Научная статья на тему 'TALABA-YOSHLARDA YANGI OʼZBEKISTON GʼOYASINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA HUQUQIY ASOSLARI'

TALABA-YOSHLARDA YANGI OʼZBEKISTON GʼOYASINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / yoshlarga oid davlat siyosati / iqtidorli yoshlar / ma’naviy barkamollik / uchinchi Renessans. Jamiyat / maʼnaviyat murojaatnoma / poydevor / strategiya / olimpiada / texnikum / siyosat / kreativ fikrlash / pedagogika.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Turgʼunova Maftuna Zokirovna

Maqolada yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g‘oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e’tibor qaratilgan.Yangi O‘zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashning ma’naviy, huquqiy asoslari asosiy vazifamizdir.Yoshlarda ma'naviy-axloqiy va mehnat tarbiyasi, ularning mohiyati va vazifalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya mezonlari haqida ilmiy tushuncha berish, inson qadri ulugʻlanadi. Bunga eltadigan yoʻl esa taʼlim va tarbiyadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA-YOSHLARDA YANGI OʼZBEKISTON GʼOYASINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA HUQUQIY ASOSLARI»

TALABA-YOSHLARDA YANGI O'ZBEKISTON G'OYASINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA HUQUQIY

ASOSLARI

Turg'unova Maftuna Zokirovna

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakulteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11214321

Annotatsiya. Maqolada yangi O'zbekiston sharoitida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan. Mutafakkirlar asarlaridagi komil inson g'oyasining tarixiy-falsafiy talqiniga alohida e 'tibor qaratilgan.Yangi O'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashning ma'naviy, huquqiy asoslari asosiy vazifamizdir.Yoshlarda ma'naviy-axloqiy va mehnat tarbiyasi, ularning mohiyati va vazifalari, ma'naviy-axloqiy tarbiya mezonlari haqida ilmiy tushuncha berish, inson qadri ulug'lanadi. Bunga eltadigan yo'l esa ta'lim va tarbiyadir.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, yoshlarga oid davlat siyosati, iqtidorli yoshlar, ma'naviy barkamollik, uchinchi Renessans. Jamiyat, ma'naviyat murojaatnoma, poydevor, strategiya, olimpiada, texnikum, siyosat, kreativ fikrlash, pedagogika.

Istiqlol yillarida O'zbekistonda demokratik islohotlar hech qachon ortga qaytmaydigan tendentsiyaga aylandi. Mamlakatimizda suveren taraqqiyotning strategik yo'nalishi sifatida huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyatni barpo etish, uning siyosiy, institutsional, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy asoslarini mustahkamlash va xalqimiz uchun eng munosib bo'lgan erkin va farovon hayot tarzini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari insoniyat xavfsizligi yoshlar muammolari va mamlakatlar barkarorligini ta'minlash bilan alokador muammolarni yanada dolzarblashtirmokda. Tobora avj olib borayotgan ma'naviy xurujlar, yot goya va mafkuralar ta'sirida inson kalbi va ongini zabt etishga xarakat doirasi xam kengayib bormokda. Globallashuv, universallashuv jarayonlari ta'sirida yot va begona g'oyalarning xurujlari tobora avj olib borayotgan bugungi kunda jamiyat ma'naviy, mafkuraviy masalalarga alohida diqqat e'tibor qaratishni taqozo qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev globallashuv sharoitida ma'naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: "Bugungi kunda yonatrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi"1, deb alohida ta'kidlaydi.

