Научная статья на тему 'O‘QUV JARAYONINI ARALASH TA’LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH'

O‘QUV JARAYONINI ARALASH TA’LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
141
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Aralash ta’lim / mustaqil ta’lim / online ta’lim / Flipped classroom

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Allamova Shohista Shavkat Qizi

Axborot hajmi va talabalarning mustaqil ishi ulushining ortishi, o‘qituvchi yagona manba bo‘lgan ta’lim jarayoni, shuningdek, talaba bilimning “passiv” ob’ekti sifatida ko‘rib chiqilishi – yangi ta’lim texnologiyalarini izlashni va talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish zaruratini talab qiladi. Maqolada ma’ruza mashg‘ulotlarini aralash ta’lim asosida tashkil etishni loyihalash haqida so‘z ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUV JARAYONINI ARALASH TA’LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH»

O'QUV JARAYONINI ARALASH TA'LIM ASOSIDA TASHKIL ETISH

Allamova Shohista Shavkat qizi

CHDPU, Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7932768

Annotatsiya. Axborot hajmi va talabalarning mustaqil ishi ulushining ortishi, o'qituvchi yagona manba bo'lgan ta'lim jarayoni, shuningdek, talaba bilimning "passiv" ob'ekti sifatida ko'rib chiqilishi -yangi ta'lim texnologiyalarini izlashni va talabalargayo'naltirilgan ta'limga o'tish zaruratini talab qiladi. Maqolada ma'ruza mashg'ulotlarini aralash ta'lim asosida tashkil etishni loyihalash haqida so'z ketadi.

Kalit so'zlar: Aralash ta'lim, mustaqil ta'lim, online ta'lim, Flipped classroom.

Bugungi kunda ushbu vazifani amalga oshirishda aralash ta'lim ham muhim ahamiyatga ega. Aralash ta'lim asosida elektron texnologiyalarining hozirgi rivojlanish darajasi ta'lim tizimining innovatsion jarayonlarga intilishi bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayonini o'zgartirish va talabalarning mustaqil ta'lim vaqtini optimallashtirish zarurligini taqozo etmoqda.

Zamonaviy oliy ta'lim tizimida eng samarali innovatsion usullar va texnologiyalarni tanlash muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda. Innovatsion usullar fan va axborot texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga asoslangan usullardir. Aralash ta'lim jarayonini optimallashtirish, o'quv materialini o'zlashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo'lib, bu ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi [1].

Aralash ta'lim asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi olimlar va pedagoglarni ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalanishning tobora ko'proq yangi imkoniyatlarini o'rganishga undaydi. Oliy ta'limda aralash ta'lim asosida elektron

ta'limning ahamiyati muttasil ortib bormoqda. Oliy ta'lim muassasalari aralash ta'limni qabul qilmoqdalar, chunki bu:

> raqamli dunyoda zamonaviy talabalarning yashash ehtiyojlarini qondiradi;

> pedagogik innovatsiyalarni rag'batlantiradi;

> universitet ichidagi va universitetlararo miqyosda bilim almashish va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi;

> masofaviy ta'lim imkoniyatlarini kengaytiradi va talabalarning turli toifalari uchun ta'lim olish imkoniyatlarini soddalashtiradi.

Shuningdek, biz aralash ta'lim asosida o'quv jarayonini tashkil etish talabalarga bir qator afzalliklarni berishini ham aniqladik:

- darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o'rganish;

- o'z bilimi uchun mas'uliyatni qabul qilish va anglash;

- arzon va sifatli elektron ta'lim resurslarini olish;

- o'zaro yordam;

- o'z ta'lim yutuqlarini tanqidiy baholash qobiliyati;

- AKT-kompetentligini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.

Ta'limning bu turining kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:

- qiziquvchi talabalar bir-biri bilan ishlaydi,

- individual mashg'ulotlar uchun vaqtni oshirish;

- talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi muloqot yangi sifat va miqdoriy darajaga ko'tariladi;

- yaxshi o'qigan talabalar o'z bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin, ortda qolganlar esa ularni quvib olish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ladilar;

- talabalar kattalar hayoti uchun ko'nikmalarga ega bo'lishadi: guruhlarda ishlash va universitetda yoki keyingi kasbiy faoliyatda har qanday muammolarni hal qilishda jamoaviy ish muhim rol o'ynashini tushunadilar [2].

Demak, bularning barchasi "Flipped Classroom" modelining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chambarchas bog'liqligidan dalolat beradi. [3]. Bu tarzda tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlari talabalarda universal o'quv faoliyatini shakllantirishga, shaxsiy fazilatlarni, ichki motivatsiyani va mas'uliyat hissini rivojlantirishga imkon beradi, chunki talabaning uyda qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko'rishi uning darsda qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga bog'liq. Bundan tashqari, flipped classroom modeli zamonaviy jamiyatda talab qilinadigan faollik, mustaqillik, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari kabi fazilatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar sifatli va qulay o'quv materiallarini qulay vaqtda va joyda ko'rishlari mumkin. Ba'zan talabalar o'qituvchidan biron bir narsani tushuntirishni so'rashdan uyaladilar, chunki ular qolgan sinfdoshlari oldida ahmoq bo'lib ko'rinishidan qo'rqishadi. Ushbu texnologiya ushbu psixologik momentni zararsizlantirishga imkon beradi, chunki talaba uyga tayyorgarlik paytida kerakli o'quv materiallarini qayta-qayta o'rganishi mumkin.

