Научная статья на тему 'MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH METODLARI'

MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2151
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / mustaqil ta’lim / inividual o’rganish / ÜFALAZ / Zig-zag metodi / HAITI / Think-Pair-Share / guruhda ishlash / muhokama / method / independent learning / individual study / ÜFALAZ / Zig-zag method / HAITI / Think-Pair-Share / group work / discussion.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qadirova, Rayhon Jumaboyevna

Ushbu maqolada oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil qilish metodlari haqida so’z yuritilgan. Shuningdek har bir metodning avzalliklari va uning bosqichlari batavsil yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION

This article discusses the methods of organizing self-study in higher and secondary specialized educational institutions. The advantages of each method and its steps are also described in detail.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH METODLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL QILISH METODLARI

Rayhon Qadirova Jumaboyevna

TDPU Zamonaviy Yevropa tillari kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy va o 'rta-maxsus ta 'lim muassasalarida mustaqil ta 'limni tashkil qilish metodlari haqida so'z yuritilgan. Shuningdek har bir metodning avzalliklari va uning bosqichlari batavsil yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: metod, mustaqil ta'lim, inividual o'rganish, ÜFALAZ, Zig-zag metodi, HAITI, Think-Pair-Share, guruhda ishlash, muhokama.

This article discusses the methods of organizing self-study in higher and secondary specialized educational institutions. The advantages of each method and its steps are also described in detail.

Keywords: method, independent learning, individual study, UFALAZ, Zig-zag method, HAITI, Think-Pair-Share, group work, discussion.

В данной статье рассматриваются методы организации самостоятельного обучения в высших и средних специальных учебных заведениях. Также подробно описаны преимущества каждого метода и его этапов.

Ключевые слова: метод, самостоятельное обучение, индивидуальное исследование, UFALAZ, метод зигзага, HAITI, Think-Pair-Share, групповая работа, дискуссия.

Ilm fan jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda barcha ma'lumoüarni faqat dars mashg'ulotlari davomida yetkazib berish biroz mushkul. Shu sababli mustaqil ta'lim turi joriy qilingan bo'lib, u o'quvchi va talabalarni darsdan tashqari izlanishga va o'z ustida ishlashga undaydi, ularda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va mustaqil izlanish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Nemis tilidagi selbständig so'zining ma'nosini tahlil qiladigan bo'lsak, selbst va Stand yoki stehen so'zlarining birikishidan hozil bo'lganligini ko'rish mumkin. Duden lug'atida so'zning quyidagi ma'nolari mavjud:

a) unabhängig (von fremder Hilfe o.ä.) eigenständig; aus eigener Kraft handelnd; ein selbständiger Mensch; an selbständiges Arbeiten gewöhnt sein;

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

selbständig handeln, urteilen, denken, arbeiten; das Kind ist schon sehr s. für sein Alter;

Demak bu so'zning birinchi ma'nosi birovning yordamidan holi degani bo'lib, masalan, mustaqil odam, mustaqil ishlashga o'rgangan bo'lish, mustaqil ish qilish, mustaqil xulosa chiqarish va mustaqil fikrlash kabi ma'nolari mavjud.

b) nicht von außen gesteuert; in seinen Handlungen frei, nicht von anderen abhängig;

Ushbu so'zning ikkinchi ma'nosi: tashqi tomondan ta'minlanmagan, boshqaga tobe bo'lmagan. [1, 2376-bet]

Langenscheidt lug'atida so'z bilan keladigan bir qancha so'z birikmalariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

sich s. machen e-n eigenen Betrieb gründen: Sobald sie die Meisterprüfung bestanden hat, möchte sie sich s. machen

sich s. machen umg hum; sich von j-m/etw. entfernen ~ veschwinden: Zwei von unserer Gruppe haben sich s. gemacht u. sind e-e Abkürzung gegangen.

etw. macht sich s. umg; etw. löst sich (ab): Das Rad/der Knopf hat sich s. gemacht. [2, 996-bet]

