TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH KO'NIKMALARI
1Jabbarov Eliboy, 2Qo'shboqov Doniyorbek Maxramqulovich
1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Iqtisodiyot fanlari doktori, Professor, 2Toshkent
iqtisodiyot va pedagogika instituti, o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11207767
Annotatsiya. Raqobatdosh bozor munosabatlarining keng rivojlantirish insonlar hayotida, ularning yashash sharoitida, madaniy va ijtimoiy ko'nikmalarida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlanishi aholi bandligini ta'minlash, iqtisodiyotni rivojlanishi, raqobatni rivojlantirish va iste 'mol bozorini to'ldirish bilan bog'liq maqsad va vazifalar davlat oldidagi muhim masala sifatida qaralmoqda.
Kalit so'zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkor, iqtisodiy tahlil, boshqaruv jarayonlari,raqobatbordoshlik.
Аннотация. Широкое развитие конкурентных рыночных отношений ясно видно в жизни людей, их условиях жизни, культурных и социальных навыках. Поддержка малого бизнеса и частного предпринимательства рассматривается как важный вопрос для государства, цели и задачи, связанные с обеспечением занятости населения, развитием экономики, развитием конкуренции и наполнением потребительского рынка.
Ключевые слова: малый бизнес, частный предприниматель, экономический анализ, процессы управления, конкуренция
Abstract. Wide development of competitive market relations is clearly visible in people's lives, their living conditions, cultural and social skills. Support of small business and private entrepreneurship is considered as an important issue for the state, the goals and tasks related to ensuring the employment of the population, developing the economy, developing competition and filling the consumer market.
Keywords: small business, private entrepreneur, economic analysis, management processes, competition.
KIRISH
Hozirgi kunda tadbirkorlar, o'rta va kichik biznes jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik subyektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig'ini ish bilan ta'minlaydi. Jumladan, Yaponiyada 71,7 %, Germaniyada 69,3 %, AQSHda 53 % fuqarolar o'rta va kichik korxonalarda faoliyat yuritadi. 2022-yilgi holatga ko'ra, O'zbekistonda mehnat bilan band aholining 67,8 foizi shu sohada ishlaydi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham salmoqli o'ringa ega. Xususan, Xitoyda bularning ulushi 60 foizni, Germaniyada - 57 foiz, Singapurda - 53, AQSH va Buyuk Britaniyada - 52, Yaponiyada 51,6 foizni tashkil etadi. O'zbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 59,4 foizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek: ''Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun hamma yo'llar ochilgan, undan samarali foydalanish zarur" O'zbekistonda amalga oshirilayotgan har bir islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad aholining turmush farovonligini yaxshilash, ularning tinch va baxtli yashashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
Tahlil va natijalar
Tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag'allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanishining asosiy maqsadi joylarda bandlik darajasini oshirish orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlash, aholi daromadlarini teng taqsimlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiluvchi xususiy sektorning imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo'ldi. Ushbu maqsadga kichik va o'rta biznes faoliyatini legallashtirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan ularning daromadlarini eng avvalo sanoat va xizmatlar sohalarida oshirish orqali erishiladi, bu esa, o'z navbatida, mazkur sohalarda mehnat unumdorligi oshishiga olib keldi. O'zbekiston Pyespublikasi Prezidentining Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risidagi farmoni qabul qilindi. Davlat himoyasida bo'lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday va bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo'yish, asosli zaruratsiz buzib yuborish g'ayri huquqiyligini anglab yetmayotgani hamda yer uchastkalarini ajratishda o'zboshimchaliklarga yo'l qo'yilayotgani ta'kidlangan. Xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xususan soliqqa tortish mehanizi, yirik biznes bilan hamkorlik va kooperasion aloqalarni rivojlantirish bo'yicha qator choralar amalga oshirildi. Tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag'allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash uchun tadbirkorlik sohasida lisenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarning sonini keskin qisqartirish, tegishli vakolatlarni Vazirlar Mahkamasidan muayyan davlat organlariga berish orqali lisenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni nomarkazlashtirish, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko'rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga o'rnatilgan tartibda har qanday faoliyat turi bilan shug'ullanish huquqini bergan holda, ular shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxatini bekor qilish va boshqa chora tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ishlar olib borildi. Milliy iqtisodiyotimizda xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to'ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko'rsatish sohasini kengaytirish, eksport tarkibida jahon bozorlarida xaridorgir, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ko'paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o'rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo'ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan jami aholining 80% ko'prog'i xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilmoqda. Mavjud barcha xo'jalik subyektlarining 90 foizidan ortig'ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 53,9% yaqini, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 27,5% va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 97,0% aynan shu soha-xususiy tadbirkorlik hissasiga to'g'ri kelmoqda.
