Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
EMPIRIK MATERIALLARINI YIG'ISH VA O'RGANISH
Sh.J. Yusupova
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti professori
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada empirik materiallarni yig'ish hamda o'rganish haqida muhokama qilinadi va bu borada tegishli tavsiyalar beriladi. Ilmiy tadqiqotlar yo ilm-fanning nazariy-metodologik masalalariga yoki ijtimoiy taraqqiyot talablariga muvofiq o'tkaziladi. Birinchisi, sof ilmiy-nazariy xarakterga, ikkinchisi, empirik mohiyatga egadir.
Kalitso'zlar: empirik, metod, ilmiy tadqiqot, dinamizm, empirikmateriallar
ABSTRACT
This article discusses the collection and study of empirical material and provides relevant recommendations. Scientific research is conducted either in accordance with the theoretical and methodological issues of science or the requirements of social development. The first is of a purely scientific-theoretical nature, the second is of an empirical nature.
Keywords: empirical, method, research, dynamism, empirical materials.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается сбор и изучение эмпирического материала и даются соответствующие рекомендации. Научные исследования проводятся либо в соответствии с теоретическими и методологическими вопросами науки, либо в соответствии с требованиями общественного развития. Первая имеет чисто научно-теоретический характер, вторая -эмпирический характер.
Ключевые слова: эмпирический, метод, научное исследование, динамизм, эмпирические материалы.
KIRISH
Ilmiy tadqiqotlarni ijtimoiy taraqqiyot talablari, ehtiyojlari bilan bog'lash izlanishlarni sxolastikadan asraydi, ularga hayotiylik, dinamizm baxsh etadi. Ijtimoiy taraqqiyot talablari va ehtiyojlarini o'rganish empirik metodidir.
Empirik materiallarni yig'ish va o'rganish ob'ekt (predmet)ning real holatini va ideal holatga chiqish imkoniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Real holat ob'ekt (predmet)ning statik ko'rinishi emas, ijtimoiy borliqdagi barcha ob'ekt (predmet)larga o'zgarish, transformatsiya, boshqa shaklga o'tish xosdir. Mazkur
1083
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
dinamizm ob'ekt (predmet)ning real holatini murakkablashtiradi, ichki va tashqi aloqalarini rang-barang qiladi. Empirik materiallar esa ushbu dinamizmga xos, muvofiq bo'lishi darkor.
Tadqiqot mavzusi empirik materiallar yig'ishga ta'sir etganidek, empirik materiallar ham mavzuga yangilik ajratishi yoki uni to'ldirishi, aniqlashtirishi mumkin. Ular dialektik bog'liq tarzda uyg'unlashganida bir-biriga zid kelmaydi va tadqiqot maqsadiga xizmat qiladi. Tadqiqot mavzusi avval aniqlanadimi yoki empirik materiallar avval to'planadimi, deb savol qo'yish bema'nilikdir. Shuning uchun ularni mudom dialektik uyg'un qarash darkor.
Dala materiallarini yig'ish metodi ko'pincha tarixiy-etno-grafik tadqiqotlari uchraydi. U aholining turmush tarzi, urf-odatlari, dialektlari, kiyinishi, muloqoti kabilar bo'yicha oilama-oila, mahallama-mahalla, hududma-hudud yurib materiallar to'plash metodidir. Unda e'tibor tarixiy-etnografik ahamiyatga ega artefakt-larni yig'ishga, tadqiqot maqsadiga muvofiq ularni klassifikatsiya qilish, kartotekaga tushirish, tarqalish xaritasini tuzishga qara-tiladi. Artefaktlarning milliy, hududiy belgilari, aksiologik ahamiyati, madaniy qimmati kabi jihatlari aniqlanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Empirik materiallarini yig'ish tadqiqotning boshlang'ich bosqichi, lekin u butun izlanish jarayonida davom etishi mumkin. Boshlang'ich bosqichda to'plangan empirik va dala materiallari tadqiqot mavzusini belgilab olish uchun muhimdir.
Empirik materiallarining o'ziga xos belgilari:
- ob'ekt (predmet)ning real holatini aniqlashtiruvchi hayotiy tajribalar ifodasi;
- ob'ekt (predmet)ning ideal holatga yetkazish imkoniyatlari haqida zarur ma'lumotlar to'plami;
- modellashtirish uchun zarur bo'ladigan, ma'lum darajada hayot sinovidan, tajribadan o'tgan, sinalgan manba.