Ko'rib turganimizdek, selbständig ya'ni mustaqil so'zi o'z kuchi bilan birovning ko'magisiz va tashqi ta'sirlardan holi, yordam, turtkilaridan holi, birovning ko'rsatmalarisiz biror ishni amalga oshirish, jumladan, mustaqil bo'lish, mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat olib borish, qolaversa biror ishni qilishda mustaqil qaror qabul qilish so'z birikmalarida qo'llaniladi. Selbständiges Lernen ya'ni mustaqil o'rganishda ham o'quvchi va talaba berilgan vazifaga mustaqil yondashadi va o'quv materialini o'rganish va o'zlashtirish tartibi, yo'llari, vaqti va joyini o'zi belgilaydi. Selbststudium ya'ni mustaqil ta'lim bir qator davlatlarda maktab davridanoq joriy etilgan bo'lib, bu o'quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlaydi. Bu ko'nikma va malakalar o'quvchilarga ta'lim jarayonining keyingi bosqichlarida, ayniqsa ilmiy faoliyatida as qotadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan metodlarni shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin:

- Auditoriyada qo'llaniladigan metodlar

- Auditoriyadan tashqarida qo'llaniladigan mustaqil ta'lim metodlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Auditoriyadagi nazariy va amaliy mashg'ulotlarda qo'llaniladigan metodlar talaba va o'quvchilarni yangi o'quv materiali bilan tanishtirishda, o'tilgan mavzuni so'rash va takrorlash hamda mustahkamlash uchun foydalaniladi.

Auditoriyadan tashqarida qo'llaniladigan metodlar o'quv materialini yoki vazifani mustaqil holda o'rganish va o'zlashtirishda foydalaniladi. Mustaqil ta'lim metodlarini auditoriyadan tashqari qo'llaniladigan metodlarga kiritish mumkin. Mustaqil ta'lim metodlari yordamida o'qituvchi o'quv materialini talabaga yetkazib berishnining maqbul yo'llarini emas, balki talabaning ma'lumotlarni o'qib-o'rganish va qayta ishlash uslubini anglatadi. Har bir o'quvchi yoki talaba unga berilgan vazifani mustaqil ravishda o'rganishi, tahlil qilishi va o'zlashtirishi kerak bo'ladi. Mustaqil ta'limni tashkil qilishda eng keng qo'llaniladigan usul bu talabaning individual tarzda ishlashidir. Bunda bilimga individual tarzda erishiladi, o'qib-o'rganish shaxsiy mustaqil konstruksiyaga aylanadi, mavjud bilimlar yangi bilimlar bilan to'ldiriladi. Bunday metodlarga ÜFALAZ metodini misol keltirish mumkin:

Überblick verschaffen.

Fragestellung an den Text formulieren.

Auswählen. Welche Teile des Textes können die Antworten liefern.

Lesen und dabei die Antworten anstreichen.

Antwort auf die anfangs formulierte Frage formulieren.

Zusammenfassen. [3, 48-bet]

Ushbu metod 6 bosqichda olib boriladi. Eng avvalo berilgan o'quv materiali ya'ni matn ko'zdan kechiriladi. Mundarija bilan tanishib chiqiladi. Matnning bo'limlari ko'zdan kechiriladi. Keyingi bosqichda savollar shakllantiriladi, masalan, Men matndan nimani o'rganishim lozim? yoki Matndagi qaysi ma'lumotlar men uchun muhim? Uchinchi bosqichda talaba matn yoki o'quv qo'llanmasining qaysi bo'limi yoki qismida tuzilgan savollarga javob topish mumkinligini aniqlaydi. Ba'zida savolga javob butun bir o'quv materialida emas, balki uning ma'lum bir qismida berilgan bo'ladi. Matn bilan ishlashning keyingi bosqichida matnni o'qish, shu bilan birga berilgan savollarga javoblar topish va ularni belgilab borish kerak bo'ladi. Buni turli chizmalar yoki sxemalar yordamida amalga oshirish ham mumkin. Metodning beshinchi bosqichi tuzilgan savollarga javoblarni aniqlash yoki ularni yozishni qamrab oladi. Va nihoyat o'quv materiali asosida egallangan bilimlar umumlashtiriladi.

