Научная статья на тему 'TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH METODLARI'

TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
15990
801
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy resurslar / yer / suv / mineral / tugaydigan va tugamaydigan resurslar / noruda va rudali minerallar. / natural resources / land / water / minerals / exhaustible and inexhaustible resources / ores and ore minerals.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Egamberganova

Inson hayoti va faoliyati davomida tabiatdan foydalanadigan barcha Turdagi tabiat neʼmatlariga tabiiy resurslar deyiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish metodlari, oqilona foydalanish usullari haqida maʼlumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR THE RATIONAL USE OF NATURAL RESOURCES

Natural resources are all types of natural resources that a person uses in his life and activities. The rational use of natural resources is one of the most pressing issues today. This article provides information on the methods of rational use of natural resources, methods of rational use.

Текст научной работы на тему «TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH METODLARI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH METODLARI Egamberganova Dilafruz Baxodirovna

Urganch davlat Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6980259

Annotatsiya. Inson hayoti va faoliyati davomida tabiatdan foydalanadigan barcha Turdagi tabiat ne 'matlariga tabiiy resurslar deyiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish metodlari, oqilona foydalanish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy resurslar, yer, suv, mineral, tugaydigan va tugamaydigan resurslar, noruda va rudali minerallar.

МЕТОДЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ

Аннотация. Естественные ресурсы - это все виды природных ресурсов, которые человек использует в своей жизни и деятельности. Рациональное использование природных ресурсов является одним из наиболее актуальных вопросов на сегодняшний день. В данной статье представлена информация о методах рационального использования природных ресурсов, методах рационального использования.

Ключевые слова: природные ресурсы, земля, вода, полезные ископаемые, исчерпаемые и неисчерпаемые ресурсы, руды и рудные полезные ископаемые.

METHODS FOR THE RATIONAL USE OF NATURAL RESOURCES

Abstract. Natural resources are all types of natural resources that a person uses in his life and activities. The rational use of natural resources is one of the most pressing issues today. This article provides information on the methods of rational use of natural resources, methods of rational use.

Keywords: natural resources, land, water, minerals, exhaustible and inexhaustible resources, ores and ore minerals.

KIRISH

Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo'jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo'lgan, uni o'rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, o'simliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (ko'pgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga bo'linadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Har qanday davlat iqtisodiyotida tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik va resurslarni barqaror boshqarish imkoniyatlari mamlakat iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim iqtisodiy ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Tabiiy resurslarning mavjud emasligi yoki ular sifatining pastligi boshqa turdagi resurslar sarfining ortishiga olib keladi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash va ishlab chiqarishni diversifikasiyalash sharoitida resurslardan samarali va kompleks ravishda foydalanishning asosiy yo'nalishlarini o'rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi, resurslardan samarali va kompleks ravishda foydalanishni iqtisodiy baholash

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

tizimini o'rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha muammolarni hal etish, shuningdek, tabiatdan foydalanishda investisiyalar samaradorligi va muhitni muhofaza qilish xarajatlarining samaradorligi, yetkazilgan zararni baholashda iqtisodiy hisobkitoblar qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish, Resurslarni barqaror boshqarishga erishishga qaratilgan maqbul loyihalarni tanlab olish hozirgi kundagi zamonaviy metodlardan foydalanish mavzuning dolzarbligini ko'rsatib beradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Tabiiy resurslardan foydalanishning printsip va qoidalari tabiatdagi barcha predmet va hodisalarning o'zaro bog'liqligiga asoslangan bolib, ular quyidagilardir:

Birinchi qoida - ko'pqirralilik qoidasi. Bu qoidaga kora tabiiy resurslardan foydalanishda ularning ko'p qirrali ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish zarur. Masalan, o'rmon resurslaridan foydalanishda shuni hisobga olish kerak-ki, o'rmon xalq xojaligi uchun yog'och manbai bolib hisoblanadi. Bu yog'och qurilishda va kimyo sanoati uchun xom ashyo bo'lib xizmat qiladi. Lekin ormon resurslari bundan tashqari havoga kislorod yetishtirib beradi, tuproqda namlikni saqlaydi, tuproqni yuvilib ketishdan asraydi, mikroklimat hosil qiladi, insonga meva-chevalar yetkazib beradi. Qolaversa o'rmon yovvoyi hayvonlar uchun yashash maskani bolib ham xizmat qiladi. Buni daryo misolida ham ko'rish mumkin (u chuchuk suv arteriyasi, qulay va arzon transport kommunikatsiyasi, gidroelektrostantsiyalarni harakatga keltiruvchi kuch va hokazo.

