Научная статья на тему 'TALABALARDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHYANGI ZAMON EHTIYOJI VA TALABI SIFATIDA'

TALABALARDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHYANGI ZAMON EHTIYOJI VA TALABI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etakchilik / ijtimoiy faollik / qobiliyat / boshqaruv ko'nikmalari / shaxsiy xususiyat / individuallik / ishtiyoq / bilim / kasbiy yo'nalish. / лидерство / социальная активность / способности / управленческие навыки / личная особенность / индивидуальность / энтузиазм / знания / профессиональная направленность

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.A. Raxmatova

mazkur maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati bayon etilgan. Unda yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarishda talabaning o`zidagi qobiliyat hamda zamonning yaratib berayotgan imkoniyatlarining bog`liqlik yo’llari ochiqlab berildi. Ushbu maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish uchun pedagogik-psixologik usullarni o'rganish va tavsiyalar berishni ko’zda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BUILDING LEADERSHIP SKILLS IN STUDENTS AS A NEED AND DEMAND OF THE NEW TIME

в данной статье описывается важность формирования лидерских качеств у студентов сегодня. В ней были раскрыты пути связи способностей ученика и возможностей, созданных временем. В данной статье предполагается изучить педагогико-психологические методы и дать рекомендации по формированию лидерских качеств у студентов.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHYANGI ZAMON EHTIYOJI VA TALABI SIFATIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© D.A. Raxmatova18_

1Navoiy viloyati Karmana tumani 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi, Karmana, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati bayon etilgan. Unda yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarishda talabaning o zidagi qobiliyat hamda zamonning yaratib berayotgan imkoniyatlarining bog'liqlik yo'llari ochiqlab berildi. Ushbu maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish uchun pedagogik-psixologik usullarni o'rganish va tavsiyalar berishni ko'zda tutadi.

MAQSAD: talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish- yangi zamon ehtiyoji va talabi sifatida belgilab olindi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy va sifatli tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Materiallarga kurs dasturlari, o'quv rejalari, onlayn o'quv platformalari va baholash vositalari kiradi. Usullar talabalar va o'qituvchilarning so'rovlarini, amaliy mashg'ulotlarni kuzatishni va talabalarning faoliyati ma'lumotlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: talaba-yoshlarda yetakchilik-rahbarlik qobiliyatlarini oldindan tarbiyalab borish natijasida ular nafaqat boshqaruv tizimning mohiyatini chuqurroq anglashi, balki, boshqaruvchi, rahbar uchun eng muhim hisoblangan tajriba, ko'nikma, mahorat, bilim, aql, tafakkur, idrok va eng asosiysi, ko'ngli poklik, o'z ishiga mehr, xushmaomalalik, qalbi tozalik, adolatlilik va nafsining quliga aylanmaslik kabi fazilatlarni ham ertaroq tarbiyalash imkoni bo'ladi. Eng asosiysi esa, uning rasmiy rahbar lavozimini egallashidan oldin maxsus tashkil etilgan, kichik guruhlarda o'z tajribasini oshirish imkoniyati ham bo'ladi.

XULOSA: bugungi kunda olib borilayotgan yetakchilikni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib, talabalarning oliy ta'lim muassasalaridagi tahsili davomida liderlikni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa ta'lim-tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik texnologiyalarni qo'llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi ta'lim-tarbiya tizimida shart-sharoitni yaratishni talab qiladi.

Kalit so'zlar: etakchilik, ijtimoiy faollik, qobiliyat, boshqaruv ko'nikmalari, shaxsiy xususiyat, individuallik, ishtiyoq, bilim, kasbiy yo'nalish.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Raxmatova D.A. Talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish-yangi zamon ehtiyoji va talabi sifatida. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 53-58.

ФОРМИРОВАНИЕ ЛИДЕРСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ - КАК НЕОБХОДИМОСТЬ И ТРЕБОВАНИЕ НОВОГО ВРЕМЕНИ_

© Д.А. Рахматова1И

1 Средняя общеобразовательная школа № 15 район Карма Навоийской области, Кармана, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описывается важность формирования лидерских качеств у студентов сегодня. В ней были раскрыты пути связи способностей ученика и возможностей, созданных временем. В данной статье предполагается изучить педагогико-психологические методы и дать рекомендации по формированию лидерских качеств у студентов.

ЦЕЛЬ: формирование у учащихся лидерских способностей - определено как потребность и требование нового времени.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные и качественные исследования. Материалы включают программы курсов, учебные планы, онлайн-платформы обучения и инструменты оценки. Методы включают опросы студентов и преподавателей, мониторинг практических занятий и анализ данных об успеваемости учащихся.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате предварительного воспитания у учащихся лидерско-лидерских способностей они получают не только более глубокое понимание сущности системы управления, но и опыт, умения, навыки, знания, интеллект, мышление, восприятие, которые считаются наиболее важными для руководителя, руководителя, а главное, чистоту души, доброту к своему делу, тактичность, чистоту сердца, справедливость и эгоизм. такие качества, как отсутствие рабства, также можно будет воспитать раньше. И самое главное, у него также будет возможность улучшить свой опыт в специально организованных небольших группах до того, как он займет официальную руководящую должность.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: качественная эффективность всей проводимой на сегодняшний день работы по развитию лидерских качеств не находится на уровне спроса. Исходя из требований перед обществом и государством, необходимо успешно проводить работу по развитию лидерских качеств в процессе обучения студентов в высших учебных заведениях. Это требует применения психолого -педагогических технологий в учебно-воспитательном процессе, создания условий в совершенно новой системе образования на уровне требований времени.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

СС

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ключевые I слова: лидерство, социальная активность, способности, управленческие навыки, личная особенность, индивидуальность, энтузиазм, знания, профессиональная направленность.

