Научная статья на тему 'TABIIY GEOGRAFIYADA QO‘LLANILADIGAN TADQIQOT METODLARI VA ULARNI TASNIFLASH'

TABIIY GEOGRAFIYADA QO‘LLANILADIGAN TADQIQOT METODLARI VA ULARNI TASNIFLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1504
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiat / tabiiy geografiya / tadqiqot / tabiiy resurs / “geografik qobiq” / “landshaft qobig’i” / “geosfera” / “biogenosfera” / “epigeosfera” / xaritalashtirish / ekspeditsiya. / nature / natural geography / research / natural resource / "geographical crust" / "landscape crust" / "geosphere" / "biogenosphere" / "epigeosphere" / mapping / expedition.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raxmatova, Zamira Ergashovna

Ushbu maqola tabiiy geografiyada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash hamda geografik tadqiqot metodlarining rivojlanishi masalasiga bag’ishlanadi. Mazkur maqolada fan metodining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan nazariyalar tashkil etishi va har qanday nazariya boshqa-boshqa nazariyani yaratuvchi yoki amaliyot mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajarishi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot geografiya fani o’qituvchilari, shu sohani o’rganuvchi tadqiqotchilar va o’quvchi-talabalar uchun qiziqarli, ahamiyatli bo’lishiga umid qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH METHODS USED IN NATURAL GEOGRAPHY AND THEIR CLASSIFICATION

This article focuses on research methods used in natural geography, their classification and the development of geographical research methods. This article argues that the main content of the science method consists of theories tested in practice, and that each theory serves as a method that creates different theories or determines the content or sequence of practice. Therefore, we hope that this small research will be interesting and relevant for geography teachers, researchers and students studying this field.

Текст научной работы на тему «TABIIY GEOGRAFIYADA QO‘LLANILADIGAN TADQIQOT METODLARI VA ULARNI TASNIFLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TABIIY GEOGRAFIYADA QO'LLANILADIGAN TADQIQOT METODLARI VA ULARNI TASNIFLASH Raxmatova Zamira Ergashovna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 19-umumiy o'rta maktab geografiya o'qituvchisi

Ushbu maqola tabiiy geografiyada qo 'llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash hamda geografik tadqiqot metodlarining rivojlanishi masalasiga bag'ishlanadi. Mazkur maqolada fan metodining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan nazariyalar tashkil etishi va har qanday nazariya boshqa-boshqa nazariyani yaratuvchi yoki amaliyot mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajarishi ta 'kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot geografiya fani o 'qituvchilari, shu sohani o'rganuvchi tadqiqotchilar va o'quvchi-talabalar uchun qiziqarli, ahamiyatli bo 'lishiga umid qilamiz.

Kalit so'zlar: tabiat, tabiiy geografiya, tadqiqot, tabiiy resurs, "geografik qobiq", "landshaft qobig'i", "geosfera", "biogenosfera", "epigeosfera", xaritalashtirish, ekspeditsiya.

RESEARCH METHODS USED IN NATURAL GEOGRAPHY AND THEIR

CLASSIFICATION Rakhmatova Zamira Ergashovna

Geography teacher at the 19th comprehensive school of Khatirchi district of Navoi

region

This article focuses on research methods used in natural geography, their classification and the development of geographical research methods. This article argues that the main content of the science method consists of theories tested in practice, and that each theory serves as a method that creates different theories or determines the content or sequence of practice. Therefore, we hope that this small research will be interesting and relevant for geography teachers, researchers and students studying this field.

Keywords: nature, natural geography, research, natural resource, "geographical crust", "landscape crust", "geosphere", "biogenosphere", "epigeosphere", mapping, expedition.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ЕСТЕСТВЕННОЙ

Учительница географии в 19-й общеобразовательной школе Хатырчинского

В данной статье основное внимание уделяется методам исследования, используемым в естественной географии, их классификации и развитию методов географических исследований. В данной статье утверждается, что основное содержание научного метода составляют теории, проверенные на практике, и что каждая теория служит методом, создающим разные теории или определяющим содержание или последовательность практики. Поэтому мы надеемся, что это небольшое исследование будет интересно и актуально для учителей географии, исследователей и студентов, изучающих эту область.

Ключевые слова: природа, природная география, исследования, природный ресурс, «географическая кора», «ландшафтная кора», «геосфера», «биогеносфера», «эпигеосфера», картографирование, экспедиция.

