulot tan-narxi talabga va bozor iqtisodiyotiga mos kel-adigan tejamkorlik asosida buyum tayyorlashga o'rgana borib, fikrlashning bu komponentini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xaridorgirlik komponenti texnologik faoli-yat asosida yaratilayotgan tikuvchilik mah-sulotlari ommaning modaga bo'lgan mavjud talablarini qondirishi, arzon tannarxli, qulay, yengil, maftunkor va jozibali dizayn bilan barchani havasini keltira oladigan bo'lishini ta'minlaydi. Fikrlashning bunday komponentini tikuv buyumlarini tayyorlash faoliyatida rivojlan-tirish uchun talabalarga beriladigan topshiriqlar ko'p qirrali bo'lishi bilan birga obyektiv va sub-yektiv faktorlarni qamrab olish kerak bo'ladi. Jumladan, har bir buyumni modalar kollektsi-yasi loyihalari, turlari va tarkibi bo'lishini, ularni dizaynini ishlashda innovatsion kompyuter texnologiyalardan kreativ tarzda foydalanishni va zamon bilan uyg'unlikda kelgusi rejalarni amaliy sinovlar bilan olib borishni ko'zda tutadi. Bunday talablar asosida beriladigan har qanday topshiriq o'quvchi talabalarni texnologik fikrlashlarida ushbu komponentni rivojlanishiga katta yordam beradi.

Diversifikatsiyali komponentini rivo-jlantirilish tikuvchilik sohada biron bir dizayn bo'yicha texnologik faoliyatni tezkorlik bilan o'zgartirish lozim bo'lganda mavjud texnologik faoliyatdagi tikuv mashinaralari turlari va ele-mentlarini ko'p funktsiyaliligidan foydalanib, qisqa vaqt ichida yangi faoliyatni boshlashga yordam beradi. Bunda fasllarga mos kiyim-lar, turli tadbirlar, bayram va tanlovlarga atab

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

tayyorlanadigan kiyimlarga mos texnologiya tizimini ta'minlaydigan elementlar bilan ish-lashni ko'zda tutiladi. Mavsumiy tikuv buyum-larni tashkil etuvchi elementlarini tayyorlashda qanday dastgohlardan foydalanish eng sama-rali bo'lishini aniqlang deb topshiriq berilgan. O'quvchi talabalar bunday masalani yechimini topishlari zaminida dastgohlar turlari, vazifalari, parametrlarini mato turiga mosligi va ener-giya tejamkorligi haqida tayanch bilimga ega bo'lishlari yotadi. Kerakli buyumni har bir elementini ya'ni yoqadan tortib cho'ntakka qadar alohida ketma-ketlikda bajarishga mo'ljallangan kompyuter dasturlariga ega zamonaviy avto-mat va yarim avtomat dastgohlarini o'z o'rnida ishlatishga o'rganishlarida ushbu komponentni rivojlanishining ahamiyati katta bo'ladi.

Tanqidiy tahliliylik komponenti texnologik fikrlashni tashkil etuvchilarini uyg'unlikda rivo-jlanishiga qaratilib, texnologik faoliyatda ularn-ing har birini e'tibordan chetda qolmasligini ta'minlaydi. Tayyorlanayotgan tikuv buyumini ijtimoiy rivojlanish davri iste'molchilari talabiga mos va sifati yuqori bo'lishi barcha komponent-larni birgalikda rivojlanishi orqali ta'minlanadi. Tayyorlangan buyum kamchiliklarini aniqlash va qayerda nimani hisobga olish kerak kabi muammolar yechimini topishda talabalar guruhlarda har bir texnologik bosqich amalla-rini qayta ko'rib chiqish bilan hal etishlari uchun fikrlashni tanqidiy tahliliy komponentining ahamiyati katta va bunday vaziyatlarda uning o'zi ham rivojlana boradi.

Bulardan tashqari texnologik fikrlashni har bir komponentini rivojlantirishga yo'naltirilgan turli darajadagi test sinov topshiriqlarini tikuv buyumlari texnologiyasiga mos mavzulari bo'yicha ishlab chiqildi. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini texnologik ta'lim yo'nalishida rivojlantirib o'qitishni asosi bo'lmish texnologik fikrlashni rivojlanitiruvchi metodlar va taklif eti-layotgan didaktik vositalarni amaliy natijalari samaradorligini aniqlash maqsadida dastlab quyidagi holatlarga e'tibor qaratildi.

Bugungi kunda texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirib o'qitish uchun yetarli emasligi. Ularni rivojlantirib o'qitish mohiyati va uni maqsadli amalga oshirish metod va vositalarini bilishlari

lozimligi. Texnologiya fanini o'quv jarayonida nisbatan yangiligi. Bularni hisobga olgan holda oliy ta'limda texnologiya fani o'qituvchilari uchun amaliy o'quv seminarlar tashkil etib, ularga amalda foydalanishlari uchun yuqori-dagiga o'xshash didaktik o'quv vositalari taklif etildi va ularda pedagogik eksperiment o'tkazish sharoitlari, maqsadi, vazifalari belgi-lanib, unda ko'p yillik texnologik ta'limdagi fan-larini o'qitish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ham inobatga olindi.

