Научная статья на тему 'TA’LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI'

TA’LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / seminar / ma’ruza

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Iroda Shuhrat Qizi Pulatova Rayhona Olim Qizi Xasanova, Nargiz Shuxratovna Artikova

Ushbu maqolada ta’lim to’g’risida xususan ta’limning shakllari,turlari,ma’ruza va seminar darsalrining o‘ziga xosliklari to‘g’risida barafsil ma’lumot berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^

TA'LIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI

Iroda Shuhrat qizi Pulatova, Rayhona Olim qizi Xasanova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari Ilmiy rahbar: Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Nargiz Shuxratovna Artikova e-mail: nargizartikova1982@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim to'g'risida xususan ta'limning shakllari,turlari,ma'ruza va seminar darsalrining o'ziga xosliklari to'g'risida barafsil ma'lumot berib o'tilgan. Kalit so'zlar:Ta'lim, seminar, ma'ruza

KIRISH

Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayo-ni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tus-hunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o'quv yurtlarida o'qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda ma'lumot berish jarayonini ham bil-diradi.

Ta'limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma'lumotga bo'lgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta'lim haqidagi pedagogik g'oyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Ta'limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari o'zgarib brogan.

Ta'limning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda o'zgarib borgani kabi, ta'limning xarakteri, yo'nalishi ham uning maqsadiga muvofiq o'z garib boradi. Ta'lim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Ta'lim bilish qobiliyatlari, qistuyg'ular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

Ta'lim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish - jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi ki-shini tarbiyalashga yordam beradi.

Ta'lim bu rivojlanishning asosi,mamlakatning tayanchi hisoblanadi.Ta'limni to'g'ri tashkil etish muhim.Dars jarayonida ma'ruza va seminar darslarini maroqli olib boorish kerak.Chunki hozir rivojlangan asr yoshlari internet tarmoqlaridan ko'plab ma'lumotlar olishadi .Darslarni avvalgi tartibda o'tish o'quvchilarni zerikti-

April 23-24, 2024

162

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

chirchiaÄavlat^äa§ogikaän^rs^i^—^^amsnsi^iiÄyäiäi^ss^akiäkänsng^Ämsssiäiäii

radi bu esa ta'lim sifatini tushuradi.Shuning uchun ham ma'ruza darslariga kreativ yondashish kerak,seminar darslarida o'quvchilarni o'zlarini erkin tutishlari va bilmini bemalol yetkazib berishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak.

Ta'lim o'quvchining bilish qobiliyatini o'stiruvchi asosiy omildir. O'quvchilar qobiliyatini o'stirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon bo'ladi. Didaktik tamoyillarda ta'limning mazmuni va jarayonlariga qo'yilgan talablar belgilanadi (qarang Didaktika). Ta'limning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan o'quv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan o'zgarib boradi. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni mazkur Qonunni imzolashi bilan, amalda bo'lgan 1997 yil 29 avgustdagi «Ta'lim to'g'risida»gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi Qonunlar o'z kuchini yo'qotdi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining ARM majlislar zalida yangi tahrirda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida" gi qonun mazmun-mohiyatini universitet jamoasi va talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida sohaning ma-lakali mutaxassislari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Ta'limni tashkil etish shakli - bu o'qituvchi va o'quvchining belgilangan tarti-bda, muayyan maqsadga muvofiq ma'lum rejimda tashkil etiladigan o'quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko'rsatiladi: in dividual, individual guruhli, sinf dars, leksiya seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari O'quvchilarni qamrab olishi, o'quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o'qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko'ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi individual; sinf dars; ma'ruza seminar.

O'qituvchilar ma'ruza darslarini gruhlarga bo'lib turli xil o'yinlar tashkil etib o'tishlari mumkin .Ko'p hollarda seminar darslariga individual yondashiladi.

Ta'limni tashkil etish shakllari: An'anaviy ta'lim shakli, noan'anaviy ta'lim shakli va yordamchi ta'lim shakli. Dars - (maktabdagi) o'quv ishining asosiy tash-kiliy shakli bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o'quvchilarn ing doimiy tarkibi bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o'quv dasturiga o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilmaxil metodlardan foydalanadi

163

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^ZiSllliS^

la' lim ni taslikil etisli sliakllari: An'anaviy tu" lim shakli, noan'anaviy ta'lim shakli va yordamchi ta'lim

shukli.

Dars — (rnaktabdagi) o'quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan dars doirasida o'quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga ralïbarlik qilib, o'quv dasturiga o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishisli uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi

1-rasm Ta'limni tashkil etish shakllari

MA'RUZA VA UNING O'ZIGA XOSLIKLARI

1) yo'naltiruvchi: talabalarni o'quv materialining asosiy jihatlariga e'tibor qaratishga imkon berish

2) axborot: o'qituvchi ma'ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog'liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi

3) metodologik: ma'ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi

4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish

5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish

SEMINAR VA UNING O'ZIGA XOSLIKLARI

Seminar - bu o'qituvchini ta'lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo'naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta'minlovchi ta'limni tashkil etish shaklidir Seminar mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish:

1. Nima uchun? - Seminarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad.

2. Qanday tarzda? - Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.

3. Nimani muhokama qilish? - Seminarni olib borish vaqtida muhokama qi-linadigan materiallar mazmuni.

4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? - Seminarni tashkil etish jarayonida ma'lum omillarni hisobga olish.

Darsning turlari va tuzilishi Darsning quyidagi turlari mavjud:

1. Aralash (kombinatsion dars).

April 23-24, 2024

164

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

2. Yangi bilimlami bayon qilish darsi.

3. O'rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.

4. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.

5. Laboratoriya darslari. 6. Amaliy darslar.

Amerikalik o'qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley o'zining "Ta'lim jarayoni" (The educative process) kitobida dars turlarini quyidagicha bayon etadi.

1. Rivojlantirish darslari (The development lesson)

2. O'rganish darslari (Study lesson)

3. So'rov darslari (The recitation lesson)

4. Mashg'ulot darslari (The drill lesson)

5. Takrorlashya'niqaytako'ribchiqishdarslari (The review lesson)

6. Imtihon (tekshiruv) darslari. (The examination) Hozirgi kunda bularda 3 tasi yani rivojlantirish darslari, mashg'ulot darslari va ya'ni qayta ko'rib chiqish darslari asosiy qilib ko'rsatilgan.

Xulosaga kelsak, ta'lim juda muhim soha hisoblanadi u mamlakatning buguni, ertasi va kelajagidir. Ta'limni to'g'ri va mazmunli, maroqli tashkil etish muhim. Ma'ruza va seminar darslarini noodatiy tashkil etish metodlarini izlash juda muhim.

REFERECES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni mazkur Qonunni

2. Pedagogika. X. Ibragimov, Sh. Abdullaeva. -Toshkent, 2007.

3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R. Mavlonova va boshqalar. - Toshkent, fan va texnologiya. 2010

165

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.