Bu metod mustaqil o'rganishni tizimli va puxta tashkil qilinishini ta'minlaydi. Uning yordamida talabalar matnni mustaqil o'rganish, tahlil qilish va ma'lumo tlarni saralashni o'rganadilar. Bundan tashqari yana bir qancha metodlar ham borki, ular

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

individual tarzda o'rganishdan tashqari o'rgatishni ham ko'zda tutadi. Zig-zag va HAITI metodlari shular jumlasidandir.

Zig-zag texnikasi katta hajmdagi ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida o'zlashtirish zarur bo'lganda qo'llaniladi. Ushbu metod mustaqil ta'limni tashkil qilishning bir qancha afzalliklari mavjud. Mazkur metod yordamida juda katta hajmdagi o'quv materiali batafsil va qisqa vaqt ichida tanishib chiqish va o'zlashtirish mumkin bo'ladi. Ikkinchidan talabalarda matndan asosiy ma'lumotlarni ajrata olish, ma'lumotlarni tizimlashtirish qobiliyati rivojlanadi. Uchinchi afzalligi shundan iboratki, unda talaba guruhda ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. Zigzag texnikasi mustqail ta'lim olishni tashkillashtirishning samarali metodlaridan biri bo'lib, u o'rgan va o'rgat tamoyiliga asoslanadi. Bu metodni nafaqat auditoriyada balki auditoriyadan tashqari qo'llasa ham bo'ladi. Zig-zag metodiga ko'ra guruh teng miqdordagi ishtirokchilar bo'lgan kichik guruhlarga bo'linadi. Masalan, har bir guruhda 4 ta talabadan 3 ta guruh. So'ngra har bir guruh ishtirokchisi 1,2,3 raqamlari yozilgan qog'ozlar (topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida guruhga birlashadilar. Buni shartli ravishda (1,1,1,1), (2,2,2,2), (3,3,3,3) ko'rinishida ifodalash mumkin [4, 100-bet]. Shu guruhlarda ular o'qituvchi tomonidan berilgan o'quv materialini puxta o'rganishlari kerak bo'ladi. Har bir guruhga berilgan vazifa mazmun jihatidan farq qiladi. O'quv materialini o'rganib bo'lishgach avval boshida tuzilgan guruhlariga qaytishadi va har bir talaba o'zi o'rgangan o'quv materiallarini galma-galdan guruhning qolgan ishtirokchilariga tushuntirib berishadi, ya'ni "o'qituvchi" darajasiga ko'tarilishadi. Bu metod o'zining samarali va mavzuni o'zlashtirish uchun vaqtni tejash mumkinligi bilan ajralib turadi.