BUILDING LEADERSHIP SKILLS IN STUDENTS - AS A NEED AND DEMAND OF THE NEW TIME_

© Dilbar A. Raxmatova1®

1Secondary school No. 15 Karma districts of Navoi region, Karmana, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article describes the importance of forming leadership skills in students today. In it, the ways of connection between the ability of the student and the opportunities created by the times were revealed. In this article, it is intended to study pedagogical-psychological methods and make recommendations for the formation of leadership skills in students.

AIM: the formation of students' leadership abilities is defined as a need and requirement of the new time.

MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods combining quantitative and qualitative research. Materials include course programs, curricula, online learning platforms, and assessment tools. The methods include surveys of students and teachers, monitoring of practical classes, and analysis of student academic performance data.

DISCUSSION AND RESULTS: as a result of preliminary education of students' leadership and leadership abilities, they receive not only a deeper understanding of the essence of the management system, but also experience, skills, knowledge, intelligence, thinking, perception, which are considered the most important for a leader, a leader, and most importantly, purity of soul, kindness to their work, tact, purity hearts, justice and selfishness. qualities such as the absence of slavery can also be nurtured earlier. And most importantly, he will also have the opportunity to improve his experience in specially organized small groups before he takes an official leadership position.

CONCLUSION: the qualitative effectiveness of all the work carried out to date on the development of leadership qualities is not at the level of demand. Based on the requirements of society and the state, it is necessary to successfully carry out work on the development of leadership qualities in the process of teaching students in higher educational institutions. This requires the use of psychological and pedagogical technologies in the educational process, the creation of conditions in a completely new education system at the level of the requirements of the time.

Для цитирования: Рахматова Д.А. Формирование лидерских навыков у студентов - как необходимость и требование нового времени. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 53-58.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Key words: leadership, social activity, abilities, management skills, personality, individuality, enthusiasm, knowledge, professional orientation.

For citation: Dilbar A. Raxmatova. (2024) 'Building leadership skills in students - as a need and demand of the new time', Inter education & global study, (7), pp. 53-58. (In Uzbek).

O'sib kelayotgan yosh avlodning ijtimoiy faolligi- ijtimoiy faoliyatning har bir jabhasida muhim ahamiyat kasb etadi ya ni u turli yo nalishlar bo lishi mumkin: iqtisodiyot, siyosat, turizm,tibbiyot va albatta ta'limda.Yoshlarning ijtimoiy faolligi nafaqat biror kasb-hunarni egallashida balki, jamiyat rivojiga hissa qo shishiga, zamon bilan hamnafas bo lishiga harakati bilan ham namoyon bo'ladi.Ushbu jarayonlarda u o zining shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qiladi. Bugun jamiyatimizda bo'layotgan o'zgarishlar jarayoni fuqarolik jamiyati institutlari deya ta'riflanadigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda ekan.

Mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko'rish har bir yoshu keksaning orzusi. Yurtdoshlarimiz qalbidagi ana shu istakning yanada ortib, yangi O 'zbekistonni barpo etishga bo'lgan ishtiyoqning kuchayishi, yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan baravar bo lishi darkor. Chunki yurtboshimiz tomonidan berilayotgan bunday imkoniyatlar qalbida o ti bor yoshlarning yanada oldinga olg a qadamlar bilan to'xtamaslikka undaydi shubhasiz.

Bugungi kundagi talaba-ertangi kun egasi, ertangi kun-zamona rahbari, ertangi kun-kelajak bunyodkori. Aynan rivojlanish bosqichining akmesi hisoblangan oliy o'quv yurti davridagi talabalar o'zlarining bor imkoniyat va qobiliyat hamda yaratib berilgan sharoitdan unumli foydalangan holda nafaqat o'zi, balki boshqalarni ham to g^ri yo'ldan ergashtira olish bu ulkan mas'uliyat va vazifani sidqidildan bajarishi samarasi bu rivojlangan davlat tomon qo yilgan kichik-kichik qadamlar hisoblanadi. Hech kimga sir emaski, statistik ma'lumotlar shuni ko rsatadiki, BMT ma'lumotlariga ko'ra jahonda 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishsizlik masalasi oldida hamon sarson.