Davlatning kuchi va qudratini ma'naviy jihatdan barkamol bo'lgan kishilargina belgilaydi. Ma'naviyatga e'tibor bermagan mamlakatda katta iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy bo'hronlar sodir bo'ladi. Jamiyat hayotidagi barcha bo'hronlarning tomiri ham kishilarning ma'naviy kamoloti darajasi va holatiga borib taqaladi. Xalqi ma'naviy jihatdan qashshoq bo'lgan va u oqilona boshqarilmagan mamlakat, tabiiy boyliklari behisob bo'lsa ham, hech qachon buyuk davlat bo'la olmaydi. Bu fikrlar to'g'riligi insoniyat jamiyati taraqqiyotining har qadamida to'la isbotlanadi. Shu sababli ham hozirgi kunda jahondagi rivojlangan mamlakatlar, mustaqil taraqqiyot yo'liga

1 Mirziyoev Sh..M.Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma' naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O' zbekiston. 2017. - 320 b.

o'tib olgan yosh davlatlar jamiyat a'zolarining ma'naviy kamoloti masalasiga birinchi darajali ahamiyat berib kelmoqdalar.

Jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshilayotgan hozirgi davrda mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni jamiyat hayotiga har tomonlama chuqur singdirish, unda fuqarolik ko'nikmalarini mustahkam qaror toptirish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda, aholining keng qatlamlarida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik xissini kuchaytirish kabi masalalarning dolzarbligi ortib bormoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida yurtimiz aholisining hayotiy extiyoj va manfaatlarini ta'minlash hamda farovon hayot asoslarini mustahkamlash uchun muhim bo'lgan navbatdagi strategik zaminlar vujudga keltirilmoqda. Zero, 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga ilk tarixiy murojaatnomasida ta'kidlaganidek: "xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko'ngil, bag'rikeng xalqimiz bunga to'la haqlidir".

Darhaqiqat yurtimizda har bir inson hayotdan rozi bo'lib yashashiga erishish - hozirda davlat siyosatining bosh maqsadiga aylanmoqda. Aynan mamlakatmiz ko'p millatli xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga tayanib, yurtimiz yoshlarining yorug' kelajagini ko'zlab, yuksak marralarga sari odimlab bormoqda. So'nggi ikki yil davomida Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni 2017 yil - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", 2018 yil - "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" davlat dasturlari doirasida bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Mamlakatimizda odamlarni rozi qilish, ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta'minlash kabi ijtimoiy masalalar har yili ishlab chiqilayotgan davlat dasturlarida alohida o'rin tutmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimizda taraqqiyot sur'atlari hamda iqtisodiy salohiyatining oshib borishi o'z-o'zidan ijtimoiy soha rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 2018 yil 28 dekabrdagi Murojaatnomasida 2019 yil - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e'lon qilindi.

Ta'kidlash joizki, ijtimoiy rivojlanish demokratik davlatlar ichki siyosatida markaziy o'ringa ega yo'nalishlar sirasiga kiradi. Nazariy jihatdan ijtimoiy rivojlanish deganda jamiyatda yangi ijtimoiy munosabatlar, institutlar, me'yorlar va qadriyatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi o'zgarishlar tushuniladi. Hozirgi davrda jamiyat rivojlanishi va uning barqarorligi asosan davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatga bog'liq bo'ladi. Faol islohotlar davrida iqtisodiyotda bozor mexanizmlarni takomillashtirish bilan bog'liq keskin o'zgarishlar yuz beradiki, ularning ta'siri ijtimoiy sohaga juda tez kirib boradi. Shu nuqtai nazardan aholi uchun munosib turmush darajasini ta'minlash, aholiga taqdim etilayotgan ne'matlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) miqdori va sifatini oshirish davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. Shu sababli endilikda dono xalqimizning "Beshikdan to qabrgacha ilm izla" degan naqlini amaliy hayot faoliyatimizga ko'chirish, mamlakatimizda ta'limning uzluksizligi printsipini amalda ro'yobga chiqarish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilmoqda. So'nggi ikki yilda ta'lim tizimini zamonaviy demokratik davlatlar darajasiga olib chiqish, yoshlarning taraqqiyotning yetakchi kuchi sifatida jamiyatimizdagi o'rnini yanada oshirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasining eng boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish maktabgacha ta'lim tizimiga yetakchi e'tibor qaratilmoqda.