Har qanday ilm sohasi mustaqil fan bo'lib taraqqiyot etishi uchun to'rtta asosiy shartga javob berishi kerakki, shunlardan biri o'zining boshqa fanlardan farq qiladigan tadqiqot metodlari bo'lishi lozim. Tabiat, jamiyat va tafakkur yangidan yangi büimlami bilishga va ularni egallashga qaratilgan insonning ijodiy tadqiqot faoliyati bo'lmish fan shu vaqtga qadar egallanmagan qonunlar haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchi tabiat va jamiyatning hali ro'yobga chiqarilmagan hodisa va jarayonlarini nazariya va metodlar yordamida o'rganadi. Shunday ekan, o'rganilayotgan, tadqiq etilayotgan predmet, material, tizim, narsa, jarayon, hodisa va voqelik muayyan ilm sohasining predmeti hisoblanadi. Tadqiqotga tortilgan predmet o'ziga xos usullar yordamida tekshiriladi, tadqiq predmetning kashf etilmagan xossalari, xususiyatlari, qirralari haqida nazariyalar, farazlar bo'lishi lozim. Fan metodining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan nazariyalar tashkil etadi. Har qanday nazariya boshqa-boshqa nazariyani yaratuvchi yoki amaliyot mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajaradi. Ilmiy bilishda falsafiy metodlar-materialistik-dialektikaning roli ustivor hisoblanadi. U tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to'g'ri ob'ektiv talqin etishga, fanning tabiiy

ГЕОГРАФИИ И ИХ КЛАССИФИКАЦИЯ Рахматова Замира Эргашовна

района Навоийской области

АННОТЛЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aloqalarini ochishga yordami deradi. Falsafaning universal metodi bo'lgan tarixiylik printsipi biologiyada evolyutsion ta'limot hozirgi zamon biologiya fanlarining metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Tabiiy geografiyada tarixiylik tamoyili tabiiy komplekslarining uzoq davrlar maboynida shakllanganini nazardan qochirmay ish ko'rish kerakligini bildiradi, shu bilan muayyan kompleks yoki komponent doimo o'zgarishda taraqqiyotda, bundan keyin ham o'zgaradi deb qarash kerakgilini ta'kidlaydi. Umumiy harakterga ega bo'lgan taqqoslash, analiz (tahlil) va sintez, umumlashtirish va boshqalar geografik tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. Ilmiy bilish tufayli murakkab ob'ektlari o'zlashtirilmoqda, bu hol ilmiy bilishning abstraktligi darajasi o'sishiga olib kelmoqda, natijada tadqiqot vositalari haqidagi, o'rganilayotgan ob'ektga yondashish tamoyillari haqidagi masala markaziy masalalardan biriga aylanib bilish faoliyati sistemasida nisbatan mustaqil o'rinni egallamoqda. Tabiiy komplekslarning barcha komponent va unsurlari (elementlari) bir-biriga bog'liq, o'zaro ta'sir va bir-birini taqoza etishi asos qilib olingan g'oya-geosistema, ekosistema, biogeotsenoz haqidagi ta'limotlar paydo bo'lishiga olib keldi. O'rganilayotgan kompleksga va unga yondosh komplekslar bilan birgalikda rivojlangan, shuning uchun ularni uzviy bog'liqda tadqiq etish, yoki kompleksning litogen, iqlimiy (klimatogen), gidrogen va biogen bo'g'inlari chambarchas aloqada mavjud bo'ladi deb qarash komplekslarga sistemali yondashib kompleks tadqiq qilish metodining shakllanishiga sabab bo'ldi. Hozirgi atrof muhitni muhofaza qilish muammosining ijobiy yechimi tabiat va jamiyatning qator jihatlarini birdek-birgalikda tadqiq etishda ekanligi hamma tabiatshunoslar ma'qullaydilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi, axborotlar asri sharoitida ilm bilan shug'ullanish ommaviy kasbga aylanib bormoqda, bu esa ilmiy xulosani tasavvur etishning standart shaklini topishni, buning uchun tadqiqotchilar mehnatini ma'lum tartibga solishni talab qiladi. Agar ilgari metodologiya tushunchasi ilmiy bilish faoliyatining falsafiy asoslari haqidagi tasavvurlarni o'z ichiga olgan bo'lsa, endilikda ilmning ko'p tarmoqli rivojlangan maxsus sohasini anglatadi, umuman bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy e'tibor berishi bilan farq qiladi. Shunday ekan, tabiiy geografik ko'p tarmoqli fan sifatida geografik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

