Научная статья на тему 'KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O‘SMIRLARDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O‘SMIRLARDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

138
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qobiliyat / kreativlik / yondashuv / pedagogik texnologiya / ijodkorlik / rivojlanish / ta‟lim / omil / natija / ability / creativity / approach / pedagogical technology / creativity / development / education / factor / result.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dilafruz Xudayberdiyevna Ziyadullayeva

Mazkur maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida o„smirlarda yetakchilik faoliyatini kreativ g„oyalar, mezonlar va mexanizmlar yordamida shakllantirish muammaosi o‟rganilgan. Soha olimlarining bu boradagi fikrlari tahlil qilinib, turli qarashlarga munosabat bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF LEADERSHIP DEVELOPMENT IN TEENS BASED ON A COMPETENT APPROACH

In this article, based on the competence approach, the problem of forming leadership activities in teenagers with the help of creative ideas, criteria and mechanisms is studied. The opinions of scientists in this field are analyzed and reactions to different views are expressed.

Текст научной работы на тему «KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O‘SMIRLARDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA O'SMIRLARDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Dilafruz Xudayberdiyevna Ziyadullayeva

Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi

mustaqil tadqiqotchisi

Mazkur maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida o'smirlarda yetakchilik faoliyatini kreativ g'oyalar, mezonlar va mexanizmlar yordamida shakllantirish muammaosi o'rganilgan. Soha olimlarining bu boradagi fikrlari tahlil qilinib, turli qarashlarga munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: qobiliyat, kreativlik, yondashuv, pedagogik texnologiya, ijodkorlik, rivojlanish, ta'lim, omil, natija.

TECHNOLOGY OF LEADERSHIP DEVELOPMENT IN TEENS BASED ON A

COMPETENT APPROACH

In this article, based on the competence approach, the problem of forming leadership activities in teenagers with the help of creative ideas, criteria and mechanisms is studied. The opinions of scientists in this field are analyzed and reactions to different views are expressed.

Keywords: ability, creativity, approach, pedagogical technology, creativity, development, education, factor, result.

Yurtimizda ilmli, iqtidorli, kasbiy salohiyati yuksak rivojlangan, o'z jaomasida yetakchilik qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash va ularni rivojlantirish g'oyalari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonida kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonining amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirish, bu borada xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnalogiyalar, o'quv dasturlari va o'quv uslubiy materiallarini keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

berildi.

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Bu esa, talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishning amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik tizim va ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individualllashtirish, modulli ta'lim texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Ta'lim - jamiyatni isloh qilish va uni tashqi dunyo uchun yanada ochiq hamda yangi tyexnologiya va bilimlarga yo'naltirilgan jamiyatga aylantirishning asosiy omilidir. U nafaqat jamiyatning rivojlanish istiqbolini, balki har bir insonning alohida faoliyatini oldindan aniqlaydi va belgilaydi. [2]

Ta'lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish, ta'lim mazmunini o'zlashtirishda ta'lim oluvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda ta'lim oluvchilarda kreativ faoliyatni egallsh mayllarini qaror toptirish, bilim ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash, ta'lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, ta'lim oluvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash hamda har bir ta'lim oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish kabi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozim bo'ladi.

Oliy ta'limda modulli kompetentli yondashuv asosidagi o'quv jarayonini tashkil etish, ta'limning maqsadi sifatida ta'lim oluvchining kasbiy kompetensiyalarining yig'indisi, unga erishish vositasi sifatida esa kasbiy ta'limning mazmunini va tuzilmasini modulli tarzda qurish hisoblanadi. [4]

O'smirlarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirish kompetensiyaga asoslangan yondashuv yordamida samarali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yondashuv yetakchilik uchun zarur bo'lgan vakolatlarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi, masalan, muloqot qilish qobiliyati, jamoada ishlash, nizolarni boshqarish va boshqalar.

O'smirlarda yetakchilik sifatini rivojlantirishga kompetensiyaga asoslangan yondashuvni qo'llash uchun samarali yetakchilik uchun zarur bo'lgan asosiy vakolatlarni aniqlash kerak. Keyin ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilishi mumkin.

Dastur interaktiv bo'lishi va rolli o'yinlar, o'rganish o'yinlari, muhokamalar va boshqalar kabi turli usullarni o'z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, u har bir o'smirning individual ehtiyojlariga moslashtirilishi va uning yosh xususiyatlarini hisobga olishi kerak.