Mustaqil ta'limni tashkil qilishning yana bir shunday samarali metodlaridan biri bu HAITI metodidir. Ushbu metodning nomi ish jarayonida amalga oshiriladigan ish bosqichlarining bosh harflari kombinatsiyasini aks ettiradi. Auditoriyada (Im Hörsaal) vazifalar tarqatiladi, har bir talaba yakka tartibda (Alleine) o'rganadi, keyin esa o'rganilgan material yoki yechimi topilishi lozim bo'lgan masala guruh (Im Team) a'zolari bilan muhokama qilinadi va muammolar o'rganiladi. Va nihoyat keying darsda (In der nächsten Übung) yechimi topilmagan muammolar va tushunmovchiliklar o'qituvchi tomonidan bartaraf etiladi [3, 36-bet]. Ushbu metodni qo'llash uchun guruhdagi talabalar 3-6 tadan guruhlarga bo'linadilar. Har bir guruh o'z "axborotchi"sini saylaydi. U o'qituvchi bilan guruh a'zolari o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Guruhlarga vazifalar berilgandan so'ng guruh a'zolari yakka tartibda o'quv materialini o'rganib chiqishadi yoki berilgan vazifalarni yakka tartibda bajarishga urinib ko'radi. Keyingi bosqichda guruh a'zolari uchrashib, berilgan vazifa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va erishilgan natijalar guruhda muhokama qilinadi, xatolar va kamchilikklar aniqlanadi va tahlil qilinadi. Axborotchi esa yechimi topilmay qolgan vazifalar hamda qiyinlik qilgan vazifalarni yozib boradi va o'qituvchiga xabar beradi. Bu o'qituvchiga keyingi vazifalar to'plamini shakllantirishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Axborotchi bergan xulosalaridan kelib chiqib, talabalarga qiyinlik qilgan vazifalar ustida yana ishlash uchun vazifalar tuzadi. Talabalar uchun oson bo'lgan vazifalar keyingi topshiriqlar majmuasiga kiritilmaydi.

Ko'rib chiqilgan metodlar mustaqil ta'limni tashkil qilishda samarali hisoblanadi. Bu metodlar talaba va o'quvchilarni nafaqat mustaqil ishlash, mustaqil o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi, balki ularda guruhda ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga ham yordam beradi.

An'anaviy darslardan farqli o'laroq o'qituvchi va talabaning roli o'zgaradi. U talabalarga mustaqil bilim olishlari uchun sharoit yaratish va o'qib-o'rganish jarayoniga arashlashmagan holda, uni tashkil qilish uchun mas'ul bo'ladi. O'qituvchi darsini shunday tashkil qilishi keraki, talabalar bajaradigan hatti-harakati uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi lozim. Bu o'qituvchi talabalarga o'z maqsadlarini aniqlab olish va mustaqil ishlash imkoniyatini beradi degani. Ushbu metodlarda o'qituvchining maqsadi talabaga har qadamda bilim berish bilan cheklanib qolmay uning mustaqil ta'lim olishini chetdan nazorat qilishini ham anglatadi.

Turli qobiliyatlar va layoqatlarga ega bo'lish, mustaqil fikrlash mustaqil ta'lim olishning muhim belgilaridan hisoblanadi. Bunga eng avvalo turli xil metodlardan tegishli va samaralisini tanlash va qo'llay olish kiradi. Bundan keyingi muhim qadam mustaqil o'rganishning ijtimoiy shaklini aniqlash hisoblanadi. Ta'limning bu turi uchun o'qib-o'rganish vaqti (muddatini hisobga olgan holda) va maqsadlari, kerakli asbob-uskuna, qurilmalar va o'quv qurollarini tayyorlab olish va nihoyat ta'lim olish joyini aniqlab olishni talab qiladi.

Navbatdagi yana bir samarali metod Think-Pair-Share metodidir. [5; 80] Think-Pair-Share metodi hamkorlikda o'qib-o'rganish metodlaridan biri bo'lib, tuzilish jihatidan uch bosqichni qamrab oladi. Ushbu metod asosida o'qishni tashkil qilish davomida talabalar mustaqil o'qib o'rganishdan boshlaydilar va bu bosqichda ular berilgan mavzu va topshiriqlarni mustaqil, yakka tartibda o'rganib chiqishlari lozim bo'ladi. O'rganilgan mavzu va topshiriqlar keyingi bosqichlarda boshqa talabalar va guruh a'zolariga tushuntiriladi. Muhimi talabalar alohida bosqichlarda mavzular va topshiriqlar ustida mustaqil ishlay olishlari kerak, shunda ular hamkorlikda o'rganish bosqichida bu mavzularni boshqa talabalarga tushuntirishlari yoki kursdoshlari bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