komplekslarning tarqalish, rivojlanish va o'zgarishi haqidagi fan bo'lgani uchun uning tadqiqot usullari ham bir nechta, bilish-tadqiqot vositalari-predmeti hisoblangan tabiiy kompleks va komponentlari ham xilma-xil, ularni o'rganishga yondashuv ham yagona emas. V.K.Juchkova (1977), D.Xanveli, M.Nyuson (1977) K.K.Markov va boshqalar (1978) V.K.Juchkova, E.M.Raxovskaya (1982) va boshqalar tasnifi ham bahslidir. Tabiiy geografik tadqiqot metodlarini tasniflash masalalari bilan deyarli barcha atoqli olimlar shug'ullanganlar. K.I.Gerenchuk, V.S.Preorajenskiy, D.P.Armand kabi XX asrning atoqli olimlari tadqiqot metodlarini tasniflaganlar. XX asrning atoqli rus geograf olimi F.N.Milkov tadqiqot metodlarini umumiy, fanlararo va geografiyaning o'z metodlariga bo'lib o'rganish kerak deydi. Bu tadqiqotchilar o'rganilayotgan ob'ektning-hududiy kompleksning egallagan maydoni, tadqiqotning maqsadi-qanday maqsadda o'rganilayotganligi kabi geografiya ilmining o'ziga xosligi, boshqalarga o'xshash va farq qiladigan tomonlarini yetakchi mezon (kriteriy) deb tasniflaydilar. Ammo geografik voqelik va ob'ektni o'rganish uchun bevosita dalada daliliy ma'lumotlar to'plash, tadqiqot olib borishi uchu qanday bosqichlarni amalda qo'llash kabi jihatlar bo'lishi zarurligini ko'pchilik tasnifchilar e'tirof etadilar.

Har qanday tabiiy geografik tadqiqot usuli qo'llanilganda oltita bosqichga amal qilish metodning va natijaning ilmiy tadqiqot ekanligini va natijaning amaliy ahamiyatini ta'minlaydi.

1. Dalada -tabiatning o'zida yangi ma'lumotlar, dalillar, faktlar to'plash bosqichi;

2. Olingan ma'lumotlarni qayta ishlash-dala kuzatishlaridan to'plangan yangi ma'lumotlarni dastlabki qayta ishlash bosqichi;

3. Faraz qilingan (empirik) qonuniyatlarni qdirish bosqichi;

4. Nazariy umumlashma xulosalar-umumlashma nazariyalar ishlab chiqish (shakllantirish) bosqichi;

5. Amaliy tadqiqot bosqichi-olingan bilim va natijalarni amaliyotga qo'llash uchun amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish bosqichi;

6. Natijalar, xulosalar, tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bosqichi.

Geografiya fani tadqiqot predmetining o'zgarishi, fanning taraqqiy etishi bilan

bu bosqichlarning mazmuni va ularga sarflanadigan vaqtlar o'zgaradi. Chunki hozirgi zamon geografiyasi nomiga muvofiq bo'lgan -tasviriy-kashfiyotlar geografiyada -ilmiy-amaliy ish olib boradigan tadqiqotlar loyihalash faniga aylanmoqda. Buni nazariya orqali isbotlayotgan soha ma'lum bir vazifani aniq bir tabiiy geografiya sohasiga tatbiq etilsa turli darajadagi xilma-xil geosistemalardan tashkil topgan Yer

