Научная статья на тему 'TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA JAHON TA’LIM TIZIMIDA SAMARA BERAYOTGAN TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH'

TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA JAHON TA’LIM TIZIMIDA SAMARA BERAYOTGAN TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talabalar / mustaqil ta’lim / ta’lim metodlari / ta’lim texnologiyalari. / students / independent education / teaching methods / educational technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boboyeva, Zulfiya Akbarjonovna

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish, kreativ yondashuvlar, loyihalash metodi, auditoriyada qo‘llaniladigan metodlar, auditoriyadan tashqarida qo‘llaniladigan mustaqil ta'lim metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING EFFECTIVE METHODS OF EDUCATION IN THE WORLD EDUCATION SYSTEM IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS

This article describes the organization of independent creative activity of students, creative approaches, design methods, methods used in the classroom, independent learning methods used outside the classroom, as well as the use of modern information and communication technologies.

Текст научной работы на тему «TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA JAHON TA’LIM TIZIMIDA SAMARA BERAYOTGAN TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH»

Research BIB / Index Copernicus

TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA JAHON TA'LIM TIZIMIDA SAMARA BERAYOTGAN TA'LIM METODLARIDAN

FOYDALANISH

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish, kreativ yondashuvlar, loyihalash metodi, auditoriyada qo 'llaniladigan metodlar, auditoriyadan tashqarida qo'llaniladigan mustaqil ta'lim metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bayon etilgan.

Kalitso'zlar: talabalar, mustaqil ta'lim, ta'lim metodlari, ta'lim texnologiyalari.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЭФФЕКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБРАЗОВАНИЯ В МИРОВОЙ СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны организация самостоятельной творческой деятельности студентов, творческие подходы, методы проектирования, методы, используемые в аудитории, самостоятельные методы обучения, используемые вне аудитории, а также использование современных информационно-коммуникационных технологий.

Ключевые слова: студенты, самостоятельное образование, методы обучения, образовательные технологии.

USING EFFECTIVE METHODS OF EDUCATION IN THE WORLD EDUCATION SYSTEM IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF

STUDENTS

ABSTRACT

This article describes the organization of independent creative activity of students, creative approaches, design methods, methods used in the classroom, independent learning methods used outside the classroom, as well as the use of modern information and communication technologies.

Key words: students, independent education, teaching methods, educational technologies.

Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna

FarDU Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH

Dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini faoliyatli va kreativ yondashuvlar asosida tashkil etishda: chizmachilik va chizma geometriya fanlarining ma'ruza mashg'ulotlarida muammoli ta'lim metodidan foydalanib o'tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, muammoni qo'yish va uning yechimini tahlil qilish asosida bitta yechimga kelish o'zining ijodiy fikriga asoslana olish ya'ni kreativlik kompetentsiyasi shakllanadi;

Loyihalash metodi (Project Method)dan amaliy mashg'ulotda foydalanish maqsadga muvifiqdir. Loyihalash metodini qo'llashda (ta'lim jarayonida talabalarning kasbiy (mustaqil ijodiy) faoliyatga tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, pedagogik ilmiy loyihalar ishlab chiqishga o'rgatish orqali loyihalash kompetentsiyasi hosil qilish mumkin.

Seminar mashg'ulotlarida "Sindikat" metodidan foydalanib talabalarda mavzu (muammo)ni ijodiy o'rganish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tizimlash asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini tarbiyalashga kommunikativ kompetentligi shakllanadi. Shuningdek, "Case Study" metodidan foydalanish talabalarni o'z fikri va hatti-harakatlarni anglash hamda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, baholash, qaror qabul qilish refleksivlik kompetentsiyasini shakllantiradi.

Mustaqil ta'lim mashg'ulotida tadqiqotchilik metodi ta'lim jarayonida bo'lajak mutaxassislarni kuzatish, tajriba, o'lchash, tahlil qilish, sintez qilish, modellashtirish, avtomatlashtirishga o'rgatish orqali tadqiqotchilik kometentsiyalarini shaklantirishga va rivojlantirishga erishildi.

