Научная статья на тему 'TALABA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA “ODOB AS-SOLIHIN” ASARINING AHAMIYATI'

TALABA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA “ODOB AS-SOLIHIN” ASARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy ahamiyati

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nafisa Sobirova

Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari O’zbek xalqining turli an’analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma’no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan qadriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o’rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariy (1740-1843)ning “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo’lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g‘oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulqodob qoidalari xususida kishilar, Shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qiliniShi zarur bo‘lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yiShdagi o‘rni va roli borasida batafsil so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA “ODOB AS-SOLIHIN” ASARINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

TALABA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA "ODOB AS-SOLIHIN" ASARINING AHAMIYATI Nafisa Sobirova

Urganch davlat pedagogika instituti stajyor-o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10004509

Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning ma'rifiy-axloqiy qarashlari O'zbek xalqining turli an'analariga boy, milliy qadriyatlari keng ma'no va chuqur tarixga ega. Mustabid tuzum davrida toptalgan qadriyatlarni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bugungi kunda odob-axloq va yoshlarni tarbiyalashda qadriyatlarimizga oid manbalarni o'rganish va hayotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday asarlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg'ariy (1740-1843)ning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") kitobidir. Mazkur asar kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulqodob qoidalari xususida kishilar, Shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. "Odob as-solihin" asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qiliniShi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yiShdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi.

Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalamay turib, ularni ma'naviy kamolotga yetkazish, jamiyatni ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ma'naviy yuksak e'tiqodga ega bo'lgan umuminsoniy fazilatlar ruhida shakllantirish, yuqori malakali mutaxassis qilib yetishtirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi. Kundan-kunga rivojlanib, sayqalanib borayotgan dunyo madaniyati shuni ko'rsatadiki hech bir millat madaniyati va an'analari , urf-odat , qadriyatlari o'z-o'zidan vujudga kelgan emas. Har bir xalqning buguni va yashash tarzi uning o'tmishdagi moddiy va ma'naviy merosi bilan uzviy bog'langandir . Ana shunday xalqimizning ma'naviy meroslaridan biri bu Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning «Odob as- solihin» asaridir.

Olimning odob-axloaqqa oid muhim pedagogik asari "Odob as-solihin" ("Solihlarning odoblari") kitobidir. Asarni chinakam ma'noda odobnoma darsligi sifatida o'qish va ta'lim-tarbiya jarayonida axloqiy manba, sifatida har bir sinfda tarbiya fani tarkibiga kiritish mumkinligi uning qadr -qimmatini oshiribgina qolmasdan balki, hozirda ham o'z mohiyatini davr va zamon talabiga ko'ra saqlab qolganidadir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turilganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi[4].

Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" ("Yaxshi kishilar odobi") asari kundalik turmushimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo'lib, muqaddima, yetti bob va xotimadan iborat[2].

Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko'zda tutilgan maqsad borasida so'z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo'lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarning muqaddimasida uning maqsadi sifatida insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta'kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo'lmasa, nafaqat o'ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:

Adabsiz na o'zi uchun yomonlik qiladi,

Balki butun dunyoga o't qo'yadi.

"Odob as-solihin" asarida bayon etilgan botiniy va zohiriy qoidalar:

1. Salomlashish va ruxsat so'rash odobi.

2. Muloqot odobi.

3. Uxlash va yo'l yurish odobi.

4. Suhbatlashish odobi.

5. Er-xotin odobi.

6. Tozalik qoidalari.

7. Mehmon kutish odobi.

8. Ziyofat va ovqatlanish odobi.

9. Safar qoidalari.

Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muadab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi[3].

Muallif asarda ilgari surilgan er va xotin o'rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid qarashlar ham alohida diqqatga sazovordir. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mazkur asarda keltirilgan odob-axloq qoidalari oilaviy hayotda yoshlarga munosib o'rin egallashlarida as qotadi. Yoshlarga oilaviy munosabatlarni to'g'ri tashkil qilishda turli xil vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qilish va oilani tashqi muhitning ta'rislaridan himoya qilish yuzasidan yetarlicha bilimlar berishda ham mazkur asar asosiy manba hisoblanadi.