Shuningdek, yoshlarga o'zlarining yangi ko'nikmalarini real hayotda, masalan, loyihalarda, tashkilotlarda yoki jamoaviy

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

faoliyatda ishtirok etish orqali amaliyotda qo'llash imkoniyatlarini taqdim etish muhimdir.

O'smirlarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan interfaol usullar sirasiga ijodiy topshiriqlarni bajarish, kichik guruhlarda ishlash, energezator mashqlar, treninglar, videotreninglar, taqdimotlar, viktorinalar, brifing, media anjumanlar, master-klass, ijodiy loyihalsh mashg'ulotlari, interfaol sayohatlar, interfaol ma'ruzalar, vebinarlar, davra suhbatlari hamda fokusli guruh shakllaridagi usullarni taklif qilish mumkin. Demak, kompetensiyaviy yondashuv metodlari va texnologiyalari vositasida o'smirlarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishning muhim sharti ta'lim jarayonida erkin ijodiy muhitning yaratilishi, o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning birlikdagi munosabatlari va o'zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o'qitish jarayonini yo'lga qo'yishdan iborat.

O'smirlarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator omillar mavjud:

1. Kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o'quv jarayonini izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo'nalishlarini kuchaytirish.

2. O'smirlarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish.

3. Ta'lim oluvchilarning yetakchilik faoliyati tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish.

4. O'smirlarning kasbiy ko'nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo'naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatish, mustaqil bilim olish, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini bilish, o'z mavqeyiga ega bo'lish, ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish.

5. O'smirlarning yetakchilik layoqatini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar.

Kompetentlik sifatlarini o'zida shakllantirgan o'smir o'z faoliyatining yetuk vakili bo'ladi, barcha vaziyatlarda ham o'z kasbini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o'z bilimi va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni, ilg'or yetakchilik tajribalarni, metod va usullarni muntazam o'rganib, yetakchilik kompetensiyalarni rivojlantirib boradi. Shunday shaxsiy sifatlarga ega bo'lgan yoshning faoliyati davomida boshqa ko'plab tajribalar ham yuzaga kela boshlaydi.

Yoshlar ongida yetakchilik salohiyatini rivojlantirishda ma'lumotlarni tahlil qilish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy

fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

tashkil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish, tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish, keyslar bilan ishlash, guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish, o'quv loyihalarini tayyorlash, portfoliolarni shakllantirish, kastinglar uyushtirish, to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish va boshqa ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

O'smirlardagi yetakchilik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajalari ham turli xil bo'lib, ular asosan kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi, kreativ fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi, kreativ sifatlarning shakllanganligi hamda amaliy kreativ faoliyat jarayonining va ixtisoslashgan kreativlikning takomillashganligi kabi mezonlar bilan aniqlanadi.

Yetakchilik faoliyatini o'smirlarda rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan bo'lib, interfaol ta'lim metodlari va tyexnologiyalari yoshlarda yetakchilik qobiliyatining shakllanishida alohida ahamiyat kasb etadi. O'smir yoshlarning pedagogic ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarini tizimli tarzda o'rganish, bunda ularning kreativ faoliyatini tashkil etishida uchraydigan psixologik to'siqlarni bartaraf etishning samarali yo'llarini belgilash lozim bo'ladi.

Yoshlarning yetakchilik faoliyatidagi qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g'oyalar, konsepsiyalar hamda ilg'or pedagogik tajribalar asosida o'qitish jarayonini tashkil etish yetakchilikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli, faoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'smirlarda yetakchilik fazilatlarini shakllantirishga kompetensiyaga asoslangan yondashuv ularni kelajakda yanada ishonchli, samarali va mas'uliyatli yetakchi bo'lib yetishishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Ashurov B.T. Modulli-kompetentli yondashuv asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish. Zamonaviy ta'lim. - Toshkent, 2020. 2-son, 9-15-betlar.

2. Rahimov Z.T. Pedagogik kompetentlik ta'lim jarayoni rivojlanishining muuhim omili sifatida. "Zamonaviy ta'lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnali. - 2019. 7-son. 4-bet.

3. Toshtemirova S.A., Izzatova R.U. Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'lim oluvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar. - Chirchiq, 2021. 836-840-betlar.

4. Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: "Знание", 1996. - 308 с.

5. Йулдошев Ж^., Усмонов С.А. Педагогик технология асослари. - Тошкент: "Укитувчи", 2004. 44-б.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.