TA'LIMNI INNOVATSION BOSHQARISHDA BOSHQARUV MADANIYATI HAMDA IQTISODIY-HUQUQIY MADANIYATNING BOSHQARUV SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
G'afurova Nigora Ilxomovna
QDPI Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181858
Annotatsiya. Maqolada ta'lim sohasidagi boshqaruv tizimini nafaqat boshqaruv madaniyatiga balki iqtisodiy-huquqiy madaniyatga ega bo'lgan rahbarlar boshqarishi zaruriyati hamda bo'lajak rahbarlarning innovatsion boshqaruv jarayonida albatta, iqtisodiy-huquqiy madaniyatga ega etib tarbiyalashning bugungi kundagi dolzarbligi haqida bayon qilingan. Shuningdek boshqaruv madaniyati hamda iqtisodiy-huquqiy madaniyat tushunchalari va ularning boshqaruv samaradorligiga ta'siri aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim boshqaruvi, innovatsion boshqaruv, boshqaruv faoliyatining samaradorligi, boshqaruv madaniyati, iqtisodiy-huquqiy madaniyat, rahbar, tarbiya, zamonaviy ta'lim ehtiyojlari.
Аннотация. В статье описывается необходимость управления системой управления в сфере образования руководителями, обладающими не только культурой управления, но и экономико-правовой культурой, а также актуальность воспитания у будущих лидеров экономической и правовой культуры в процессе инновационного управления. Также отражены понятия «культура управления» и «экономико-правовая культура» и их влияние на эффективность управления.
Ключевые слова: образовательный менеджмент, инновационный менеджмент, эффективность управленческой деятельности, культура управления, экономическая и правовая культура, лидер, воспитание, современные образовательные потребности.
Annotation. The article describes the need to manage the management system in the field of education by leaders who have not only a management culture, but also an economic and legal culture, as well as the relevance of educating future leaders of economic and legal culture in the process of innovative management. The concepts of "management culture " and "economic and legal culture " and their impact on management efficiency are also reflected.
Keywords: educational management, innovative management, management efficiency, management culture, economic and legal culture, leader, education, modern educational needs.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini boshqarishda innovatsion boshqaruv ta'limda boshqaruv madaniyatiga hamda iqtisodiy-huquqiy madaniyatga ega bo'lgan boshqaruvchilar tarbiyalashda jahon miqyosidagi zamonaviy ta'lim yutuqlarini xisobga olgan holda yondashish bugungi kun zaruriy ehtiyojidir. Ayniqsa ilg'or texnologiyalarning keng o'zlashtirilishi, iqtisodiyot hamda qonunchiligimizdagi ijobiy o'zgarishlar, chet el investitsiyalari ko'lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta'limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o'quv-uslubiy adabiyotlarning yaratilishi, o'quv tarbiya jarayonining didaktik jihatdan ta'minlanishi ta'limni innovatsion boshqarish tizimini takomillashtirishga asos bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi
qonunining 36-moddasida ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat haqida so'z boradi. Unda iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta'lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlari ta'lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o'tishi uchun imkoniyatlar yaratilishi belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmonida esa adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bilan birga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo'nalishlarda keng imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish vazifalari belgilandi. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqaladi. Y. Sezar, A.Makedonskiy, Amir Temur o'zlarining zarur boshqaruv g'oyalarini yaratishgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilar huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha muhim fikrlar berilgan. Jamiyat tarqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiy manfaat hisoblanadi. Manfaatlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarda bo'lishi mumkin. Tizimda iqtisodiy manfaatlar birlamchi, belgilovchi va ustuvor hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy manfaat o'z navbatida, ma'lum ijtimoiy shakllarda — xususiy, jamoa, jamiyat (umum xalq) ko'rinishlarida namoyon bo'ladi.
Boshqaruv madaniyati umumiy ijtimoiy madaniyatning tashkil etuvchi komponenti sifatida ma'lum bir ijtimoiy madaniyat kontekstida boshqaruv tushunchalari munosabatlarning o'zaro ta'sir etishi natijasida shakllanadi va unda qator kattaliklar:
• an'anaviylik;
• dolzarblik darajasi;
• motivlashtirish tizimi;
• rahbarlik uslublari
• tashkiliy muhitning sifati;
• kommunikatsiyalar;
• personalni boshqarish;
• boshqaruv strategiyasi;
• rahbarning kasbiy madaniyati rasmiy jihatdan namoyon bo'ladi.