Ikkinchi qoida - regionallik qoidasi. Har bir joyning tabiiy resursidan foydalanishda bu resursning o'sha joydagi miqdorini hisobga olish zarur. Masalan, Yer yuzining turli regionlarida suv resurslari turlicha joylashgan. Agar shimoliy regionlarda suv serobligidan yer botqoqlashgan bo'lsa, janubda suv tanqisligidan yerlar qaqragan. Shuning uchun suvdan foydalanishda bu joylarda hisob-kitobli ish yuritilishi lozim;

Uchinchi qoida - o'zaro bog'liqlik qoidasi. Bu qoidaga ko'ra biror tabiiy resursdan foydalanish u bilan bog'liq bo'lgan boshqa resursning holatiga ham ta'sir qiladi. Masalan, ma'lum maydonda rudali ma'danlarning koplab olinishi o'sha joyning relfi va boshqa tabiiy holatlariga ta'sir qiladi, natijada bu joylarning o'simlik va hayvon dunyosi o'zgarib ketadi; elementar resurs hisoblangan azotning havodan ko'plab so'rib olinishi uning ornini boshqa gazlar egallashiga olib keladi va hokazo.

MUHOKAMA

Bu yuqori keltirib o'tgablarimiz tabiiy resurslardan oqilona foydalanish haqida yo'l-yo'riq hamda eng asosiy qoidalar hisoblanadi.

♦konlardan qazilmalarni to'liq qazib olish;

♦ atrof-muhitning buzilishiga yo'l qo'ymaslik;

♦ barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;

♦ geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;

♦ mahsulot birligiga sarf bo'ladigan xomashyo va yoqilg'ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo'llash.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali nafaqat bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish balki, ertanggi kundagi avlodlarga meros qilib iflos havo yoki suvni emas balki toza musaffo osmonni qoldirganimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Atrof muhitni muhofaza qilishni tabiiy resurslardan foydalanishda zamonaviy metodlardan

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

foydalanish, chet el tajribasini amalga tatbiq etish orqali resurslardan tejab tergab foydalanish orqali amalga oshirish mumkin.

REFERENCES

1. «O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti» T. "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" 1998y.

2. O'zbekiston iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi. Soliyev. Toshkent.

3. SamDU atrof muhitni muhofaza qilish haqida o'quv qo'llanma.

4. www.lex.uz internet sayti.

5. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 4. - С. 108-110.

6. O'g'li S. J. X. et al. ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TA'SIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D4. - С. 7-9.

7. Броварский В. Д., Турдалиев А. Т., Мирзахмедова Г. И. Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения //Научное обозрение. Биологические науки. -2020. - №. 3. - С. 43-48.

8. Турдалиев, А. Т., Аскаров, К. А., Жалилова, Ш. А., Гуломова, З. А., & Мусаев, И. И. (2019). Физико-химические, геохимические особенности и их влияние на почвенно-экологическое состояние гидроморфных почв. Научное обозрение. Биологические науки, (4), 44-49.

9. Аскаров К. А., Турдалиев А. Т., Сотиболдиева М. М. Геохимия микроэлементов в почвах Центральной Ферганы //Современные научные исследования и разработки. -2018. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-45.

10. Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

11. Турдалиев А., Юлдашев Г. Геохимия педолитных почв. Монография //Т." Фан. - 2015.

12. Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 3227-3235.

13. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А. Энергетические особенности микроэлементов в засоленных почвах Центральной Ферганы //Актуальные проблемы современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 83-87.

14. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

15. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мирзаев Ф. А. У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. -№. 3. - С. 6.

16. Броварский, В. Д., Турдалиев, А. Т., & Мирзахмедова, Г. И. (2020). Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 43-48.

105-bet.

С. 41-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.