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

usti strukturasini-geografik qobiqni o'rganish tabiiy geografiyaning predmeti. Geografik qobiqni turli katta-kichiklikdagi sistemalarga bo'lib, tahlil etish-tasvirlash bu fan metodi. Geosistemalar haqidagi nazariyalar asosida ularning xususiyatlarni namoyon etish geografik bilimlarning o'ziga xosligini tashkil etadi. Demak, geografik bilimlarning o'ziga xosligi-bu tabiiy yoki ishlab chiqarish tizimlari qanday shakllangan-bu birinchidan, ikkichidan bu sistemalar Ayni chog'da qanday holatda, uchinchidan-kelgusida bu sistemalar qanday o'zgarishga uchraydi. Bu taxlit geografik o'ziga xoslikning negizida-barcha yer ustidagi sistemalar bir-biri bilan aloqa va o'zaro ta'sirda mavjud bo'lish masalasi yotadi. Chunonchi, quruqlik bilan okean doimo aloqa va ta'sirda, atmosfera bilan gidrosfera ta'sir va aloqada. Tabiiy geografiya fanlarining o'rganish predmeti-geografik qobiq; Geografik qobiqning strukturasi. GQ hududiy strukturasidagi komponentlarning o'zaro ta'siridan hosil bo'lgan komplekslarni o'rganadi. Geografik qobiqda strukturaviy tuzilishidan kelib chiqadigan tabiiy hududiy komplekslar va hududiy ishlab chiqarish komplekslarining shakllanish va joylanish qonuniyatlarini o'rganadi. Ammo geografiya yer yuzasidagi narsa va hodisalarni o'rganadigan fan sifatida bundan 2100 yillar muqaddam paydo bo'lgan bo'lishiga qaramay mazkur fanning o'rganish predmeti o'zgarib turgan. Ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng, fanning o'rganish predmetiga qarashlar o'zgarishga uchradi. Chunki Yerdagi geografik ob'ektlarni tasvirlash mazmuniga ega geografik atamasi mohiyatan o'z vazifasini o'tab bo'lgan edi. Materiklar, orollar, okeanlar, dengizlar, tekisliklar, tog'lar kashf etilib ularning geografik ta'riflar vazifasi, eklatilganligi ma'lum edi. Davrlar o'tishi bilan fanlarning differentsiyalashuvi ya'ni tarmoqlarga bo'linib ketishi natijasida geografik fanidan ko'pgina tarmoq fanlar ajrala boshladi. Shunda tabiatshunos olimlarning uzoqni ko'zlab fikrlaydigan vakillar geografik fanining predmeti tabiatni bir butun tarzda talqin etish bilan bog'liq muammolari bo'lishi lozimligi o'qtirdilar. Shulardan biri bor-yo'g'i 28 yil umr ko'rgan niderlandiya olimi Berixard Varenius o'zining "Umumiy geografii" kitobini yozib 1950 yildayoq "Geografik yer-suv sharini bir butun, o'zaro bog'liq holda o'rganishi lozim" deb yozgan edi. Shundan keyingi davrlarda nemis olimlari K.Ritter geografik "butur yer shari"ni, A.Gettner "ulkalarni, ulardagi predmet va hodisalarning hududiy joylanishi nuqtai-nazaridan o'rganishi"ni F.Rikxgofen "Yer planeta yuzasini", Frantsuz olimi E.Marton "Yer yuzasida inson faoliyati bilan tabiiy, biologik hodisalar, hamda ularning joylanish sabablarini" o'rganadi deb ko'rsatgan edilar. Peterburg universitetining kafedra mudiri P.I.Brounov 1910 yilda geografiya fanining ob'ekti sifatida "Yerning tashqi qobig'i tabiiy tuzilishining hozirgi holatini" o'rganadi deb yozgan edi. Hozirgi zamon

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

geografiyalarinin aksariyati P.I.Brounovning bu fikriga qo'shiladilar, ammo "tashqi qobiq" tushunchasining mazmunini bir xil talqin etmasdan, uni "geografik qobiq", "landshaft qobig'i", "geosfera", "biogenosfera", "Epigeosfera" va boshqa terminlar mazmuniga yo'g'rib (kiritib) tushuntiradilar. Bular ichida hozirgi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgan akademik A.A.Grigoevning "Geografiyaning bosh vazifasi geografik qobiqning strukturasini o'rganishdir degan fikridir. XX asrning boshqa bir atoqli olimi, akademik S.V. Kalesnik geografiya fanining o'rganish ob'ektini yanada aniqlash ifodalab, geografik qobiq strukturasining "gq qobiq taraqqiyoti, shakllanish qonuniyatlari, strukturalarning hududiy tarqalishi" deb belgilagan.

Aytish lozimki, tabiiy geografiyaning predmeti bilan umuman geografiya fanlarining predmeti o'rtasida muayyan farq mavjud. gap shundaki, geografiya fanlarining o'rganish predmeti geografik muhit bo'lishi lozim deb hisoblovchi olimlar ko'pchilik Frantsuz olimi Elize Roklyu tomonidan fanga kiritilgan bu ilmi ibora (geografik muhit) falsafiy mazmunga ega bo'lib "kishilik jamiyatini o'rab turgan, inson faoliyati kechadigan tabiiy muhit tushuniladi.

