Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI MUSTAQIL BILIMLARINI RIVOJLANTIRIDA RAQAMLI DIDAKTIKA HAMDA ZAMONAVIY O‘QITISH USULLARINING AHAMIYATI (Blended Learning texnologiyasi misolida)'

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI MUSTAQIL BILIMLARINI RIVOJLANTIRIDA RAQAMLI DIDAKTIKA HAMDA ZAMONAVIY O‘QITISH USULLARINING AHAMIYATI (Blended Learning texnologiyasi misolida) Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aralash ta’lim / mustaqil ta’lim / “Blended learning” texnologiyasi / onlayn seminar / vebinar / integratsiyalashgan ta’lim

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Shermatova Xurshida Karimovna

Mazkur maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarni mustaqil bilimlarni rivojlantrishda aralash ta’lim modellari ularni, tanqidiy yondashishga, oqilona qaror qabul qilish, ijodkorlik va ijrochilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar Blended Learning texnologiyasi misolida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI MUSTAQIL BILIMLARINI RIVOJLANTIRIDA RAQAMLI DIDAKTIKA HAMDA ZAMONAVIY O‘QITISH USULLARINING AHAMIYATI (Blended Learning texnologiyasi misolida)»

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARI MUSTAQIL BILIMLARINI RIVOJLANTIRIDA RAQAMLI DIDAKTIKA HAMDA ZAMONAVIY O'QITISH

USULLARINING AHAMIYATI (Blended Learning texnologiyasi misolida) Shermatova Xurshida Karimovna Qo'qon davlat pedagogika instituti shermatova.xurshida19@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10982810

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak musiqa o'qituvchilarni mustaqil bilimlarni rivojlantrishda aralash ta'lim modellari ularni, tanqidiy yondashishga, oqilona qaror qabul qilish, ijodkorlik va ijrochilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar Blended Learning texnologiyasi misolida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Aralash ta'lim, mustaqil ta'lim, "Blendedlearning" texnologiyasi, onlayn seminar, vebinar, integratsiyalashgan ta'lim

Musiqiy ta'lim jarayonlarida mustaqil bilimlarni rivojlantrishni zamonaviy o'qitish texnologiyalari bilan integratsion yondashuv asosida takomillashtirish hamda mashg'ulotlarni tashkil etishda "flipped classroom", "Blended learning", musiqiy ta'limga asoslangan onlayn masofaviy ta'lim xizmatlari, turli onlayn seminar, vebinar kabi texnologiyalar asosida mashg'ulotlarni loyihalash asosida akademik mobillikni taqozo etmoqda.

Jumladan, "Blended learning" texnologiyasi orqali mustaqil bilimlarni rivojlantrishda bo'lajak musiqa o'qituvchilari auditoriyada dars mashg'ulotida va undan tashqarida ishtirok etishda planshet, mobil telefon qurilmasi yoki kompyuter vositasi yordamida onlayn ta'lim resurslari, platformalar, maxsus o'quv dasturlaridan samarali foydalanishlari bilan bosqichma-bosqich olib borishlari mumkin bo'ladi. Bu bir vaqtning o'zida ham dars va darsdan tashqari individual ta'lim olish va ta'lim berishning eng muvafaqqiyatli yechimlaridan biri hisoblanadi.

Mustaqil bilimlarni rivojlantrishga asoslangan musiqa mashg'ulotlarini loyihalashda "Blended learning" texnologiyasi orqali integratsiyalashgan ta'lim tajribasini ommalashtirishning bir qancha vazifalarni mavjud.

Bo'alajak musiqa o'qituvchilari uchun:

- talabalarning individual yoki yakka tartib mashg'ulotlaridagi ijrochilik va ijodkorlik kompetensiyalarini takomillashtirishda mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

- mustaqil bilimlarni rivojlantrishda fanlararo integratsiyalashuv jarayonida mutaxassislik fanining barqaror rivojlanish darajasi hamda o'quv faoliyat turlarini tashkil etishda o'quv rejalarni individual amalga oshirish ko'nikmalariga ega bo'lish;

- mustaqil bilimlarni rivojlantrish orqali ta'lim muvafaqqiyatiga erishish;

- talabalarning mustaqil ta'lim olishlik, o'zaro komunikativlik, tanqidiy fikrlashi hamda ijodkrolik ko'nikmalarini shakllantirish;

- mustaqil bilimlarni rivojlantrish orqali talabalar BKMlarni o'zlashtirishdagi muammolarni bartaraf etishda ustozlar ko'magiga tayanish.