Research BIB / Index Copernicus

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilm fan jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda barcha ma'lumoüarni faqat dars mashg'ulotlari davomida yetkazib berish biroz mushkul. Shu sababli mustaqil ta'lim turi joriy qilingan bo'lib, u o'quvchi va talabalarni darsdan tashqari izlanishga va o'z ustida ishlashga undaydi, ularda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va mustaqil izlanish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Bu borada jahon ta'lim tizimida samara berayotgan interfaol metodlarga to'xtalamiz. Nemis tilidagi selbständig so'zining ma'nosini tahlil qiladigan bo'lsak, selbst va Stand yoki stehen so'zlarining birikishidan hozil bo'lganligini ko'rish mumkin. Duden lug'atida so'zning quyidagi ma'nolari mavjud:

a) unabhängig (von fremder Hilfe o.ä.) eigenständig; aus eigener Kraft handelnd; ein selbständiger Mensch; an selbständiges Arbeiten gewöhnt sein; selbständig handeln, urteilen, denken, arbeiten; das Kind ist schon sehr s. für sein Alter;

Demak bu so'zning birinchi ma'nosi birovning yordamidan holi degani bo'lib, masalan, mustaqil odam, mustaqil ishlashga o'rgangan bo'lish, mustaqil ish qilish, mustaqil xulosa chiqarish va mustaqil fikrlash kabi ma'nolari mavjud.

b) nicht von außen gesteuert; in seinen Handlungen frei, nicht von anderen abhängig;

Ushbu so'zning ikkinchi ma'nosi: tashqi tomondan ta'minlanmagan, boshqaga tobe bo'lmagan.1

Langenscheidt lug'atida so'z bilan keladigan bir qancha so'z birikmalariga quyidagilarni misol keltirish mumkin: sich s. machen e-n eigenen Betrieb gründen: Sobald sie die Meisterprüfung bestanden hat, möchte sie sich s. Machen sich s. machen umg hum; sich von j-m/etw. entfernen ~ veschwinden: Zwei von unserer Gruppe haben sich s. gemacht u. sind e-e Abkürzung gegangen. etw. macht sich s. umg; etw. löst sich (ab): Das Rad/der Knopf hat sich s. gemacht2

Ko'rib turganimizdek, selbständig ya'ni mustaqil so'zi o'z kuchi bilan birovning ko'magisiz va tashqi ta'sirlardan holi, yordam, turtkilaridan holi, birovning ko'rsatmalarisiz biror ishni amalga oshirish, jumladan, mustaqil bo'lish, mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat olib borish, qolaversa biror ishni qilishda mustaqil qaror qabul qilish so'z birikmalarida qo'llaniladi.

Selbständiges Lernen ya'ni mustaqil o'rganishda ham o'quvchi va talaba berilgan vazifaga mustaqil yondashadi va o'quv materialini o'rganish va o'zlashtirish tartibi, yo'llari, vaqti va joyini o'zi belgilaydi. Selbststudium ya'ni mustaqil ta'lim bir

1 Duden Das große Wörterbuch der deutschen Sprache. Mannheim, Bibliographisches Institut AG. 1980.

2 Langenscheidt. Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache. München, Langenscheidt 2010.

Research BIB / Index Copernicus

qator davlatlarda maktab davridanoq joriy etilgan bo'lib, bu o'quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlaydi. Bu ko'nikma va malakalar talabalarga ta'lim jarayonining keyingi bosqichlarida, ayniqsa ilmiy faoliyatida as qotadi.

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan metodlarni shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin:

- Auditoriyada qo'llaniladigan metodlar

- Auditoriyadan tashqarida qo'llaniladigan mustaqil ta'lim metodlari

Auditoriyadagi nazariy va amaliy mashg'ulotlarda qo'llaniladigan metodlar

talaba va o'quvchilarni yangi o'quv materiali bilan tanishtirishda, o'tilgan mavz uni so'rash va takrorlash hamda mustahkamlash uchun foydalaniladi.

Auditoriyadan tashqarida qo'llaniladigan metodlar o'quv materialini yoki vazifani mustaqil holda o'rganish va o'zlashtirishda foydalaniladi. Mustaqil ta'lim metodlarini auditoriyadan tashqari qo'llaniladigan metodlarga kiritish mumkin. Mustaqil ta'lim metodlari yordamida o'qituvchi o'quv materialini talabaga yetkazib berishnining maqbul yo'llarini emas, balki talabaning ma'lumotlarni o'qib-o'rganish va qayta ishlash uslubini anglatadi.