Tabiiy muhit bilan geografik qobiq haqidagi tushuncha V.A.Anuchin, Yu.G.Slushkin sigari olimlar bir xil mazmunga ega deb hisoblaydilar. Aslida geografik muhit geografik qobiq bir bo'lagi, inson tomonidan o'zgartirilgan, inson foydalanadigan, kishilik jamiyatining hayoti bilan bog'liq qismi qismidir. S.V.Kalesnikning fikriga ko'ra, har qanday "muhit" jamiyat va ishlab chiqarish bo'lmasa o'zining to'la mazmuniga ega bo'lmaydi.

Ta'kidlash lozimki, tabiiy va iqtisodiy geografiyani bir butun fan hisoblovchilar hududiy kompleks so'ziga asosiy urg'uni beradilar, bu fikrni to'g'ri va asosli deb hisoblash mumkinki, har qanday ob'ekt muayyan hududda mavjud bo'lib, barchasi boshqa predmet va komponentlar bilan birgalikda yaxlit kompleks hosil qiladi. Bunday bir butunlik bilan yondoshuv ko'pincha umumiy geografik qonuniyatlarni asoslash, umumiy tadqiqot metodini ishlab chiqishga imkon beradi. Tabiiy geografiyaning azaldan qo'llanilib kelayotgan tadqiqot metodlari-an'anaviy metodlar deyiladiki, bular quyidagilar:

1. Ekspeditsiya metodi-maqsadli tadqiqotlarni kompleks tadqiqotlar bilan qo'shib olib boriladigan metod.

2. Qiyoslash metodi-geografik voqealikning o'ziga xosligini namoyon etuvchi bu metod, analoglar metodi-o'xshashlik metodi ham deyiladi.

3. Kartografik metod-o'rganilayotgan hududiy komplekslarni va komponentlarni haritalashtirish va xaritalarni tahlil etish metodi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Paleogeografiya metodi-o'rganilayotgan geografik komplekslarni ular mavjud bo'lgan hududning Petrografik-litogik, geomorfologik, paleontologik, paleoxaroratni izotoplar orqali aniqlash metodi, o'simlik changlari orqali, arxeologiya ma'lumotlarni aniqlash yordamida joy geologiya o'tmishini tiklash metodi.

5. Geokimyoviy metod-landshaft va geokomplekslarni kimyoviy elementlar migratsiyasi yordamida o'rganish metodi. Bu geografik bilan kimyo analizidagi fanlararo metod hisoblanadi.

6. Geofizik metod-landshaftshunoslik va tarmoq-fanlar-geomorfologiyada iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiyada kompleks yoki geosistemalarda issiqlik-suv rejimini aniqlash, modda va energiya aylanma harakatini o'rganish metodi.

7. Indikatsiya metodlari-o'simlik relef ko'rsatgichlarini o'rganish orqali ma'lum qonuniyatlarni qo'llab geosistemalarni tadqiq etish metodi.

8. Distantsiya metodlari- a) aerotorasmlar orqali, radiolokatsiya, turli komponentlarning turlicha darajada yoritish yordamida THKlarni o'rganish metodi b) kosmik fotorasmlardan foydalanib tadqiqot olib borish metodi. v) metorologiya va okeanografiyala ko'chma va vaqtincha radiozoid, yerning meteorologiya yo'ldoshlari, meteorologik raketalardan yuborilgan ma'lumotlaridan foydalanib tadqiqotlar olib boriladi.

9. Matematik metodlar- a) statistik va ehtimolliy nazariyalarini qo'llab komplekslarni o'rganish metodlari b) modellashtirish-jarayon va komplekslarining modellarini ma'lum qonuniyatlarni qo'llab yaratish orqali tadqiqot olib boriladi.

Ko'rsatib o'tilgan metodlar bir qismi fanlararo, bir qismi geografiyaning o'z metodlari bo'lib, fan texnika taraqqiy etgan sari o'zgarib boradi.