Pedagogik tajriba o'tkazishning asosiy maqsadi texnologiya fanini rivojlantirib o'qitishda o'quvchi talabalarda zamonaviy texnologiya rivoji bo'yicha ilmiy dunyoqarashni shakllanishida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni hal etishda texnologik fikrlashni rivojlanishiga qaratilgan o'quv meto-dik tavsiyalar, topshiriq va masalalardan ibo-rat didaktik vositalar hamda informatsion kompyuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish asosida texnologik ta'limdagi fanlarni o'qitish metodlarini samaradorligini tekshirish-dan iborat bo'ldi.

Pedagogik tajribalar uch bosqichda olib borilib, birinchi bosqich 2015-2018 yillarda Namangan davlat universitetida texnologiya fanini o'qitish metodlari, nazariy va amaliy mashg'ulotlarni real holati o'rganilib, ular aso-sida aniqlangan muammolarni hal etishda texnologiya fanini rivojlantirib o'qitishda texnologik fikrlashni barcha komponentlarini bevosita texnologik faoliyat davomida rivojlant-irish va informatsion texnologiyalarni texnologik faoliyatga doir dasturlaridan foydalanish zaru-rati aniqlandi va ular asosida texnologiyani o'qitish metodikasi takomillashtirildi.

Ikkinchi bosqich 2018-2020 yillarda texnologik ta'limdagi o'quv materiallarini o'rganish jarayoni o'tkazildi. Bunda o'quv mavzulari mazmuni, o'qitishni didaktik o'quv vosi-talari va informatsion texnologiyalar bilan boy-itib takomillashtirilgan o'qitish metodikasidan foydalanib, Namangan davlat universiteti, Andi-jon davlat universiteti, Kashkadaryo davlat uni-versitetlarida Texnologiya ta'limi praktikumi fanini o'qitish jarayonida texnologik fikrlashni rivojlantirishni o'rganish bo'yicha sinovlar olib borildi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

V__

1-jadval. Tajriba va nazorat guruhlari talabalarining Texnologiya ta'limi praktikumi kursi bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichlari

Tajriba guruhi Nazorat guruhi

Baho qiymati 5 4 3 2 5 4 3 2

Mos baholar soni 45 89 62 25 12 17 121 71

Baholarning o'rta arifmetik qiymati X*t= 3,7 X =2,8 n '

Samaradorlik koeffitsienti h, = X*t/ X* = 1,32 И t n '

X ning ishonchlilik oralig'i 3,69< X*t<3,73 2,78< X <2,82 n

2021-2022 yillarda uchinchi nazorat bosqich-ida nazorat tajribalari o'tkazildi. Bunda tajriba va nazorat guruhlarida Texnologiya ta'limi praktikumi kursi o'qitilib pedagogik tajriba natijalari statistik tahlil etildi (1-jadval).

Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar aso-sida o'tkazilgan umumiy pedagogik tajribalar natijalarini ko'rsatilishicha, texnologiya fanla-rini o'qitish jarayonida taklif etilgan texnologik fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar va didaktik vositalar asosida o'qitish metodikasini samara-dorligi yuqori bo'lib, o'quv sifati 34% ga ortgani kuzatildi. Talabalarni texnologik fikrlashlarini rivojlanganlik mezoni sifatida texnologiya masa-lalari yechimini barcha fikrlash komponentlarini rivojlanishi natijasida topa olishlari, texnologik obyektni ish tamoyili, tuzilishi, strukturasi va tarkibini tahlil eta olishlari, texnologik faoliyat-lari jarayoniga kompyuter dasturlarini qo'llay olishlari hamda texnologik masalani yangiligini, o'z faoliyatlarini, natijalarni asoslay olishlari va xulosalar qila olishlari kabi holatlar belgilandi.

Tadqiqotning ilmiy amaliy yangiligi shundaki, unda birinchi marotaba rivojlanishni bugungi bosqichiga kelib, texnika taraqqiyoti o'sib, texnologik taraqqiyotga o'tganligi va endilik-dagi rivojlanish texnologik taraqqiyot bilan bog'liq bo'lib borishini texnologiya fanida ino-batga olinishi zarurligi ko'rsatib berildi.

Texnologiya darslarida o'quvchi talabalarni rivojlantirib o'qitishni asosi bo'lgan texnologik fikrlashni tashkil etuvchilarini aniqlashda texnik fikrlashni tarkibiy tashkil etuvchilarini rivojlantirib, qo'shimcha ravishda birinchi marta to'rtta yangi tashkil etuvchisini (tejamkorlik, xaridorgir-

lik, diversifikatsiyalana olish, tanqidiy tahliliylik) taklif qilindi va ularni e'tiborga olinishi sama-rali va sifatli texnologik yechimga ega bo'lishda muhim ahamiyat kasb etadigan komponentlar ekanligi aniqlandi.