Odatda, an'anaviy o'quv jarayoni (sinf ishi - sinfdan tashqari ish - sinf ishi) auditoriya (ma'ruza) jarayonida yangi materialni taqdim etish va tushuntirish, uni uy vazifasi sifatida mustahkamlash bo'yicha topshiriqlarni bajarish, so'ngra o'zlashtirishni nazorat qilishdan iborat .

"Flipped Classroom" modeli yordamida tashkil etilgan o'quv jarayoni esa elektron muhitda (elektron kurs) mustaqil ishlashdan boshlanadi.

Biz, "Informatikaning nazariy asoslari" fanining ma'ruza mashg'ulotini aralash ta'limning Flipped classroom modeli orqali loyihaladik. Unga ko'ra, biz aralash ta'limning Flipped classroom modelini o'zaro bog'langan elektron va sinf komponentlari yordamida amalga oshiriladigan "darsdan oldingi ish - sinfdagi ish" sikli sifatida ifodaladik (1-rasm).

vj

videolami tomosha qilish taqdimotni o'qish quizlarni bajarish mustaqil ta'lim topshiriqlariga tayyorlanish

qo'shimcha manbalaini qidirish forumlarda aiuhokamalar. tengdoshlaini baholasli

Elektron komponent: darsdan oldingi ish

sinf darsi

• mini letsiya

• Munozara, mulohazalar so'ng darsni umumlashtirish, xulosa qilish

• vazifalarni bajarish

• bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish(problem solving organayzeri)

1-rasm. Ma'ruza mashg'ulotini Flipped classroom modeli orqali loyihalash "Informatikaning nazariy asoslari" fanining ma'ruza mashg'ulotlarida darsdan oldingi ishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- video ma'ruzalarni eshitish;

- taqdimotni o'qish;

- belgilangan mezonlar bo'yicha boshqa talabalar (kamida ikkita) ishiga izox berish;

- mavzu materiallari asosida tayyorlangan savollarga javob berish (Quiz savollar)

- mustaqil ta'lim topshiriqlariga tayyorlanish.

395

Auditoriya darsiga talabalar mavzu bo'yicha zarur bilimlarga ega bo'lib va murakkabroq ma'lumotlarni idrok etishga, muhokamalarda qatnashishga va olingan bilimlarni amalda qo'llashga tayyor bo'lib keladilar.

Aralashtirilgan ta'lim bo'yicha sinf darsi sinfdan oldingi ish natijalariga ko'ra "talaba-o'qituvchi"ning fikr-mulohazalarini o'z ichiga oladi. Ma'ruza mashg'ulotida mini leksiya o'tildi, yangi mavzu doirasida talabalarning savollariga javob berildi, darsni umumlashtirildi, shuningdek, bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, ma'ruza mashg'uloti qiziqarli o'tishi uchun interfaol metodlardan (problem solving organayzeri) foydalanildi.

Shu tarzda tashkil etilgan o'quv jarayonida mustaqil va auditoriya ishlari o'rtasidagi chegara yo'qoladi. Shu bilan birga, elektron va sinf komponentlarini integratsiyalashuvi muvaffaqiyatning asosiy omillariga aylanadi [4].

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, ma'ruza mashg'ulotlarida aralash ta'limning flipped classroom modelini qo'llashda olingan ma'lumotlar hajmining ortishi qayd etildi va talabalar faol, mas'uliyatli, mustaqil bo'lib, taklif qilingan materialni yaxshiroq o'zlashtirdilar, bir-birlari bilan erkin muloqot qilishdi. O'qituvchi endi darsda yangi materialni aniq aytib berishga ulgurmasligidan qo'rqmaydi. U ma'ruzachi rolidan talabalar uchun maslahatchi darajasiga o'tadi[5].

Aralash ta'lim asosida tashkil etilgan o'quv jarayonida boshqalarga o'rgatish orqali o'z-o'zini o'rganish jarayoni mavjud bo'lib, bu ta'limning eng samarali usuli hisoblanadi.

Aralash ta'lim, bizningcha, talabalarni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga yordam beradigan, talabaga o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini (vaqtni boshqarish, kuchlarni taqsimlash, tanqidiy fikrlash) shakllantiradigan, o'qituvchiga har bir talabaga individual yondashish, har bir talabaning asosiy kamchiliklarini aniqlash va uning temperament xususiyatlarini xisobga olgan holda harakat traektoriyasini qurish imkonini beradigan texnologiyadir.

Demak, oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini aralash ta'lim asosida tashkil qilish sinf vaqtini tejash, o'quv jarayonida yangi aloqa vositalaridan foydalanish, ob'ektiv baholash imkoniyati va innovatsion nazorat vositalaridan foydalanish, qobiliyatlarni rivojlantirish, o'z faoliyatini rejalashtirish, bilimlarni sinfdan tashqari egallash va undan foydalanish qobiliyati, haqiqiy o'quv materiallaridan foydalanish, talabaga yo'naltirilgan yondashuvga tayanishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Кастина Е.В. Модель смешанного обучения (Blended Learning) и ее использование в преподавании иностранных языков // Известия вузов. -2010. - №1 (2) . - С. 141.

2. Самарина Н. В. Оптимальная обучающая технология сегодня-«Переверну-тый класс» // Платон. - 2014. - № 1-3. - С. 62-64.

3. Зубова А. И. Особенности технология «Перевернутый класс» // Иностранные языки в школе. - 2019. - № 8. - С. 20-25.

4. Кузьмина Т.В. Студент в среде E-learning // Мос. гос. ун-т экономики, статистики и информатики, - 2008. 62 c.

5. Ш.Ш.Алламова. Организация учебного процесса на основе технологии перевернутого класса // Международную научно-практическую конференцию: «развитие науки и образования в XXI-веке». Москва -2023, С-5656

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.