Empirik materiallari ob'ekt(predmet)ni modellash-tirish yoki sinovdan o'tkazishga oid ma'lumotlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqot ob'ekt (predmet)ni ideal holatga olib chiqishni eksperiment, modellashtirish orqali amalga oshiradi. Tadqiqotning ilmiy konsepsiyasi, maqsadi va vazifalari empirik va dala materiallarini yig'ish, ularni klassifikatsiyalash va kartotekasini tuzish texnologiyasini yaratishga undaydi. Mazkur texnologiya empirik va dala materiallarini aynan tadqiqot maqsadiga muvofiq kelishini ta'minlashi zarur. Ya'ni yig'ilgan materiallar o'ta ahamiyatli, o'rtaga ahamiyatli va ahamiyatsizlarga guruhlanadi. O'ta ahamiyatli materiallar tadqiqot maqsadiga nafaqat muvofiq
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
keladigan, shuningdek, ob'ekt (predmet)ning ideal holatini modellashtirishda foydalaniladigan bo'lishi zarur. Yig'ilgan materiallarda ob'ekt (predmet)ning ideal holatiga yoki rivojlantirilishiga oid axborotlar bo'lganda eksperiment, model -lashtirishga o'tiladi. Shunday axborotlar bo'lmagan taqdirda, eksperiment, modellashtirish orqali yangi axborotlar kiritiladi. Tashqaridan kiritilgan bunday axborotlarni ob'ekt (predmet) har doim ham pozitiv qabul qilavermaydi, ularga goh oshkora, goh zimdan qarshilik ko'rsatadi. Agar bunday axborotlar ob'ekt (predmet)ning immanent xususiyatlariga zid bo'lsa, undagi an'ana-larni revolyutsion tarzda o'zgartirishga intilsa, qarshilik kuchayadi, hatto nizolarni, to'qnashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun empirik va dala materiallarida ob'ekt (predmet)ning ideal holati haqida ma'lum bir axborotlar bo'lishi darkor. Bu ob'ekt (predmet)ni evolyutsion rivojlantirish imkonini beradi.
O'ta ahamiyatli materiallarga qayta va qayta murojaat etiladi, ular qolgan materiallardan qanday axborotlarni olish mumkin-ligini ko'rsatib turadi. Ob'ekt (predmet)ni modellashtirish yoki ideal holatga yetkazishda ham asosan o'ta ahamiyatli materiallarga tayaniladi.
O'rta ahamiyatli materiallar o'ta ahamiyatli materiallarni to'ldirib, kengaytirib keladi, uchraydigan tasodifiy hollardan xabar berib turadi. Mazkur materiallarda tadqiqot maqsadiga muvofiq kelmaydigan axborotlar ham mavjud bo'ladi, goho ular tasodifiy xarakterga egadir. O'rta ahamiyatli axborotlar - materiallarning ikkinchi, yordamchi rol o'ynashi tadqiqotchining xohishi, pozitsiyasiga emas, balki ob'ekt (predmet)ning xarakteriga bog'liqdir. Chunki empirik va dala materiallari tadqiqot ob'ekti (predmeti) haqidagi axborotlardir. Ular hatto ilmiy konsep-siyaga,maqsad va vazifalarga qarshi chiqishi, ularni o'zgartirishga majbur etishi mumkin. To'g'ri, tadqiqotchi emprik va dala material-larining faqat talqinchisi emas, u materiallarni o'zining maqsadi, bilimi, ongi sintezidan o'tkazadi, goho o'z xohish-irodasini material-larga zo'rlab kiritadi. Izlanuvchining ijodiy faoliyati materiallar talqiniga ta'sir etishi tabiiy holdir. Biroq bu ta'sir tadqiqot ob'ekti (predmeti)ning xarakteriga muvofiq kelishi lozim.
Ahamiyatsiz materiallar yo'q, ularni ahamiyatli qilish izlanuv-chining tajribasi va iqtidoriga bog'liqdir. Lekin tadqiqotda duch kelgan materiallardan foydalanavermaydi, bunday taqdirda, u eklektizm (bir-biridan uzoq narsalar)ga o'tib ketishi mumkin.