OTMProfessor-o'qituvchilari uchun:

bo'lajak mutahassislarning mustaqil bilimlarni rivojlantrish asosida loyihaga asoslangan musiqa ta'limini tashkil etishda milliy o'quv dasturida nazarda tutilgan kompetensiyalarni rivojlantirish;

- innovaison ta'lim sharoitida baholash va nazorat qilishda xalqaro tajribaning muvafaqqiyatli usullaridan foydalanish;

- mustaqil bilimlarni rivojlantrish asosida bo'lajak musiqa o'qituvchilarni qiziqishlarini ortishda sifatlita'lim tashkil etishning innovatsion yechimlarini izlab topish;

OTMning o'quv jarayonini uchun:

- xalqaro reyting ko'rsatkichi yuqori OTMlar nufuziga erishish imkoniyati;

- talabalar kontengentini oshishi;

- kadrlaryetishmovchiligini bartaraf etilishi;

- akademik mobillikda ta'lim samaradorligi va natijadorligiga eriish.

"1996-yildan 2008-yilgacha chop etilgan 1100 dan ortiq empiric tadqiqotlarning meta-

tahlili shuni ko'rsatdiki, aralash ta'lim onlayn o'rganish yoki yuzma-yuz o'qitishdan ko'ra samaraliroqdir".

Blended learning eng yaxshi shaxsiylashtirilgan onlayn ta'limni yuzma-yuz qo'llab-quvvatlash va amaliy dastur bilan birlashtirishdir. Uning turli modellari orqali talabalarga vaqt, joy va yo'l bo'yicha ma'lum bir nazorat beriladi.

Xorij tajribasida zamonaviy o'qitish usullarida mustaqil bilimlarni rivojlantrishga asoslangan "Blended learning" metodikasining 12 ta modellari mavjud bo'lib ular quyidagilardan iborat:

1. "Face-to-Face Driver" (Yuzma-yuz haydovchi) modeli

2. "Rotation" (Rotatsiya)modeli

3. "FlexLearning" Moslashuvchanmodeli

4. Onlaynmashg'ulotmodeli

5. "Self-blend" Ta'limmenyusimodeli

6. Boyitilganvirtualta'limmodeli

7. Gamifikatsiyao'yingaasoslanganta'lim model

8. Loyihagaasoslanganta'lim

9. "Inside-out Blended Learning" Ichkaridantashqariga

10. "Outside-In Blended Learning" Tashqaridanichkarigamodeli

11. O' zlashtirishgaasosl angantaraqqiyotmodeli

12. Qo'shimchata'limmodeli Katta guruhlaruchunjudamoskeladi

Yuqoridagi modellarning afzalligi shundan iboratki, u qisqa vaqt davomida auditori ya'ni kengroq qamrab olishi, yangi bilimlarni auditoriyaga qadar mustaqil o'zlashtirib kelish va mashg'ulot davomida ko'proq tajriba almashish imkoniyati va boshqa bir qator muvafaqqiyatlarni o'zida mujassam etganligi bilan farqlanadi.

1. Yuzma-yuzhaydovchi (Face-to-Face Driver) modeli — bubugungi kunda universitetlarda olib borilayotgan an'anaviy o'qitish usuliga asoslangan usuli bo'lib hisoblanadi.

O'quv mashg'ulotining asosiy qismi professor-o'qituvchilar bilan bevosita yuzma-yuz aloqada bo'lgan holda ta'lim muassasasida olib boriladi. Bundan tashqari dars-mashg'ulotlariga qo'shimcha ravishda elektron ta'lim platformalari ham qo'shilishi mumkin. Asosan ushbu ta'lim modelida professor-o'qituvchi maslahatchi, talabalar esa amaliy bajaruvchi sifatida ishtirok etadilar.

Rotatsiya modeli (Rotation Model) — zamonaviy o'qitish usulida mazkur model keng tarqalgan shakl hisoblanib, semestr davomida talabalar ham yuzma-yuz ham onlayn tarzda ta'lim oladilar. Mazkur model har qanday mavzuda ishlash imkoniyatini berishi bilan qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, unda belgilangan jadval asosida tayanch onlayn o'quv stansiya yaratilib

talabalar auditoriya, guruh yoki induvidial tarzda ustozlari va o'zaro fikr-mulohazalar almashinishi mumkin. Bu albatta talabalarda mustaqil bilimlarni rivojlantirish ko'nikmasini shakllantirish imkoninini beradi.

Moslashuvchan model (Flex Learning) — o'quv jarayonida ta'limni boshqarish orqali talabalar o'zlarining nimalarni o'rganishlari zarur bo'lgan mavzularni tanlashadi va amalda bajariadi. Professor-o'qituvchilar talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish uchun murabbiy sifatida qatnashadi.