Bugungi kundagi yoshlar bilimi, salohiyat va qobiliyati bilan taraqqiyotimizning resursi hisoblanadi, ammo ular orasidagi ishsizlik yuqori. Chunki ularning tarbiyasi, o'z holiga tashlab qo'yish kabi holatlar ushbu sabablarning negizi hisoblanadi. Vaqtida aniqlangan kasallikka chora ko'rish samara berganidek, vaqtida aniqlangan yoshlardagi yetakchilik, o'z ortidan ergashtira olish, qobiliyat va iste'dod albatta yaxshi samara berishi hech kimga sir emas. Qalbida o'ti bor, ko'zi chaqnab turgan yoshlarni qo' llab-q uvvatlash va e'tibor eng muhim masala hisoblanadi. Yurtimizda bu kabi masalalar o'z vaqtida e'tiborga olingani quvonarlidir. O'zbekistonimizda yoshlarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani samarasida yoshlarimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Jumladan talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirishda qator omillar ahamiyatli sanaladi. Bu omillar: yoshlarning o'zini

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

CC

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'zi anglash istagi, yoshlarga oid samarali davlat siyosati, shuningdek, yoshlar uchun qiziqarli va nufuzli odamlar hamdir.

Talaba oliy o'quv yurtida turli fanlarni o zlashtirishi orqali kasbiy yo nalganlik shakllanadi. O'z bilim va tajribasi hamda qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qo llash uchun shaxsiy intilish paydo bo'ladi. Ana shu intilishni qo'llab-quvvatlash va etiborga olish bu oliy talim o qituvchilarining sinchikovligi hamda diqqatiga bog liq. Talabalardagi aynan yetakchilik qobiliyatini shakllantirish nima sababdan bu qadar muhim degan savol tug'ilishi mumkin. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan-texnika, ilm-fan taraqqiyoti globallashuv natijasida bo'lishi tabiiydir. Ammo bu globallashuvning salbiy oqibatlari; turli oqimlarning paydo bo'lishi, «ommaviy madaniyat»ni turmush tarzimizga singib ketishi, milliy qadriyatlarimizni yo'qolib ketishi, yot g'oyalarning hali endi ham psixologik, ham fiziologik shakllanayotgan talaba-yoshlarga ta'siri bo'lmoqda. Bularga qarshi esa hozirda respublikamizning har bir muassasasi, tashkilot, pedagog-o'qituvchilar, ishchi-xodimlari o'zlarining soha va kasblaridan kelib chiqqan holda kurashmoqda. Bo'lajak yetakchi va rahbarlarni shakllantirish hozirgi taraqqiyot davrida rivojlangan mamlakatlarning strategiyalaridan biridir.

Psixologik nuqtai nazardan insonda mavjud qobiliyat uning xarakter xislatlariga, xatti-harakatiga, turmush-tarziga, faoliyatiga, shaxslararo munosabatiga bevosita ta'sir qiladi. Har qanday qobiliyat shaxsning ijtimoiy hayotida yillar davomida tarbiyalanib, takomillashtirilib borilmasa u dogmatik holatda, ya'ni turg'un holatida qolib ketadi va rivojlanmaydi. Shuning uchun yetakchilik qobiliyati mavjud talabalarga alohida e'tibor qaratishimiz lozim.

Talaba-yoshlarda yetakchilik qobiliyatini va boshqaruv mahoratini rivojlantirish orqali yuksak ma'naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatimiz taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo'naltirish talab etiladi. Bunda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

Yetakchi va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o'rganish;

Davlatimiz tomomnidan yoshlarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish;

Yoshlarda yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta'sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o'rganish;

Yoshlar faolligini yanada oshirish orqali yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishda ularning yangi qirralarini yuzaga chiqarish.

Har bir talabaga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo'llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir.

Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo'llash, uni mantiqiy -nazariy jihatdan to'liq anglab olish va amaliyotga qo'llashgacha bo'lgan murakkab jarayonga qaraganda - jarayonning o'zini loyihalashtirish eng qulay va samarador uslubdir. Ya'ni, har bir talabaga individual yondoshish kerak.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Talabalarga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimi o'qituvchidan yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to'liq o'rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Karimova, V.M. "Psixologiya." Toshkent: Sharq, 2002

2. Abralova Z.D. Oliy ta'lim tizimida zamonaviy menejerning rahbarlik qilish uslublari// Xalq ta'limi, 3/2011.

3. Azamat Ziyo. Yetakchilik mezoni// Milliy tiklanish. 2012 yil, 15 fevral.

4. Ismailov B. R Yoshlarda faollik holati va amalga oshirish shakllari- Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences 2021 254-258

5. Ikramov R.A TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti y.f.n, Hojiyev R.B TVCHDPI Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Academic research in educational sciences "Yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" 2021.

6. Rayimbayeva G.S Talaba va talabalar o rtasidagi shaxslararo munosabatlar: muhimligi nimada?- QUALITY OF TEACHER EDUCATION UNDER MODERN CHALLENGES"IFTE 2023: UZBEKISTON 222-224.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Raxmatova Dilbar Anvar qizi, 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi, [Рахматова Дилбар Анваровна, психолог средней общеобразовательной школы N 15], [Dilbar A. Rakhmatova, psychologist of secondary school No. 15]; manzil: O'zbekiston, Navoiy viloyati Karmana tumani [адре^ Узбекистан, район Карма Навоийской област], [address: Uzbekistan, Karma districts of Navoi region]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.