1-jadval
Kichik biznesning 2005-2021 yillarda rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari
JV» Ko'rsatkichlar O'ichov hirligi 2005 2010 2017 2022
1 YalMda kichik biznesning ulushi % 38,2 60,8 65,3 51,8
2 Shu bilan birga kichik korxonalar va mikrofîrmalar % 21,5 32,7 36,3 36,7
3 IJmumiv bandlikdagi ulushi % 65,5 74,3 78,3 74,4
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilanishi kichik biznes sektorining rivojlanish asosda iqtisodiyotni taraqqiy etishida va barqaror sur'atlarda o'sishiga zamin yaratib berdi. 2005-2022 yillar davomida YaIMda kichik biznesning ulushi 38,2% dan 51,8% ga o'sdi. 2022-yilda ushbu sektorda Respublikamizda band bo'lganlar iqtisodiy faol aholisining 74,4 foizini tashkil qildi (1-jadval).
Umumiy bandlikda kichik biznesning ulushi AQShda 54%, Buyuk Britaniyada 56%, Germaniyada 69,5%, Italiyada esa 71%ni tashkil qiladi. Kichik biznes sohasida bandlikning ortishi kam ta'minlagan aholi darajasini qisqartirishda muhim omil sanaladi. Yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes subyektlarining barqaror o'sishi, qulay biznes - muhitning barpo etilshi, yagona soliq to'lovlari bo'yicha soliq stavkalarining pasaytirilishi, ishlab chiqarish infratuzilmasi va resurslarga yetishish shartlarining soddalashtirilishi va shuningdek, yirik kompaniyalar bilan kichik biznes subyektlari o'rtasida kooperatsion aloqalarning rivojlanishi evaziga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 2005-yildagi 9,8%dan 2021-yilda 27,5% gacha o'sdi. Kichik biznes sektorining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi ko'p jihatdan tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatini belgilab berdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy va investitsion faoliyati turli risk va xavf-xatarlar ta'sirida tavakkalchilik asosida yuz beradi. Shuning uchun, tadbirkorlik va investitsion faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun turli tahdidlardan va xavf-xatarlardan himoyalanish lozim bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uning iqtisodiy va investitsion faolligi -tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va injener texnik tavsifdagi chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarining ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlarini bosqichma-bosqich qayta tiklash hamda pandemiyadan keyingi yillarda choralarini qo'llagan holda xavfsiz faoliyatlarini yuritishlari uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:
- xususiy tadbirkorlar uchun xom ashyo resurslaridan foydalanish mexanizmini tubdan qayta ko'rib chiqish, uni yanada soddalashtirish, ochiq va oshkora bo'lishini ta'minlash. Buning uchun resurslarni ochiq birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini kengaytirish;
- erkin raqobat muhitini va barcha tadbirkorlik subyektlariga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida imtiyoz va preferensiyalarni oqilonalashtirish, ularni ayrim korxonalarga emas, balki alohida ishlab chiqarish va xizmat turlarini rag'batlantirish maqsadida berish;
- tekshirishlar o'tkazishga ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o'tish va uning nazoratini Bosh prokuraturaga yuklash. Shuningdek, tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishda Savdo-sanoat palatasi ishtirokini ta'minlash, xalol tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo'lish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsion faolligini oshirishni ta'minlash uchun korxonadagi ichki nazoratning ishonchli tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu tizim quyidagilarni ta'minlashi kerak:
a) to'la va har tomonlama nazorat, aniq yo'lga qo'yilgan buxgalteriya hisoboti tizimi va muntazam ravishda o'tkaziladigan nazorat tadbirlari uyg'unligini ta'minlash;
