Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILAMING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH'

O‘QITUVCHILAMING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
159
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagog / ta’lim / tarbiya / o‘qitish / o‘rgatish / tarbiyalash / kasb / mahorat / takomillashtirish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.Madaminov

Ushbu maqolada o‘qituvchilaming kasbiy mahoratini takomillashtirish, talablar va bajarilishi muhim bo‘lgan masalalar borasida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILAMING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH»

O'QITUVCHILAMING KASBIY MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH

N.Madaminov Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'qituvchilaming kasbiy mahoratini takomillashtirish, talablar va bajarilishi muhim bo'lgan masalalar borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagog, ta'lim, tarbiya, o'qitish, o'rgatish, tarbiyalash, kasb, mahorat, takomillashtirish

IMPROVING MY TEACHER'S PROFESSIONAL SKILLS

N.Madaminov Kokand SPI

Abstract: This article talks about improving the professional skills of teachers, requirements and issues that are important to fulfill.

Keywords: pedagogue, education, upbringing, teaching, training, training, profession, skill, improvement

"Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablar darajasiga Ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb hisoblansin" deyiladi. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan yuksak malakali kadrlarga bog'liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o'qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega bo'lgan. zamonaviy o'qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. O'qituvchi xodimlar o'zlarining kasb-ko'nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish Respublika ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlaming muvaffaqiyatini ta'minlash, ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma'naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog'liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihovatda murakkab faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyandalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh

avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqda. Chunonchi, bu borada bugungi kun o'qituvchisi shaxsiga nisbatan qo'yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o'qituvchi qanday bo'lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo'yicha ko'plab pedagog va psixolok olimlar o'z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O'qituvchilaming kasb mahoratlarini milliy an'ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun metodik qo'llanmalar, tavsivanomalar paydo bo'ldi. Hozirgi kunda ham ushbi muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda XXI asrga kelib o'qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o'qituvchi da yuksak mahoratni, o'tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulonazali bo'lishni talab qiladi. Hozirgi zamon o'qituvchisi o'z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo'nalishlai bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo'lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksa axloqiy fazilatlami egallagan, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvch shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas'uliyatlar o'qituvchilardan talab qilinadi:

1. O'qituvchi, eng avvalo, mas'uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma'rifat targ'ibotchisidir.

2. O'qituvchi tabiatan o'quvchilarni seva olishi, o'z mehrini, his tuyg'ularini har lahzada o'quvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.

3. O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur angla yetislii va ularga xolisona baho berib, bu borada o'quvchilarga to'g'r asosli ma'lumotlami doimiy bera olishi lozim.

4. Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo'lib borishi talab etiladi.

5. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.

6. O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

7. O'qituvchi kasbiy pedagogik faoiiyatida ta'lim va tarbiyaning eng, samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.

8. O'qituvchi ijodkor, ta'lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

9. O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o'zlashtirib borishi shart.

10. O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlami o'zida aks etdrishi kerak: turli sheva so'zlardan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o'qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi; hikmatli so'zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so'zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'zga millatlarga xos so'zlami noo'rin qo'llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rni bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy so'zlardan foydalanish) kabi norasmiy so'zlardan holi bo'lishi.

11. O'qituvchining kiyinish madaniyati o'ziga xos bo'lishi, ya'ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta'lim-larbiya jarayonida o'quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

12. O'qituvchi ta'lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlaming eng faol ishtirokchisidir.

13. O'qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

14. O'qituvchi, eng awalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlami bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

O'qituvchilar unutmasliklari kerakki, o'quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo'nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so'zni salbiy holatlar haqidagi dalillami keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o'quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e'tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqolni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o'qituvchining so'zlaridan suhbatdosliiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik,do'stonamunosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.O'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o'quvchilar. Hamkasblari hamda ota-onalar o'rtasida obro'-e'tibor qozonishini

ta'minlaydi. Hozirgi sharoitda jamiyatning o'qituvchilik kasbiga nisbatar qo'yayotgan talablari kim savin ortib bormoqda va bu talablar amalda to'g'ri tashkil qilish vazifasi o'qituvchiga bog'liq. Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi avvalo sinfdan tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O'qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim: shaxsni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi. O'z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo'lgan muhabbati; kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga. turli bilimlardai xabardor bo'lishi; yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o'z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi; o'z kasbi bo'yicha jahon fanida erishilayotgan so'nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib borishi; ta'lim-tarbiya metodikasidan ko'nikma va malakalarini oshirib borishi; o'z kasbiga ijodiy yondashishi; pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi; o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz meh nati bilan ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamroh bo'ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste'dodli kishidagi; pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliya o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega o'qituvchi o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik ruuammolami yechadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkoriikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq. O'quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma'lum maqsadga erishmoq uchun o'qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. -o'quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi. Ijodiy faoliyat olib boruvchi o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon o'qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishi, o'z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalami unumli qo'llayolishi taqozo etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zhekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T , Sharq, 1997, 20-29 betlar.

2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T,Sharq,1997,31-61betlar.

3. Kaykovus Unsurul Maoliy. Qobusnoma. (Forschadan Muhammad Rizo Ogahiy taijimasi). S.Dolimov. - T.: O'qituvchi, 2006. - 208 b.

4. Navoiy Alisher. Mahbub ul-qulub. Asarlar. 15-tom. -T.: Fan, 2005.

5. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.: A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. - 1 8 7 b.

6. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar)-T. "IQTISOD-MOLIYA", 007.- 380b.

7. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001.

8. Suxomlinskiy V.D.Bolalargajonim fido. -T.: 0 'qituvchi, 1984-254b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.