Har bir o'quvchi yoki talaba unga berilgan vazifani mustaqil ravishda o'rganishi, tahlil qilishi va o'zlashtirishi kerak bo'ladi. Mustaqil ta'limni tashkil qilishda eng keng qo'llaniladigan usul bu talabaning individual tarzda chizmalar variantlar ustida ishlashidir. Bunda bilimga individual tarzda erishiladi, o'qib-o'rganish shaxsiy mustaqil konstruksiyaga aylanadi, mavjud bilimlar yangi bilimlar bilan to'ldiriladi. Bunday metodlarga ÜFALAZ metodini misol keltirish mumkin:

Überblick verschaffen.

Fragestellung an den Text formulieren.

Auswählen. Welche Teile des Textes können die Antworten liefern.

Lesen und dabei die Antworten anstreichen.

Antwort auf die anfangs formulierte Frage formulieren.

Zusammenfassen3.

Ushbu metod 6 bosqichda olib boriladi. Eng avvalo berilgan o'quv materiali ya'ni matn ko'zdan kechiriladi. Mundarija bilan tanishib chiqiladi. Matnning bo'limlari ko'zdan kechiriladi. Keyingi bosqichda savollar shakllantiriladi, masalan, Men matndan nimani o'rganishim lozim? yoki Matndagi qaysi ma'lumotlar men uchun muhim?

3 Hoffman S. G. Kiehne B. Ideen für die Hochschullehre. Ein Methodenreader. Berlin, Universitätsverlag der TU Berlin, 2016. - 98 S.

Research BIB / Index Copernicus

Uchinchi bosqichda talaba matn yoki o'quv qo'llanmasining qaysi bo'limi yoki qismida tuzilgan savollarga javob topish mumkinligini aniqlaydi. Ba'zida savolga javob butun bir o'quv materialida emas, balki uning ma'lum bir qismida berilgan bo'ladi. Matn bilan ishlashning keyingi bosqichida matnni o'qish, shu bilan birga berilgan savollarga javoblar topish va ularni belgilab borish kerak bo'ladi. Buni turli chizmalar yoki sxemalar yordamida amalga oshirish ham mumkin. Metodning beshinchi bosqichi tuzilgan savollarga javoblarni aniqlash yoki ularni yozishni qamrab oladi. O'quv materiali asosida egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bu metod mustaqil o'rganishni tizimli va puxta tashkil qilinishini ta'minlaydi. Uning yordamida talabalar matnni mustaqil o'rganish, tahlil qilish va ma'lumotlarni saralashni o'rganadilar.

Bundan tashqari yana bir qancha metodlar ham borki, ular individual tarzda o'rganishdan tashqari o'rgatishni ham ko'zda tutadi. Zig-zag va HAITI metodlari shular jumlasidandir. Zig-zag texnikasi katta hajmdagi ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida o'zlashtirish zarur bo'lganda qo'llaniladi.

Ushbu metod mustaqil ta'limni tashkil qilishning bir qancha afzalliklari mavjud. Mazkur metod yordamida juda katta hajmdagi o'quv materiali batafsil va qisqa vaqt ichida tanishib chiqish va o'zlashtirish mumkin bo'ladi.

Ikkinchidan talabalarda matndan asosiy ma'lumotlarni ajrata olish, ma'lumotlarni tizimlashtirish qobiliyati rivojlanadi.

Uchinchi afzalligi shundan iboratki, unda talaba guruhda ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

Zig-zag texnikasi mustqail ta'lim olishni tashkillashtirishning samarali metodlaridan biri bo'lib, u o'rgan va o'rgat tamoyiliga asoslanadi. Bu metodni nafaqat auditoriyada balki auditoriyadan tashqari qo'llasa ham bo'ladi. Zig-zag metodiga ko'ra guruh teng miqdordagi ishtirokchilar bo'lgan kichik guruhlarga bo'linadi. Masalan, har bir guruhda 4 ta talabadan 3 ta guruh. So'ngra har bir guruh ishtirokchisi 1,2,3 raqamlari yozilgan qog'ozlar (topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi.

Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida guruhga birlashadilar. Buni shartli ravishda (1,1,1,1), (2,2,2,2), (3,3,3,3)4 ko'rinishida ifodalash mumkin. Shu guruhlarda ular o'qituvchi tomonidan berilgan o'quv materialini puxta o'rganishlari kerak bo'ladi. Har bir guruhga berilgan vazifa mazmun jihatidan farq qiladi. O'quv materialini o'rganib bo'lishgach avval boshida tuzilgan guruhlariga qaytishadi va har bir talaba o'zi o'rgangan o'quv materiallarini galma-galdan guruhning qolgan ishtirokchilariga tushuntirib berishadi, ya'ni "o'qituvchi" darajasiga

4 Abnaev O.Y. Jurayeva S.N. Tatnhm Metognapn. O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, Navro'z, 2017. - 208 bet.