Onlayn laboratoriya modeli — ushbu usulda bo'lajak mutaxassislar o'quv jarayonini to'liq onlayn o'rganishadi. Biroq kurs ishi va mustaqil ta'lim ishlarini bajarilishi albatta maxsus kompyuter laboratoriyasiga keladilar. Shuningdek ushbu onlayn laboratoriya modelini boshqa fan professor-o'qituvchilari ham nazorat qilishlari, bevosita kuzatilari mumkin. Faolligi bunda yuqori hisoblanadi.

Mazkur o'qitish modeli raqamli ta'limga asoslangan bo'lib, professor-o'qituvchi singari bu model faoliyatida talabaning o'zaro faolligi juda yuqori hisoblanadi.

Ta'lim menyusi modeli (Self-blend modeli) — aralash ta'limning "Self-blend"modulining o'ziga xos afzalligi talabalar fanlarni o'zlashtirishida motivatsiyalarini rivojlantirishni talab qiladi. Bu usul qo'shimcha mashg'ulotlar, kurslarga qatnashish istagida bo'lgan ammo turli fan sohasiga qiziqqan talaba uchun afzal hisoblanadi.

Boyitilgan virtual ta'lim modeli — ushbu modelning ham asosiy ta'lim muhiti onlayn ta'lim jarayonini talab qilib, talabalar belgilangan mashg'ulotlar jadvali asosida ajratilgan kunlarda ta'lim muassasasiga kelishlari zarur hisoblanadi. Mazkur model talab etadigan yuzma-yuz vaqt asosan 2 asosiy maqsadga qaratilgan:

1) guruhda professor-o'qituvchi nazoratida talabalarning o'rganish tajribasini boyitish;

2) har bir talabalani indivudial tahlil qilish orqali bilimini nazorat qilish.

"Gamifikatsiya" o'yinga asoslangan model — o'yinga asoslangan mag'ulot talabalarni

rag'batlantirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy elementlar to'planadigan ballar, o'rinlar, g'alaba, muvafaqqiyat, raqobat kabi o'yin elementlaridan foydalanib dars mashg'ulotlarini samarali tashkil etishadi. Shuningdek, mustaqil bilimlarni rivojlantirida ham samarali hisoblanadi.

Loyihaga asoslangan aralash ta'lim — bu asosan mustaqil bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi arala ta'lim modeli sifatida ham qimmatlidir. Bunda asosan belgilangan muammo yechimini izlash va uning muvafaqqiyatli tomonlarini topishda o'z ustida ishla ko'nikmalarini o'zlashtiradi.

Shuningdek, loyihalarni milliy o'quv dasturi standarti asosida ishlab chiqilish, to'plagan ma'lumotlarini birlashtirish, mutaxassislardan foydalanish, talabaning o'z g'oyalarini e'lon qilish, himoya qilish, kengaytirish, bu g'oyalarni real dunyo kontekstida taqdim etish va natijalarni baholash ko'nikmasi rivojlanadi.

Ichkaridan tashqariga arala ta'limi (Inside-out Blended Learning) — mazkur modelning asosiy maqsadi professional malaka emas, balki boy hayotiy tajribalar asoslangan ko'nikmalarni o'zlashtirishdan iborat.

Mazkur modelning ta'limiy jarayoni oliy ta'lim o'quv jarayonlaridan olinmaydi. Bu yerda oiladan, qo'shnilardan, o'z kasbining mutaxassislari bo'lgan insonlardan, biznes rahbarlari, murabbiylar, oliy o'quv yurtlaridan olinib, muvafaqqiyatining asl sababi va mularning barchasi o'z jamiyati a'zolarining yutuqlariga tayaniladi va qo'llab-quvvatlash orqali rag'batlantiriladi.

Tashqaridan ichkariga modeli (Outside-In Blended Learning)da talabalar har kuni foydalanadigan akademik bo'lmagan jismoniy va raqamli muhitda mashg'ulot "boshlanishi" rejalashtiriladi, ammo auditoriyada yakunlanadi.

Har bir model aralash ta'lim texnologiyasining uch komponentidan birining ustunligi bilan ajralib turadi:

1. Ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bevosita o'zaro shaxsiy ta'siri.