b) korxona xodimlarining shaxsiy sifatlari va bilimlarini oshirish. Menejerlarning ish prinsiplari va ish usullarini takomillashtirish hamda muntazam nazorat qilib borish;
v) ichki audit xizmatining faoliyatini tashkil etish, muntazam ravishda inventarizatsiya o'tkazish hamda korxonalarda xodimlarning faoliyat majburiyatlarini qat'iy belgilash va ichki tartib hamda hujjat aylanmasi qoidalariga qattiq rioya etilishi;
O'zbekistonda kichik biznes sektori tovar va xizmatlarning yarmidan ko'pini ishlab chiqarishi va ishchi kuchining to'rtdan uch qismini band qilib turganligi bilan ahamiyatli. 2019-yilda kichik tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 56,5%ni tashkil qilgan. Hududlar bo'yicha kichik tadbirkorlikning Yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2019-yilda eng ko'p Jizzax (84,1%), Namangan (79,2%), Surxondaryo (78,2%), Samarqand (77,5%) va Buxoro (75,7%) viloyatlarida kuzatiladi. Har 1000 aholiga nisbatan olganda esa eng yuqori ko'rsatkich Toshkent shahrida (28,8 ta), Navoiy viloyatida (18,1 ta), Sirdaryo viloyatida (17,9 ta), Jizzax viloyatida (15,6 ta), Toshkent va Buxoro viloyatlarida (14,9 ta), Farg'ona viloyati (12,2 ta) kuzatiladi. 2020-yilning yanvar-mart oylariga kelib kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 28,7%;
- o'zlashtirilgan umumiy investitsiyalar hajmining 54,6%;
- qurilish ishlari umumiy hajmining 72,3%;
- Respublika jami xizmatlar hajmining 52,1%;
- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 85%;
- umumiy eksport hajmining 27,4%;
- umumiy import hajmining 58,1%;
- jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 77,4%;
- umumiy yo'lovchi aylanmasining 94,9%
Xizmatlar sohasini turlari bo'yicha tahlil qilinganda, 2019-yilda eng yuqori xizmat hajmi savdo xizmatlarida 42478,0 mlrd. so'mni, transport xizmatlarida 25620,1 mlrd. so'mni, ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlarda 4831,7 mlrd. so'mni, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 4621,6 mlrd. so'mni, boshqa shaxsiy xizmatlarda 4420,9 mlrd. so'mni, ijara xizmatlarida 3575,3 mlrd. so'mni tashkil etgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Milliy iqtisodiyotning barqaror suratlarda o'sishini ta'minlashda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmi quyidagi sabablarga ko'ra muhim ahamiyat kasb etadi:
birinchidan, iqtisodiy mexanizm iqtisodiy usullar, shakllar va vositalar orqali iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarga ta'sir etadi;
ikkinchidan, davlat tomonidan iqtisodiy mexanizmning shakllantirilishi, tadbirkorlik faoliyatida ma'lum maqsad va tamoyillar doirasida turli iqtisodiy usullar, texnologik asosdan foydalangan holda amalga oshiriladi;
uchinchidan, iqtisodiy mexanizm tadbirkorlik faoliyatini yuritishning maqsadi, shakli va usullarini iqtisodiy rag'batlantirish, korxonaning moddiytexnik, moliyaviy resurslar bilan ta'minotini o'zida jamlagan yaxlit tizim sifatida amal qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy subyektlarning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida tabiiyiqtisodiy salohiyat va resurslardan samarali foydalanish hisobiga tarkibiy o'zgarishlarni davom ettirish, tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini huquqiy tartibga solish va faollashtirish tizimini takomillashtirish hisobiga institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, shuningdek, hududlar aholisi bandligi darajasini va daromadlarini oshirish bo'yicha vazifalarni izchil amalga oshirish talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Alimardonov, B. A. (2021). Iqtisodiy tarmoqlarni xorijiy investitsiyalarning ahamyati. Development issues of innovative economy in the agricultural sector, 194.
2. Gaybullayev, M. (2022). Improvement of logistics chain management processes in the construction field. International journal of social science & Interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(10), 144- 147.