Research BIB / Index Copernicus

ko'tarilishadi. Bu metod o'zining samarali va mavzuni o'zlashtirish uchun vaqtni tejash mumkinligi bilan ajralib turadi.

Mustaqil ta'limni tashkil qilishning yana bir shunday samarali metodlaridan biri bu HAITI metodidir. Ushbu metodning nomi ish jarayonida amalga oshiriladigan ish bosqichlarining bosh harflari kombinatsiyasini aks ettiradi.

Auditoriyada (Im Hörsaal) vazifalar tarqatiladi, har bir talaba yakka tartibda (Alleine) o'rganadi, keyin esa o'rganilgan material yoki yechimi topilishi lozim bo'lgan masala guruh (Im Team) a'zolari bilan muhokama qilinadi va muammolar o'rganiladi. Va nihoyat keying darsda (In der nächsten Übung)5 yechimi topilmagan muammolar va tushunmovchiliklar o'qituvchi tomonidan bartaraf etiladi..

Ushbu metodni qo'llash uchun guruhdagi talabalar 3-6 tadan guruhlarga bo'linadilar. Har bir guruh o'z "axborotchi"sini saylaydi. U o'qituvchi bilan guruh a'zolari o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Guruhlarga vazifalar berilgandan so'ng guruh a'zolari yakka tartibda o'quv materialini o'rganib chiqishadi yoki berilgan vazifalarni yakka tartibda bajarishga urinib ko'radi.

Keyingi bosqichda guruh a'zolari uchrashib, berilgan vazifa va erishilgan natijalar guruhda muhokama qilinadi, xatolar va kamchilikklar aniqlanadi va tahlil qilinadi. Axborotchi esa yechimi topilmay qolgan chizmalar hamda qiyinlik qilgan grafik vazifalarni yozib boradi va o'qituvchiga xabar beradi. Bu o'qituvchiga keyingi grafik vazifalar to'plamini shakllantirishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Axborotchi bergan xulosalaridan kelib chiqib, talabalarga qiyinlik qilgan grafik vazifalar vazifalar ustida yana ishlash uchun vazifalar tuzadi. Talabalar uchun oson bo'lgan chizmalar keyingi topshiriqlar majmuasiga kiritilmaydi.

Ko'rib chiqilgan metodlar mustaqil ta'limni tashkil qilishda samarali hisoblanadi. Bu metodlar talaba va o'quvchilarni nafaqat mustaqil ishlash, mustaqil o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi, balki ularda guruhda ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga ham yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Abnaev O.Y. Jurayeva S.N. Tatnhm Metognapn. O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, Navro'z, 2017. - 208 bet.

2. Duden Das große Wörterbuch der deutschen Sprache. Mannheim, Bibliographisches Institut AG. 1980.

3. Каримова, М., & Тоджиев, Х. (2021). Укув жараёнини технологик ташкил этиш хусусиятлари. Общество и инновации, 2(8/S), 227-233.

5 Hoffman S. G. Kiehne B. Ideen für die Hochschullehre. Ein Methodenreader. Berlin, Universitätsverlag der TU Berlin, 2016. -98 S.

Research BIB / Index Copernicus

4. Raxmonov I, Valiyev A, Valiyeva B. Muhandislik grafikasi fanini o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. "Navro'z" nashriyoti 2015.

5. Ro'ziyev E.I, Ashirboyev A.O.Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi.T. "Fan va texnologiyalar" 2010.

6. Boboyeva Z.A. THE TYPE OF ART AND LITERATURE IS AN IMPORTANT FACTOR OF CONTINUOUS SPIRITUAL EDUCATION. 2023. International Bulletin of Applied Science and Technology 3 (6), 132-137.

7. Z.Boboyeva. H^TKMOHH OAO-T.THKHH PHBO^TAHTHPHffl^A TACBHPHH CAHLATHHHr YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022.10/2.

8. Zulfiya Akbarjonovna Boboyeva, Dildora Burxon Qizi Mo'Minova TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.2022.10/2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.