berilgan mavzular bo'yicha fikr almashishlarining imkoni bo'ladi. Think-Pair-Share ingliz tilidan tarjima qilinganda think ya'ni o'ylash, fikr yuritish, pair esa juft, ya'ni talabaning u bilan birga muhokama qiladigan sherigi va share bo'lishmoq so'zlaridan tashkil topgan. Ushbu metod yordamida unchalik keng qamrovli bo'lmagan va hatto murakkab mavzularni ishlab chiqish mumkin. Ushbu metod yordamida o'qib o'rganish ayniqsa, guruhda ishlash qobiliyatini rivojlantirishga va bilimlarni yaxshiroq egallashga ko'mak beradi. Think-Pair-Share metodining birinchi bosqichida har bir talaba berilgan vazifani o'zi alohida o'rganib chiqadi (Think). Ikkinchi bosqichda u o'rgangan bilimlarini boshqa bir talaba bilan o'rtoqlashadi (Pair). Va nihoyat uchinchi bosqichda barcha olingan bilimlar va g'oyalar guruhning barcha a'zolari bilan muhokama qilinadi (Share). Ushbu uch bosqich quyidagicha tashkil qilinadi: Fikr yuritish ya'ni think bosqichida talabalarga vazifa beriladi. Bu matnn, diagramma, grafikni tasvirlash yoki kerakli xulosalarni yozishga asoslangan vazifalar bo'lishi mumkin. Navbatdagi bosqichda ular qilgan ishlarini va xulosa va natijalarini biror kursdoshiga tushuntirib, uni 5-10 minut davomida muhokama qilishlari kerak bo'ladi. Pair bosqichida talabalar ikki kishidan iborat guruhlarda ishlaydilar va natijalarni muhokama qiladilar: Bunda birinchi talaba ikkinchi talabaga tushuntiradi va ikkinchi talaba aytilgan fikrlarni qayd etib boradi. Keyin xuddi shu tarzda takrorlanadi: ikkinchi talaba fikrlarini bayon qiladi, birinchi talaba esa yozib oladi. 5-10 minut davomida talabalar nafaqat o'zlarining fikr va mulohazalari balki sherigining ham xulosalari bilan yaxshi tanishib chiqqan bo'lishlari, hatto uni taqdim qila olishlari lozim bo'ladi. Share bosqichida barcha xulosa va natijalar butun guruhga taqdim qilinadi. Olingan natijalar asosida guruhlarda plakat, taqdimot yoki ma'ruzalar tayyorlanadi. Ushbu metod kichik guruhlarda tayyorlangan taqdimot va ma'ruzalarni auditoriyada muhokama qilish bilan yakunlanadi.

Ushbu metodlar talabaning faqatgina individual ishlashi bilan cheklanib qolmasligi, guruhda ishlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida qo'llaniladi. Yuqorida qayd etilgan metodlarning yana bir afzalliklaridan biri unda o'qituvchi faqatgina bilim berish bilan chegaralanib qolmay, talabani ham mustaqil o'qib o'rganishga undaydi, mustaqil ta'limni tashkil qiladi va o'zi kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Bu esa talabada erkin fikrlash, o'zini yanada rivojlantirish, qobiliyatlarini namoyon qilish, kreativ bo'lish va o'zi o'rgangan bilimlarni o'rgatish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Duden Das große Wörterbuch der deutschen Sprache. Mannheim, Bibliographisches Institut AG. 1980.

2. Langenscheidt. Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache. München, Langenscheidt 2010.

3. Hoffman S. G. Kiehne B. Ideen für die Hochschullehre. Ein Methodenreader. Berlin, Universitätsverlag der TU Berlin, 2016. - 98 S.

4. ABnaeB O. Y. ^ypaeBa C.H. TatnHM MeTognapn. YKyB-ycnyÖHH Ky^naHMa. Toshkent, HaBpy3, 2017. - 2086eT.

5. Manfred Bönsch: Unterrichtsmethoden - kreativ und vielfältig. Basiswissen Pädagogik. Unterrichtskonzepte und - techniken. Baltmannsweiler: Schneider-Verlag Hohengehren 2002. -180 S.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.