Научная статья на тему 'TALABALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASHDA LOYIXALASH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI'

TALABALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASHDA LOYIXALASH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
34
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / metod / pedagogik texnologiya / interfaol metodlar loyixalash metodi / pedagogik mahorat / innovatsion texnologiyalar / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / pedagogik jarayon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo‘rayeva M. D.

Ushbu maqolada hozirgi kunda boshlang‘ich ta’limda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan tarbiya fanini o‘qitishda oliy ta’lim muassasalari talabalarini zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga o‘rgatish va mavzularning hayotiy ahamiyatini o‘quvchilar ongiga singdirishda loyixalash metodidan foydalanishning afzallik jihatlari, tarbiya fanini samarali o‘qitish kelajak yosh avlod uchun xal qiluvchi muhim omillardan biri ekanligi haqida fikr boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASHDA LOYIXALASH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI»

Jo 'rayeva M.D.

Andijon davlat universiteti 13.00.02- "Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi" Yo 'nalishi tayanch (PhD) doktoranti

TALABALARNI BOSHLANG'ICH TA'LIM TARBIYA FANINI O'QITISHGA TAYYORLASHDA LOYIXALASH METODIDAN SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda boshlang'ich ta'limda eng dolzarb masalalardan biri bo'lgan tarbiya fanini o'qitishda oliy ta'lim muassasalari talabalarini zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga o 'rgatish va mavzularning hayotiy ahamiyatini o 'quvchilar ongiga singdirishda loyixalash metodidan foydalanishning afzallik jihatlari, tarbiya fanini samarali o'qitish kelajak yosh avlod uchun xal qiluvchi muhim omillardan biri ekanligi haqida fikr boradi.

Kalit so'zlar: Tarbiya, metod, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar loyixalash metodi, pedagogik mahorat, innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik jarayon.

Jorayeva M.D.

13.00.02- "Educational theory and methodology"

Major (PhD) doctoral student Andijan State University

TECHNOLOGIES OF EFFECTIVE USE OF DESIGN METHOD IN PREPARING STUDENTS TO TEACH PRIMARY EDUCATION

Abstract. In this article, teaching the science of education, which is one of the most urgent issues in primary education today, teaches students of higher education institutions to effectively use modern methods and pedagogical technologies, and uses the design method to instill the vital importance of topics into the minds of students. advantages, it is thought that effective teaching of education is one of the most important factors for the future young generation.

Key words: Education, method, pedagogical technology, interactive methods design method, pedagogical skills, innovative technologies, information and communication technologies, educational games, pedagogical process.

Kirish

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning: "...Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim -yoshlar.

Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz degan da'vat ularning qalbidadoimaks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidandir..." deya baralla aytgan fikrlari nechog'lik ahamiyatli ekani hech kimga sir emas. Albatta yosh avlodni komil shaxs sifatida kamol toptirishda o'qituvchilar va bo'lajak pedagoglarning o'rni beqiyos.

Boshlang'ich sinflarda tarbiya darsi orqali vatanga sadoqat hissini, irodalilik, mafkuraviy immunitet, shuningdek, ularning shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi hamda mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish va oshirish shu bilan birga ma'navuy tarbiyani amalga oshirishda o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni kamol topishida ota-ona bilan birga tarbiyachi,o'qituvchi muhim ahamiyat kasb etadi.

Vazirlar mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-qaroriga binoan umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun,,Tarbiya'' fani konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada tarbiya darsligi yuzasidan ko'plab vazifalarni belgilab berdi. "Tarbiya" fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo'yish va unga intilish ko'nikmasini shakllantirib boradi.

Muhokama va natijalar

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

O'zbekiston ta'lim tizimida, jumladan, oliy ta'lim jarayonida —Tarbiya fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o'qitish va o'rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mazkur fanni o'zlashtirish va uni o'qitishning metodikasini o'rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:

- fanning asoslarini chuqur bilish;

- fanni o'qitishning ilg'or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot texnologiyalarini egallash;

- tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o'rganib borish;

- inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o'rnini to'liq idrok etish;

- fan vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalash metodlari va texnologiyalarini bilish;

- fanni o'qitish bo'yicha individual pedagogik tajribaga ega bo'lish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyasida metodlarni belgilash va ularga asoslanish muhim hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy, yosh va ruhiy xususiyatlarini hisobga olish;

- oddiydan murakkablikka qarab rivojlanadigan metodlarni tanlash;

- imkon qadar ta'lim jarayoni va pedagogik tajribalardan o'tgan metodlarga tayanish;

- zamonaviy texnik jihozlarga mos tushadigan metodlarni kengroq qo'llash.

Bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilari tarbiyasida oqilona

metodlarni tanlash imkonini beradi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, xatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.Ana shunday darslarda mavzularni samarali o'zlashtirilishini ta'minlaydigan zamonaviy texnologiyalardan biri loyixalash metodidan foydalanish texnologiyasidir.

Loyixalash - aniq reja, asosiy va xususiy maqsadlar, ular asosida shaxs tomonidan o'zlashtiriladigan zaruriy bilim, ko'nikma-malakalar, maqsadning natijalanishini nazarda tutgan holda muayyan faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat.

Loyixalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki, u 1920- yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinmoqda.. Loyixalash hozirgi kunda pedagogik jarayonning muhim tomonlaridan bo'lib, malakali ishlab chiqilgan pedagogik jarayon texnologiyasi va boshqa ob'ektlar o'qituvchi tomonidan ta'lim oluvchilarni shaxs sifatida

shakllantirishda salbiy ta'sir etuvchi faktorni yo'qotib, shu bilan birga har bir ta'lim oluvchiga pedagogik tizim tomonidan qabul qilingan individual sharoitlar yaratadi.

Pedagogik obyektni loyixalashtirishning tartibi tayyorlov, loyixani ishlab chiqish, loyixa sifatini tekshirish jarayonlaridan iborat. Tayyorlov jarayonida obyektni tahlil etish, shakllarini tanlash, didaktik ta'minoti, ta'lim jarayonining joyi va vaqti, moddiy-texnika ta'minoti aniqlashtiriladi. Loyixani ishlab chiqish jarayonida uni tizimga keltiruvchi omillarni tanlash, tarkibiy qismlar orasidagi aloqalar va o'zaro bog'liqliklarni aniqlashtirish hamda hujjatni tayyorlashdan iborat bo'ladi. Loyixa sifatini tekshirish uni amalga oshirish jarayonini fikran tajribadan o'tkazish, ekspert bahosi, tahrirlash, loyixani amalga oshirish bo'yicha qaror qabul qilish jarayonlarini o'z ichiga oladi.

Loyixalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyixalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada avval o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.Loyixalash texnologiyasidan foydalanish o'quvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi. Har bir loyixa o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi.

Xulosalar

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki,,,Tarbiya" darslarida loyixalash metodi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish boshlang'ich sinf o'quvchilarini mavzularni samarali o'zlashtirishlari uchun muhim omil bo'lib xizmat qilish bilan bir qatorda hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olib kelayotgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham mavzularni o'quvchilar ongiga singdirish, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi va yosh pedagog kadrlarga, shu jumladan boshlang'ich sinf o'qituvchilariga tarbiya darslarini samarali tashkil qilishda va darsdan ko'zlangan maqsadga erishishda muvafaqqiyatlar debochasi bo'lib xizmat qiladi hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarida ushbu darsga bo'lgan qiziqish va talablarini ortishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tgan,,Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas inimizning sofligini asrash-davr talabi mavzuidagi anjumanda sozlagan nutqi.

2. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

3. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash

4.Shavkat Mimyoyev.,,Yangi O'zbekiston - demokratik o'zgaгishlaг, keng imkoniyatlaг va amaliy ishto mamlakatiga aylanmoqda" Toshkent-2021 5.Shavkat Mirziyoyev.,,Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoгidiг.

6.Shavkat Mirziyoyev.,,Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori". -T.: O'zbekiston, 1997.

Mahkamasi 06.07.2020 yildagi «Umumiy o'гta ta'lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 422-son qarori.

8. Abdujalilova SH. Abduгauf Fitratning —Taгbiya fani talqini. -Toshkent, 2020.

9. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya^ va pedagogik mahoгat. T. 2006 y.

10.„Mahoratli pedagog" ta'lim-taгbiya yo'nalishidagi ma'naviy-marifiy, ilmiy-metodik jurnal. 9-son. 2021-yil.

11. Munavvarov. Pedagogika. T. O'qituvchi 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.