Научная статья на тему 'TALABALARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA QADRIYATLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH'

TALABALARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA QADRIYATLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / qadriyatlar / ijtimoiy omil / yo‘nalganlik / xususiyat / Ijtimoiy qadriyatlar / ta’limiy qadriyatlar / qadr-qimmat / pedagog / ta’lim-tarbiya jarayonlari / subyekt / ta’minlash / mustaqil fikrlash

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Turg’Unov Mirjalol Mirzahamdam O’G’Li

Bugungi globallashuv davriga kelib jahon oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo’yicha izchil ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida qadriyatlar tizimini rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA QADRIYATLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

TALABALARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA QADRIYATLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH Turg'unov Mirjalol Mirzahamdam o'g'li

Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11046531

Annotatsiya. Bugungi globallashuv davriga kelib jahon oliy ta'lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma'naviy-axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo'yicha izchil ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida qadriyatlar tizimini rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, qadriyatlar, ijtimoiy omil, yo'nalganlik, xususiyat, Ijtimoiy qadriyatlar, ta'limiy qadriyatlar, qadr-qimmat, pedagog, ta'lim-tarbiya jarayonlari, subyekt, ta'minlash, mustaqil fikrlash

Abstract. In today's era of globalization, consistent scientific research is being conducted in the world higher education system on professional socialization of students, development of moral-ethical and ideological competence, improvement of methods of education of social activity and initiative, development of ideological immunity. This article examines the development of the national value system in the process ofpreparing students for professional activities.

Keywords: Education, values, social factor, direction, feature, Social values, educational values, dignity, pedagogue, educational processes, subject, provision, independent thinking.

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo'lgan ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada dolzarb ma'no va mohiyat kasb yetadi. "O'z xaq-xuquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofidagi sodir bo'layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". Bu esa ta'limiy qadriyatlarga bog'liq. Shuning uchun ham yoshlarga ta'limiy qadriyatlarni o'rgatib tanlangan mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi.

Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri barkamol shaxs tarbiyasida milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanishdir. Ayni paytda, yurtimizda ma'nan yetuk hamda barkamol bo'lgan shaxsni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bu xususda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: "O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida o'z an'analariga doimo sodiq bo'lib, bu yo'ldan hech qachon og'ishmasdan ilgari boradi. Biz bugun ko'p millatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo'lgan yoshlarimizga ishonib, marrani katta olmoqdamiz. Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini o'ylab, el-yurtimizning xalqimizning yorug' kelajagini ko'zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo'ymoqdamiz. Niyati ulug'

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

xalqning - ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi", - degan jumlalarini keltirib o'tishimiz o'rinli deb o'ylayman. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyat va an'analarning ahamiyati katta bo'lib, ular tarbiya jarayonida eng ta'sirchan qurol vazifasini bajaradi desak noo'rin bo'lmaydi.[1.81]

Bilamizki, jamiyat yoshlar ongida ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirmasdan yoxud mustahkamlamasdan turib o'z istiqboliga erisha olmaydi, shuningdek har bir davlat o'sib kelayotgan kelajak avlodni o'z milliy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari negizida tarbiyalashi uchun o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ya'ni mustaqillikka erishgan bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: "Huquqiy demokratik adolatli davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, xalqimizning madaniy va eng nozik tuyg'ularini, chuqur falsafiy, siyosiy, huquqiy tushunchalarini o'zida mujassam etadigan ma'naviyatni yuksaltirish asosiy va ustuvor vazifalardan biriga aylandi"[2,306] - degan jumlalaridan kelib chiqib, bizning maqsadimiz mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so'z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish ekanligiga yana bir bor amin bo'lamiz. Mustaqillik bo'lsa ana shu maqsadimizni amalga oshirishimizning muhim sharti bo'lib xizmat qiladi.

Pedagogik qadriyatlar - bu pedagogik faoliyatni tartibga soluvchi va ta'lim sohasidagi mavjud ijtimoiy dunyoqarash va o'qituvchining faoliyati o'rtasidagi vositachilik va bog'lovchi bo'g'in vazifasini bajaradigan kognitiv harakat qiluvchi tizim vazifasini bajaruvchi normalar. Ular, boshqa qadriyatlar singari, sintagmatik xarakterga ega, ya'ni. tarixiy shaklda shakllanadi va pedagogika fanida o'ziga xos tasvir va g'oyalar ko'rinishida ijtimoiy ong shakli sifatida qayd etiladi. Pedagogik qadriyatlarni o'zlashtirish pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladi, uning jarayonida ularning sub'ektivlashuvi sodir bo'ladi. Bu pedagogik qadriyatlarning subyektivlik darajasi o'qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi Qadriyat -tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko'rsatuvchi tushuncha bo'lib, axloqiy tamoyildir.

Qadriyat turlari quyidagilar

• tabiiy qadriyatlar;

• moddiy qadriyatlar;

• ma'naviy qadriyatlar;

Qadriyatlar va ulardan ijtimoiy hamda pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida foydalanish borasidagi vazifalar —ta'lim mazmuni, uning jarayoni va «pedagog-o'quvchi» tizimidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish asosiga kiritilishi lozim.

Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o'quvchilarning hayoti va faoliyatini ta'lim muassasalarida pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta'sir etuvchi omillarga nisbatan ta'sirchan munosabatda bo'lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlaming tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, shaxsga tashqi omillaming o'zaro (xoh salbiy, xoh ijobiy boisin) ta'siri awalo o'quvchilarning o'zaro munosabatlariga bog'liq. O'quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o'qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta'sir etuvchi omillarga nisbatar tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini baholashini ulardan o'zi uchun nimalami olayotganligini bilishi zarur. Tarbiya jarayonini modellashtirishda o'quvchining nafaqat ongi, balki his-tuyg'idarini ham o'stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongi. hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi.

O'qituvchi ta'lim jarayonida o'qitish shakllarini optimal darajada tash kil etishm, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyala bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

kunda o'qituvchining peda gogik mahoratida "Bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish baholash" kabi didaktik qonuniyatlar taiim berishning muhim katego riyalari sifatida e'tirof etilgan. Shaxsga ta'hm-tarbiya berish nihoyatd; murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblai jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmun va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovch muhim ahamiyatga molik boigan omil ekanhgi ta'kidlanadi.

Tarbiya jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilarning taiim muassasasidagi tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o'z xohish-istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatni modellashtirishda o'qituvchi o'quvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini e'tiborga olishi zarur. Bola o'z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldide javobgarlikni sezishga erishgach. ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi boiib qoladi.[3.201]

Xulosa o'rnida milliy-ozodlik harakati fidoyilari safida faol harakat qilgan Abdulla Avloniy bobomizning: "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir"[4,39], - degan jumlalarini keltirib o'tishni joiz deb topdim. Darhaqiqat, bola yosh nihol va qayoqqa egsa shu tomonga qarab o'saveradi. Yoshlarimizga berilgan, berilayotgan va beriladigan tarbiya yurtimiz kelajagi hamda taqdirini belgilab beradi.

REFERENCES

1. Karimov I. A. "Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz". 7-jild. - T.: "O'zbekiston", 1999. 306-bet.

2. "Barkamol avlod orzusi". T.: "Sharq", 2019. 39-bet.

3. Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -420 b

4. Yangiboyevna, Gafforova Hurriyat. "Content and Conditions of Pedagogical Work on the Development of Speech for Children from Birth to Five Years."EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY2.1 (2022): 81-83.

5. https://muegn.ru/uz/fire-trucks/professionalnye-pedagogicheskie-cennosti-kursovaya-rabota.html

6. www.ziyonet.uz

7. www.unilibrary.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.