Mazkur o'rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o'zi uylanmoqchi bo'lgan qizni ko'rmog'i, uylanadigan qizning bokira bo'lishi, shuningdek, to'rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, xulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo'lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta'kidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o'z isbotini topgan bo'lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo'lishini kafolatlovchi omillar bo'lib xizmat qiladi.

Er kishi xotiniga yaxshi muomala qilish, uni behuda g'azablantirmasligi, oliyjanob bo'lishi, alohida muruvvat ko'rsatishi, havoyi nafs balosidan saqlanishi, agar ayol jabr va sitam ko'rsatsa, unga avval nasihat qilib, xatti-harakatlarining nojoizligini tushuntirishi, agar u ushbu chora-tadbirdan so'ng yaxshi tomonga yuz tutsa, uni avf etishi maqsadga muvofiq ekanligi borasidagi qarashlar bayon etiladi[3].

Asarda, shuningdek, ayol kishining oiladagi o'rni va burchlari yuzasidan ham bir qator fikr-mulohazalar bayon etiladi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning nuqtai nazariga ko'ra, ayol kishining oiladagi eng muhim burchi quyidagilardan iboratdir: xotin erining ruxsatisiz hech joyga bormasligi va hech kimni uyiga keltirmasligi, erining mol-dunyosini sarf etmasligi, o'z zimmasidagi mas'uliyatlarni oqilona bajarishi, eri xursand bo'lsa - xursand, g'amgin bo'lsa -g'amgin bo'lishi, erining topish-tutishiga qanoat qilishi, er vafot etganda motam tutib,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

marhumning ruhini pok saqlashi va hokazolar. Yuqorida tilga olingan pandlar bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi[1].

"Odob as-solihin" asari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va eng avvalo yoshlarda oilaviy hayot to'g'risidagi tushunchalarni shakllantirishda muhim manba hisoblanadi. Asarni o'rganish va tahlil qilishdan keyingi natijalarga asoslanib, asarni ta'lim muassasalarida o'quv predmetlari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Jumladan tarbiya, adabiyot, o'qish kabi darsliklar mazmunida ushbu asarning aks etish qadriyatlar asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlarning axloqini yuksaltirishda muhim manba vazifasini bajaradi[4].

Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o'ziga xosligi va ahamiyatini taxlil qilishga yordam beradi. Buning uchun ota - onalarning o'zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabati o'zgarmog'i lozim. Milliy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashda, xalqning ma'naviy merosidan, ota-bobolarimizning pand-nasihatlari, tajribalari asosida eng yaxshi va olijanob an'analar ruhida tarbiyalash, ularning dono fikrlari, turmush saboqlari davrlar g'alviridan o'tib, saralanib bizgacha etib kelgan o'gitlarini ongiga, dunyoqarashi va shuuriga sindirib borilmog'i darkor. Shu bilan birga bolalarni xalq an'analariga o'rgatishi ota-onalarining majburiy vazifasidir.

Xulosa qilib aytganda "Odob as-solihin" asari yoshlar tarbiyasida balki jamiyat a'zosini tarbiyalashda nodir va didaktik ahamiyatga ega bo'lgan durdona asardir.

REFERENCES

1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: O'qituvchi, 1996.

2. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti- "Sano standart".2017.

3. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy. Yaxshi kishilar odobi. - T.: Yangi asr avlodi, 2002.

4. Abdullayeva D. N. "Qadriyatlar asosida O'quvchilarni ijtimoiylahstirishda "Odob as-solihin asarining o'rni". Internetional Scientific Conefence .Aprel. 2022

5. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical

6. Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

7. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023. https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

8. Safarova R.G. The role of analytical activity in the pedagogical process directed to the formation of creative thinking skills in students. International scientific and practical conference "the time of scientific progress". 2023 Warsaw, (Poland). https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786701.svg

9. www.ziyonet.uz

10. www.kitobxon.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.