O'quvchi talabalarni texnologik fikrlashlarini rivojlanishda uning barcha tashkil etuvchilarini rivojlantirishga yo'naltirilgan masala va top-shiriqlar didaktikasi Texnologiya ta'limi praktikumi fani misolida ishlab chiqildi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, texnologik fikrlashni tashkil etuvchilarini rivojlantrish uchun taklif etilgan usul va ko'rsatmalardan nafaqat texnologiya, balki boshqa fanlar uchun ham tatbiq etish mumkin-ligidadir.

Shuningdek, texnologik fikrlashni barcha tashkil etuvchilarini e'tiborga olish, texnologik faoliyat yuritadigan o'quvchi talabalar va texnologiya o'qituvchilarini samarali natijalarga erishishlarida katta yordam beradi.

Xulosalar.

1. Texnologik ta'lim yo'nalishlarida texnologik fikrlashni rivojlantirib faoliyat olib borishga o'rgangan o'quvchi talabalarni dun-yoqarashlari ilmiy tarzda shakllanib, mustaqil tarzda muammolarga yechim topa oladigan darajadagi zakovatga ega bo'lib boradilar.

2. Texnologik fikrlashni rivojlantirish natijasida o'quvchi talabalar nafaqat iste'moldagi yuqori texnologiya mahsulotlarini ish tamoylini idrok etishga, balki ularni o'zlari ishlab chiqara oladigan tarzdagi salohiyat poydevoriga ega bo'lib boradilar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

с ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ 33 и

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения: опыт теоретического и экспериментального исследования. - М.: Педагогика, 1986. - 240 с.

2. Планида С.И. Приемы и средства формирования у студентов среднего специального учебного заведения конструктивно-технических способностей // Методический поиск: проблемы и решения. - № 4. — 2008. — С.31-32. (0,3 п.л.)

3. Развитие творческой активности учащихся на основе навыков комплексного анализа / Под ред. Н.Ф. Талызиной. - Челябинск: ЧГУ, 1991.- 102 с.

4. Мухина М.В. Развитие технического мышления у будущего учителя технологии и предпринимательства средствами системы познавательных заданий. Кандидатская диссертация. Нижний Новгород — 2003. 49-57 с/

5. Педагогическая наука и ее методология в контексте современности / Под ред. В.В.Краевского, В.М.Полонского. - М., Педагогика, 2001. - 338 с/

6. Худошина, Ю.В. Формирование технического мышления у будущих преподавателей профессионального обучения . Высшее образование сегодня. - 2009. - JS» 2. - с. 73 -75.

7. Планида С.И. Факторы, способствующие формированию у студентов среднего специального учебного заведения профессионально-технического мышления [Текст] / СИ.Планида / Материалы IX Международной научно-методической конференции «Физическое образование: проблемы и перспективы развития». 4.2. -М.: МПГУ, 2010. -c.238-240.

8. Худошина Ю.В. Оперативный компонент технического мышления // Организация, и управление производством / Ю.В. Худошина. - Саратов: Изд:центр «Наука», 2008. - с. 180-184.

9. Худошина Ю.В. Критерии сформированности технического мышления будущих: преподавателей профессионального обучения // Проблемы научного обеспечения сельскохозяйственного производства и образования/ Саратов: Научная книга, 2008. -с. 247-252.

10. Литова З.А. Развитие творческой технологической активности старшеклассников в общеобразовательной школе. — Изд-во Курск, гос. ун-та, 2005. - 300 с.

11. Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: Лабиринт, 1996. - 414 с

12. Формирование творческих способностей: сущность, условия, эффективность / Под ред. З.С. Гончарова. — Свердловск: Свердловский инженерно-педагогический ин-ут, 1990. - 160 с.

13. Qo'chqorov X.O., Yusupov D.A. Fundamental fanlarni o'qitish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari: Academic Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-448-455. p. 448-455.

14. Технология формирования технического мышления у студентов ссуза при изучении физики // Вестник Адыгейского государственного университета. Серия «Педагогика и психология» - Майкоп: Изд-во АГУ. - Вып.4. -2009. - c. 201-205.

15. Гальперин П.Я. Основные результаты исследования по проблеме формирования умственных действий и понятий. - М.: МГУ, 1965. - 45 с.

16. Кудрявцев Т.В. Психология технического мышления. - М.: Педагогика, 1975. - 304 с.

17. Muxitdinova J.R. Texnologiya darslarida o'quvchilarni texnik fikrlash qobiliyatlarini kelajak kasblari bo'yicha shakllantirish usullari. Мугаллим х,эм Yзлуксиз билимлендириу// лимийметодикалык, журнали// 1-son. Nuqus. 2022. 115-120 bb.

18. Muxitdinova J.R., Sayfitdinov A.S. Texnologiya ta'limi praktikumi (Servis xizmati yo'nalishi). O'quv qo'llanma. - T. 2022. - 108-120 bb.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 7 (116)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.