Научная статья на тему 'TA’LIMNI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHARTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH'

TA’LIMNI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHARTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli ta’lim / raqamlashtirish / kompetensiyaviy yondashuv / ta’limni raqamli transformatsiya qilish shartlari / talaba / bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash / yangi texnologiyalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Kazakova Sojida, Mardonova Nozima

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim islohotlari avj olayotgan davrda ta’limni raqamli transformatsiya qilish shartlariga asoslanib, bunda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning davriy masalalariga e’tibor beradi. Shuningdek, mazkur jarayonda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tavsiya va usullarni taqdim etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHARTLARIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

TA'LIMNI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHARTLARIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASH

Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Kazakova Sojida, 3Mardonova Nozima

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2,3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11502319

Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy ta'lim islohotlari avj olayotgan davrda ta'limni raqamli transformatsiya qilish shartlariga asoslanib, bunda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning davriy masalalariga e 'tibor beradi. Shuningdek, mazkur jarayonda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tavsiya va usullarni taqdim etadi.

Kalit so'zlar: raqamli ta'lim, raqamlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv, ta'limni raqamli transformatsiya qilish shartlari, talaba, bo 'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, yangi texnologiyalar.

Аннотация. В данной статье рассматриваются актуальные вопросы подготовки будущих учителей с учетом условий цифровой трансформации образования в эпоху современных образовательных реформ. Также представлены рекомендации и методы, которые могут послужить повышению качества и эффективности подготовки будущих учителей в этом процессе.

Ключевые слова: цифровое образование, цифровизация, компетентностный подход, условия цифровой трансформации образования, студент, подготовка будущих учителей, новые технологии.

Abstract. This article focuses on the current issues of training future teachers based on the conditions of digital transformation of education in the era of modern educational reforms. It also provides recommendations and methods that can serve to improve the quality and efficiency of future teacher training in this process.

Keywords: digital education, digitization, competency approach, conditions of digital transformation of education, student, training of future teachers, new technologies.

Hozirgi kunda raqamli ta'lim tushunchasi kun sayin jamiyatda ko'p bora ishlatilinayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida zamonaviy jamiyatda har bir sohada raqamlashtirishning jadallashgani deb ta'kidlash noo'rin bo'lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ta'limni raqamli transformatsiya qilish shartlari va talablari ham ortib boryapti. Bu jarayonda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash masalasi alohida e'tiborga molikdir. Chunki buguni ta'lim davri ta'limni raqamli transormatsiya qilish shartlarida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda ham pedagogik, ham psixologik va albatta, zamonaviy innovatsion jarayonlarda raqobatbardoshlikka tayyorgarlik masalalarini jiddiy deb sanaydi. Shu boisdan ham bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda ushu jihatlarni chuqur inobatga olish va bunga bo'lajak o'qituvchilarni munosib tayyorlash zamonaviy innovatsion ta'lim jamiyatining muhim sharti hamda talabiga aylanmoqda.

Ma'lumki, raqamlashtirish jadallashib borayotdan joriy davrda uning aksariyat vakillari ko'p vazifali va bu imkoniyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ular uchun bir vaqtning o'zida turli xil ishlarni bajarish standart holatga aylanib bormoqda. Masalan, o'qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish va hokazolarni aytish mumkin. Albatta, bunda muayyan faoliyat turlarini buzmaslik sharti mavjudligini ham eslatib o'tish darkor. Ayni mana shu jarayonlar oqimida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

bo'lajak o'qituvchilar ham tayyorlanmoqda. Ya'ni bo'lajak o'qituvchilar ham yuqorida sanalgan hayotiy jabhalarda ishtirok etib kelayotganligi imkoniyati haqida so'z boryapti.

Hozirgi vaqtda o'qituvchilar malakasini oshirish murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib, uni tashkil etish usullari uning natijalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'limga kompetensiyaga asoslangan yondashuv o'z natijalarini kompetensiyalarning barcha xilma-xil tarkibiy qismlarida taqdim etishga imkon beradi, shuning uchun kompetensiyaning nafaqat kognitiv, balki faoliyatga asoslangan, shaxsiy, motivatsion tarkibiy qismlarini ham shakllantirish zarurati mavjud.

Talabalar — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligining bunday xilma-xilligi yangi ta'lim vositalari va bu jarayonni tashkil etish usullarini keng doirada izlashni talab qiladi. Turli fanlardan berilgan topshiriqlarni oddiygina elektron muhitga o'tkazish, umuman olganda, talabalarga xos kompetensiyalarining rivojlanishini kafolatlay olmaydi.