Innovatsiyalar boshqaruv madaniyatining eng muhim va asosiy vositalaridan biri sifatida namoyon bo'lib, ular innovatsion jarayonlarda nafaqat o'zining tavsifi va xususiyatlari bilan balki boshqaruv madaniyatining eng muhim xususiyatlari sifatida ham belgilanadi. Innovatsiya maqsadga yo'naltirilgan o'zgartirishlar bo'lib, muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi va nisbatan barqaror bo'lgan elementlarni, mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq bo'lgan yangiliklarni kiritishdir. Innovatsiyalarning boshqaruvchanligi - yangiliklarni tadbiq etishda tashkiliy vaziyatlarni rivojlantirishning dasturlashtirish imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi.
Amaliy menejment barcha boshqaruv sohalariga taalluqli bo'lib, innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) menejmentni takomillashtirishga yo'naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir. Innovatsion menejmentning asosiy maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarda boshqaruvning barcha bo'g'inlarida samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bugungi kun ta'lim muassasalarida nafaqat rahbar balki o'qituvchi ham uzluksiz innovatsion izlanishda bo'lishi, fikrlashi, psixologik munosabatlarini o'zgartirishi, shuningdek
boshqalarda ham (ta'lim ishtirokchilari) innovatik g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko'rsatishi zarur. O'qituvchi birinchi navbatda ta'lim auditoriyasini, o'quvchini boshqara olmas ekan, u hech qachon ta'lim muassasasi rahbari sifatida pedagogik jamoani boshqara olmaydi. Boshqaruvchanlik qobiliyati unda liderlik xususiyati bilan hamohang tarzda dars faoliyatini tashkil etishda namoyon bo'ladi va shakllanadi.
Boshqaruv faoliyati asosan innovatsion jarayonlar natijasida rivojlanadi. Innovatsion boshqaruvning turli xil modellarini samarali tadbiq etishning asosiy shartlari: boshqaruv strukturasining qulay va demokratik hususiyatlari; tizimosti tizimlarning muvofiqlashtirishning aniqligi; rahbar xususiyatlarining ta'lim tizimining rivojalnish va harakatlantirish samaradorligini saqlashga mos kelishi; pedagogik jamoa xususiyatlari majmuasi; iqtisodiy metodlardan foydalanish; kadrlarni o'qitish, innovatsion jarayonlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish hisoblanadi.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, Ta'lim muassasasi boshqaruvi jarayonida boshqaruv madaniyati bilan birgalikda iqtisodiy va huquqiy madaniyatni tadbiq etish bugungi kun boshqaruv tizimidagi innovatsiyalardan biridir. Iqtisodiy-huquqiy metodlardan foydalanish har bir ishchi va butun muassasa uchun talablar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko'rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Bunda rahbarlar o'z xodimlarini faoliyatlari natijalariga ko'ra rag'batlantirish, mukofotlash, amaldagi qonunchilik asosida jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko'rsatishda boshqarishning mazkur metodidan foydalanishi zarur bo'ladi. Iqtisodiy-huquqiy madaniyatga ega rahbarning iqtisodiy qayta tashkil etish sistemasi mazkur metodlarni kuchaytirishga yo'naltiriladi. Rahbarning xodimlarning xaq-huquqlarini himoya qilgan xolda faoliyat yuritishi, boshqaruvning huquqiy asoslarini yaratishi, mansabdor shaxslar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar, rahbarlar va bo'ysunuvchilar, shuningdek, tomonlar o'rtasidagi o'zaro huquq va tartibotni belgilashi uning ma'muriy, fuqarolik va mehnat huquqlarini yaxshi bilishi va bu borada iqtisodiy-huquqiy madaniyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Bu esa innoivatsion boshqaruvdagi bugungi kun zaruriy ehtiyojlaridan biridir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TA'LIM TO'G'RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.
3. R.I.Gimush , F.M.Matmurodov, Innovatsion menejment O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
4. R.X.Djurayev, S.T.Turg'unov. Ta'lim menejmenti. - Toshkent "VORIS-NASHTIYOT", 2006.
5. Gafurova, N. I. "SYSTEM OF FORMATION OF LEGAL CULTURE AMONG STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 389-393.
6. http://scientists.uz/uploads/conferences/0018/3.21.pdf v