Ahamiyatsiz materiallar ob'ekt (predmet)ni keng qamrab olishga, unga kompleks yondashuvni qo'llashga, izlanish jarayonida duch kelinadigan tasodifiy hollardan ehtiyot bo'lishga yordam beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bundan tashqari bugun ahamiyatsiz bo'lib ko'ringan materiallar ertaga eng muhim manbaga aylanishi mumkin. Shuning uchun mutlaq ahamiyatsiz material yo'q, ammo bugun yoki ma'lum bir mavzu, maqsad uchun muhim bo'lmagan materiallar bor, xolos.
Empirik va dala materiallarini yig'ish alohida texnologiyani talab qiladi. Ularni yig'ish paytida kimdan, qachon va qanday usul bilan olingani mudom qayd etilishi lozim. Mavzuiy (tematik) yoki tizimlashtirilgan kartotekalar materiallarni tez topish imkonini beradi. Butun mamlakat yoki keng auditoriyadan yig'ilgan materiallar elektron kartotekalar yoki elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida tahlil qilinadi, tavsiflanadi.
Empirik materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish ilmiy salohiyat, iqtidor bilan bog'liq ijodiy jarayondir. Materiallarni yig'ish, tizimlashtirish oddiy harakatlardir, ammo ularni ilmiy tahlil qilish, umumlashtirish intellektual salohiyat, yetarli nazariy-falsafiy bilim bilan bog'liqdir. Empirik va dala materiallari asosan ob'ekt (predmet)ning real holati haqidagi axborotlar hisoblanadi, ularda ideal holatga, modellashtirishga oid axborotlar 3-5 foizdan oshmaydi. Bunday holatda izlanuvchi-ning asosiy diqqati ob'ekt (predmet)ning real holatini o'rganishga, tavsiflashga qaratiladi, albatta. Ob'ekt (predmet)ning real holatini o'rganish ham tadqiqot maqsadi bo'lishi mumkin, lekin ilm-fan va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi izlanuvchi ob'ekt (predmet)ning ideal holati haqida ham o'ylashi lozim. Demak, empirik va dala materiallari ichidagi ideal holatga taalluqli 3- 5 foiz axborotlarni alohida o'rganish talab qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJA
Empirik materiallari kuzatuv, ekspeditsiya, intervyu, suhbat, ommaviy so'rovnoma kabi usullar yordamida yig'iladi. Tarixiy-etnografik izlanishlarda ko'proq ekspeditsiyalar uyushtirish usulidan keng foydalaniladi. Qolgan usullar ekspeditsiya usulini to'ldirib keladi. Falsafiy-sotsiologik izlanishlarda esa asosan analiz va sintez, kuzatuv, intervyu, ommaviy so'rovnoma usullari qo'llaniladi. Hozir ilm-fanda tadqiqot usullarining integratsiya-lashuvi ketayotgani kuzatiladi, hatto aniq fanlarda uchraydigan matematik modellashtirish metodini bugun ijtimoiy-gumanitar sohalardagi tadqiqotlar ham o'ziga tadbiq etmoqda. Falsafaning analiz va sintez metodi esa barcha sohalardagi tadqiqotlar uchun majburiydir.