Aynan shu masalarni ham inobatga olish natijasida zamonaviy sharoitda pedagog kadrlar tayyorlash yangi texnologiyalar va yagona raqamli ta'lim makonini yaratish asosida modernizatsiya qilinmoqda. Ta'limni raqamli o'zgartirish strategiyasi barkamol va ijtimoiy mas'uliyatli shaxsni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish va uni joriy qilis, ta'lim jarayoni samaradorligini va sifat ko'rsatkichini oshirish uchun yan gi raqamli texnologiyalardan foydalanishni ham o'z ichiga oladi.

Ya'ni ta'limni raqamli transformatsiya qilish shartlarida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonlarida o'quv amaliyotini tashkil etishda quyidagi shakllarni qo'llash yanada bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash samaradorligining va ularda kasbiy tayyorgarlik sifat ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi:

- darsni tashkil etuvchi o'qituvchi-professorning individual ta'lim yo'liga qarab fanlar mazmunini mustaqil o'zlashtirish imkonini beruvchi qisqa masofali kurslar (bu holda yangi materialni o'zlashtirish joyi va vaqtiga cheklov qo'ymaslik tamoyilini amalga oshirilioshi nazarda tutilmoqda);

- bitta mavzu bo'yicha konsentratsiyaga erishish va tezda assimilyatsiya qilishni boshqarishga o'tish imkonini beruvchi mikrodarslar;

- «aylantirilgan guruh» — yaratilgan videoma'ruzalar yoki mavjud o'quv portallari yordamida fan mazmunini o'zlashtirish uchun mustaqil asosga yo'naltirilgan jarayonni tashkil etish shakli.

Bunda albatta, o'quv jarayoniga mas'ul o'qituvchi yoki professorning metodik bilimi ham ahamiyatga molik jihatdir. Chunki mazkur shakllarda bo'lajak o'qituvchilarni tashkil etishda ularni zerikib qolmas taraflarini inobatga olish kerak. Bu esa o'qituvchi yoki professorning metodik bilim jamg'armasining boyligiga bog'liq holatdir. Quyidagi faol o'zaro ta'sirni modellashtiradigan usullarni tavsiya qilish shu o'rinda ahamiyatli deb topildi va taqdim etildi. Bular:

1. O'yinlashtirish (o'yin usullari to'plami) — raqamli avlod yetishib chiqqan, ko'rish retseptorlari majmuasiga ta'sir ko'rsatgan holda raqobat ruhini faollashtirishga, reyting yaratishga yo'naltirilgan usul;

2. Loyihani maqsadlilashtirish — bu individuallashtirilgan loyihaga asoslangan ta'limning bir turi bo'lgan usul bo'lib, uni amalga oshirish jarayonida o'qituvchi talabaning individual ta'lim ehtiyojlariga qarab, asosiy shaxsiylashtirilgan maqsadlarga erishishga aniq yo'naltirilgan holda o'quv vazifasini shakllantirishni tartiblaydi.

3. «Tarbiyaviy tadbir» — raqamli davr avlodining mafkuraviy xarakteristikalari majmuasini birlashtirishga imkon beruvchi usul. Mazkur usul talabada, ya'ni bo'lajak

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

o'qituvchida ko'p vazifani bajarish qobiliyatini faollashtiradi. Jumladan, individuallikni ifodalashning ahamiyati, natijalarni taqdim etishning ijobiy tomonida jonli fikrlashni qo'llash asosida amalga oshirilishini ta'kidlab ketish joiz.

Demak, yuqorida tavsiya etilayotgan usullarni ta'limni raqamli transformatsiya shartlarida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning faol jarayonlarida qo'llash bo'lajak o'qituvchilarda turli kompetensiyalarni yanada tarkib topishi va shakllanishida ijobiy xizmat qiladi. Shu navbtada, zamonaviy ta'lim jamiyatiga xos zamonaviy talablarni ham hech qachon nazardan chetda qoldirmaslik tavsiya qilinadi. Chunki yangidan-yangi talab va shartlarning paydo bo'lishi bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonlarida ularga mos metodologik yondashuvni amalga oshirishni talab qiladi.

REFERENCES

1. D.U.Jalilova, Sh.UJalilova. YANGI RENESSANS DAVRI TALABALARINING INTELLEKTUAL QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGO GLARGA TUSHADIGAN MAS'ULIYAT. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENT SIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. https://doi.org/10.5281/zenodo.10039949

2. D.U.jalilova, Sh.UJalilova. TA'LIM JARAYONLARIDA «TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI»DAN FOYDALANISH. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 561-563-b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10040578

3. D.Jalilova, S.O'tkirova, Z.Pirmurodova, D.O'ralova. Xalqaro baholash tizimining asosiy xususiyatlari va ta'lim sohasidagi ahamiyati. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 26, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.11073126

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Паспорт стратегии «Цифровая трансформация образования». [Электронный ресурс]. -Режим доступа: https://docs.edu.gov.ru/document/267a55edc9394c4fd7db31026f68f2dd/ (дата обращения: 18.03.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.