2017 yilda bu soha Xalq ta'limi vazirligi tizimidan ajratilib, alohida Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilgani shundan dalolat beradi. Bu borada davlat siyosatining asosiy vazifasi etib yaqin yillarda yurtimizning barcha hududlarida yangi bog'chalar qurish, ta'lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko'tarish, bog'cha yoshidagi bolalarni ta'lim bilan yuz foiz qamrab olish belgilanmoqda. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko'zda tutmoqdamiz. Ya'ni O'zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lishi shart". Ta'kidlash joizki, taraqqiyot g'oyasi va istiqbollarini belgilab olmagan, ma'naviy asoslardan mahrum bo'lgan, asosiysi, o'zining yosh fuqarolariga ko'ngiliga yo'l topa olmagan davlat va jamiyat farovon istiqbolni tasavvur qilishi qiyin. Davlatning yoshlarga bo'lgan munosabati jamiyat taraqqiyoti darajasi, uning ochiqligi, oldinga intilayotganligining ko'rsatkichlaridan biridir. Shu jihatdan qaraganda, O'zbekiston yoshlari bugungi va ertangi kun egalari sifatida mamlakatimizda farovon hayot asoslarini barpo etishda bosh strategik resurs hisoblanadi. Mamlakatimizning demokratik yangilanishlar yo'lidan odimlashi va taraqqiyot sur'atlari ko'p jihatdan yoshlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi holati va faolligiga bog'liq bo'ladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "... yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur".

2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ushbu sohaning asosiy yo'nalishlari bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni aniq belgilab beradi. Qonunda belgilab berilishicha, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati "yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishni" nazarda tutadi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog'lom, ma'nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va "ommaviy madaniyat"ning zararli ta'siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko'maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O'zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir. Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O'zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashishdan iborat. 2017 yildan buyon O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyun sanasini mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi mamlakatimiz yoshlarining bor salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamiyatimizga samarali ijtimoiylashuvini ta'minlash yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ldi.

Globallashuv sharoitida jamiyatimiz taraqqiyotiga nisbatan yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda noan'naviy tahdidlar yuzaga kelmoqdaki, hozirgi davrda milliy ma'naviyat, milliy g'oya targ'ibotini zamonamiz talablari darajasida yanada takomillashtirishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda.

Bu jarayonda yoshlar masalasi mamlakatimizda bugun va kelajak bog'liqligini ta'minlovchi, milliy o'ziga xoslikni saqlab qoluvchi muhim omil sifatida namoyon bo'lmoqda.Davlatimiz rahbari yoshlar ongiga buyuk alloma va adiblarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratib, "O'zbekiston tarixi" telekanalini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Zero, tarixiy xotirasiz kelajakni tasavvur etish mushkuldir. Xolisona tarix asosiga qurilgan milliy g'oya mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar uchun cheksiz kuch-qudrat manbai bo'lib xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshilayotgan hozirgi davrda mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni jamiyat hayotiga har tomonlama chuqur singdirish, unda fuqarolik ko'nikmalarini mustahkam qaror toptirish uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda, aholining keng qatlamlarida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik xissini kuchaytirish kabi masalalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Ta'kidlash joizki, taraqqiyot g'oyasi va istiqbollarini belgilab olmagan, ma'naviy asoslardan mahrum bo'lgan, asosiysi, o'zining yosh fuqarolariga ko'ngiliga yo'l topa olmagan davlat va jamiyat farovon istiqbolni tasavvur qilishi qiyin. Davlatning yoshlarga bo'lgan munosabati jamiyat taraqqiyoti darajasi, uning ochiqligi, oldinga intilayotganligining ko'rsatkichlaridan biridir. Davlatimiz rahbari yoshlar ongiga buyuk alloma va adiblarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratib, "O'zbekiston tarixi" telekanalini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Zero, tarixiy xotirasiz kelajakni tasavvur etish mushkuldir. Xolisona tarix asosiga qurilgan milliy g'oya mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar uchun cheksiz kuch-qudrat manbai bo'lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.