Ilmiy - texnika taraqqiyoti, fan oldiga quyilgan vazifalarning o'zgarishi, jamiyatning fan oldiga qo'yilgan vazifalar maqsadi va yo'nalishining o'zgarishi va boshqa omillar tufayli fanlarning tadqiqot metodlari ham o'zgarib, murakkablashib boradi. Buyuk geografik kashfiyotlardan so'ng ya'ni 1606 yilda Avstraliya, 1820-yilda Antarktida kashf qilinib, geografiya fanlari tarixida olamshumul ahamiyat kasb etdi. Endi noma'lum materik va hududlarni qidirishga ehtiyoj qolmadi, shundan so'ng yangi okean va dengizlar ichkarisida quruqliklarni izlash uchun yirik ekspeditsiyalar tashkil etishga hojat qolmadi. Galdagi vazifa Osiyo, Afrika va Amerika materiklarining ichki qismlarining tabiati, aholisini o'rganish va xaritalashtirish uchun ekspeditsiyalar tashkil etish boshlandi.

Sibirning ichki qismlari, Markaziy Osiyoni tadqiq etuvchi Buyuk shimol ekspeditsiyalari, N.M.Prjevalskiy, P.P.Semenov-Tyanshanskiy, D.Livistonning Afrika ichki qismlarini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar shular jumlasidir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA VA TAKLIFLAR

XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya ichki qismlarining aniq regionlariga tabiiy resurslarning zahiralarini qidirish, aniqlash, foydalanish usullarini aniqlash uchun kompleks va tarmoq ekspeditsiyalar tashkil etildi. Shulardan biri XX asr 20-30 yillarida O'rta Osiyo tabiiy resurslaridan foydalanish maqsadini ko'zlagan Tojik-Pomir ekspeditsiyasi edi. Sobiq Sovet tuzimi iqtisodiyotni oyoqqa turg'azish uchun turli sohalarning yirik olimlarini jalb etgan bu ekspeditsiya O'rta Osiyodan tabiiy resurslarga boy regionning tabiatini ilmiy o'rganish, bu yerdagi yer-suv, mineral resurslardan foydalanishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. XX asrning 30-50 yillarida geofizik, geokimyoviy, rayonlashtirish, aerofotosyomka metodlaridan foydalanish geografiyada ustivor tadqiqot metodlari edi. Chunki aniq joylarning tabiiy resurslari zahirasini aniqlash, yo'l va boshqa sotsial-iqtisodiy ob'ektlarni barpo etish uchun yirik masshtabli xaritalarga meteorologik, gidrologik tadqiqotlar olib borib tabiiy sharoitni bilish dolzarb masala edi.

XX asrning 60-80 yillarida umumilmiy metodlar bilan fanlararo metodlardan foydalanib, geografiyaning nazariy va amaliy vazifalarini hal etish kosmik rasmlar orqali tadqiqotlar olib borish, landshaftlar indikatsiyasi, matematik modellashtirish, geoinformatsion sistemalar metodlaridan foydalanish geografik tadqiqotlarda yetakchilik qila boshladi.

XX asr oxiri va XXI asr boshida fotolar tahlili kosmik modellashtirish, geoinformatsiya sistemalari, atrof-muhit monitoringi metodlaridan foydalanib, loyihalash, bashoratlash kabi geografik tadqiqot metodlarining roli oshib bormoqdaki, global, regional va aniq lokal hududlarning tabiat komplekslari nomatlab tomonga o'zgarishini mumkin qadar kamaytirishda dolzarb geografik muammo bo'lmoqda. Muayyan hududlarning tabiiy sharoiti va tabiat resurslarini, ularning o'zgarishini baholash tabiatdan foydalanishning asosini tashkil etadi. Iqlimning isishi, ayrim resurslar sifatining yomonlashuvi (ifloslanish, sho'rlanish, eroziya) muayyan joyda kompleks sistemali yondoshuv-geosistema metodidan foydalanib, u yer tabiiy muhitini bashoratlashni talab etadi. Demak, hozirgi tabiiy geografik tadqiqot metodlari tabiiy kompleks-geosistemalar resurs imkoniyatlarini baholash va bashoratlash vositalariga aylanib bormoqda.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,

2020.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. Баттимер А. Путь в географию. Пер. с англ. М., Прогресс, 1990.

4. Zokirov Sh.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T., Universitet. 1999.

5. Kalonov B.H.,Mamatov A,M. Ommabop geografiya. T.,2006.

6. Soliyev A., Maxammadaliyev R. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy muammolari. Oquv qo'llanma. T., 2002.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.