2. Kompyuter-telekommunikatsiya texnologiyalari va elektron axborot-ta'lim resurslari vositasida interaktiv hamkorlik.

3. O'zini o'zi boshqarish va tarbiyalash.

Aralash ta'lim sharoitida professor-o'qituvchi ta'lim oluvchining rivojlanishi va o'quv materiallarining o'zlashtirish sur'ati, videokonferensiya, forum, chat va boshqa axborot-ta'lim sharoitlari orqali teskari aloqani ta'minlaydi. Bundan tashqari, professor-o'qituvchi doimiy tarzda ta'lim jarayonining monitoringini olib boradi va ta'lim oluvchi faoliyati natijalarini har tomonlama tahlil qiladi, tarmoq faoliyati ma'lumotlarini, test nazoratishlarining sifatini, u yoki bu topshiriqlarni bajarishdagi urinishlar sonini va qo'shimcha ta'lim resurslariga murojaatlarni tekshirish orqali har bir ta'lim faoliyati ustidan kompleks tahlil amalga oshiradi.

Xorijiy tadqiqotlarda an'anaviy yondashuv "teacher-centered" (professor-o'qituvchiga qaratilgan) deb ataladi. Bunday yondashuvda professor-o'qituvchi o'quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanadi. Aralash ta'lim modelida esa yondashuv "student-centered" (talabaga yo'naltirilgan) talabalar tomoniga o'zgaradi. An'anaviy ta'limda ta'lim oluvchi o'qitiladi, aralash ta'limda esa unga yordam beriladi. Ta'lim jarayonining ishtirokchisi — "Active Student" (faol talaba) o'quv jarayonini moslashtirishi va o'quv vaqtini mustaqil ravishda rejalashtirishi mumkin. Ta'lim oluvchining mustaqil ishlari o'quv materiallarni onlayn o'zlashtirish, chat va forumlarda ishlash, elektron pochta orqali muloqot qilish, onlayn testlardan o'tishlardan iborat bo'ladi.

E-mail, chat, forum ta'lim oluvchilarning axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida ishlashi va ularning o'zaro muloqotlarini amalga oshiruvchi asosiy elementlar hisoblanadi. Bu elementlarning shaxsiy muloqotdan asosiy farqi asinxron, anonimli keffekti, "jonli" muloqotning yo'qligi, katta auditoriyaning mavjudligi bilan gavdalanadi.

Aralash ta'lim modelining asosiy elementlari muhim ahamiyat kasb etib, quyidagilardan

iborat:

1. Ma'ruza mashg'ulotlari: ma'ruza materiallari taqdimot yoki onlayn kurs shaklida tuziladi.

2. Seminar mashg'uloti (face-to-face sessions): ushbu ko'rinishdagi mashg'ulotlar ma'ruzalar bilan birlashtirilishi mumkin. Fanning muhim xususiyatlari va mavzularini muhokama qilish ko'nikmalarni amalda qo'llash nazarda tutiladi.

3. Fanlarning o'quv materiallari (darsliklar va o'quv qo'llanmalar): materiallar bosma va electron ko'rinishda taqdim etiladi va turli multimediali ilovalar qo'llanishi mumkin.

4. Professor-o'qituvchi va talabalar orasidagi onlayn-muloqot.

5. Shaxsiy va guruh onlayn-loyihalari (collaboration): internetda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, turli manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, guruh bilan ishlash, vazifalarni taqsimlash va ishni bajarish uchun javobgarlikni his qilish.

6. Virtual auditoriya: talabalarni turli xil internet-kommunikatsiya vositalari yordamida professor-o'qituvchi bilan muloqoti.

7. Audio-video ma'ruzalar, taqdimotlar va simulyatsiyalar.

Onlayn mashg'ulotlar uchun muayyan materiallarni mustaqil o'zlashtirish yoki vazifalarni mustaqil bajarish zarurdir. U "savol-javob" sxemasiga ko'ra yoki ma'lum mavzuni muhokama qilish orqali o'tkazilishi mumkin. Aralash ta'limda topshiriqlarni bajarish muddati belgilanadi. Onlayn dars uch bosqichga bo'linadi: ishdan "oldin", ish "davomida", ishdan "keyin".

Bo'lajak musiqa o'qituvchilarni mustaqil bilimlarni rivojlantrishda aralash ta'lim modellari ularni tanqidiy yondashishga, oqilona qaror qabul qilish, ijodkorlik va ijrochilik kompetensiyalarini shakllantirishga ko'mak bo'ladi. Ularda yangi ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, o'z o'rni va zarur hollarda eng samarali usullarni tanlash orqali ta'lim samaradorligiga erishish ko'nikmalarini shakllanishiga ko'mak beradi.

REFERENCES

1. Холмиров, Бегали Аралаш таълим (blended learning) технологияси асосида укув жараёнини ташкил этиш. методик кулланма

2. Б.Холмиров. - Т.: "Yetakchi nashriyoti", 2024.

3. R.Rahimova. «Tarbiyachiga 1001 maslahat», Toshkent, 2007. 7. A.Rahimov. «Uchinchi ming yillikning bolasi», Toshkent, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.