Yig'ilgan materiallar ob'ekt (predmet)ning real holati bilan ideal holatiga muvofiq qiyoslanadi va shundan keyin yuqoridagi uch (o'ta ahamiyatli, o'rta ahamiyatli va ahamiyatsiz) guruhlarga ajra-tiladi. Materiallar boshqa ob'ekt
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
(predmet)ga oid materiallar bilan ham taqqoslanishi mumkin. Bu taqdirda, materiallardagi umumiylik va mushtaraklikdan emas, balki tadqiqot ob'ekti (pred-meti)ning xarakteri va maqsadidan kelib chiqiladi. Qiyoslashdan maqsad materiallardagi umumiylik va mushtaraklikdan ob'ekt (predmet)ning rivojlanish qonuniyatlarini topish, kashf etishdir. Empirik materiallarini yig'ish ma'lum bir davr, tuzum, institut talablari ham bo'lishi mumkin. Ushbu talablar ijtimoiy taraqqiyotga zid kelmasa, ob'ekt (predmet)ning immanent xususiyat-larini inobatga olsagina pozitiv ahamiyatga egadir. Goho shunday qilinadiki, davr talablari «bayrog'i ostida» ob'ekt (predmet)dan uning immanent xususiyatlarida yo'q axborotlar qidiriladi, hatto topiladi ham. Bunday sun'iy talab soxta axborotlarni keltirib chiqaradi, natijada ob'ekt (predmet) haqidagi tasavvurlar, xulosa-lar ham soxtalashtiriladi. Bunday izlanishlar ijtimoiy hayotga deyarli hech nima bermaydi. Empirik va dala materiallari kundalik tajribani kuzatish, o'rganish jarayonida to'plangan axborotlar hamdir. Ob'ekt (predmet)-ning real holatini izchil, har kuni kuzatib borish izlanuvchidan sabr-toqatni, nazariya bilan amaliyotni qiyoslab borishni, ideal holatga yetish yo'llarini izlab topishni talab etadi. Sabr-toqati kam izlanuvchi yengil-elpi, sayoz xulosalar chiqarishga yoki ob'ekt (predmet)ning immanent xususiyatlariga muvofiq kelmaydigan usullardan foydalanishga intiladi. Ayniqsa, ijtimoiy borliq muammolarini o'rganayotgan tadqiqotchi ob'ekt (predmet) holatini shoshma-shoshar-lik qilmay, sabr-toqat bilan, izchil kuzatishi lozim. Nazariya bilan amaliyotni taqqoslab borish esa ilmiy izlanishni spekulyativ-sxolastikadan va kundalik tajriba darajasiga tushirib qo'yishdan hamda aksincha, spekulyativ-sxolastika va kundalik tajribani ilmiy tadqiqot darajasiga ko'tarishdan asraydi. Shuning uchun ilmiy tadqiqot spekulyativ-sxolastika ham, kundalik tajriba ham emas, u ratsional metodlari orqali ob'ekt (predmet)ning real holatini ob'ektiv o'rganish va ideal holatini modellashtirish metodlariga ega ijodiy faoliyat turidir.
Empirik va dala materiallarini o'rganish jarayonida ob'ekt (predmet)ning ideal modelini yaratish fikri shakllanadi, chunki ob'ekt (predmet)ning real holati talabga javob bermay qoladi yoki uning faoliyatini, ichki tizimlari va tashqi aloqalarini takomil-lashtirish ehtiyoji tug'iladi. Bu taqdirda izlanuvchi ilmiy sinov (ekmperiment) o'tkazishi mumkin. Eksperimentda ob'ekt (predmet)-ning ideal holati (modeli) haqidagi axborotlardan foydalanish, ularga tayanish talab etiladi.
Yig'iladigan materiallammg zamon va makonda o'zgarib, trans-formatsiyaga uchrab turishini unutmaslik, shuning uchun ular makonga va unda amalga
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
oshirilayotgan ilmiy tadqiqot maqsadiga muvofiq kelishi zarur. Bu o'rinda «muvofiq» so'zi materiallardan faqat tadqiqot maqsadiga muvofiq kelgani olinadi, degan ma'noda qo'llanilayotgani yo'q. Empirik va dala materiallari, yuqorida aytganimizdek, tadqiqot maqsadiga faol ta'sir etishi, hatto uni o'zgartirishi mumkin. Demak, materiallar tadqiqot maqsadiga to'la, mutlaq mos kelishi shart emas (aks holda ob'ekt (predmet)ning bilish jarayonidan mustaqilligi yo'qoladi), ammo ular bilan maqsad o'rtasida muvofiqlik, uyg'unlik bo'lishi kerak. Bu muvofiqlik, uyg'unlik ob'ekt (predmet) bilan bilish jarayonining mustaqilligini rad etmaydi.
REFERENCES
1. Тухлдав Б., Шaмсиeвa M., Зиёдовa Т. Y36eK тили укитиш мeтодикaси. - Т.: 2010.
2. Fyломов А., ^одиров М. Ота тили укитиш мeтодикaси. - Т.: yHmepcrner, 2001.
3. Fyломов А., Heъмaтов X,. OHa тили тaълиминингмaзмyни. - Т.: Укитувчи, 1995.
4. Шeрмyxaммeдовa Н. Фaлсaфa Ba фaн мотодологияси.-Т., 2005. Б. 183.
5. Юсyповa Ш. Тил тaълими Ba фaлсaфa. - Т.: Мумтоз суз, 2009.
6. Maтчонов С. Maктaбдa aдaбиётдaн MyCTaK^ ишлaр. -Т.: Укитувчи, 1996.